Qiyosiy tashxisi.
O’t-tosh kasalligiga o’ng qovurg’a ostida xurujsimon og’riq, o’tkinchi sariqlik xarakterli. Mazkur xastalik bilan ko’pincha yoshi katta kishilar ayniqsa semiz ayollar iztirob chekadilar. Duodenum suyuqligidagi o’t tarkibida ko’p miqdorda ayniqsa xolesterin kristallariga, kalsiy billurubinati, “qum” topiladi. Rentgen va ultratovush tekshirishlarida “tosh” mavjudligi aniqlanadi.
O’t pufagi diskinizatsiya-pufakning tonusi va harakatlanish faoliyati buzilishi bilan ifodalanadi. Diskieziyada og’riqning vujudga kelishi hayajonlanish va ruhan zo’riqishga aloqador. Bunday bemorlarda keskin og’riq bo’lishiga qaramay harorat ko’tarilmaydi, badan sarg’aymaydi, qonda va duadenum suyuqligida o’zgarishlar kuzatilmaydi.
v) Surunkali xolantin-epigastriya sohasida va o’ng qovurg’a ostida og’riq, qisqa muddatli sariqlik, teri qichishi, subfebril harorat, dispensiya buzilishlari, ETCh tezlashganligi, qonning ishqoriy fasfatazalari va lipidlari faolligining ortishi bilan ifodalanadi. Jigar va taloq asta-sekin kattalashadi va qattiqlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |