Ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish


O‘zini  o‘zi  rivojlantirish  kompetensiyasi



Download 261,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi261,19 Kb.
#218606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javohir6666-5668---10877-1-2-20201015

O‘zini  o‘zi  rivojlantirish  kompetensiyasini  egallash  ham  boshlang’ich 

sinflarda muhim ahamiyatga ega. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi har bir bolada 

o'ziga xos tarzda kechadi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan AQSH 

pedagogikasidagi ta’limotda ham quyidagilarni ko‘rish mumkin: 

-bolani o‘z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; 

-o‘quvchining  eng  kichik  shaxsiy  imkoniyatlarini  ro‘yobga  chiqarish  uchun 

kurash;  

-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik; 

-o‘quvchining  ilk  davridanoq    kasb-korga  yo‘naltirish,  Vataniga  faxr  va  iftixor 

ruhida  tarbiyalash.  Shuningdek,  o‘qituvchi  yo‘naltiruvchi  rol  o‘ynaydi  va  asosiy 

maqsad  intellektni mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.  

                                                

1

 Rustamova N. Media ta’lim va media madaniyat (umumiy o’rta ta’lim muassasalari misolida). Toshkent. “Turon 



zamin ziyo”. 2016. 4-bet 


Ma’lumki,  bola  bilimga  qiziqmasdan  turib,  o’qishga  intilmaydi, 

muvaffaqiyatli  o’qiy  olmaydi.  Bolada  o’z  kuchiga  va  qobiliyatiga  ishonch  hosil 

etish,  o’qishga  jalb  etish,  ilk  yutuqlari  uchun  rag’batlantirish,  ayniqsa, 

ahamiyatlidir.  Boladagi  o’qishga  qiziquvchanlik  qiyinchiliklarni  yengishga, 

faolligini  oshirishga,  ishonch  uyg’otishga  va  mustaqilligi  kamol  topishiga  olib 

keladi. 


Sinf  rahbarlarining  madaniyat  darajasining  kengligi,  pedagogik  odob 

talablariga  rioya  qilishi,  har  bir  bola  shaxsini  inson  sifatida  hurmat  qilishi  bilan 

unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lishi, 

o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondashish talab qilinadi.  

O'zini-o'zi  anglashning  rivojlanishi  bolaning  bilish  va  motivatsion  sohalari 

shakllanishi  bilan  uzviy  bog'liq  bo'ladi.  Mana  shu  sohalarning  rivojlanib  borishi 

natijasida bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo'la 

boshlaydi,  ya'ni  unda  o'zining  ijtimoiy  "men"ini  anglash  shakllanadi.  Bu  hodisa 

bolaning keyingi yosh bosqichiga o'tishida muhim rol o'ynaydi.  

Bu  davrda  bolalarda  ixtiyoriy  harakatlar  rivojlanishi  bilan  birga  irodaviy 

jarayonlar  ham  ko'rina  boshlaydi  (maqsad  qo'yish,  yo'1-yo'riq  hamda  vositalarni 

belgilash,  qarorga  kelish  va  qarorni  ijro  etish).  Bolalar  irodaviy  harakatlarini 

o'stirish  va  mustahkamlashda  ularni  mehnat  mashg'ulotlariga  jalb  qilishning  ham 

ahamiyati  kattadir.  Bolalarga  biron  mehnat  topshirig'i  berilsa,  ular  ayni  chog'dagi 

o'zlarining  mayl-xohishlarini  yengib,  mehnat topshiriqlarini o'z  vaqtida bajarishga 

intiladilar.  Bolalardagi  irodaviy  harakatlami  rivojlantirish  maqsadida  ularni  o'z-

o'ziga  xizmat  qilish,    sinfda  navbatchilik  qilish,  gullarni  parvarish  qilish  va  tabiat 

burchaklarida  navbatchilik  qilish  kabi  mehnat  turlariga  jalb  qilish  zarur.  Bunda 

faqat mehnat topshiriqlari berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning bu 

topshiriqlarni  qanday  bajarayotganliklarini  ham  tizimli  ravishda  tekshirib,  nazorat 

qilib  turish  lozim.  Ana  shunday  qilgandagina  bolalarda  javobgarlik  hissi  yuzaga 

keladi. 


Bundan  tashqari  bolalarda  ijtimoiy  motivlarning  ta'siri  bilan  bir  qator 

irodaviy  sifatlar,  ya'ni  qat'iylik,  mustaqillik,  tashabbuskorlik,  dadillik  kabi  sifatlar 




tarkib  topa  boshlaydi.  Lekin  bolalar  irodasining  bunday  sifatlari  katta 

odamlarnikidek  mustahkam,  ya'ni  xarakter  xislatlariga  aylanib  ketgan  darajada 

bo'lmaydi.  Bolalarda  ko'rinadigan  ba'zi  iroda  sifatlari  (qat'iylik,  mustaqillik  kabi) 

ko'pincha epizodik xarakter kasb etadi. Bu  yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida 

biron to'sqinlik uchrab qolsa, o'zlari mustaqil ravishda bartaraf qilishga urinadilar.  


Download 261,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish