Me’da va o’nikki barmoq ichak yarasi
Me’da va o’nikki barmoq ichak yarasining rivojlanishi bir xil bo’lib, oqibatda bemorning mehnat qobiliyati pasayadi.
Etilologiyasi va patogenezi. Me’da va o’nikki barmoq ichak yarasining kelib chiqishida markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi muhim rol o’ynaydi. Noqulay tashqi ta’sir natijasida bosh miya po’stlog’ining funksiyasi izdan chiqadi. Bu esa me’da va o’nikki barmoq ichak yarasining paydo bo’lishiga imkon beradi. Bundan tashqari, kuchli hayajonlanish, ovqatlanish rejimining buzilishi, organizmning o’ziga xos xususiyati va gormonal faktorlar ham kasallikning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Nihoyat yara paydo bo’lishida nikotin spirtli, ichimliklarni iste’mol qilish ham muhim rol o’ynaydi. Me’da yarasi ko’pincha me’daning pilorus qismi va kichik egilmada, ba’zan kardial qismida paydo bo’ladi. Yara yumaloq yuk elleps shaklda ko’pincha yakka va kamdan-kam hollarda to’p bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |