Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi
Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
“Tasdiqlayman ”
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
o’quv ishlari bo’yicha prorektor
professor O.R. Teshayev__________________
“____”_________________2010 yil
|
Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot
uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan
№ 64 Mavzu: Leykozlar diagnostikasi
-
T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan
“____”_____________2010 yil
|
2010-2011 o’quv yili
№ 64 Mavzu: Leykozlar diagnostikasi
1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, endokrinologiya bo’limi.
2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.
3. Maqsadi va vazifalari.
Talabalarni leykoz bilan kasallangan bemorlarni so’rab surishtirish va tekshirish usullari bilan tanishtirish. Leykoz bilan kasallangan bemorlarni tekshirish (palpatsiya, perkussiya, ko’zdan kechirish) va laborator - instrumental tekshirish natijalarni tahlil qilishni o’rgatish. Sog’lom
odam periferik qon tarkibi va qon analiziga asoslangan holda, o’tkir va surunkali leykozlarni klinik kechishi va qon tahliliga ko’ra bir-biridan farqlash.
Talaba bilishi shart :
- Leykoz kasallanda bemorlar bilan deontologik va spesifik suhbat o’tkazish.
- O’tkir va surunkali leykoz formalari xususiyatlarini.
Talaba bajara olishi shart:
- Analiz ma'lumotlariga binoan bemorlada leykozga oid kerakli diagnostik ma'lumotlarni yig’ish kerak.
- Qadamma- qadam amaliy ko’nikmalarni bajarish.
- Olingan ma'lumotlarga binoan sindromal diagnoz ko’yish.
- Laborator va instrumental tekshirishlardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish.
4. Motivasiya.
Leykoz ko’p uchraydigan xavfli kasallik holatlaridan biri. Leykoz bilan kasallangan bemorlarni so’rab-surishtirish, ko’zdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiyani to’g’ri olib borish, tez va aniq diagnoz qo’yish, davolashda qulaylik tug’diradi.
5. Fanlararo bogliqlik.
Vertikal integracia
Gorizontal integracia
6. Darsning mazmuni.
6.1 Nazariy qism
Mashg’ulot o’tkazish davomida talabalarning fo’ndamental fanlar- qon yaratuvchi a'zolar anatomiyasi va fiziologiyasidan olgan bilim darajalarini baholash kerak.
Bu masalani hal qilishda, interaktiv o’yinlar ("kuchsiz qism") yoki an-anaviy didaktik formalar (savol-javob) dan foydalaniladi.
Shunga ahamiyat berish kerakki savollarni bir-xil spesifikada ya'ni savolni anatomiyadan, keyin fiziologiyadan berish kerak. Masalan :
- qon hujayralari qaysi hujayradan hosil bo’ladi?
- "O’ng va chapga siljish " deganda nimani tushunasiz? va hokazo.
Fo’ndamental bilimlar past bo’lgan holatda, asosiy momentlar haqida qisqacha tushuncha beriladi, zero bu narsasiz mavzuni tuliq tushuntirishda qiyin bo’ladi. Bu masalani hal qilishda 2-variant savollar ya'ni osonroq savollar beriladi. Masalan:
- sog’lom odam periferik qoni tasviri qanday ?
- normal leykositar formulani yozib bering?
Bu qismni o’tkazish davomida kuchli bilimga ega bo’lgan va kuchsizroq talabalarni ajratib olish kerak. Bu narsa kelajakda guruhni 3-4 guruhlarga bo’lishda va pedogagik interaktiv texnalogiyalar - kuchli + kuchli talabalar va kuchli + kuchsiz talabalar o’rtasida olib borishda qulaylik tug’diradi. Shundan so’ng mazkur mavzuni amaliy qismiga o’tish mumkin. "Tekshiruv suhbati" va "Qop ichidagi mushuk" o’yinlari uchun mavzu bo’yicha tayyorlangan savollar konvert ichiga solinadi. Har bir talaba konvert ichidan savol oladi va 2 daqiqa ichida o’zining javob variantini yozadi, shundan so’ng hamma javob variantlarini muhokama qilib eng optimal javob tanlab olinadi.
Leykozlar
Leykoz - qon tuqimasining xavfli hosilasi, xarakterlanadi: A)Qon yaratuvchi a'zolarda ma'lum guruh hujayralarning ko’payish prosesi, hujayra giperplaziyasi va ularning yaratilish jarayonida aniq
holatlarda leykoz morfologik asosini tashkil qiladi; B)Qon yaratuvchi a'zolarda normal hujayralarning patologik hujayralar bilan almashinishi (metaplaziya ); V)Turli orgarlarda qon yaralishining patologik o’choqlarining paydo bo’lishi. Sitomorfologik belgilari, rivojlanish darajasi va hujayra xarakteriga asoslangan holda leykozning 3 tur guruhi farqlanadi:
O’tkir leykoz, asosida differensasiyalashmagan va blast hujayralar hisobiga neoplastik jarayonlarning kuchayishi yotadi.
Surunkali leykoz, asosida differensasiyalashish yo’nalishida ma'lum qon yaralishi orolchalariga,
nisbatan rivojlangan hujayralar hisobiga qon yaralishi transformatsiyasi yotadi. (surunkali
mieloleykoz). O’tkir va surunkali leykoz diagnostikasida, kasallikning klinik kechishiga emas, balki
birinchi navbatda sitomarfologik belgilarga ahamiyat beriladi. Bir yil va undan ortiq davom
etadigan o’tkir leykoz va bir necha oylar ichida bemor o’limi bilan yakunlanadigan surunkali
leykozlar ham uchraydi. Shuni nazarda tutish kerakki o’tkir leykoz surunkaliga o’tmasligi ham mumkin, sababi qon yaratuvchi elementlarning aplaziyasi. Leykozlar 3ta variantda kechishi mumkin: periferik qonda patologik hujayralar miqdorining o’ta oshishi bilan (leykemik forma ), ma'lum miqdorda oshishi, subleykemik va leykemik o’zgarishlarsiz oq qon hujayralarining normal yoki kamayishi bilan (aleykemik forma).
O’tkir leykoz
O’tkir leykoz har qanday yoshda ham uchrashi mumkin. Lekin ko’proq 20-30 yoshlardagi ayol va erkaklar kasallanadi. O’tkir leykoz bilan kasallangan bemorlar tez charchashga bosh og’rig’iga bosh aylanishiga ayrim hollarda, suyaklardagi qattiq og’riq, titrash, isitmalashga ko’p terlashga va shunga o’xshashlarga shikoyat qiladi. Nekrotik angina hisobiga tomoqda ham og’riq bo’lishi mumkin. Bemor umumiy ahvoli og’ir. Limfa tugunlari kasallik boshlanish davrlaridan kattalashadi, qattiq va og’riqsiz bo’ladi. Jigar barcha bemorlarda 1-2 sm ga kattalashgan bo’ladi, kasallikning uzoq davom etishida taloq ham kattalashgan bo’ladi. O’tkir leykozning muhim simptomlaridan biri ko’rishning pasayishi yoki ko’r bo’lib qolish, ko’z to’r pardasiga qon quyilishi natijasida bo’lishi mumkin. Qon: - o’tkir leykozga xos belgi bo’lib tez rivojlanuvchi anemiya, eritrositlar yetilishining va periferik qonga chiqishining buzilishi hisoblanadi. Retikulositlar miqdori kamaygan yoki normada bo’ladi. Trombasitlar kamayishi kuzatiladi.leykositlar mikdori esa 100000-200000 dan oshmaydi. Ko’pincha mieloleykoz uchraydi.o’tkir limfaleykoz va aleykemik formalar nisbatan kam uchraydi. O’tkir mieloleykozda mieloid qator hujayralarining birdaniga ko’payishi xos. Ularning ichida eng ko’pi mieloblastlar hisoblanadi. O’tkir mieloleykozda suyak ko’migi punktatida mieloid elementlar, limfoleykozda limfositlar, retikulezda esa retikuloendotelial hujayralar ko’payadi.
Surunkali leykoz
Leykemik, aleykemik va subleykemik, surunkali mieloleykozlar farqlanadi. Leykemik formasida
periferik qonda leykositlar soni 100.000-150000 va undan ham ko’p, qonda granulositlar ko’payadi.
Subleykemik formada leykositlar soni 30.000-60.000 leykositar formulaning chapga, mielosit va pro
mielositlargacha o’zgarishi kuzatiladi. Aleykemik formada leykositlar sonining kamayishi yoki
o’zgarmasligi bilan yoki kuchsiz leykositoz 10.000 -20.000. Bemor shikoyati: quvvatsizlik,bosh og’rig’i ,ko’p terlashga, tez charchash, ayrim hollarda suyaklardagi og’riqqa, isitmalashga ,qorindagi og’riqqa shikoyat qiladi. Kassallik avjida bemor ahvoli og’ir, gemopoez buzilishi bilan bog’liq simptomlar progressiv rivojlanadi.taloq va jigar birdaniga kattalashadi. Taloq shu darajada kattalashishi mumkinki, qorin bo’shlig’ining chap tomonini butunlay egallashi mumkin. Ayrim hollarda limfa tugunlari ham kattalashishi mumkin. Lekin farqi qattiq bo’ladi. Kasallikning tugallanish davrida ozish va gemorragik diatez simptomlari yuzaga chiqadi. Tana harorati subfebril ammo yuqoriga ko’tarilishi ham mumkin. Siydikda siydik kislotaning juda ko’p kristallari aniqlanadi.
Surunkali lmfoleykoz - qon yaratuvchi a'zolarda limfatik to’qimaning nisbatan oshishi limfa
tugunlar,taloq, jigar,suyak tuqimasida. Kasallik ko’proq o’rta yoshli va katta yoshli erkaklarda uchraydi.
Kasallak sekin- oylab , yillab boshlanishi mumkin,bemorlar o’zlarining kasalliklaridan shubha ham qilmaydi,faqatgina tasodifiy qilingan qon tahliligina kasallikning mavjudligini oshkor qiladi.
Limfa tugunlar kattalashishining va limfoid infiltratning qaysi a'zoda joylashganiga qarab qo’shimcha simptomlar : dispepsiya, nafas huruji,va h.k. Umumiy ko’zdan kechirish: kasallik avjida bemor
ahvoli og’ir, remissiya davrida esa qoniqarli. Esi joyida . Aktiv xolatda,og’ir xolatlarda majburiy
xolatni egallashi mumkin.Teri koplami va shillik qavatlar anemiya hisobiga rangpar boi’ladi.
Limfatik to’qimaning kattarishi hisobiga ularni aniq ko’z bilan ham ko’rish mumkin.
Taloq kattalashadi,kam hollarda jigar.Nafas sistemasi: ayrim xollarda rentgenda lamfoid
infiltratlar ko’rinadi.Yurak -qon tomir sistemasi:umumiy intoksikatsiya natijasida taxikardiya yoki
ekstrasistoliyalar kuzatiladi. Hazm sistemasi: MITda o’zgarishlar ko’p uchraydi.sababi birinchidan
intoksikatsiya bo’lsa, ikkinchidan shillik osti qavatda limfoid infiltratlarning ko’payishi
hisoblanadi.Siydik ajratish sistemasi: leykositar tromblar gematuriyaga sabab bo’ladi. Qon
ko’rinishi: leykositlar soni ko’p hollarda 30000-20000 1 ml qonda.Aleykemik formada leykositlar
soni 1 ml qonda 500-3000 tagacha tushib ketishi mumkin.
6.2.Analitik qism.
Mashg’ulotning 2- qismida, masalaga analitik yondoshish lozim. Shu maqsadda
situatsion masalalardan foydalaniladi.shundan so’ng talabalarga mavjud umumiy qon va siydik tahlili, bioximik analizlar UZS tekshiruv ma'lumotlari tarqatiladi va shu materiallar asosida
talabalar bilan birgalikda taxminiy diagnoz qo’yiladi.
TESTLAR
1. Surunkali mieloleykoz bosqichlari
a. boshlang’ich belgilar, avj olgan, distrofik bosqichlar
b. boshlang’ich belgilar, avj olgan, oxirgi boskichlar
v. boshlang’ich belgilar, razgar, distrofik
g. remissiya, razgar, distrofik .
d. boshlang’ich, avjlanish, oxirgi
2. Leykozning qaysi formalari uchun leykemik qulash (hiatus leucaemicus) xos?
a. o’tkir leykoz
b. surunkali leykozning aleykemik formasi
v. Mieloleykozning barcha formasi
g. surunkali limfaleykoz
d. limfogranulyomatoz
3. Surunkali mieloleykoz bilan kasallangan bemorni qorni kattalashishiga sabab ?
a. taloqning kattalashishi
b. assit
v. Jigarning kattalashishi
g. teri osti yog’ klechatkasining o’ta rivojlanganligi
d. miteorizm
4. Surunkali mieloleykozda o’ziga xos xarakterli begilar bo’lib:
a. limfa tugunlarining kattalashishi
b. taloq va jigarning kattalashishi
v. MIT ning zararlanishi
g. nekrotik angina
d. plevrit, perikardit
5. Leykoz diagnostikasida muhim tekshirish usuli:
a. suyak ko’migi punktati analizi
b. qon analizi
v. Taloqni skanerlash
g. taloq biopsiyasi
Topshiriqlar
-
Bemor I. nafas siqishi xuruji teri qichishi, tana haroratining 37,5º C, umumiy holsizlikka shikoyat
qiladi. Ko’zdan kechirishda : teri giperimiyalangan, quloqoldi , jag’ osti, qultiq osti limfa tugunlari teridan bo’rtmagan og’riqsiz elastik konsistensiyali. Palpatsiyada: jigar, taloq kattalashgan va qattiqlashgan. Qon Hb=70,0 g/l, leykositlar- 3*1011 1ml qonda, neytrofillar 1%, limfositlar 52%. Qaysi kasallik haqida o’ylash mumkin? Surunkali limfoleykoz.
-
Bemor 20 yoshda, umumiy holsizlikka, tana harorati ko’tarilishiga, suyaklardagi og’riqqa va
tomoqdagi og’riqqa shikoyat qiladi. Ko’zdan kechirganda: teri sarg’ish-rangpar, chimchilash simptomi musbat. Qo’ltiq osti limfa tugunlarining kattalashishi. Jigar palpatsiya qilinganda qovurg’a yoyidan 1,5 sm chiqib turadi.
Qon: Hb=86 g/l, leykositlar 1.2*1011 1ml qonda. EChT - 45mm/s. Leykogramma blast hujayralarning mavjudligi, oraliq formalar yo’q. Qaysi kasallik rivojlanishi haqida gap bormoqda?
-
Bemor 32 yoshda, qorinning chap tomonida og’riq sezish, qorinning kattalashishi ko’p terlash, umumiy holsizlikka shikoyat qiladi. Ko’zdan kechirganda: bemor kaxeksiyalangan teri rangpar, jag’ osti, chov sohasi limfa tugunlarining kattalashishi, qorin kattalashgan. Palpatsiyada: taloq kattalashgan, tez og’riqli. Qon : Hb=80 g/l, leykositlar 4*1011 1ml qonda, bazofillar - 5%, EChT - 40mm/s.Qaysi kasallik hakida o’ylash mumkin? Ko’zdan kechirganda yana qanday simptomlarning bo’lishi diagnozni tasdiqlaydi? Qaysi tekshirish usullari diagnozni tasdiqlaydi? Javob : surunkali mieloleykoz.
6.3 Amaliy qism.
Amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishga asoslangan. Bu qismda talabalarning o’qituvchisi nazoratida gematologiya bo’limida bemorlar bilan ko’ratsiyasi o’tkaziladi. 2-3 leykoz bilan kasallangan kasallar tayyorlanadi. Qadamma-qadam anamnez yig’ishiga diqqat qaratiladi.
Talabalarning diqqati bemor shikoyatlariga qaratiladi: qorinda og’irlik sezish, suyakdagi
og’riqlar.tomoqdagi og’riqlar. Fizik tekshirishlar, jigar va taloqning kattalashuvi, konsistensiyasi,
yuzalari va chegaralarning o’zgarishiga qaratilgan. Bemor tekshiruvi ma'lumotlari amaliy daftarga yozib qo’yiladi.
7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.
Interaktiv usul:
8. Mashg’ulot xronologik xaritasi
№
|
O’zlashtirish % larda
|
Baho
|
Bilim darajasi
|
1.
|
100-86 %
|
5
|
Talaba biladi
-leykozning rivojlanish mexanizmi
- leykoz bilan kasallangan bemorlarni tekshirish
- dignostika maqsadida suyak ko’migi punktatini taxlil qilish
Talaba qila biladi
- Leykoz bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab surishtirish
- suyak ko’migi va qon analizi natijalarini taxlil qilish
- olingan natijalarga asosan sindromal diagnoz qo’yish
|
Talaba biladi
-leykozning rivojlanish mexanizmi
- leykoz bilan kasallangan bemorlarni tekshirish
- dignostika maqsadida suyak ko’migi punktatini taxlil qilish
Talaba qila biladi
- Leykoz bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab surishtirish
- suyak ko’migi va qon analizi natijalarini taxlil qilish
- olingan natijalarga asosan sindromal diagnoz qo’yish
|
Talaba biladi
-leykozning rivojlanish mexanizmi
- leykoz bilan kasallangan bemorlarni tekshirish
- dignostika maqsadida suyak ko’migi punktatini taxlil qilish
Talaba qila biladi
- Leykoz bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab surishtirish
- suyak ko’migi va qon analizi natijalarini taxlil qilish
- olingan natijalarga asosan sindromal diagnoz qo’yish
|
2.
|
85-71%
|
4
|
Talaba biladi
-leykozning rivojlanish mexanizmi
- leykoz bilan kasallangan bemorlarni tekshirish
- dignostika maqsadida suyak ko’migi punktatini taxlil qilish
Talaba qila biladi
- Leykoz bilan kasallan bemorlarni mustaqil so’rab surishtirish
- suyak ko’migi va qon analizi natijalarini taxlil qilish
- olingan natijalarga asosan sindromal diagnoz qo’yish
|
Talaba biladi
-leykozning rivojlanish mexanizmi
- leykoz bilan kasallangan bemorlarni tekshirish
- diagnostika maqsadida suyak ko’migi punktatini taxlil qilish
Talaba qila biladi
- Leykoz bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab surishtirish
- suyak ko’migi va qon analizi natijalarini taxlil qilish
- Leykoz bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab surishtirish
- suyak ko’migi va qon analizi natijalarini taxlil qilish
- olingan natijalarga asosan sindromal diagnoz ko’yishgan natijalarga san sindromal diagnoz qo’yish
|
Talaba biladi
-leykozning rivojlanish mexanizmi
- leykoz bilan kasallangan bemorlarni tekshirish
- dignostika maqsadida suyak ko’migi punktatini taxlil qilish
|
3.
|
70-55%
|
3
|
Talaba aniq bilmaydi
-leykozning rivojlanish mexanizmi
- leykoz bilan kasallangan bemorlarni tekshirish
-leykoz simptomatikasi
- dignostika maqsadida suyak ko’migi punktatini taxlil qilish
|
Talaba aniq bilmaydi
-leykozning rivojlanish mexanizmi
- leykoz bilan kasallangan bemorlarni tekshirish
-leykoz simptomatikasi
|
4.
|
54-1%
|
2
|
Hech narsa bilmaydi
|
9. Joriy nazoratni baxolash mezoni
|
Mashgulot bosqichlari
|
Mashgulot ko’rinishi
|
Davomiyligi
|
1.
|
O’qituvchining kirish so’zi
|
|
5 min
|
2.
|
Mavzuning o’rgatilishi
slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash
|
Surov va tushuntirish
|
25 min
|
3.
|
Mavzu yakuni
|
|
5 min
|
4.
|
O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.
|
Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at
|
25 min
|
5.
|
Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.
|
Ogzaki surov,
testlar, vaziyatli
masalalar,
diskussiya.
|
20 min
|
6.
|
|
|
10 min
|
10. Tekshiruv savollari.
1.O’tkir leykoz bilan xastalangan bemorlarning shikoyati.
2. Obektiv tekshirish ma'lamotlari.
3. So’rab surishtirish ma'lumotlari.
4. Surunkali mieloleykoz bosqichlari.
5 .Surunkali mieloleykoz bilan og’rigan bemorlarni obektiv tekshirish ma'lamotlari.
6. Limfoleykoz bemorlarning shikoyatlari.
7. O’tkir va surunkali leykoz farqi.
8.Leykoz rivojlanishi sabablarining teoriyalari.
9.O’tkir leykoz laborator ma'lumotlari.
10. Surunkali leykoz laborator ma'lumotlari.
11.Foydalanilgan adabiyotlar:
Asosiy:
1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil
2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.
3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.
4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.
5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.
6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.
7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.
Qo’shimcha:
1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.
Do'stlaringiz bilan baham: |