3. O‘ziga biriktirilgan bemorga, oilaga va jamiyatga qaratilgan yo‘nalish
4. Bemor bilan vrachning o‘zaro samarali uzoq munosabati asosida maxsus maslahat
5. Bemor bilan vrachning o‘zaro samarali uzoq munosabati asosida maxsus maslahat
«SHifoxonalarda kasalliklar qoladi, bemorlar esa kelib ketadilar; oila shifokori amaliyotida esa
bemorlar qoladilar, kasalliklar kelib ketadilar»
6. Ma’lum guruhda kasallik tarqalish ko‘rsatgichlariga binoan profilaktika va davolash
usullarini tanlash jarayonini qabul qilish
7. Bemorlardagi o‘tkir va surunkali kasalliklarni birgalikda davolash
8. Kasalliklarni erta va differensiyalanmagan davrlarda davoni boshlash hamda ma’lum
vaziyatda tezkor yordam ko‘rsatish
9. Isbotlangan samaralar asosida aholi sog‘lig‘ini mustaxkamlash uchun kasalliklar
profilaktikasini amalga oshirish «Tajribali shifokor tajribasizidan fakat
bir narsa bilan farqlanadi: birinchisi 10 kasallikka qarshi bitta dori tayinlasa, ikkinchisi bitta
kasallikka 10 dori tayinlaydi»
10. Xizmat ko‘rsatayotgan aholining sog‘lik ko‘rsatgichlari uchun javobgarlik
11. Aholi sog‘lig‘i muommalarini echishda uning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va madaniy
yo‘nalishlarini e’tiborga olish
SHunday qilib umumiy amaliyot shifokori:
Bemorlarni, oilani va unga biriktirilgan barcha shaxslarni yoshi, jinsi va kasalligi
turidan qat’iy nazar yakka ravishda birlamchi kuzatuvni va davolashni amalga oshiruvchi
mutaxassisdir;
Buni turli bilim va qobiliyatning ajoyib uyg‘unlashganligidagina amalga oshirish
mumkin.
Davlat ta’lim standartiga muvofiq umumiy amaliyot shifokori yuqorida ko‘rsatilgan
davolash - profilaktika muassasalarida malakaviy faoliyatning quyidagi turlari bilan
shug‘ullanadi:
Tibbiy profilaktik: sog‘lomlashtirish, sanitar - gigienik, profilaktik va epidemiyalarni
oldini olishga qaratilgan chora -tadbirlarni ishlab chiqish hamda o‘tkazish, aholi sog‘lig‘iga ta’sir
etuvchi xavfli omillarni aniqlash va oldini olish;
Tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam: dastlabki tibbiy yordam chora -
tadbirlarini o‘z vaqtida aniqlash va mustaqil ravishda bajarish;
Davolash - diagnostik: ko‘p tarqalgan kasalliklarni tibbiyotning birlamchi
bo‘g‘inlarida laborator va tibbiy asbob - uskunalar yordamida aniqlash; ko‘rsatmalar bo‘lganda tor
mutaxassislar bilan maslahatlashish yoki shifoxonaga yotqizish; davolash, kuzatib borish, dispanser
nazoratiga olish hamda vaqtinchalik ishga layoqatsizlikni ekspertiza qilish;
Tiklovchi: psixologik holat, jismoniy va kasbiy faollikni tiklash.
11
O’quv-uslubiy majmua. Amaliy mashg’ulotlar. Ambulator terapiya