Ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish


Axborotlar  bilan  ishlash  kompetensiyasi



Download 261,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi261,19 Kb.
#218606
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javohir6666-5668---10877-1-2-20201015

Axborotlar  bilan  ishlash  kompetensiyasida  ta’lim  samaradorligini 

oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari 

negizida  ta’lim  jarayonini  axborotlar  bilan  ta’minlashni  rivojlantirish  uchun 

texnika  va  texnologiyani  bilish  va  ulardan  foydalana  olish,  funksiyalari  va 

strukturasini bilishi, texnologiyalarini joriy eta olishi talab qilinadi.  

Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy 

manbalari  -  davriy  matbuot  (gazeta,  jurnal  va  b.),  audiovisual  ommaviy  axborot 

vositalari (radio, televideniya), ovozli va video yozuvlar, axborot-kommunikatsion 

vositalar  (kompyuter  tizimi,  internet),  reklama  va  hokazolar  sanaladi.  Ushbu 

axborot  manbalari  bilan  to’g’ri  ishlashni  o’rganish  uchun  ham  axborotlar  bilan 

ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim. Zero, bugungi taraqqiyot asrida 

bolalarni  bu  kabi  vositalardan  cheklashning  imkoni  yo’q.    Shuni  ham  unutmaslik 

kerakki, global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi axborotga 

egalik  shaxsga  ta’lim  berish  jarayonini  qiyinlashtiradi.  Bu  qiyinchilik  shu  bilan 

bog‘likki, birinchidan, yosh avlod katta hajmdagi “axborot maydoni” - rang-barang 



ma’lumotlarga duch keladi. Yоsh xususiyatiga  ko‘ra esa voyaga etgunga, ma’lum 

darajada dunyoqarashga ega bo‘lgunga  qadar shaxs  uchun  mavjud axborotlarning 

barchasi qiziqarli hisoblanadi. Biroq shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, barcha 

qiziqarli  axborotlarning  hammasi  ham  foydali,  shaxs  kamolotini  ta’minlashga 

xizmat  qiluvchi  ma’lumotlar  bo‘lavermaydi.  Ikkinchidan,  axborotlashgan 

jamiyatda  to‘plangan  ma’lumotlar  yosh,  psixologik  xususiyatiga  ko‘ra 

qiziquvchan,  har qanday  holat,  voqelik,  hodisa, jarayonning  mohiyatini anglashga 

intiluvchi  yoshlar  tomonidan  tinimsiz  ravishda  o‘zlashtiriladi.  O‘z  mohiyatiga 

ko‘ra tizimsiz ravishda o‘zlashtirilgan  ma’lumotlar shunchaki axborot bo‘lib,  ular 

bilim  sanalmaydi.  Uchinchidan,  yoshlarning  hali  xayotiy  tajribaga,  barqaror 

ma’naviy-axloqiy tamoyillarga ega bo‘lmay turib, haddan tashqari katta hajmdagi 

“axborot  maydoni”dan  uzluksiz  ravishda  ma’lumotlarni  o‘zlashtirishlari  ortiqcha 

yuklamalarga  ega  bo‘lishlariga  olib  keladi.  Katta  miqdordagi  yuklama  esa  o‘z-

o‘zidan  inson  miya  faoliyatida  ma’lumotlarni  qabul  qilish,  ularni  o‘zlashtirish, 

qayta  ishlashda  zo‘riqishni  yuzaga  keltiradi.  Ruhiy  zo‘riqish  o‘z  navbatida 

tushkunlikni keltirib chiqaradi. Tushkunlikning doimiy rivojlanishi esa asab tizimi 

kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi

1

.  




Download 261,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish