Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Tergovchiga qo‘yiladigan estetik talablar



Download 0,5 Mb.
bet100/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Tergovchiga qo‘yiladigan estetik talablar. Tergov faoliyatida etika kategoriyalari bilan bir qatorda estetika kategoriyalari ham namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, estetikaning asosiy kategoriyasi – go‘zallik. Tergov faoliyatidagi go‘zallik, birinchidan, kasb mahoratida namoyon bo‘ladi. Chunki, o‘z ishini bilib qilish, vazifasini chiroyli qilib ado etish tergovchining o‘ziga ham zavq-shavq bag‘ishlaydi, atrofdagilarni ham quvontiradi. Tergov faoliyatidagi go‘zallik, avvalo, tergovchining kasb mahorati, bilimi, odatlari, ularni amalda qo‘llash mahoratiga bog‘liq bo‘lib, ana shularda ko‘rinadi.
Ikkinchidan, tergov faoliyatidagi go‘zallik tergov apparati xodimlarining yangi bilimlarni egallashi, umuminsoniy axloq normalariga, milliy, mintaqaviy, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan tergov usullarini izlab topishi va amalda qo‘llashi bilan shakllantirib boriladi.
Uchinchidan, tergov faoliyatidagi go‘zallik qonunga, jamiyat manfaatlariga, kasb axloqining normalariga mos kelgandagina ijtimoiy ma’nodagi haqiqiy go‘zallik tusini oladi.
Tergovchi xonasining estetik did talablariga rioya qilingan holda jihozlanishi tergov faoliyatida tergovchining ish unumdorligini oshirishga yordam beruvchi omillardan hisoblanadi.
Tergovchining ish xonasi tergov ishlari uchun kerakli narsalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Unda tergov ishlariga xalal beruvchi predmetlar bo‘lmasligi lozim. Masalan, kabinetga qo‘yilgan katta gul xonani toraytirsa, derazadagisi yorug‘lik tushishiga xalal beradi. Ayni vaqtda devorda osig‘liq turgan oilaviy rasmlar, do‘stlarning suratlari jinoyatchilarga qo‘l kelib qolishi mumkin, chunki ulardan kelgusida tergovchining ustidan har xil tuhmatlar uyushtirish yoki oilasiga tazyiq o‘tkazishda foydalanilishi mumkin.
Tergovchining xonasi katta va yorug‘ bo‘lishi kerak. Tergov qilish va guvohlarni yuzlashtirish uchun xonaning hajmi kamida 12 m. kv. bo‘lgani ma’qul. Kichik xonaga odamlar sig‘may qolib, tergov faoliyatining samaradorligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuningdek, tergovchining xonasidagi mebel ham shu xona rangiga mos bo‘lishi, xonadagi jihozlar oddiy va o‘zaro uyg‘un bo‘lishi zarur.
Tergovchi xonasidagi eshik va derazalar zich yopiladigan bo‘lishi, shovqin tergov ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun xona devorlari tabiiy muhitni hisobga olgan holda bo‘yalgan bo‘lishi maqsadga muvofiq. Xonadagi barcha jihozlar, ayniqsa grafin, choynak va piyolalar toza va butun bo‘lishi lozim.
Bularning hammasi tergovchining kayfiyatini ko‘taradi. Ko‘tarinki ruh esa ish samaradorligini oshiradi.
Axloqiy normalarga rioya qilish tergov jarayonining hammasi uchun zarur bo‘lsa-da, ammo so‘roq qilishda uning ahamiyati nihoyatda katta.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish