Ibtidoiy jamiyat



Download 69,13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.12.2021
Hajmi69,13 Kb.
#95932
Bog'liq
Ibtidoiy jamiyat - Vikipediya



Ibtidoiy jamiyat

Ibtidoiy jamiyat - ibtidoiy odamlarning

paydo boʻlishidan to davlat yuzaga

kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa

boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib

isteʼmol qilish Ibtidoiy jamiyat ning oʻziga

xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat

qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam

yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va

hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi.

Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa

ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining

mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy




jamiyat iborasi juda buyuk kash-fiyot

hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim

L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G.

Morgan oʻzining "Qadimgi jamiyat" (1877)

asarida juda boy etn. materiallarga

asoslangan holda ilmiy olamda birinchi

boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy

jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki

bosqichga boʻlgan: 1-bosqichni "ibtidoiy

tuda", 2-bosqichni esa "ibtidoiy urugʻchilik

jamoasi" deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-

sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk

ajdodlarimizning "hayvonot" olamidan

ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan

harakterlanadi. L. G. Morgan bu

bosqichni Ibtidoiy jamiyat ga kiritmagan.

Aslida Ibtidoiy jamiyat urugʻchilik



jamoasini vujudga kelishi bilan

boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels

va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular

urugʻchilik jamoasi davrini "ibtidoiy

kommuna", "qadimgi kommunizm"

iboralari bilan almashtirib katta nazariy

xatoga yoʻl qoʻyadilar. I. V. Cmashinning

"Dialektik va tarixiy materializm haqida"

asari paydo boʻlgach, masala yanada

chalkashib ketdi. U Ibtidoiy jamiyat

tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy

tuda bosqichini ham qoʻshib yubordi.

Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq

sovet tarixshunosligida asosiy yoʻl-yoʻriq

boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi

ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy

urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ



jamoalarining paydo bulishidan to birinchi

sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar

boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ibtidoiy

tuda davrida esa ishlab chiqarish ning

oʻzi boʻlmagan. Bu davr odamzodning

uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish

bo-sqichi boʻlib, u haqiqatan Ibtidoiy

jamiyat ga oʻtish davri hisoblanadi. L. G.

Morgan oʻz vaqtida Ibtidoiy jamiyat ni 2

bosqichga boʻlgan: bi-rinchisini "ibtidoiy

urugʻchilik jamoasi", ikkinchisini esa

"harbiy demokratiya bosqichi" deb ataydi.

20-asr davomida etn. va arxeologiya

sohalarida fan olamida qoʻlga kiritilgan

yutuqlar harbiy demokratiya davrini

sinfsiz jamiyatdan birinchi sinfiy

jamiyatga oʻtish bosqichi sifatida



qarashni, shuningdek, "ibtidoiy urugʻchilik

jamoasi" davrini ikki fazaga boʻlishlikni

taqozo etadi. Ibtidoiy urugʻ jamoasining

har ikkala fazasi davomida inson

hayotida juda katta sifat oʻzgarishlari yuz

berdi. Bu davrda dastlabki jamoa boʻlib

yashash kurtagi paydo boʻldi. Bu kurtak

urugʻ jamoasining tarkib topishiga asos

solgan onalar atrofida yuz berdi. Shuning

uchun ham urugʻchilik jamoasining bu ilk

fazasi — ona urugʻi — matriarxat deb

ataldi. Urugʻchilikning birinchi tadrijiy

rivojlanish fazasida ishlab chiqarish

munosabatlari toʻlaligicha urugʻ

manfaatiga mos tushadi, jamoada

ijtimoiy ishlab chiqarish hukmron. Endi

ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi



fazasida ishlab chiqarish munosa-batlari

asta-sekin urugʻ manfaati do-irasidan

chiqa boshlaydi. Bunday ijtimoiyiqtisodiy

oʻzgarishlar ibtidoiy jamoa xoʻjaligida

dehqonchilik va chorvachilikning kelib

chiqishi rivojlanishi bilan, jamoada

ortikcha mahsulotning paydo boʻlishi va

bozor munosabatlarining tarkib topishi

bilan bogʻliq edi. Bu jarayonlar, albatta,

ishlab chiqarish da erkaklar mehnatiga

talabning or-tishi va urugʻlararo guruxli

nikohning buzilishi va urugʻ jamoasidan

tashkarida patriarxal juft oilaning qaror

topishi bilan bogʻliq edi. Ibtidoiy

urugʻchilik jamoasi zamonida roʻy bergan

bu oʻzgarishlar matriarxal urugʻ

jamoasining patriarxal urugʻ jamoasiga



oʻz oʻrnini boʻshatib berishiga olib keldi.

Ota urugʻi (patriarxat) shakllandi.

Jamoada erkaklar rolining kuchayishi

tabiiy ravishda patriarxal juft oilani keltirib

chiqardi. Patriarxal urugʻ jamoasidagi juft

oila nikohi va uning tarkibida monogam

nikoh tizimining karor topishiga olib keldi.

Ilk urugʻchilik jamoasi davrida odamzod

birinchi bor amaliy sanʼatni kashf etdi,

yaʼni sanʼat dastlab ayol haykallarini

yasashdan, birinchi navbatda, homilador

ayol tasvirini ishlashdan boshlandi. Bu

davrning boshqa bir buyuk oʻzgarishi

odamzodning biologik jismoniy

tuzilishida roʻy berdi, yaʼni yevropeoid,

negroid va mongoloid irklar shakllandi va,

nihoyat, eng qad. ajdodlarimiz tabiiy



gʻordan chiqib, maʼlum mintaqalarda

oʻzlari uchun kulba yasash yulini kashf

etdilar. Ibtidoiy ajdodlarimiz hayotidagi

bu inqilobiy oʻzgarishlar ona urugʻi —

matriarxatning dastlabki ming yilliklari

davomida, yaʼni miloddan avvalgi 40—

30ming yilliklarda sodir boʻldi. Ibtidoiy

tuda davrida ilk ajdodlarimiz oʻrtasida

biologik aloqalar cheklanmagan, tartibsiz

holda yuz bergan boʻlsa, ibtidoiy

urugʻchilik jamoasi tarkib topishi bilan

odamlar oʻrtasidagi biologik aloqalar

maʼlum tartibga tushdi, yaʼni biologik

aloqalar endi ikki urugʻ jamoasi aʼzolari

oʻrtasida sodir boʻladigan boʻldi. Bu nikoh

tartibi guruxli nikohdeb yuritildi. Key-inroq,

ona urugʻi davrining soʻnggi fazasida ana



shu guruxli nikoh doirasida ayollar

farzandlarining otalaridan oʻz urugi uchun

ishlab berishni, oʻz urugʻi yumushlariga

yordam berishni talab kila boshlaydilar.

Bu talablar, albatta, iqtisodiy muammolar

bilan bogʻliq boʻlib, ona urugʻi jamoasi

zaminida matriarxal juft oilani

rasmiylashi-shiga olib keldi. Onalar, endi,

uz farzandlariga uz otasini tanishtira

boradi. Uzok, davom etgan bu nikohtarti-

bi va axloq normalari ona urugʻi doirasida

erkaklar rolining kuchayishiga olib keldi.

Iqtisodiy hayot tashvishlari endi erlar

qoʻlida jamlandi. Erkaklar iqtisodiy xujalik

jilovini uz qoʻllariga oladilar va ularning

farzandlari oldidagi nufuzi ortib boradi.

Ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi



fazasida urugʻ jamoalari xoʻjaligida

qoʻshimcha daromad paydo boʻladi, u

esa, oʻz navbatida, mol ayirboshlashni

keltirib chikaradi. Ana shu davrdan

boshlab urugʻlarning qabilalarga

birlashishi boshlanadi. Qabilalararo

iqtisodiy aloqalar vujudga keladi va

ularning oqibat natijasi sifatida kishilik

tarixida harbiy demokratiya davri

boshlandi. Bu inqilobiy oʻzgarishlar otalar

urugʻi (patriarxat) ga xos bulib, ular

ibtidoiy urugchilik jamoasi zaminida

dehqonchilik va chorvachilikning kashf

etilishi bilan bogʻliq edi.

Arxeologik jihatdan ilk va urta paleolit

davriga muvofiq keluvchi ibtidoiy tuda




davrida yashagan ajdodlarimizning

odamsimon maymun podalariga xos

xatti-harakatlari, ularni fan olamida eng

oliy tipdagi odamsimon maymunlardan

tarqalgan, degan tasavvurni keltirib

chiqardi. Aslida, hech bir odamsimon

maymunlardan (shimpanze, gibbon,

orangutan, goril-lalardan) odam

tarqalmagan. Odamzotning eng ilk

ajdodlari oʻzlarining oziq tishlaridagi

naqshlari va bosh miyasining maymun

bosh miyasidan kattaligi bilan

farqqiluvchi maymunsimon odam ajdodi

(Goranna driopiteki) dan tarqalgan. Bu

tipdagi odamzot ajdodlarining qoldiqlari

Jan. Afri-kada zinjantrop, Indoneziyaning

Yava o. da pitekantrop, Xitoyda sinantrop,



Oʻzbekistonda fergantrop, Germaniyada

neandertallar nomlari ostida to-pib

oʻrganildi. Fan olamining xulo-sasiga

koʻra, ular to "aqlli odam" ("homo

sapiens) holatiga kelguniga qadar

(miloddan avvalgi 40—35 ming yillikka

qadar) oʻzining tadrijiy shakllanish

taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Ular eng

oddiy tosh qurollardan va olovdan

foydalanishni oʻrgandilar. Madaniyatning

dastlabki kurtaklari vujudga keldi, maʼnoli

nutq paydo boʻldi. Inson asta-sekin

biologik jihatdan takomillasha bordi, eng

ibtidoiy (pitekantrop, sinantrop va

neandertal va boshqalar) tipdan yuksak

taraqqiy etgan va mehnat qilish

qobiliyatiga ega boʻlgan odam darajasiga



yetdi. Avvalo mehnat, soʻngra soʻzlash

ikkita eng muhim sabab boʻldiki, bu

sabablar taʼsiri ostida eng ilk

ajdodlarimizning miyasi sekin-asta aklli

odam miyasiga aylandi. Ilk va oʻrta

paleolitdan uning soʻnggi bosqichiga

oʻtish davrida tosh qurollarni yasashda,

ovchilikda ancha yutuqlarga erishildi.

Ibtidoiy toʻdadan soʻnggi paleolitga oʻtish

davrida ijtimoiy munosabatlar va odam

qiyofasi ancha oʻzgardi va taraqqiy etdi.

Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda

Ibtidoiy jamiyat ning har bir davriga

mansub mehnat qurollari Fargʻona

vodiysidagi Selungur goroda va boshqa

joylarda topildi. Arxeolog A. P. Okladnikov

tomonidan 1938— 39 yil larda



tekshirilgan Teshiktosh tri yodgorliklari

ham mazkur davrning mustye bosqichiga

mansubdir.

Soʻnggi paleolit davrida suyak va

shoxdan yasalgan buyumlar — igna, bigiz,

qarmoq, kamon oʻqi, turli xil bezaklar va

h. k. keng qoʻllanilgan. Bu davrda parma

ham paydo boʻldi. Ibtidoiy tuda oʻrnini

ijtimoiy jamoaning ancha

mukammallashgan shakli — ona urugʻi

jamoasi (matriarxat) oldi. Bir urugʻ ichida

nikoh qilish man etildi, natijada ibtidoiy

odamlarning jamoa boʻlib uyushishi

kuchaydi. Arxeologik jihatdan soʻnggi

paleolit, mezolit va neolit davriga muvofiq

ke-luvchi matriarxat davrida urugʻchilik




jamoasi ancha uyushqoq ijtimoiy-

iqtisodiy kurtak boʻlib, kishilar bir-galikda

mahsulot tayyorlar va isteʼmol qilar edi.

Ular ovchilik, baliqchilik bilan

shugʻullanganlar, keyinchalik esa motiga

bilan yer haydab, dehqonchilik qilib va uy

hayvonlarini boqib, tirikchilik

oʻtkazishgan. Matriarxatning rivojlangan

davrida mehnat taqsimoti tufayli

xoʻjalikda va jamiyatda ayollar muhim rol

oʻynay boshladi. Ibtidoiy guruh-guruh

oiladan alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan

beqaror juftjuft oilaga utildi. Matriarxat

davrida qishki turar joy, kiyim va bezaklar,

qurolning murakkab turlari (oʻq yey,

yelmiltiq va boshqalar), terini qayta

ishlash, mato toʻqish, kulolchilik, tasviriy



sanʼat va din vujudga kela boshladi. Bu

davrning soʻnggi bosqichida et-nik birlik —

qabila tarkib topdi. Oʻrta Osiyoda shu

davrga oid kup yodgorliklar topilgan

(mas, Joytun mada-niyati, Kaltaminor

madaniyati).

Neolitning soʻnggi bosqichi va jez

davrining boshlarida ona urugchilik

jamoasining ishlab chiqaruvchi kuchlari

taraqqiyotida katta oʻzgarishlar rui berdi.

Chorvachilik, omoch bilan yer haydash,

baliq tutish, metallni oddiy usulda qayta

ishlash yuzaga keldi. Natijada ayollarning

xujalik yuritishdagi roli pasayib,

erkaklarning roli oshdi. Kishilar tabiat

kuchlariga qarshi kurashish uchun turli




qurollardan foydalandilar. Erkaklar oʻzlari

topgan boyliklarini umumiy jamoaga

emas, oʻz bolalariga berishga intildilar.

Shu tariqa matriarxatdan patriarxat

davriga oʻtildi, urugʻchilik oilalariga ota

boshchilik qiladigan boʻldi. Ota urugʻi

asosida katta patriarxal oilalar tashkil

topdi. Patriarxal oilada urugʻchilik

tuzumining kurtagi saqlangan boʻlsada,

uning yemirilayotgani sezilib turardi.

Barqaror nikoh vujudga kelishi bilan ayol

kishi erkak turgan joyga borib

yashaydigan boʻldi. Bolalar ota ismining

va mulkining merosxoʻri boʻldilar, uyda

ota hukmronligi yuzaga keldi. Ibtidoiy

jamiyat kuchlarning oʻsi-shi, ijtimoiy

mehnat taqsimotining rivojlanishi xususiy



xoʻjalikning paydo boʻlishiga, urugʻning

yemirili-shiga, oʻziga toʻq yuqori

tabaqaning ajralib chiqishiga olib keldi, bu

tabaqa dastlab harbiy asirlar, soʻng

qashshoqlashgan qabiladoshlarini

qullarga aylantirdi. Qabilalararo xoʻjalik

va madaniy aloqalarning rivoji tufayli

etnik birlikning yangi shakli — elat vujudga

keldi. Natijada sinflar va davlatlar paydo

boʻldi. Urugʻqabila boshliqlaridan davlat

hokimiyati tashkil topa boshladi. Jez

davrida Oʻzbekiston hududida sugʻorma

dehqonchilik rivojlana boshladi. Bu

davrga oid ar-xeologik topilmalar

moddiymadaniy belgilari va etn.

xususiyatlariga karab koʻpgina arxeologik

madaniyat ismlari bilan ataladi (mas,



Amirobod madaniyati, Sopollitepa

madaniyati, Zamonbobo madaniyati,

Suvyorgan madaniyati, Tozabogʻyop

madaniyati, Chuyet madaniyati va

boshqalar) Oʻrta Osiyo hududidagi jez

davri yodgorliklarining juda boy majmuasi

vohalarda iqtisod va madaniyat taraqqiy

etganidan bu yerda qadim davrlar-dayoq

sinfiy jamiyat tugʻila boshlaganidan

dalolat beradi.

Morgan L. G., Drevneye obshestvo,

London, 1877; Engels F., Oila, xususiy

mulk va davlatning kelib chiqishi, T.,

1967; Pershits A. I. i dr., Istoriya

Ibtidoiy jamoa



pervobitnogo obshestva, M., 1968;

Askarov A., Oʻzbekiston tarixi, T., 1994.

Ahmadali Asqarov.

[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Manbalar

Download 69,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish