Tekshiruv jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun ichki auditorlik standartlari va
boshqa me’yoriy hujjatlarni shakllantirish ichki audit faoliyatini etarli darajada
44
baholash imkoniyatini yaratadi. Ish samaradorligini oshirish uchun mazkur
jarayonda tashqi auditorlar bilan hamkorlikda ish olib borish lozim.
Ma’lumki amaliyotda ichki audit xizmatining pirovard faoliyati faqat amalga
oshirilgan tekshiruvlar soni, aniqlangan noqonuniy to’lovlar va talon-taroj qilingan
mablag’larning qiymatiga ko’ra baholanmoqda. Shuningdek, tekshiruvlarni
o’tkazish muddatlari va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida olib
borilgan chora-tadbirlarning qay darajada bajarilayotganligi haqidagi masalalarga
ham etarlicha e’tibor berilmayapti.
Ushbularni bartaraf etish maqsadida, ichki audit faoliyati sifati va
samaradorligini baholashning uch bosqichdan iborat tizimini yaratish zarur.
Birinchi bosqichda auditni rejalashtirish darajasi, tekshiruvni olib borish sifati va
tekshirishning belgilangan muddatlariga rioya qilinishi nazorat qilinadi.
Ikkinchi bosqich - bo’linmalarning muayyan davrdagi faoliyati, ish rejasining
bajarilish darajasi, uni rejalashtirish, o’tkazish va ichki auditorning bilim saviyasi
attestatsiyasi natijalariga ko’ra baholanadi.
Uchinchi bosqichda umuman ichki audit xizmati sifati va samaradorligining
umumiy ko’rsatkichi quyidagi o’rta geometrik formula asosida hisoblanadi:
ANS =
3
√TBR · TJD · RD (1)
10
Bu erda:
AHS- auditorlik xizmati samaradorligi ko’rsatkichi;
TBR - joriy yildagi tekshiruv rejasini bajarilishi;
TJD – tavsiyalarning amaliyotga joriy qilinishi darajasi;
RD – rentabellik darajasining bajarilishi;
Aktsiyadorlik jamiyatlarida joriy qilingan ichki nazorat tizimining to’g’ri
tashkil etilganligi risklardan himoya qilinganlik darajasiga, uning samaradorligiga
ta’sir ko’rsatadi. Aktsiyadorlik jamiyatlari ichki nazorat tizimi qanchalik
takomillashgan bo’lsa, boshqaruv tomonidan qabul qilingan qarorlar ijrosining
samarasi shuncha yuqori bo’ladi. Ushbu tizimdagi uzilish esa moliyaviy holatga
to’g’ridan to’g’ri salbiy ta’sir qiladi.
45
Shuning uchun ichki audit xizmati aktsiyadorlik jamiyati tomonidan joriy
qilingan nazorat tizimini to’g’ri tashkil etilganligi va qo’yilgan maqsadlarga qay
darajada erishilganligiga baho berish lozim. Ichki nazorat tizimi faliyatining
moliyaviy hisobotlar ko’rsatkichlariga ta’siri bevosita bo’lganligi uchun ushbu
tizim ichki auditning asosiy tekshiruv ob’ekti sifatida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: