Ich sinf ona tili darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati



Download 216,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana30.06.2022
Hajmi216,03 Kb.
#719721
TuriСтатья
  1   2   3
Bog'liq
4217-Article Text-10356-1-10-20211206



BOSHLAN‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
Abduqayumova Maftuna, Temurov Sobirjon 
Jizzax davlat pedagogika instituti 
Annotatsiya.
Ushbu maqola hozirgi kunda ta‘lim sohasida keng qo‘llanilib kelinayotgan 
axborot texnologiyalaridan ona tili darslarida samarali foydalanish va bu orqali o‘quvchilarning 
fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish haqida. Unda axborot texnologiyalari asosida tashkil 
etiladigan ona tili darslarining an‘anaviy darslardan farqi haqida ma‘lumot berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
elektron darslik, axborot, axborot texnologiyalari, audio matn, elektron 
doska. 
Аннотация. 
Статья об эффективном использование информационных технологий, 
которые сегодня широко используются в образовании на уроках родного языка и 
повышении интереса школьников к науке, Он предоставляет информацию о различиях 
между уроками родного языка основанными на информационных технологиях и 
традиционными уроками. 
Ключевые слова: 
электронных учебник, информация, информационное технология, 
аудио текст, электронная доска. 
Annotation. 
This article is about the effective use of information technology, which is 
widely used in education today, in the lessons of the native language and increase the interest of 
students in science. It provides information on the differences between mother tongue lessons 
based on information technology and traditional lesson 
Keywords: 
electronic textbook, information, information technology, audio text
electronic board. 
“Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini 
takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston -2030” strategiyasini muvaffaqiyatli 
amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik 
hayotiga keng joriy etishni ta‘minlashning muhim shartlaridan biridir”[1]. 
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan 2020-yil 6- 
oktabrdagi PQ-4851- sonli prezident qarori hozirgi kunda amalga oshirilayotgan 
axborot texnologiyalarini rivojlantirish yo‘lidagi ishlarning asosi bo‘lib xizmat 
qilmoqda. Yuqoridagi fikrdan ham ko ‘rishimiz mumkinki, O‘zbekiston 
Respublikasi o‘z oldiga axborot texnologiyalarini rivojlantirishni maqsad qilib 
qo‘ygan. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda birinchi e‘tibor ta‘lim sohasiga 
qaratiladi. Ta‘lim sohasida malakali kadrlarni shakllantirish va ularni zamonaviy 
bilimlar bilan qurollantirishda axborot texnologiyalari ham alohida ahamiyat kasb 


etadi. Yurtimizda yo‘lga qo‘yilgan ta‘lim tizimining asosiy vazifasi ulg‘ayib 
kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarga 
ega bo ‘lgan, kelajakda o‘z o‘rnini egallashga harakat qiluvchi barkamol avlodni 
tarbiyalash hisoblanadi.Shunday ekan zamonaviy bilimlarni berishda bizga axborot 
texnologiyalari yordam beradi. 
Ta‘lim sohasining poydevori- bu boshlang‘ich ta‘lim hisoblanadi. 
Boshlang‘ich ta‘limda olingan bilim ko‘nikma va malakalar qolgan yillar 
davomida egallanadigan bilimlar uchun asos –poydevor hisoblanadi. Zero, 
poydevori qanchalik mustahkam bo‘lsa imorat shunchalik chidamli bo‘ladi. 
Boshlang‘ich sinflarda mukammal bilimga ega bo ‘lgan o‘quvchi yuqori sinflarda 
va ta‘limning keyingi bosqichlarida ham hech qanday muammolarga duch 
kelmaydi. Boshlang‘ich ta‘lim inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Inson 
maktabga ilk qadam qo‘ygan kunidan boshlab uning oldida bitta- bilim olish 
maqsadi turadi. U ushbu maqsadini amalga oshirish uchun harakat qiladi. Bu 
yo‘lda qanchadan qancha kitoblar o‘qiydi va ustozlardan kerakli bilimlarni 
oladi.Shu sababli ham boshlang ‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘quvchilarga bilim 
berishda mas‘uliyat talab etiladi. Ular o‘quvchilar savodini chiqarishda, ularga fan 
yuzasidan zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni berishda o‘zlarining barcha 
imkoniyatlarini ishga solishlari zarur.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darsi alohida ajralib turadi. Ona tili darsi orqali 
o‘quvchining savodi chiqadi. U yozishni va o‘qishni o‘rganadi. Til insonlar orasida 
bir qancha ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Tilning ijtimoiy vazifalari, ya‘ni kishilar 
orasidagi nutq orqali amalga oshadigan aloqani yakunlashga xizmat qilishi, 
nutqning og‘zaki yoki yozma shakli orqali tinglovchiga yoki o‘quvchiga turli 
ma‘lumotlarni yetkazishi hamda so‘zlovchining ko‘zlagan maqsadi,nutqiy faoliyat 
amalga oshayotgan vaziyat va munosabatdan kelib chiqadi.[2] Bu unga 
keyinchalik ham fanlarni yaxshi o‘zlashtirishiga yordam beradi. Bunda asosiy rolni 
albatta boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi egallaydi. Chunki boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining savodini chiqarish o‘qituvchidan kasbiy mahorat va bilim talab 
etadi. Bu vazifa o‘qituvchining zimmasiga ulkan mas‘uliyat yuklaydi. O‘qituvchi 


har doim ushbu mas‘uliyatni his qilgan holda dars jarayonini tashkil etishi lozim. 
Bunda o‘qituvchidan ijodkorlik, izlanish, ilg‘or va inovatsion texnologiyalarni, 
ilg‘or o‘qituvchilarning tajribalarini o‘z darsida mahorat bilan qo‘llay olish talab 
etiladi.
Hozirgi kunda biz hayotimizni axborot – kommunikatsion texnologiyalarsiz 
tasavvur eta olmaymiz. Ta‘lim sohasida ham zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanib dars jarayonlarini tashkil etish bugungi kunda 
barcha o‘qituvchi va pedagoglardan talab qilinmoqda. Bu o‘z navbatida kompyuter 
texnologiyalarining 
butun 
dunyoda 
keng 
miqyosda 
tarqalganligi 
bilan 
xarakterlanadi. Maktab ta‘limini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar 
natijasida hozirgi kunda deyarli barcha maktablar kompyuter texnikasiga ega bo 
‘ldilar. Maktab jamoasi bugungi kunda ushbu kompyuter qurilmalaridan unumli 
foydalanib kelmoqdalar. Respublikamiz ta‘lim sohasida ushbu axborot 
texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik baza yaratilib u 
mustahkamlanmoqda. Bu olib borilayotgan ishlarning barchasini zamirida albatta 
ta‘lim tizimini rivojlantirish va bu orqali yetuk mutaxassislarni tayyorlash yotibdi.
Yuqorida aytganimizdek o‘quvchilarning savodxonligini oshirishda ona tili 
fani muhim ahamiyatga ega. Boshqa fanlarda bo‘lgani kabi ona tili darslarida ham 
axborot texnologiyalaridan foydalanib dars olib borish ta‘lim sifatini oshirishga va 
o‘quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini o‘stirishga yordam beradi. Shu 
sababli ona tili darslarida axborot texnologiyalarini qo‘llash asosida dars o‘tish 
davr talabi deb aytish mumkin.Ona tili darslarida multimedia vositalaridan 
foydalanish ta‘lim samaradorligini oshirishda ham ta‘limiy, ham tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. Masalan:axborotning xilma-xillligi: matn, lavha, bezak, nutq, 
musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga 
erishiladi. O‘quvchilarga ta‘lim olishda ijodiy munosabatni uyg‘otadi va bu 
o‘quvchilarda o‘zlariga bo ‘lgan ishonchni shakllantiradi;o‘quvchilarning 
tafakkurini rivojlantiradi; o‘z-o‘zini namoyish etish imkonini beradi;o‘quvchi 
mavzu bo‘yicha yangi fikrlarni bildirishga va o‘ziga o‘zlashtirishga ruhan tayyor 
bo‘ladi.Ushbu jihatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, zamonaviy o‘qituvchi 


butun dunyo ta‘lim tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlardan doimo xabardor bo‘lishi 
va ularni o‘zlashtirib o‘z faoliyati davomida qo‘llay olishi lozim. 
Shu paytgacha maktablarning boshlang‘ich sinflarida “ ona tili” va “o‘qish” 
darslari alohida o‘tilar edi. Bugungi kunga kelib ushbu ikki fan birlashtirilib 
yagona “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi joriy etildi. Ushbu fanning joriy 
etilishining o‘zi ham bugungi kunda yurtimizda ta‘lim sohasidagi bo‘layotgan 
o‘zgarishlarning bir turidir. Yangi darslik asosan axborot texnologiyalari asosida 
darsni o‘tishga mo‘ljallangan. Yangi darslikda rang-barang tasvirlar, qiziqarli 
topshiriqlarga e‘tabor qaratilgan. Yangi darslikda o‘quvchilarning tinglab 
tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida 
topshiriqlar ishlab chiqilgan. Shunday ekan ushbu topshiriqlarni bajarish uchun 
albatta o‘qituvchi dars davomida axborot texnologiyalaridan foydalanishi 
zarur.Boshlang‘ich sinflarning “ona tili va o‘qish savodxonligi”fanini o‘qitishda 
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning keng imkoniyatlari 
yaratilgan va bular sirasiga o‘quv adabiyotlarining yangi avlodlari:elektron o‘quv 
qo ‘llanmalar, elektron darsliklar, qisqa interaktiv o‘quv dasturlari, audio 
qo‘llanmalar, multimediali darslarni kiritib o‘tish mumkin. Ona tili va o‘qish 
savodxonligi darslarida o‘quvchilarga topshiriqlarda audiomatnni tinglab 
tushunishlari va shu asosida topshiriqlarni bajarishlari yuzasidan topshiriqlar 
qo‘yilgan. Ushbu darslik xalqaro baholash tizimlariga mos ravishda tuzilgan bo 
‘lib, darslikdan asosiy maqsad o‘quvchilar o‘z fikrlarini tinglab va o‘qib 
tuhunishlari, fikrini bayon eta olishlariga erishish hisoblanadi .Ushbu darslik bilan 
bir qatorda o‘qituvchi kitobi, o‘quvchilar mashq daftari va fan multimedia ilovalari 
ishlab chiqilgan. Asosan darslikda audiomatnlar uchraydi. O‘quvchilar ushbu 
matnlar orqali tinglab tushunishlari lozim bo ‘ladi. 2-sinf “ona tili va o‘qish 
savodxonligi” darsligida keltirilgan mashqlardan misollar keltiramiz. 
“Maktabim- ikkinchi uyim” bo‘limida “Maktab” audiomatnini tinglang 
topshirig‘i berilgan va quyidagi savollar qo‘yilgan: 

Download 216,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish