Ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish



Download 261,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana31.12.2021
Hajmi261,19 Kb.
#218606
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javohir6666-5668---10877-1-2-20201015



BOSHLANG’ICH SINFLARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI 

SHAKLLANTIRISH 

JDPI. 

F.f.d (PhD). B.Boltayeva 

 

Аnnotatsiya:  Ushbu  maqolada  boshlang’ich  sinflarda  tayanch  kompetensiyalarni 

shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari xususida so’z yuritiladi.  



Аннотация:  В  данной  статье  ведется  речь  о  особенности  формированые 

базовых компотенции в начальных классах.  



Annotation:  This  article  emphasizes  the  basic  competencies  in  bowling  classes, 

the specific features and tasks of their formation. 

 

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi 



vazirligi  va  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  markazining  2013  yil  22-avgustdagi 

“Umumta’lim  maktablari  fanlari  bo‘yicha  uzluksiz  ta’limning  Davlat  ta’lim 

standartlari  va  o‘quv  dasturlarini  ishlab  chiqish  to‘g‘risida”gi  qo‘shma  qaroriga 

asosan  umumiy  o‘rta,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida 

o‘qitiladigan  fanlar  bo‘yicha  amaliyotchi  o‘qituvchilar,  metodistlar  va  yetakchi 

olimlar tomonidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan 

Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi. 

Qo‘shma  yig‘ilishining  qaroriga  asosan,  bitta  sinfda  bir  paytda  bir  necha 

fanlar  bo‘yicha  DTS  va  o‘quv  dasturlari  loyihalarini  tajriba-sinovdan  o‘tkazish 

belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta 

maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014 yil 15-avgustdagi “Umumiy o‘rta va 

o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining  umumta’lim  fanlari  bo‘yicha  o‘quvchilarda 

kompetensiyalarni  shakllantirishga  yo‘naltirilgan  Davlat  ta’lim  standartlari  va 

o‘quv  dasturlarini  loyihalari  tajriba-sinovdan  o‘tkazish  to‘g‘risida”gi  qo‘shma 

buyrug‘i qabul qilindi. 

2014-2015-o‘quv  yilidan  Qoraqolpog‘iston  Respublikasi  va  barcha 

viloyatlarda  tashkil  etilgan  respublika  miqyosida  70  ta  umumiy    o‘rta  ta’lim 



muassasasida,  shuningdek,  Xalq  ta’limi  vazirligi  tasarrufidagi  6  ta  aniq  fanlarga, 

filologiya  fanlariga,  profilli  mehnat  ta’limiga,  tabiiy  fanlarga,  xorijiy  tillarga 

ixtisoslashtirilgan  Davlat  umumta’lim  maktablarida  tajriba-sinov  ishlari  olib 

borildi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Umumiy  o‘rta  va  o‘rta 

maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 

qarori  bilan  bugungi  kunda  amalda  foydalanilayotgan  “Umumiy  o‘rta  ta’limning 

davlat  ta’lim  standarti  va  o‘quv  dasturi  (boshlang’ich  ta`lim:ona  tili,  o`qish, 

matematika,  tabiiyot  (1-4-sinf)”    2017  yil  6-aprelda  187-son  qaror  bilan  ijroga 

kiritildi.  Unga  ko’ra  davlat  ta’lim  standartining  maqsadi  va  vazifalari  sifatida 

quyidagilar belgilangan:  

Davlat  ta’lim  standartining  maqsadi  -  umumiy  o‘rta  ta’lim  tizimini 

mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy 

mamlakatlarning  ilg‘or  tajribalari  hamda  ilm-fan  va  zamonaviy  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalariga  asoslangan  holda  tashkil  etish,  ma’naviy 

barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 

Ko’rinadiki,  ushbu  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  tayanch 

kompetensiyalarni shakllantirishimiz zarur.   

Kompetensiya  nima?  Kompetensiyaviy  yondoshuv  deganda  nimani 

tushunamiz? Dastlab shu savollarga javob berishimiz maqsadga muvofiqdir.  

 

Kompetensiya  (lot.  compete  –  erishayapman,  munosibman,  loyiqman)  –  1) 



muayyan  davlat  organi  (mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish  organi)  yoki  mansabdor 

shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va 

burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba.  

 

Biz  bu  ta’riflarning  ikkinchisiga  to’xtalamiz  va  kompetensiya 



tushunchasining  avvaldan  bizga  ma’lum  bo’lgan  bilim,  ko’nikma  va  malakaga 

yaqin tushuncha ekanligini anglaymiz.  

Ta’limda kompetensiyaviy  yondoshuv  deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy, 

kasbiy  va  ijtimoiy  hayotlarida  uchraydigan  vaziyatlarda  egallagan  turli  xildagi 

malakalarini samarali ravishda  qo’llashga  o’rgatish tusuniladi. Inson  o’z hayotida 



shaxsiy,  ijtimoiy,    iqtisodiy  va  kasbiy  munosabatlarga  kirishishi,  jamiyatda  o’z 

o’rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi 

o’z  sohasi,  kasbi  bo’yicha  raqobatbardosh  kadr  bo’lishi  uchun  zarur  bo’lgan 

tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim.  

Tayanch  kompetensiyalarga  esa  axborotlar  bilan  ishlash  kompetensiyasi, 

o‘zini  o‘zi  rivojlantirish  kompetensiyasi,  ijtimoiy  faol  fuqarolik  kompetensiyasi, 

milliy  va  umummadaniy  kompetensiyasi,  matematik  savodxonlik,  fan  va  texnika 

yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari kiradi.  




Download 261,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish