Ichki ishlar idoralari xodimlarining


ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI KASB



Download 0,5 Mb.
bet34/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

bob


ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI KASB AXLOQINING PRINSIP VA NORMALARI

  1. §. UMUMINSONIY AXLOQ PRINSIPLARI VA ULARNING ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA NAMOYON BO‘LISHI

«Umuminsoniy axloq prinsiplari» tushunchasi. «Prinsip» lotincha –
«principium» – «asos, negiz»; «ibtido» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida: 1) biror nazariya, ta’limot, dunyoqarash va shu kabilarning asosiy qonun-qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g‘oya, qonun- qoida; 2) xulq-atvor, xatti-harakat me’yorini belgilaydigan, kishi qattiq ushlab olgan va og‘ishmay amal qiladigan ichki ishonch, nuqtai nazar, qarash, maslak degan ma’nolarni anglatadi1.
Axloq prinsiplarini biron-bir shaxs yaratmagan, u muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq, moddiy va ma’naviy hayot jarayonida kishilar ijtimoiy turmushining, axloqiy munosabatlarining talablarini birmuncha umumlashgan holda aks ettiradigan axloqiy ong shakllari sifatida vujudga kelgan qonun-qoidalar hisoblanadi. Shunga ko‘ra, umuminsoniy axloq prinsiplari deb jamiyatning ma’naviy ongida ishlab chiqilgan, insonning ma’naviy mohiyatiga, burchiga, hayotining mazmuniga va kishilar o‘rtasidagi o‘zaro talablarning tabiatiga taalluqli umumiy talablarni aks ettiradigan, insonlar faoliyatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan va muayyan xulq-atvor normalariga asos bo‘lib xizmat qiladigan qonun- qoidalarga aytiladi.
Umuminsoniy axloq prinsiplariga quyidagilar kiradi: insonparvarlik, o‘zaro yordam, ishonch, hamjihatlik, tinchliksevarlik, vatanparvarlik, adolatlilik, odamiylik, qonuniylik va h.k.
Insonparvarlik prinsipi. Insonparvarlik ikki ma’noda: birinchidan amaliy faoliyat, ya’ni insonning ozodlik va tenglik uchun olib boradigan kurashi; ikkinchidan, dunyoqarash, mafkura, siyosat, axloq, tarbiya sifatida tushuniladi. Bu ikki tomon doimo bir-birini to‘ldirib turadi.
Insonparvarlik odamlarga mehr-muhabbat bilan qarash ularning haq- huquqlarini hurmat qilish, baxt-saodati, har tomonlama kamol topishi




1 Qarang: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.3. – Т.: « Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2007. – Б.309.
hamda ijtimoiy hayotda inson uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi olijanob tuyg‘ular, qarashlar majmuidir.
«Insonparvarlik» axloqiy prinsip sifatida kishilarning xulqini bir- biriga hurmat va g‘amxo‘rlik, insonning kuch-qudratiga ishonch ruhida tartibga solib boradigan xatti-harakatlarni bildiradi.
Insonparvarlik prinsipining axloqiy mazmunini quyidagilar tashkil etadi:

  • insonni oliy darajadagi qadriyat deb tushunish, uning ijodiy kuch va qobiliyatlari, imkoniyatlari cheksiz kamol topishiga ishonish;

  • har bir insonning qadr-qimmatini, shaxsiy daxlsizligini, erkin yashashini, moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishini, baxt-saodatga erishishini talab qilish;

  • har bir insonni – yoshi, jinsi, irqi, millati, tili va dinidan qat’i nazar – moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratuvchisi sifatida hurmat qilish;

  • erkak va ayollarni, qariya va bolalarni, barcha irq va millat vakillarini ularning insoniyligiga qarab hurmat qilish;

  • o‘zgalar taqdiriga befarq bo‘lmaslik, insoniyatning baxt-saodati yo‘lida tinmay mehnat qilish, kerak bo‘lsa o‘zini qurbon qilishga tayyorlik va sh.k.

Insonparvarlik prinsipi o‘zining huquqiy ifodasini «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» (1948 yil 10 dekabr), «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi» (1992 yil 8 dekabr) kabi hujjatlarda topgan.
«Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»da: «Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlarcha ruhda munosabatda bo‘lishlari kerak» (1-modda); «Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir» (3-modda); «Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo‘rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak» (5-modda);
«Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg‘in qilinishi mumkin emas» (9-modda) deyilgan bo‘lsa1 , O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir» (24-modda); «Har kim




1 Qarang: Инсон ҳуқуқлари: Универсал халқаро ҳужжатлар тўплами. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б. 10–12.
o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligiga ega» (27-modda);
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» (31-modda) deyilgan. Bular Konstitutsiyamizning nihoyatda insonparvar ruhdagi qonun ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etishning ma’naviy negizlaridan birini insonparvarlik tashkil etadi. Insonparvarlik prinsipini amalga oshirmasdan turib xalqimizning azaliy orzusi bo‘lgan adolatli jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi. Insonparvarlik xislatlari esa xalqimizning qon-qoniga, jon diliga singib ketgan.
«Insonparvarlik, – deb yozgan edi I. A. Karimov, – bu o‘zbek xalqi ruhiyatining ajralmas fazilatidir. Shafqatsizlik va zo‘ravonlik uning tabiatiga yotdir. ...tarixning o‘yini ham, omonsiz jangu jadallar ham, tabiiy ofatlar va ochlik ham xalqimizning insoniylik tabiatiga dog‘ tushirolmadi. O‘zbek oilasida bugungi kunda yaxshilik va yorug‘lik, bolalarga mehr, kattalarga hurmat, yaqinlarga va boshqalarning qayg‘usiga hamdardlik mujassamlashgandir»1. Insonparvarlik o‘zbek xalqining barcha hayot jabhalariga kirib ketgan bo‘lib, uning qonun-qoidalari ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar bilan, aholining turli-tuman qatlamlari bilan bo‘ladigan axloqiy-huquqiy munosabatlarini qamrab olgan holda ularni tartibga solib turuvchi, boshqaruvchi vosita hisoblanadi.
Umuminsoniy axloq prinsiplariga kiruvchi insonparvarlik ichki ishlar idoralarining qonunni himoya qilish va amalda qo‘llash faoliyatida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ushbu xususiyat quyidagilarda ko‘rinadi:

  1. Ichki ishlar idoralarining faoliyati o‘z mazmuniga ko‘ra insonparvarlik xususiyatiga ega. Chunki bu muassasalar kishilarning yashashi, mehnat qilishi, ijod bilan shug‘ullanishi, dam olishini ta’minlash uchun ularni huquqbuzarlardan himoya qilish, ularning shaxsiy, mulkiy, siyosiy haq-huquqlarini qo‘riqlashga qaratilgan.

Shunga ko‘ra, umuminsoniy axloq prinsipi bo‘lgan insonparvarlik ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyatida yomonlikka, yovuzlikka qarshi kurashuvchi, shaxs va jamiyat, davlat manfaatlarini har xil g‘ayrinsoniy tajovuzlardan himoya qiluvchi, jamiyatda o‘rnatilgan huquq


1 Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли // Унинг ўзи. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. Т.1. – Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.77.
va axloq normalarining og‘ishmay amalga oshirilishini ta’minlovchi, har bir insonning baxtli-saodatli hayot kechirishi va kelgusida kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berishga xizmat qiluvchi kasb axloqi prinsipi shaklida namoyon bo‘ladi.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat faoliyatida inson- parvarlikning kasb axloqi sifatida amal qilishini ko‘rsatuvchi omillardan biri ularning jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan xatti-harakatlari va o‘tkazadigan tadbirlari hisoblanadi. Bu xatti-harakat va tadbirlarning zamirida yotuvchi insonparvarlik g‘oyasi quyidagilarda ifodalanadi: axloqiy nazoratdan chetda qolgan shaxslarni aniqlash va ular orasida ta’lim-tarbiya ishlari olib borish; balog‘at yoshiga yetmagan yoshlarning mehnat qilish, dam olish, qadriyatlardan foydalanish huquqlarini himoya qilish; jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi sabablarni tezlikda aniqlash va ularni tugatish choralarini ko‘rish, jazoni o‘tab chiqqan, ammo yana jinoyat qilishga moyil bo‘lganlarni nazoratga olish hamda aholining barcha qatlamlari o‘rtasida muntazam huquqiy targ‘ibot va axloqiy tarbiya ishlarini tashkil qilish.

Shunday qilib, ichki ishlar idoralarining xodimlari o‘z faoliyati bilan insonparvarlikka xizmat qiladilar, ya’ni qonunbuzar shaxslarni jamiyatda qaror topgan huquqiy va axloqiy normalar asosida tarbiyalash va qayta tarbiyalash orqali erkin ijobiy hayotga, olijanob insonlar davrasiga qaytarish vazifalarini bajaradi.

  1. Jamiyat va davlat tomonidan o‘rnatilgan huquqiy va axloqiy normalarni buzib, jinoyat sodir etganlarni ham, eng avvalo, inson deb bilgan holda, qayta tarbiyalab, halol mehnat quchog‘iga qaytarish asosida ish yuritish o‘zbek qonunchiligining va qonun ijrosini ta’minlovchi ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyatidagi insonparvarlikning asl mohiyatini tashkil etadi.

  2. Ichki ishlar idoralari faoliyatidagi insonparvarlik huquqbuzarliklar va jinoyatlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan usul va vositalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, avvalo ishontirish, so‘ngra majbur qilish vositalarini qo‘llashda ko‘rinadi.

Ishontirish usuli har bir insonni o‘rnatilgan huquq va axloq normalariga amal qilishga, qonun talablari va tartib-intizomni buzmaslikka, bordiyu ularni buzsa, albatta qilmishiga yarasha jazo olishi muqarrarligiga iqror etishda namoyon bo‘ladi.
Majburlash – ishontirish usuli ish bermay qolganida qo‘llaniladigan vosita. Uning amalda qo‘llanishi shaxsning konstitutsiyaviy huquqlarini u yoki bu tarzda cheklashni anglatadi.
Ishontirish va majburlash usullarini qo‘llashning axloqiy-huquqiy asoslarini, birinchidan, shaxsning jismoniy (hayoti va sog‘lig‘i), axloqiy (sha’ni va qadr-qimmati), ma’naviy (ruhiy) daxlsizligi; ikkinchidan, uy- joylarining; uchinchidan, fuqarolarning shaxsiy hayotiga oid sirlarni saqlash huquqlarining daxlsizligi tashkil etadi. Bu normalar ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatlarini bosh- qaruvchi, tartibga solib turuvchi vosita vazifasini o‘taydi. Xuddi shunga ko‘ra, ichki ishlar idoralarining ushbu normalarni buzgan har qanday xodimi, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, intizomiy, ma’muriy va jinoiy jazoga tortiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining har qanday protsessual harakatlar- ni – ushlash, tintuv qilish, ekspertiza o‘tkazish, so‘roq qilish, yuzlashtirish va boshqalarni o‘tkazish vaqtida insonning hayotiga, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi va ziyon yetkazuvchi usul va vositalarni qo‘llashlari qat’iyan taqiqlanadi.
Har bir insonga, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, to‘g‘ri muomala qilish, ya’ni urishmaslik, baqirmaslik, haqorat qilmaslik, shaxsiyatiga tegmaslik kerak. Odamlar bilan doimo yaxshi muomalada bo‘lib, samimiy muloqot qilish lozim. Bu, albatta, ichki ishlar idoralari xodimlari har qanday qabihlikni kechirishlari kerakligini emas, balki har bir masalani qonuniy asosda, shoshmasdan, bafurja hal etishlari zarurligini bildiradi.
Insonparvar huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati bunyod etish jarayonida insonni, uning haq-huquqlarini himoya qilish eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Bu esa, ayni vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi barcha idoralarning faoliyatini tubdan qayta qurishni, insoniylashtirishni taqozo etmoqda.
Ichki ishlar idoralari faoliyatini insoniylashtirish ikki yo‘nalishda olib borilishi kerak: birinchidan, ichki ishlar idoralarining butun faoliyatini; ikkinchidan, har bir xodimni insoniylashtirish zarur, chunki insoniylash- tirish insonparvarlikning amaldagi ifodasidir.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish