Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Maxsus vositalarni qo‘llash



Download 59,56 Kb.
bet23/42
Sana31.12.2021
Hajmi59,56 Kb.
#225809
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
Ichki ishlar organlari to'g'risidagi qonun.

23-modda. Maxsus vositalarni qo‘llash

Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega:

fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;

jinoyatga yoki ma’muriy huquqbuzarlikka chek qo‘yishda;

ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko‘rsatilishiga chek qo‘yishda;

jinoyatni sodir etish chog‘ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko‘rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;

qurolli qarshilik ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan shaxsni ushlashda;

ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qo‘riqlab borish va qo‘riqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki o‘ziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;

zo‘ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;

fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yishda;

haydovchisi ichki ishlar organi xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi talabini bajarmagan transport vositasini to‘xtatishda;

jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda;

muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sib qo‘yishda.

Ichki ishlar organi xodimi quyidagi maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega:

rezina tayoqlar — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

ko‘zdan yosh oqizuvchi moddalar, gazli, shikastlantiruvchi qurol — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

qo‘lkishanlar yoki boshqa bog‘lash vositalari — ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi, to‘qqizinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

maxsus bo‘yovchi va markirovka qiluvchi vositalar — ushbu modda birinchi qismining o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

elektroshok qurilmalari — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

xizmat hayvonlari — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — yettinchi, to‘qqizinchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

chalg‘itma ta’sir ko‘rsatuvchi nur-tovush moslamalari — ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘n ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

transport vositalarini majburiy to‘xtatish vositalari — ushbu modda birinchi qismining to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

tinchlantirish ko‘ylagi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

suv bilan zarba beruvchi mashinalar — ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

zirhli mashinalar — ushbu modda birinchi qismining oltinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;

muhofaza qilinadigan obyektlarni (hududlarni) himoya qilish, g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini to‘sish vositalari — ushbu modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda;

to‘siq-g‘ovlarni bartaraf etuvchi vositalar — ushbu modda birinchi qismining oltinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘n birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda.

Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda o‘qotar qurol ishlatishga ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni qo‘llash huquqiga ega.

Maxsus vositalarning qo‘llanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.

Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari ko‘rinib turgan shaxslarga, yoshi aniq ko‘rinib turgan yoki ma’lum bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan, bundan ularning qurolli qarshilik ko‘rsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqatda tahdid etib, guruh bo‘lib hujum qilganligi hollari mustasno, shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan o‘tkazilayotgan g‘ayriqonuniy yig‘ilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qo‘yishlarni bartaraf etish chog‘ida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qo‘llanilishi taqiqlanadi.

Quyidagilar taqiqlanadi:

odamning boshiga, bo‘yniga, o‘mrov suyagiga, qorniga, jinsiy a’zolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish;

havo harorati Selsiy bo‘yicha nol darajadan past bo‘lganida suv bilan zarba beruvchi mashinalarni qo‘llash.

Suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining og‘zaki yoki yozma qarori asosida qo‘llaniladi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarga darhol xabar beriladi.

Ichki ishlar organlari ta’minotida bo‘ladigan maxsus vositalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


Download 59,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish