Bog'liq ichki audit hizmatini tashkil etish mavzusida testlar
3-Mavzu. Ichki audit xizmatini tashkil etish
1. «PricewaterhouseCoopers» auditorlik kompaniyasi qachon shu nomga ega bo’lgan?
A. 1998
B. 1978
S. 1987
D. 1960
2. Milliy hisob va audit tizimlarini xalqaro miqyosda uyg’unlashtirish maqsadida Xalqaro tadqiqot guruhi qachon tuzilgan edi?
A. 1966 yilda
B. 1968 yilda
S. 1978 yilda
D. 1988 yilda
3. Milliy hisob va audit tizimlarini xalqaro miqyosda uyg’unlashtirish maqsadida tuzilgan Xalqaro tadqiqot guruhiga quyidagi davlatlardan qaysi biri kiritilgan?
A. Uels
B. Norvegiya
S. Islandiya
D. Makedoniya
4. Buxgalteriya hisobi va audit tizimlarini standartlashtirish muammolari bilan BMTning qaysi tashkiloti shug’ullanadi?
A. ISAR
B. IAPC
S. IFAC
D. IASC
5. Qaysi tashkilot Afrika qit’asi mamlakatlarida mavjud milliy hisob va audit tizimlarini bir xil asosga keltirishga xizmat qiladi?
A. Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Afrika Kengashi
B. Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Afrika Komissiyasi
S. Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Afrika Konfederatsiyasi
D. Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Afrika Ittifoqi
6. Qaysi tashkilot Osiyo va Tinch okeani mamlakatlarida mavjud milliy audit tizimlarini bir xil asosga keltirishga xizmat qiladi?
A. Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari buxgalterlari Konfederatsiyasi
B. Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari buxgalterlari Ittifoqi
S. Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari buxgalterlari Komissiyasi
D. Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari buxgalterlari Kengashi
7. Jahon mamlakatlarida hisob va audit sohasida standartlarni muvofiqlashtirish va tatbiq etish bilan qaysi tashkilot shug’ullanadi?
A. IAPS
B. YuNESKO
S. GAAP
D. OECD
8. OECDning xalqaro auditorlik faoliyati bo’yicha asosiy vazifasi nima?
A. Xalqaro standartlarning loyihasini ko’rib chiqishda ishtirok etadi
B. Xalqaro standartlarni ishlab chiqadi
S. Xalqaro standartlarni ishlab chiqishda bilvosita qatnashadi
D. Xalqaro standartlarni tartibga solib turadi
9. AICPAning «Kasbiy etika asoslari» kodeksining 4 qismini ko’rsating?
A. Kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar
B. Asosiy qoidalar, o’zini tutish qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar
S. Kontseptsiya, izohlar, tushuntirishlar va etik me’yorlar
D. Kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, tushuntirishlar va izohlar
10. «Katta to’rtlik» tarkibiga kiruvchi auditorlik kompaniyalarining yillik daromadining minimal miqdori qancha bo’lishi kerak?
A. 500 mln. AQSh dollari
B. 300 mln. AQSh dollari
S. 800 mln. AQSh dollari
D. 750 mln. AQSh dollari
11. Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar auditorlariga qo’yiladigan malakaviy talablar qaysi hujjatda belgilangan?