Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining sog‘lig‘ini saqlash



Download 59,56 Kb.
bet36/42
Sana31.12.2021
Hajmi59,56 Kb.
#225809
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
Ichki ishlar organlari to'g'risidagi qonun.

36-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining sog‘lig‘ini saqlash

Ichki ishlar organlarining xodimlariga, harbiy xizmatchilariga, pensionyerlariga, ishchi va xizmatchilariga hamda ularning oila a’zolariga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari, shuningdek faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot beriladi hamda tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatiladi.

Ichki ishlar organlarining xodimlari, harbiy xizmatchilari, pensionyerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yo‘llanmalar bilan ta’minlanadi.

Kasalliklarning profilaktikasi, bemorlarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, tibbiy ko‘riklar va harbiy-tibbiy ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan tibbiy vositalar, buyumlar, asbob-uskunalar va dori vositalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan olinadi.

Zarur bo‘lgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Alohida hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha tibbiy yordam olishi uchun uni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort ta’minotini, tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordam va sanatoriy-kurort ta’minoti to‘g‘risida nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.


Download 59,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish