Nefroz buyrak kanalchalari epiteliysida degenerativ o’zgarishlar ro’y berishi bilan kechadigan kasallikdir. Kechishiga ko’ra o’tkir va xronik bo’ladi. Etiologiyasi. Xronik yuqumli kasallik (maalan, sil), o’pkaning yiringli kasalliklari (bronxoektaziya), suyak kasalliklari (osteomelit), sulemadan zaharlanish va boshqalar nefrozning kelib chiqishiga imkon beradi. Nefroz aksariyat xronik nefritning rivojlanish bosqichlaridan biri hosoblanadi. Organizmda moddalar almashinuvi buziladi. Buyrak kattalashib,distrogfik protseslar kechadi. Kanal epiteliysida maxsus oqsil yoki yog’simon moddalar (lipoid) yig’ilib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |