Surunkali og’riqli pankreatit-deyarli doimiy, bir necha oyga cho’zildigan og’riq bilan kuzatiladi; og’riq, odatda, kuchsiz, ko’ngil aynishi, qusish, ishtaha pasayishi, ich ketishi, leykositoz bilan ifodalanadi, lekin kriz xarakterida bo’lmaydi.
v. Surunkali “og’riqsiz” yoki “yashirin” pankreatit-ko’pincha surunkali alkogolizmga duchor bo’lgan shaxslarda, o’t yo’llari, me’da, ichak kasalliklarida uchraydi. Ovqatlanish tartibi buzilgandan keyin, ko’ngil aynishi, yog’simon yopishqoq najas paydo bo’ladi. ishtaha saqlangan holda tana vazni kamayishi, terining trofik o’zgarishlari, giperglikemiya, tashqi yoki ichki sekretsiyalarining buzilish belgilari aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |