3. Axborotlardan foydalanuvchilar. O’tkazilgan tashqi audit axboroti natijalaridan foydalanuvchilar tashqi foydalanuvchilar.
O’tkazilgan ichki nazoratni axborotlari ichki foydalanuvchilar uchun tayyorlanadi, xususan tashkilot boshqaruvchisi va menejerlar uchun.
4. Tanlash erkinligi. Mustaqil tashqi audit auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun asosida tashkil qilinib, uning asosiy tamoyillari, maqsadi, izlanish tartibi, auditorlik dalillarini to’plash, natijalarni yoritish, tekshirilayotgan tashkilot rahbari bilan birgalikda ish olib borish ko’rsatilgan. Tashqi nazorat ma’lum bir ma’noda markazlashtirilgan va belgilab qo’yilgan.
Ichki nazorat tashkilot boshqaruvining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda tashkil qilinadi. Davlat tomonidan ichki nazoratni asosiy yo’nalishigina belgilab beriladi - xatlovdan o’tkazish tartibi, xujjatlashtirishni tashkillashtirish qoidalari, analitik hisobni yuritish tavsiyalari, boshqaruv lavozim majburiyatlarini aniqlash va boshqalar.
Nazoratning usuli va jarayoni ichki nazorat tizimining eng muhim tarkibi hisoblanadi. Tadbirkor yuridik shaxs bo’lmagan holda faoliyat ko’rsatayotgan va korxonada yolg’iz o’zi bo’lsa, nazoratni muhim jarayoni kerak bo’lmaydi, chunki unga o’zini o’zi aldashni va buyurtmachini aldashni xojati yo’k. Biroq yollanib ishlovchilari bor tashkilotlarda yuqoridagi kabi nazoratni usuli va jarayoni bo’lishi kerak ya’ni tashkilot rahbari yoki korxona egasini maqsadlari yo’lida xizmat qilishi lozim. Bundan tashqari bunday nazoratni bo’lishi o’g’irliklarni keskin kamayishiga olib keladi.
Tashkilotni faoliyat turlarini ko’pligiga qaramasdan, faqat nazorat usulini 5 ta turi bor, bular quyidagicha:
Vazifalarni taqsimlanishi. Har qanday faoliyat turi doimo yaxshi nazoratda bo’ladi yoki xodimlar o’rtasida vazifalarni taqsimlangan bo’ladi yoki ikki tomonlama nazorat yuritiladi. Bu asosan naqd pul mablag’lari bilan hisob-kitob olib boriladigan joyda amalga oshiriladi.
Ichki nazorat tizimi va uning tashkil qiluvchi elementlari. Ichki nazorat tizimi tashkilot rahbari tomonidan quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi:
operatsiyalarni sifatli xujjatlashtirilishini ta’minlash.
Ichki nazorat bo’limining hisobot taqdim qilishdagi javobgarligi.
Har xil tashkilotlarda ichki nazorat boshqaruvchisiga yuklangan javobgarlik bir xil bo’lmagan holda ish yuritadi. Har qanday holatda ham ichki nazorat ustidan asosiy javobgarlik yuqoridagi boshqaruchilarga yuklanadi.
Ichki audit tizimini yaratishda quyidagi muhim tamoyillar asos qilinib olinishi kerak.
Ichki auditning aniq maqsadga qaratilganligi tamoyili;
Ichki audit tizimining yaxlitligi va to’liqligi tamoyili;
Axborotni avtomatik tarzda qayta ishlash tamoyili;
Tezkorlik tamoyili.
Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil qilish quyidagi afzalliklarga ega:
Birinchidan, korxona boshqaruv kengashiga bo’limlar ustidan samarali nazorat o’rnatish imkonini beradi.
Ikkinchidan, ichki auditorlar o’tkazadigan maqsadli tekshiruv va tahlilning istiqbolli yo’nalishlarini aniqlab beradi.
Uchinchidan, ichki auditorlar tekshiruv bilan birga bosh korxona, uning filiallaridagi moliyaviy – iqtisodiy , buxgalteriya va boshqa bo’limlar xodimlariga maslahatlar berish vazifasini ham bajaradilar.
Ichki audit nafaqat xususiy mulk egalari, balki kompaniyaning menejmentiga ham zarur. Menejerlarning maqsadi – oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishda samarali yo’llar orqali biznesni boshqarish. Ushbu masalalarni ijobiy hal etish ikki masalaga bog’liq:
Menejer boshqaruv masalalarini to’g’ri hal etish uchun etarli ma’lumotga egaligi;
Ichki audit menejerlarga o’z zimmalariga qo’yilgan vazifani bajarishda yordam berish, ularga korxona aktivlarining samarali ishlatilishi.
“Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risida” nizomga muvofiq ichki audit xizmatining huquqlari quyidagilardan iborat:
ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxonaning mansabdor va ma’sul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;
ichki audit o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.
Ichki audit xizmati xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
ichki auditni amalga oshirishda qonunlar, nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlari talablariga rioya qilish;
moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
hisobotlar tuzish;
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar etkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqida darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.