Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Axloqiy-kasbiy buzilishning oldini olishda qo‘llaniladigan maxsus



Download 0,5 Mb.
bet139/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Axloqiy-kasbiy buzilishning oldini olishda qo‘llaniladigan maxsus tadbirlar. Ichki ishlar idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishlarining oldini olishga qaratilgan mazkur harakatlardan boshqa aniq chora-tadbirlar ham mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
1. Professional faoliyatni tashkil etish sohasida:

  • har bir xodimni tanlab olishda va ishga tayinlashda ularning qiziqishlarini inobatga olish;

  • xodimlarga aniq vazifalar, topshiriqlar berish, ularning bajarilishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘rish;

  • avval sudlangan odamlar bilan muntazam ravishda yakka tartibda tarbiyaviy ishlar olib borish;

  • xodimlarga fuqarolar bilan muomala qilish madaniyatini, ruhiy aloqa o‘rnatish mahoratini o‘rgatish;

  • xizmat vazifasini bajarishda ishga ijodiy yondashuvchi, chigal

masalalarning yechimini tezlikda topuvchi, muammolarni hal qilishda ilm- fan yutuqlarini o‘rganib, ulardan unumli foydalanuvchi xodimlarni taqdirlash, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish;

  • qo‘l ostidagilarni o‘z ishini o‘zi tahlil qilishga, o‘zini o‘zi nazorat qilishga o‘rgatish;

  • xodimlar bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlari, oilasi tinch, hayoti sermazmun bo‘lishi uchun ular haqida tinmay g‘amxo‘rlik qilish;

  • o‘zgalarga ruhiy ta’sir o‘tkazish usullarini amalda qo‘llashni o‘rgatish va operativ qidiruv organi xodimini janjalli va qo‘rqinchli holatlarda ishlashga ruhiy jihatdan tayyorlash ishlarini amalga oshirish;

  • jismonan chiniqtirish va chidamliligini oshirish. 2.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida:

  • xodimlarda ilmiy dunyoqarash, axloqiy-huquqiy e’tiqod, g‘oyaviy- siyosiy madaniyat va irodaviy xislatlarni, qisqacha aytganda, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish;

  • ularni tanqid va o‘z-o‘zini tanqid ruhida tarbiyalash;

  • iroda va xarakter kuchini chiniqtirish;

  • jinoyatchilar dunyosining ta’siriga qarshi tura olish qobiliyatini hosil qilish;

  • xizmatda va turmushda shaxsiy namuna orqali ta’sir ko‘rsatish;

  • tarbiyalash jarayonida o‘rgatish va majburlash, rag‘batlantirish va jazolash usul va vositalaridan unumli foydalanish;

  • jamoada sog‘lom ruhiy muhitni vujudga keltirish;

  • qo‘l ostidagilarning yashash sharoitlari, dam olishini yaxshilash borasida g‘amxo‘rlik qilish;

  • tarbiyaning barcha turlarini, usul va vositalarini, prinsiplarini birga qo‘shib olib borish, ayniqsa, huquqiy va axloqiy tarbiyaning uzviy birligiga asosiy e’tiborni qaratish;

  • xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari va tili bilan bog‘liq qadriyatlardan tarbiya jarayonida milliy g‘ururni o‘stirish va milliy ongni shakllantirishda unumli foydalanish.

3. Jinoyat qidiruv bo‘linmasi xodimlarining axloqiy-ruhiy muhitini shakllantirish sohasida:

  • yangi xizmatga kelgan xodimlarning va yosh mutaxassislarning ishga ko‘nikishlarini tezlashtirish uchun zarur sharoitlar yaratib berish;

  • qo‘l ostidagilar to‘g‘risida ijtimoiy-ruhiy ma’nodagi ma’lumotlarni

muntazam ravishda to‘plab borish, ya’ni ular to‘g‘risidagi mish-mishlar, gap-so‘zlardan ogoh bo‘lib turish;

  • xodim va jamoa, boshliq va tobe xodim o‘rtasida o‘zaro ishonch va do‘stona munosabat o‘rnatish;

  • jamoa oldida yaqin kunlar ichida va kelgusida qilinadigan ishlar to‘g‘risida axborot berib turish, bu haqda fikr almashish;

  • jamoatchilik fikriga quloq solish va undan unumli foydalanish;

  • xizmat ko‘rsatgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish ishlarini ochiq va oshkora tarzda hal etish;

  • professional faoliyat davomida vujudga kelgan ijobiy an’analarni o‘rganish va mustahkamlash;

  • jamoa va bo‘linmadagi xodimlarni ruhiy holati va qobiliyatini inobatga olgan holda operativ ishlarga jalb qilish, qo‘yish, ishga tayinlash va h.k.

Huquqni himoya qilish idoralari xodimlari axloqiy-kasbiy buzilishla- rining sabablari va ularni tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida I.A.Karimov shunday degan edi: «Huquqni himoya qilish organlarining ayrim nopok xodimlari o‘z vazifasini suiiste’mol qilib jinoyatga qo‘l urmoqda. Huquqni muhofaza etuvchi idoralar – militsiya, sud, prokuratura xodimlari saflarini malakali, Vatanga va o‘z burchiga sadoqatli, insofli, yosh, iqtidorli va zamon talablariga javob beradigan kadrlar bilan to‘ldirish ishlari kuchaytirilishi lozim...
Barcha bo‘g‘inlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obro‘si, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas ekan, ishlarimiz ko‘ngildagidek bo‘lmaydi»1.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish