Ichki fotoeffekt.
Mundarija.
I.Kirish…………………………………………………..2
II.Asosiy qism
2.1. Fotoelektron emissiya muammosi….........4
2.2. Elektronlar emissiya.F.Lenard tajribalari…….7
2.3. Fotoelektronlar uchun Eynshteyn tenglamasi…..13
2.4.Tashqi fotoeffektga asoslangan asboblar.Fotoelementlar…….16
2.5.Yarim o’tkazgichlardagi ichki fotoeffekt asosidagi asboblar………………………18
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi VI sessiyasida “Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi” qabul qilinib, unda ta‟lim sohasida tub o‟zgarishlar qilish vazifalari qo‟yiladi. Ushbu dasturning maqsadi, ta‟lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‟tmish kamchiliklaridan holi qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi, yuksak ma‟naviyatli, ahloqiy, yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
O‟zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to‟g‟risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda Prezidentimiz asarlari mamlakatimiz xalq xo‟jaligining barcha tarmoqlarini rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko‟tarish dastur-amalidir.
Hozirgi kunga kelib, turmushda va texnikada keng qo‟llanilayotgan elektron qurilmalar ishlashi asosida fotoeffekt hodisasi yotadi. Ammo, “Fotoeffektning o‟zi nima?”, “Uning qanday turlari bor?” kabi savollarga javob bermay turib, fotoeffektning qo‟llanilishi va tadbiqi to‟g‟risida gapira olmaymiz.
Yorug‟lik ta‟sirida elektronlarning moddalardan ajralib chiqish hodisasi tashqi fotoeffekt deyiladi. Bu hodisani 1887-yilda G.Gers kashf qilgan va u 1890-yilda rus fizigi A.Stoletov tomonidan o‟rganilgan.
Agar tashqi fotoeffekt asosan o‟tkazgichlarda ro‟y berishi va ulardagi elektronlarning atom va molekulalarga bog‟lanish energiyasi juda kichikligini e‟tiborga olsak, elektronlar atomlar va molekulalardan ajralib chiqishiga ishonch hosil qilamiz.
Agar atom yoki molekuladan ajratib olingan elektron moddaning ichida erkin elektronlar sifatida qolsa, bunday hodisaga ichki fotoeffekt deyiladi. Ichki fotoeffekt asosan yarimo‟tkazgichlarda kuzatilib, 1908-yilda rus fizigi A.Ioffe tomonidan o‟rganilgan.
Yarimo‟tkazgichlarda fotoeffekt hodisasi yuz bersa, fotoelektronlar erkin zaryad tasuvchi zarralar – erkin elektronlar va teshiklar sonining ortishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, foton valent zonadagi elektronni o‟tkazuvchanlik
zonasiga o‟tkazadi. Natijada o‟tkazuvchanlik zonasidagi erkin elektronlar va teshiklar soni ortadi, ya‟ni yarimo‟tkazgichning o‟tkazuvchanligi yaxshilanadi. Shuning uchun ichki fotoeffekt fotoo‟tkazuvchanlik ham deyiladi. Shuni ta‟kidlash kerakki, fotoo‟tkazuvchanlik ro‟y berishi uchun fotonning energiyasi man qilingan zonaning energiyasidan katta bo‟lishi kerak. Aks holda, fotonning energiyasini olgan elektron, man qilingan zonadan sakrab o‟ta olmaydi va demak, ichki fotoeffekt yuz bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |