Ibtidoiy jamoa tarixi


  Keskich  va  chopperlar.  1,6



Download 3,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/43
Sana01.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#280249
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
Ibtidoiy jamoa tarixi unlocked

7.  Keskich  va  chopperlar.  1,6  mln.  yillar  atrofida  Sharqiy 
Afrikada  tosh  qurollarning  yangi  o ‘ziga  xos  tiplari  paydo  bo‘ldi.  Q o‘l 
chopqisi  deb  ataladigan  bu  qurol  musht  hajmidagi  tosh  parchasi  bo‘lib, 
unga  kaft  yoki  pachoqlangan  nonni  eslatadigan  shakl  berilgan  edi. 
Toshning  o ‘tkir  qirralari  ikki  tomondan  tosh  parchalarini  ushatish  y o ‘li 
bilan  hosil  qilingan.  Tajribalarning  ko‘rsatishicha,  bu  qurollar  asosan 
boltasimon  tigMar  (kliverlar)  shaklida,  o ‘tkir  tosh  parchalari  yordami 
bilan terisi  shilingan hayvon tanasini  maydalashda foydalanilgan.
Eng  birinchi  qo‘l  chopqilari  HOMO  erectus  bilan  taxminan  bir 
vaqtda  paydo  bo‘ldi.  Chunki  bunday  bir  xil  qurollarni  yasash  uchun 
anchagina  tushuncha,  fikrlash  talab  qilinar  edi.  Ularning  faraz 
qilinadigan  kashfiyotchisi  yuqori  darajada  taraqqiy  qilgan  gominid  edi. 
Qadimgi  tosh  asrining  qurollariga  chopqi,  boltasimon  kliverlar,  qirg‘ich 
va  tosh  parchalari  kiradi.  Ular  Shimoliy  Fransiyada,  Sen-asheldagi 
topilmalar  nomi  bilan  ashell  davri  qurollari  deb  ataladi.  Ularning  yoshi 
300  ming  yilga  teng.  Qurollar  tayyorlashning  ashell  texnologiyasi 
Hindiston  va  Yevropada  tarqaldi  va  taxminan  100  ming  yil  mavjud 
bo‘ldi.  Bu  texnologiya  ko‘rinishidan  Indoneziya  va  Xitoygacha  yetib 
bormadi.
Shu  bilan  rldovon  tipiga  mansub  yanada  qo‘pol  boMgan,  kesadigan 
qurollar (chopperlar)  tayyorlash  madaniyati  Yevropada va Osiyo,  Yaqin 
Sharq,  Yava,  Filippin  va  Shimoliy  Xitoydagi  Chjoukoudyangacha 
tarqaldi.
Ba’zi  joylarda  ashell  texnologiyasi  va  chopperlarni  tosh  o ‘zagidan 
tayyorlash  yonma-yon  bordi.  Boshqa  joylarda  esa  mehnat  qurollarini 
tayyorlash u yoki bu joyda mavjud boMgan xomashyo yoki zarur boMgan 
ishga bogMiq boMdi.
Tik  yuradigan  odamning  boshqa  qurollari  qoldiqlariga  «sandonlar» 
(ish  taxtalari)  va  bolg‘alar  kiradi.  Bizga  m a’lum  boMgan  ba’zi  parma, 
tig1  va  qirgMch  kabi  tosh,  yog'och  qurollarning  ilk  namunalari 
Ispaniyadagi  Torralbedan,  yog‘och  kosa  qoldiqlari  Fransiyadagi 
Nitssadan topilgan.
8.  Ov.  Ibtidoiy  odamlar  birdaniga  ov  bilan  shug‘ullanmaganlar. 
Birgina terimchilik  ularning  ozuqaga  boMgan  ehtiyojini  qondira  olmas 
edi.  Arxeologik  ma’lumotlarga  ko'ra,  sinantrop  bug‘u,  ohu,  y o w o y i  ot
42


va  hatto  karkidon  kabi  yirik  hayvonlarni  ov  qilgan.  Tik  yuradigan 
odamning  bir  necha  manzilgohlaridan  topilgan  jiddiy  dalillar  shuni 
ko‘rsatadiki, bu uddaburon gominidlar faqatgina o‘simliklarni yig‘ish va 
yirtqich  hayvonlar  oMdirgan  jonivorlarning  tanasidan  go‘shtni  kesib 
olish  bilan  cheklanib  qolmay,  balki  yirik  hayvonlarni  faol  ov  qilganlar. 
Buning uchun  ular birgalikda hayvonlarga tuzoq qo‘yish va ta’qib qilish 
uchun  guruhlarga  birlashganlar.  Uch  qit’adan  topilgan  topilmalar  ov 
usullari  va  uning  obyekti  bo‘lgan  hayvonlar  to‘g ‘risida  tasavvur  hosil 
qilishga yordam beradi.
Olorgeseylida  (Keniya)  50  maymun-simopiteklar  qoldig‘i  boMgan 
bir  manzilgoh  mavjud.  Taxminan,  qadimgi  odamlar hozirgi  vaqtda oMib 
ketgan  yirik  babuinlarning  (maymun)  uxlab  yotgan  butun  bir  podasini 
kaltaklar  bilan  urib  oMdiradilar.  Hozirgi  kunlarda  ham,  ba’zi  bir 
Tanzaniyadagi  qabilalar  bu  maymunlarning  avlodlarini  xuddi  shunday 
tarzda ov qiladilar.
Torralbeda  (Markaziy  Ispaniyaning  shimoliy  qismi)  ovchilar  o ‘nlab 
daydib  yurgan  fillar,  yovvoyi  ho‘kizlar,  otlar,  kiyik  va  karkidonlarni 
(nosorog)  tabiiy  tuzoq  boMgan  tik  qoyali  vodiyda,  botqoqli  jarlikka 
haydash  uchun  olovdan  foydalanadilar.  Bu  yerda  hozirgi  vaqtda  to‘g ‘ri 
xartumli, oMib  ketgan  turga mansub 30 ga yaqin  fillar halok boMgan.  Bu 
fillar  hozirgi  Afrika  filiga  qaraganda  yirik  edi.  Torralbe  va  qo‘shni 
Ambroneda yovvoyi hayvonlar ko‘plab oMdirilgani  faraz qilinadi.
Osiyoda yaxshi  taassurot  qoldiradigan  m a’lumotlar  Pekin  yaqinidagi 
Chjoukoudyan  g ‘origa  tegishli.  Chjoukoudyan  g‘oridagi  qoldiqlarning 
guvohlik berishicha, tik yuradigan odam to‘ngMz,  bizon, kiyik, ohu, otlar 
va  karkidonlarni  oMdirgan.  Odamlarning  sindirilgan  bo‘g‘inlari  va  bosh 
chanoqlarining  majaqlangan  suyaklari,  bu  yerdagi  ovchilar  kannibal 
boMib,  o ‘zlarining  urugMga mansub  odamlarning  bosh  miya va  umurtqa 
miyalarini  iste’mol qilishni yoqtirganlaridan guvohlik beradi.
Qadimgi 
odamlar 
yirik 
hayvonlarni 
qanday 
oMdirganlari 
to‘g ‘risidagi  savolga javob  noaniq  boMib  qolmoqda.  Ba’zi  m a’lumotlar 
ular  tosh  uchli  yog‘och  nayzalardan  foydalanganlari  to‘g‘risida  fikr 
yuritish  imkoniyatini  beradi.  Ammo  qanday  usullar  qoMlanilgan 
boMmasin,  ov  o ‘ta  xavf-xatarli  boMib,  bu  holni  HOMO  erectusning 
ko‘pgina  bosh  chanoqlarida  eski  tuzalib  ketgan,  lat  yegan  izlar  bilan 
izohlash mumkin.
9. 
Uy-joy  va  olov.  Suyaklar  va  tosh  qurollar  to‘plami  HOMO 
erectusning  oilaviy  guruhlari  yoki  yanada  kattaroq  birlashmalari  o ‘zla- 
rining  manzilgohlarini  tiklagan  joylardan  topilmoqda.  Bu  manzilgoh-
43


larning  ko ‘pchiligi  bir  necha  kunga  istiqomatgoh  boMib  xizmat  qilgan. 
Bu  yerda  odamlar  ovning  rejasini  tuzar,  o ‘Idirilgan  hayvon  terisini 
shilib,  uning  go‘shtini  o ‘zaro  boMishib  olib,  yeyish  mumkin  boMgan 
o ‘smliklarni  terib,  ji!g ‘a  yoki  koM  suvini  ichib,  tosh,  suyak  va 
yog‘ochdan ov qurollarini yangilar, dam  olib,  uxlar edilar. Tropiklarning 
iliq  iqlimi  sharoitida faqatgina quruq joy topishning o ‘zi yetarli edi.
Ammo  tik  yuradigan  odam  o ‘z  manzilgohini  shimoliy  salqin 
hududlarda 
barpo 
qilgani 
topilmalardan 
ma’lum. 
Torralbe 
va 
Ambronedan  (Ispaniya)  doira  qilib  yotqizilgan  toshlar  topildi.  Hozirgi 
kunda  bunday  tosh  doiralar  eskimoslarning  teridan  tikilgan,  o ‘rta  qismi 
markaziy  yog‘och  bilan  ko‘tarib  turiladigan,  chetlari  ogMr  toshlar  bilan 
yerga bosiladigan chodirlari o ‘rnida saqlanib turibdi.
Fransuz  shahri  Nitssa  yaqinidagi  Tera  Amata  manzilgohida  235  km 
maydonda  qadimgi yashash  joylari  saqlanib qolgan.  Uning o ‘rnida shox- 
shabbalardan  to ‘qilgan,  toshlar  bilan  mahkamlangan  chaylaning  ichida 
tosh  qurilma  bilan  shamoldan  himoya  qilingan  o ‘choqlarda  olov 
yoqilgan.  Dengiz  sohilidagi  bu  mavsumiy  manzilgohning  eng  katta 
chaylalariga 20 kishigacha sig‘dirish mumkin edi.
Fransuz  Pireneyidagi  Totavel  yaqinida  va  Pekin  yaqinidagi 
Chjoukoudyanda  odamlar  g ‘orlarda  yashar  edilar.  Ko‘rinishidan  Arago 
(Fransiya)  g ‘orida  odamlar  u  yoki  bu  mavsumlarda  ko‘chib  yurgan 
hayvonlar  orqasidan  kelganlar.  Lekin  Chjoukoudyandan  topilgan  6 
metiii kul qatlami odamlarning uzoq turib qolganlarining oqibati  boMishi 
mumkin.
Yuqori  paleolit  davri  odamlari  togMik  joylarda  turar-joy  sifatida 
tarmoqlanib  ketgan  ichki  yoMlar  bilan  yetarlicha  chuqur  g‘orlarni 
ishlatishni  davom  ettirdilar.  0 ‘rta  Osiyo,  Qrim,  Kavkaz,  Ispaniya, 
Fransiya,  Shvetsariya  va  Bolqon  yarim  orolida  shunday  g ‘orIarda 
boMgan  ko‘plab  manzilgohlar  topilgan.  Ochiq joylarda  ham  turar-joylar 
qurilgan.  B a’zida  turar-joylar  yetarlicha  keng,  uzunligi  35  metr,  eni  15 
metr  boMib,  bir  necha  o ‘choqlar  mavjud  boMgan.  Ularning  asosi  yirik 
hayvonlarning  suyaklari,  yopiladigan  material,  hayvon  terilari  va  shox- 
shabbalar boMgan.  Uncha chuqur boMmagan yertoMalar (ba’zida, 200 m2 
ga 
yetadigan) 
qazilgan. 
Ularning 
tomi 
uzun 
xodalar 
bilan 
mustahkamlangan  va  havo  aylanishi,  tutun  chiqishi  uchun  teshiklar 
qo‘yilgan.
Er.avv.  300 000-1800-yillar
Ilgari  ibtidoiy odamlar tarixgacha  turar-joy qurmagan deb  taxmin 
qilinar  edi.  Ular о ‘zlariga  turar-joy qurishni bilmaganlar.  Shu sababli.
44



Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish