Surunkali pankreatit turlari.
Surunkali qaytalanadigan pankreatit-taxminan 60 foizi holatlarda uchraydi, to’lqinsimon kechishi (remissiya va zo’rayish davrlarining almashinib turishi) va kriz xarakterida bo’lishi bilan ifodalanadi, xolestaz va nekroz orti krist va oqma yara hosil bo’lishi bilan kuzatiladi. Zo’rayish davrida qorinning ustki yarmida kuchli og’riq xuruji vujudga keladi, og’riq qamrab oluvchi xarakterda bo’lib, badan uvishishi, harorat ko’tarilishi, ko’ngil aynishi, qusish, qorinni dam bo’lishi, qonda leykositoz va siydikda me’da osti bezi fermentlari miqdorining ko’tarilishi bilan kuzatiladi. Og’riqlash kaxeksiyasiga rivojlanadi. Remissiya davrida pankreatit belgilari so’nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |