Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet28/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Jinoyatni aniqlash va jazo belgilashning axloqiy jihatlari to‘g‘risida. Sohibqiron Amir Temurning huquqiy qarashlarida jinoyatni aniqlash va jazo tayinlash masalalari ham muhim o‘rinlardan birini egallaydi.
U qonunchilik sohasida islom dinini har yerda va har vaqt qo‘llab- quvvatlashni, shariat qonunlarini himoya qilish va amalda bajarishni o‘zining muqaddas burchi deb bilgan. Shuning uchun ham Allohning yagonaligini tan olmasdan islom diniga qarshi chiqishni, shariat qonunlariga itoat qilmaslikni og‘ir jinoyat deb hisoblagan.
Amir Temur shariatda ko‘rsatilgan jinoyatlardan tashqari,

  1. saltanatini yiqitish maqsadida vazirlarning davlatga xiyonat qilishini;

  2. moliya vazirlarining ishga sovuqqonlik bilan qarab, davlat boyligining bir qismini o‘zlashtirib olishini; 3) amirlarning ish yuzasidan o‘zaro nifoqqa borishini; 4) o‘g‘ilning saltanat martabasiga da’vogarlik qilib, bosh ko‘tarishini; 5) nabiralar yoki qavm-qarindoshlarning dushmanlik qilishini; 6) sipohiylarning haddidan oshib, qo‘l ostidagi kishilarga zulm o‘tkazishini; 7) xotin-qizlarni kamsitib, zo‘rlab zino qilishni; 8) o‘g‘rilik, urib ko‘r qilish, quloq va burunni kesish, sharob ichish kabilarni eng og‘ir va xavfli jinoyatlar deb bilgan.

Ularga nisbatan jazo belgilashda, «zolimlar (gunohkorlar) yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm o‘tkazmadim»1, deya avvalo, odamlarning gunohlarini ashyoviy dalillar asosida isbotlash, so‘ngra ularni xalq oldida oshkora jazolash va nihoyat, jazoni faqat aybdorga nisbatan qo‘llash




1 Амир Темур ўгитлари: (Тўплам) / Тузувчилар: Б.Аҳмедов, А.Аминов. –
Т.: Наврўз, 1992. –Б.15.
zarurligini uqtirgan holda, jazolashda isbotlash, oshkoralikni ta’minlash va aybdorlik darajasini hisobga olish kabi qoidalar asosida ish olib borish kerakligini ko‘rsatib bergan edi.
Ushbu qonun-qoida asosida Amir Temur xiyonatkor vazirlarga – o‘lim; saltanatga da’vogarlik qilish maqsadida bosh ko‘targan o‘g‘ilga – qattiq nazorat, dushmanlik qilgan nabira va qavm-qarindoshlarga – maoshdan mahrum qilish; yulg‘ich moliya vaziriga – mol-mulkini musodara qilish; nifoqdor amirlarga – amirlik unvonidan mahrum etish; zulmkor sipohiy, kadxudod va kalontarlarga – jarima solish jazolarini belgilagan holda, «Agar biror kimsaning gunohi isbotlangandan so‘ng, undan jarima olsalar, boshqa yana darra bilan urmasinlar. Agar darra urish bilan jazolasalar, undan jarima olmasinlar»1, – deya bir ayb uchun faqat bir jazo belgilanishi kerak, degan qoidani hayotga tatbiq qilishni o‘zining qonunshunos hukmdorlik vazifasi deb bilgan.
Jinoyatni aniqlash, jazoni belgilash ishlari sadr, qoziy, muftiy, muxtasiblar zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, ular sohibqiron oldida qonun va uning ijrosi uchun mas’ul bo‘lgan. Sohibqiron davlatning qonun- qoidalarini aholiga tushuntirish uchun har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilgan. Ular huquqiy bilimlarni xalq orasida targ‘ib qilib, aholida qonunga itoatkorlikni tarbiyalaganlar.
Amir Temur axloqiy xislatlarining markazida turuvchi eng muhim fazilatlardan biri insonparvarlik bo‘lgan. U har bir mamlakatni fath etgach, uni tartibga keltirish va yuksaltirish, obodonchiligini ta’minlash borasida chora-tadbirlar belgilab, katta ishlarni amalga oshirgan. Ayniqsa, soliq masalasida odilona ish yuritib, xirojni ekindan olingan hosil va yerning unumdorligiga qarab olishni, soliq undirish ishlarini faqat buyruq berish yoki yaxshi so‘z bilan amalga oshirishni tayinlagan, soliq to‘lamaganlarni kaltaklash, urish-so‘kish, arqon solib sudrash, zanjirband qilishni qat’iyan taqiqlagan.
Xuddi shuningdek, amaldorlarga kimki biron cho‘lni, tashlandiq yerni obod etsa, undan birinchi yil soliq olmaslikni, xarob yerlarni o‘zlash- tirishga kuchi yetmaganlarga turli asbob-uskuna va kerakli narsalar berishni tayinlagan va uning bajarilishini nazorat qilgan. Buzilgan yo‘llarni tuzatish, yangi yo‘l va ko‘priklar qurish ishlariga e’tiborini qaratib, yo‘lovchilarning o‘zini va mol-mulkining daxlsizligini ta’minlash
maqsadida yo‘llarga kuzatuvchi va soqchilar qo‘ygan.
Bulardan tashqari, mamlakatni obodonlashtirish, madaniy-ma’rifiy rivojlantirish uchun katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa, hokimlar uchun saroy, huquq-tartibotchilar uchun dor ul-adolat, ya’ni qozixona, kambag‘al, yetim-yesirlarga ovqat beriladigan g‘aribxo- nalar qurdirib, kasallar uchun shifoxonalar soldirib, ularda ishlash uchun tabiblar tayinlagan va o‘z «Tuzuk»larida qayd etilgan ana shu talablarni kelgusi hukmdorlar o‘zlarining dillariga jo qilishlarini maslahat bergan. Amir Temur jon taslim qilish oldidan: «Millatning dardiga darmon bo‘l- moq vazifangizdir. Zaifalarni qo‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashla- mang. Adolat va ozodlik – dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin...»1, deya vasiyat qilgan.
Milliy istiqlolimiz tufayli xalqimizning uzoq o‘tmishga borib taqaluvchi tarixini qaytadan o‘rganish Amir Temurning, «qizil – kommunist mafkurachilar» targ‘ib qilganidek, savodsiz, o‘g‘ri-qaroqchi, kallakesar, odamxo‘r, yovuz bo‘lmaganligini, balki bularning hammasi, Prezidentimiz I.A. Karimov aytganidek, xalqimizning yuragi va ongidagi milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka solish uchun maxsus o‘ylab chiqilgan bo‘hton ekanligini isbotlash bilan bir vaqtda, uning nihoyatda iymon-e’tiqodli, kamtar, halol-pok, adolatli, beg‘araz, bilimdon, jasur, tadbirkor, ehtiyotkor, haqiqatgo‘y rahbar, kambag‘al va beva-bechoralarning homiysi, askarlarning g‘amxo‘ri bo‘lgan sarkarda, diplomat, qonunshunos, xalqini jahonga mashhur qilgan buyuk hukmdor bo‘lganligini ko‘rsatib turibdi.
Amir Temur avlodlarga davlat qurish, uni boshqarish, huquqiy tartib o‘rnatish, xo‘jalik ishlarini yuritish, harbiy yurishlar uyushtirish, fan va madaniyatni rivojlantirishga homiylik qilish, xalqning ijtimoiy turmushini yaxshilash, mamlakat obodonchiligini ta’minlash kabi bir qator ishlarning xulosasi bo‘lgan qomusiy asar – «Temur tuzuklari»ni meros qilib qoldirdi. Amir Temurning insoniyat tarixida tutgan o‘rni , u qoldirgan meros haqida I.A.Karimov shunday degan: «Shaxsan men «Temur tuzuklari»ni har gal o‘qir ekanman, xuddiki o‘zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘laman. O‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma’naviyati uchun bugun ham oziq bo‘ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko‘p bor
ishonch hosil qilganman. Masalan, «Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir», degan so‘zlar bugungi kunda ham ma’naviy jihatdan naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekani barchamizga ayon»1.
«...Kimki O‘zbek nomini, o‘zbek millatining kuch qudratini, adolatparvar- ligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak»2. «Amir Temur shaxsini idrok etish – tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash – o‘zligimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash – tarix qa’riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir»3.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish