Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Download 61,25 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi61,25 Kb.
#16143
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



62 Mavzu: Klinik laboratoriya. Qon umumiy analizi

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

62 Mavzu: Klinik laboratoriya. Qon umumiy analizi

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: kafedra,auditoriya, laboratoria

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Umumiy qon tekshirishi va klinik ahamiyati .

Qon olish metodikasi .

Mustaqil qon olishni bilish.

Umumiy qon tahlili natijalarini analiz qilish.

Olingan malumotlardan sindromal tashxis qo`yishni bilish.


4. Motivasiya.

Qonni umumiy analizini aniqlash va bilish talabaga bemorning organizmadagi o`zgarishlarni to`gri chunish uchun zarur.Umumiy qon analizining interpretaciya qilish talabani klinik fikrlashini shaklaydi.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Vertikal integraciya: Gorizontal integraciya:

Anatomiya Patologik anatomiya

Fiziologija Patologik fiziologiya

Gistologiya

Mashgulot davomida olingan bilimlar, amaliy k`unikmalar boshqa klinik fanlarni chuqur organishda foydalanishi mumkin . Qon organizimdagi specific va nospecific ozgarishlarni korsatadi.Umumiy qon tahlili natijalarini analiz qilish talabaga therapiya, gematologiya, xirurgiya fanlari diffdiagnostikasida yordam beradi.

Qon va uning tarkibi:

- birinchi qismi qonning suyuq qismi, ya’ni qon plazmasi,


-  ikkinchi qismi qonning quyuq qismi, ya’ni shaklli elementlaridir.

Qon umumiy hajmining 55-60% ini qon plazmasi va 40-45% ini shaklli elementlar tashkil qiladi. Qonning o’rtacha miqdori katta odamda 5 litr bo’lib, u tana og’irligining o’rtacha 7% ini tashkil qiladi. 1 kg tana og’irligiga o’rtacha 70 ml qon to’g’ri keladi. Bolalarda har 1 kg tana og’irligiga to’g’ri keladigan qon miqdori kattalarnikiga nisbatan ko’proq bo’ladi (80-100ml).

Qon plazmasi:

Qon plazmasi qonning suyuq qismi bo’lib, u murakkab aralashmadir. Uning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar, gormonlar, fermentlar, antitelalar va erigan holdagi gazlar (kislorod, karbonat angidrid kabilar) bo’ladi.

Qon plazmasi tarkibida organizmning hayoti-o’sishi va rivojlanishi uchun zarur barcha oziq moddalar bo’lib, ular ovqat hazm qilish organlaridan qonga so’riladi. Qonning doimiy harakati natijasida bu moddalar hujayralarga o’tadi va o’zlashtiriladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayralarda hosil bo’lgan qoldiq moddalar qonga o’tib, ayirish organlariga yetkaziladi va tashqariga chiqarib yuboriladi. Plazma tarkibidagi vitaminlar, fermentlar, gormonlar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishida va antitelalar organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishida muhim ahamiyatga ega.

Shunday qilib, qon hamda qon plazmasi odam tanasi hujayralarining oziqlanishida, ulardagi barcha hayotiy jarayonlar normal o’tishida va organizmni yuqumli kasalliklardan saqlashda muhim ahamiyatga ega. Shunung uchun ham qon yoki undan tayyorlangan plazma davolash maqsadida qo’llaniladi. Bu qon va plazma sog’lom odamlardan (donorlardan) olinadi.  

Qonning shaklli elementlari (1-2-rasm):

Qonning shaklli elementlariga eritrositlar, leykositlar va trombotsitlar kiradi. Ular qonning quyuq qismini tashkil etadi.

Eritrositlar (qizil qon tanachalari) - suyaklarning ko’mik qismida hosil bo’ladi. Eritrositlarning hosil bo’lishi va soni normal miqdorda bo’lishi odamning sog’lig’iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog’liq. Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, V guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishi zarur. Eritrositlarning asosiy vazifasi organinzmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat. Ular tarkibidagi gemoglobin o’pkalardan kislorodni o’ziga biriktirib hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidridni yana o’ziga biriktirib o’pkalarga olib boradi.

Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalligning oldini olish uchun ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish, nafas oladigan havoning toza bo’lishi kabilar katta ahamiyatga ega.

Trombositlarning asosiy vazifasi qonning ivishini ta’minlashdan iborat. Ularning soni kamayganda qonning ivish xossasi buziladi. Bunday odamning jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to’xtatish qiyin bo’ladi. Salgina urilish, turtilish natijasida badandan ko’karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o’z-o’zidan burundan qon kelishi mumkin. Shuning uchun trombositi kamaygan odam har xil shikastlanishlardan saqlanishi zarur. Trombosit tarkibida serotonin moddasi bo’lib, u qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.

Qonning ivishi – organinzmning himoya reaksiyasi hisoblanadi. Qonning bu xossasi jarohatlanishlarda organizmni ortiqcha qon yo’qotishdan saqlaydi.

Qonning ivish xossasi o’zgarsa, ozgina jarohatlanish ham odam sog’lig’iga katta xavf tug’diradi, chunki organizm ko’p qon yo’qotishi mumkin.

Qon qizil rangli, kuchsiz ishqoriy rеaktsiyaga ega bo’lgan, nordon mazzali suyuq biriktiruvchi tuqimadir. Qon organizmda qo’yidagi vazifalarni bajaradi:

1. Qon hujayra va to’qimalarga oziq moddalar va kislorod olib kеlib, moddalar almashinuvi vaqtida to’qimalarda xosil bo'lgan kеraksiz va zararsiz parchalanish mahsulotlarini olib kеtadi.

2. Qon ichki sеkrеtsiya bеzlarida ishlanib chiqqan, organlarning ishiga ta'sir etadigan garmonlarni organizmga tarqatadi.

3. Qon tarkibidagi hujayralar va maxsus moddalar organizmga tushgan yot, zararli kasallik quzgatuvchi mikroblardan organizmni himoya qiladi.

4. Qon ichki organlar orasida issiqlikni tartibga solib turadi va gavda tеmpеraturasining nisbatan turg’unligini saqlashda ishtirok etadi.

5. Qon hujayra va to'qimalarining ishlashi uchun qulay sharoit tug’diradi. Qon ikki qismdan iborat qon plazmasi va qoning shakli elеmеntlari.

Gemoglabin o’pkada havo tarkibidagi kislarod bilan birikib oksi gemoglabin hosil qiladiva to’qimalarga borib gemoglabinga va kislarotga ajraladi. Gemoglabin to’qima hujayralarga kislarodni berib to’qima hujayralaridan karbonat angidrid gazini briktirib olib o’pkada ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo’ladi. Eritrositlarning soni yoki gemoglabin miqdorini kamayishi kam qonlik hisoblanadi. Bu esa bolalarning yoshlik vaqtida noto’g’ri ovqatlanishi ovqatni sifat tarkibiga etiborsizlik ochiq havodan yaxshi foydalanmaslik oqibatida darmonsizlik tez charchab qolish va bosh aylanish kasalligiga olib keladi . bolalarda bunday kasallikga uchraganda temir moddasiga boy, vitaminlik va yuqori kaloriyalik ovqatlarni istemol qilish kerak(jigar, hayvon qonidan tayyyorlangan ovqatlar, olma, sabzi, qulupnay va boshqalar).

Eritrositlar cho’kish reaksiyasi. (POE). Agarda qonning ivishdan saqlab, shishadan yasalgan kopilyarda bir necha soatga qoldirsak, qon aralashmasidagi eritrasitlarni kapilyar trupkalar tubiga cho’kib qolganini ko’ramiz.

Eritrositlarni cho’kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, ayollarda, bolalarda turlicha bo’ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o’zgarishi mumkin.

Masalan: 3-9mm. erkaklarda, ayollarda 7-12mm. soatiga cho’kadi. Organizm holatining o’zgarishlarida eritrositlar cho’kish reaksiyasini o’zgarishi kuzatiladi.

Eritrositlarning ma’lum tezligida cho’kishdan foydalanib tibbiyotda kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni tibbiyotda POE deyiladi. Aniqlaydigan asbobni panchenko apparati deyiladi.

Organizm qattiq shamollaganda tuberkiloz kasalligida, xomilador ayollarda, yallig’lanish kasalligi boshlaganda va boshqa o’zgarishlarda eritrositlar cho’kish reaksiyasi tezligi ortadi.

Leykositlar oq qon tanachalari qoning yadroli xujayralari bo’lib aktiv harakatlarning xususiyatiga egadir. Ular har xil shaklda bo’lib, 1kub mm bolalar qonida 8000-11000 gacha bo’ladi, katta odamlarda normal holatda bo’ladi. Uning soni kun mobaynida o’zgarib turishi mumkin. Lekositlar 3 gruppa bo’ladi. 1) donador leykositlar 2)donasiz leykositlar 3) monositlar.

Donador leykositlar o’z navbatida 3 guruhga bo’linadi: neytrofilar eozanofillar va bazofillar.

Leykositlarning ko’rsatilgan miqdoridan ortib ketishi lekositoz deb atalsa miqdordan kamayib ketishi lekopinya deyiladi.

Lekasitlar organizm ichki muhutining posboni hisobl;anadi chunki lekositlar qonga va limfaga tushgan mikroblarni viruslarni organizm ichiga kirishi qatttiq kurashadi. Organizmga tushgan moddalarni neytrallash xususiyatiga ham egadir.

Trombositlar -qon plastinkari, qonning shalkli elemenlar orasida eng maydasidir. Ular komikda hosil bo’ladi. 1mm3 300000 dan 400000 qon plastinkalari bo’ladi uning soni ham yoshga qarab o’zga boradi. Trabbasitlar qonning ivishida muhim rol o’ynaydi. Qon ivishi organizm uchun biologik ahamiyatga ega bo’lib jarohatlanganda qon yo’qotishdan saqlanadi.

Yurak organizmda nasos funksiyasini bajaradi. Yurak va qon aylanish sistemasiga yurak, arteriyalar venalar kapilyar kiradi. Yurakdan qon olib ketuvchi tomirlar arteriyalar yurakga qon olib keluvchi qon tomirlar vena qon tomirlar deyiladi. Qon qon tomirlarida harakatlanar ekan murrakkab yo’lni katta va kichik qon aylanish doiralarini bosib o’tadi.

Katta qon aylanish doirasi yurakning chop qorinchasidan boshlanib butun tanani qon bilan taminlab, yurakning o’ng bo’machasiga venoz qon sifatida qo’llanadi.

Kichik qon aylanish doirasi yurakning o’n qorinchasidan o’pka arteriyasi bilan boshlanib o’pkaga boradi, tarmqlanib o’pka hujayralari bilan gaz almashinib yurakning chap bo’machasiga quyiladi.

Sog’lom odamda qon 3-4 minut ichida iviydi. Ba’zi odamlar qon plazmasining tarkibida qonning ivishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan biologik modda-antigemofil omil yetarli bo’lmaydi. Bu kasallik gemofiliya deb atalib, u nasldan-naslga, ya’ni ota-onadan bolaga o’tadi. Bunday odamlarda qon ivishi buziladi, natijada bexosdan burundan qon kelishi, salgina jarohat tufayli ko’p qon yo’qotish mumkin. Bundan tashqari, trombositlarning soni kamayganda, ovqat tarkibida kaltsiy (Ca) ionlari,  kaliy (K) vitaminining miqdori yetishmay qolganda ham qonning ivish xossasi kamayadi.



c:\documents and settings\admin\рабочий стол\новая папка\fiziologiya\anatomy97_0008[1].png

Qonning shaklli elementlari :

Eritrositlar (qizil qon tanachalari) - suyaklarning ko’mik qismida hosil bo’ladi. Eritrositlarning hosil bo’lishi va soni normal miqdorda bo’lishi odamning sog’lig’iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog’liq.

Leykositlar  (oq qon tanachalari) - yadroli qon hujayralari bo’lib, yadrosining shakliga va bo’yalishiga qarab uch turga: monositlar-bir yadroli yirik leykositlar limfositlar-bir yadroli, lekin monositlardan bir oz maydaroq; donador leykositlar, ya’ni granulositlarga bo’linadi. Leykositlar sonining ko’payishi leykositoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykositlar suyaklarning ko’mik qismida va taloqda (limfositlar) hosil bo’ladi. Leykositlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagositoz deb ataladi. Leykositlarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I. Mechnikov aniqlagan.  Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykositlarning soni ko’payib, 1mm3 qonda 10-20 mingga yetadi va undan ham ortishi mumkin. Odam uzoq vaqt davomida kam va sifatsiz ovqatlansa, bir necha kun, hafta davomida og’ir mehnatdan charchasa, surunkali uzoq davom etuvchi kasalliklarda leykositlar soni kamayadi. Bu esa organizm nihoyatda kuchsizlanganligidan dalolat beradi.

Trombositlar (qon plastinkalari) - suyaklarning ko’mik qismida va taloqda hosil bo’ladi. Yadrosi bo’lmaydi. Past tabaqali umurtqali hayvonlar trombositlarning yadrosi bo’ladi. 1mm3 qonda 300-400 ming dona trombosit bo’ladi. Ular leykositlarga o’xshab 2-5 kun yashaydi.

6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

6.2.Analitik qism. Mashg’ulotning ikkinchi yarmida mavzuning analitik yoritilishini o’tkazish kerak.Bu maqsadda situatsion masalalar va testlar ishlatilidi.

Test:

1.K`orsatkichlarni patologiyasini aniqlang.

Rang ko`rsatkichi 1,0

ECHT 10mm/s

C.leykocitlar16x10:9

D.eritrotrocitlar 4,2x10:12

G. gemoglobin 140gr/l
2. ECHTni kamayishiga qaysi faktorlar javob beradi.

A.qonning quyukligi

B. giperglikemiya

C.giperxolesterinemiya

D.eritrocitlarni ko`payishi

G. giperglobulinemiya

3.Retikulocitlar-

A.yosh eritrocitlar

B.eritrocitlarni patologik xo`lati

C.`ozgargan leykocitlar

D. `ozgargan agronulocitlar

4.Anemiya-

A.Hb 100gr/l past

B.leykocitlar4x9 past

C.eritrocitlar3.9 kam

D.RK 0,9 past

G. RK 1,1 past
5.Neytrofillar normada

A.50-68%


B.72%

C.60-80%


D. 72-90%

6.Granulocitlar

A.limfocitlar

B.bazofillar

C.monocitlar

D. eozinofillar

G.neytrofillar

Situatcion masalalar

1.Qonning analizi:Hb 100gr/l,eritrocitlar 3,0 , RK 0,8 , retikulocitlar 0 , trombocitlar 180 , leykocitlar 7,0 , eozinofillar 1 , limfocitlar 24 , monocitlar 4 , ECHT 15mm/s. Patologiya? Javob: gipoxrom anemiya.


2.Qonni analizi Hb 90gr/l,eritrocitlar 2,8 , RK 1,1 , trombocitlar 200 , leykocitlar 7,4 , eozinofillar 2 , limfocitlar 25 , monocitlar 6 , ECHT 6mm/s. Patologiya? Javob: giperxrom anemiya.
6.3 Amaliy qism.

Eritrotsitlar-qonning eng ko`p shakily elementlari b`olib,ularning asosiy hajmini gemogloninlar tashkil etadi.Odamning etilgan eritrotsitlar ikki tomonlama botik shaklada bo`lib,yadrosi bo`lmaydi.Eritrotsitlarning asosiy vazifasi tokimlarning kislorod bilan taminlashi va karbonat angidridni tashish hisoblanadi.

Qondagi eritrotsitlarni hisoblashning ikki usuli qabul qilingan:hisoblash kamerasida va avtomat usulida hisoblash.

Eritrotsitlarni Goryev hisoblash kamerasida hisoblash mikroskop ostida bajariladi.

Tekshiralayotgan qon 200 marta suyultiriladi.Buning uchun quruq probirkaga 4ml fiziologik eritma yoki Gayem reaktivi 0,5 simob xlorid, 5g natriy sulfat,1g natriy xlor, 200ml gacha distillangan suvi solinadi.

Pipetka bilan 0,02 ml qon solinib, yaxsilab aralashtiriladi. Hisoblash kamerasi suyultitirilgan qon bilan tu`ldiriladi va mikroskop ostida (obyektiv,okulyar 10,bir katta kvadrat 16 kichik kvadratlarga bo`lingan)

5 ta katta kvadratlardagi yoki 80 ta kichik kvadratlarga eritrotcitlar hisoblanadi.(1 mkl qonda bajariladi).Qonni suyultirish (200), hisoblangan kvadratlar soni (80) va 1 kichik kvadratlarning _-1_

mkl xajmidagi kelib chikib kuydagi formula boyicha aniqlanadi.

Bu yerda X=1 mkl qondagi erotcitlarning soni, a-hisoblabgan eritrotcitlarning soni. Formulani qisqartirish mumkin X=a 1000.

Eritrotcitlarni gematologik avtomatlarda sanash unumdor va oson usul xisoblanadi, bu yerda qon sinamasini tanlash va uni suyultirish avtomat ravishd bajariladi. Qon mikroteshikdan u`tkaziladi.

Utib borayatgan xujayra elektrodlar u`rtasidagi qarshilikni kuchaytiradi va xosil b`olgan impuls raqami indikaciyasi b`olgan hisoblash k`orilmasiga beriladi.Odatda eritrotsitlar soni 1 litr qonda ayollarda 3,9-4,7.10, erkaklarda 4-5.10 ga to`gri keladi.

Qondagi eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorini bilgandan s`ong har bir erotcit qay darajada gemoglobin bilan tuyganligini hosoblab chiqish mumkin . Buning uchun gemoglabin va eritrotcitlar nisbatidan kelib chiqib, rangli k`orsatuvchi hisoblab chiqish kerak. Rangli k`orsatuvchi aniqlash uchun grammlardan uch baravar k`opaytiriladi gemoglobin soni erotcitlar sonining birinchi uchta raqamiga b`olinadi. S`oglom odamlarda rang k`orsatkichi 1 ga yaqinlashi. Agar raqam 1,0 dan kam b`olsa, u xolda erotcitlar gemoglobin bilan etarli t`uyinmagan b`oladi , agar 1,0 dan ko`p b`olsa , eritrotcitlar hajmi meyoridan kattaligini k`orsatadi, chunki gemoglabin bilan o`ta t`oyinish xollari b`olmaydi.

Rang k`orsatkichi o`rniga erotcitlardagi gemoglobinning ogirlik o`lchovini hisoblab chiqish mumkin . Buning uchun 1 litr qondagi gemoglobin mikdori shu qajmidagi erotcitlar soniga b`olinadi.

Meyorida erotcitlar 33(30-35) gemoglobin miqdoridagi ega boladilar. Leykocitlar – turli xil himoya vazifasini bajaruvchi qon hujayrasidir, ular hujayra va gumonlar immunitetlarda , antitanachalar hosil b`olishida va boshqa immunologik reakciya komponentlarida qatnashadilar.

Qondagi leykocitlarning soni turli xil tashki omillalar tasirida,masallan, mavsumiy, iqimli ,metereologik, shuning dek organizimning turli xil fiziologik xolatadi va xilma-xil patologik omillar tasirida o`zgaradi .

Leykocitlar yadrosining shakli, tuzilishi citoplazmaning xususiyati va uning granulyaciyasi va hokazolar bilan farqlanadi.

Leykocitlarni sanash hisoblash kamerasida va avtomat mashinasida amalgam oshiradiladi .

Xisoblash kamerasida sanash usuli. Quruq probirkaga 0,4 ml 3% metilen k`uki bilan b`oyalgan sirka kislota quyuladi va barmoqdan 0,02 ml qon olib qoshiladi (20 marta suyultiriladi) , yaxshilab aralashtiriladi va hisoblash kamerasi t`oldiriladi . Leykocitlar 100 ta katta kvadrata kichik kattalashtirishda sanaladi (okulyar 10, obyektiv 8).

Qonni suyultirish 20 , sanalgan kvadratlar soni (100) va bitta kvadratning hajmi 1-250 mkl,kvadratning tomoni 1,5 mm ,balandligi 1/10 mmdan kelib chiqib hisob-kitob quydagi formula b`oyicha bajariladi .

Bu yerda x-1 mkl qondagi leykocitlar soni , a-100 ta katta kvadratdagi leykocitlar soni .

Avtomat usulida sanash konduktometrik usulga asoslangan.

Elektr maydonidan o`tkaziladi elektrolit eritmasidagi xujayralar elektr zanjir qarshiligini o`zgartiradi .Xosil bo`lgan impuls xisoblashkurilmasida kayd etiladi.

Qondagi leykocitlar soni 1mkl da 4000 dan 9000 gacha yoki 1 litrda 4-9x10 gacha. U ovqatlanish , jismoniy harakat hokazolar natijasida kun davomida o`zgarishi mumkin .

Leykocitlar formula b`oyilgan surtmalarda hisoblanadi.Odatda Romanovskiy-Gimza b`oyicha b`uyoq q`ullaniladi.Immersion obyektivli mikroskop ostida yoki leykocitlar formulani sanaydigan avtomatlarda leykocitlar ayrim shakllarning foyiz nisbati aniqlanadi.

Meyorida leykocitlar formula kuydagicha:

Tayokcho yadroli neytrofillar-1-6%

segment yadroli neytrfillar-47-72%

eozinofillar-0,5-5%

bazofillar-0-1%

limfocitlar-19-37%

monocitlar-3-11%

Leykocitar formulaning o`zgarishi ko`p kassaliklarda uchraydi , uni tekshirish tashxisi ahamiyatga ega.Leykocitlar kasallikning ogir-yongilligi davolanishning samarodorligi va boshqalar haqida tasavvur beradi.

7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.


  1. Umumiy qon anlizi ?

  2. Hb?

  3. Hbni normada erkaklarda, ayollarda ?

  4. ECHTni tezlashish sabablari ?

  5. Anizocitoz ?

  6. Poykilocitoz ?

  7. Mikrocitoz ?

  8. Makrocitoz?

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.




Download 61,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish