Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet16/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

1-§. HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHILAR KASB AXLOQI VA ESTETIK MADANIYATIGA DOIR QARASHLAR TARIXIDAN
Kasb axloqi va estetikasining genezisi haqidagi konsepsiyalar. Kasb axloqi va estetikasining kelib chiqishi to‘g‘risida asosan uchta: tadrijiy-genetik, diniy-ilohiy, ijtimoiy-tarixiy konsepsiyalar mavjuddir.
Tadrijiy-genetik konsepsiyaga ko‘ra kasb axloqi va estetikasi odamlarning tabiiy tanlanish jarayonida o‘zining oldingi hayvoniy o‘tmishidan meros bo‘lib qolgan instinkt tarzdagi xatti-harakatining mahsuli sifatida paydo bo‘lgan. Bu konsepsiyaning asoschisi Charlz Darvin va uning izdoshi Konrad Lorens hisoblanadi1. Umuman olganda, sotsial-darvinistlarning fikricha, hayvondagi tajovuzkor instinkt ayni vaqtda odamga ham xosdir. Buning sababi odam o‘zining tadrijiy rivojlanishi davomida ana shu hayvoniy xususiyatini batamom yengib o‘tolmaganligidadir. Bu konsepsiyaning hozirgi kundagi tarafdorlari odamdagi yaxshilik va ezgulik kabi fazilat, tubanlik va qo‘rqoqlik kabi




1 Charlz Darvin «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning paydo bo‘lishi»(1859y.) nomli kitobida tadrijiy-genetik va uning izdoshi Konrad Lorens esa etologiya (xulq, fe’l- atvor haqidagi fan, asosan hayvonlardagi) nazariyasiga asos solganlar.
qusurlarni gen muhandisligi usullarini qo‘llash orqali o‘zgartirish, ya’ni odamdagi altruizm (o‘z manfaatlaridan voz kechib boshqalarga yaxshilik qilish) va xudbinlik muammolarini hal etish mumkin degan fikrni olg‘a surmoqdalar.
Diniy-ilohiy konsepsiya kasb axloqi va estetikasining mohiyati va mazmunini an’anaviy-diniy, liberal-diniy nuqtai nazardan tushuntirib berishga harakat qiladi. Bundagi an’anaviy – diniy yondashuvga ko‘ra, hamma narsani, ya’ni osmon, yer va butun mavjudod xudo tomonidan yaratilgan, u odamzodga axloqiylik va ezgulik fazilatlarini xudoning borligini tanish, uning izzat-ikromi va olqishlariga sazovor bo‘lishi uchun bergan. Masalan, islom dinining muqaddas kitobi «Qur’oni Karim»da:
«Mashriqu mag‘rib Allohnikidir. U pokdir. Albatta, osmonlaru yerdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma unga bo‘ysunuvchidir. U osmonlaru yerni paydo qiluvchidir. Kimki yaxshilik qilgan holda o‘zini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaslar»1, – deyilgan. Demak, ularning fikricha, kasb axloqi va nafosati ham Xudoning izmidadir. Uning vazifasi Alloh tomonidan buyurilgan narsa – axloqiy norma va boshqa qonun-qoidalarni og‘ishmay bajarishdan iboratdir.
Axloq va nafosat masalasiga liberal-diniy yondashuvchilar nazmida axloq va nafosatning ijodkori Xudodir. Jannat yoki do‘zaxga tushish odamning kundalik axloqiy munosabatlariga qarab Yaratgan tomonidan belgilanadi. Ammo, axloq va nafosat normalarini ko‘ngildagiday qilib bajarish mavjud voqelikdagi odamlarning bir-birlariga bo‘lgan axloqiy munosabatlariga bog‘liqdir. Demak, liberal konsepsiya kasb axloqi va nafosati mavjud voqelikdagi axloqiy va estetik munosabatlar talab etayotgan normalar, qonun-qoidalar asosida olib borilishi kerak degan murosasozlik tamoyiliga asoslanib ish yuritish g‘oyasini ilgari suradi.
Ijtimoiy-tarixiy konsepsiya kasb axloqi va nafosati kishilik jamiyati tarixiy rivojlanishining mahsulidir degan g‘oyaga asoslanadi. Bu konsepsiya kasb axloqi va nafosatining vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishida tadrijiy-genetik, diniy-ilohiy konsepsiyalar tomonidan bildirilgan fikrlar sabab emas, balki omil sifatida rol o‘ynaganligini e’tirof etadi.




1 Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Қуръони Карим маънолари таржимаси. – Т., 2008. – Б.17, 18.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish