Ibrohimova nilufarning



Download 354,26 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2022
Hajmi354,26 Kb.
#689466
  1   2   3   4
Bog'liq
zoologiya 2



MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI


BIOLOGIYA FAKULTETI (KECHKI) 201-GURUH TALABASI
IBROHIMOVA NILUFARNING “ZOOLOGIYA” FANIDAN MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi:Qo‘chqorov A
Bajardi: Ibrohimova N
MAVZU:O‘ZBEKISTONDA UCHRAYDIGAN SUT EMIZUVCHILAR, OVLANADIGAN, KASALLIK TARQATUVCHI VA NOYOB TURLARI

REJA



1.O‘zbekistonda tarqalgan sut emizuvchilar
2.Ovlanadigan sut emizuvchilar
3.Insonlar ta’sirida kamayishi

O'zbekistonda uchraydigan sut emizuvchilar.
Albatta ko'plab tur sutemizuvchilar u yoki bu tarzda insonga va tabiatga katta foyda keltiradi. MDH da 350 tur sutemizuvchilardan 150 turi ovlanadi va bu jihatdan dunyoda birinchi o ‘rinda turadi. Eng ko‘p
ovlanadigan sutemizuvchilarga kemiruvchilar (35 tur), yirtqichlar (41tur), jufttuyoklilar (20tur), kurakoyoqlilar (13 tur), tovushqonsimonlar (58 tur) va hasharotxo‘rlar (5 tur) turkum larining vakillari kiradi. Olmaxon, 
tulki, oq tulki (pesets), quyon, sassiqqo‘zan, suvsar, latcha, sobol, nork, qunduz, bobyor, sug‘ur, ondatra, yenotsimon it va suvchayqar yenotlar
qimmatbaho mo‘ynasi uchun ovlanadi, bu hayvonlar mo‘ynachilik sanoatining asosini tashkil qiladi. MDH da mo‘ynachiliqdan tashqari tuyoqli sutemizuvchilarni ovlash ham yaxshi yo‘lga qo'yilgan. Go‘sht, teri va har xil dorivor mahsulotlar olish uchun har yili 600 ming bosh 
atrofida tuyoqli sutemizuvchilar ovlanadi. Masalan: los, to‘ng‘iz, yelik, maral, shimol bug‘usi va sayg‘oqlar shular jumlasiga kiradi.Xonakilashtirilgan va xonakilashtirilayotgan sutemizuvchilar. Xonakilashtirilgan va 
xonakilashtirilayotgan sutemizuvchilar inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Maxsus mo‘ynachilik fermalarida sobol, norka, oq tulki, tulki, nutriya va shinshillalar m o‘ynasi uchun ko‘paytiriladi. 


Qoramollarda
Bundan tashqari, Kostroma sutli va go‘shtli zotlari, Yaroslavl sutli zot Xolmogor sutli zoti, olatov sutli zoti va boshqa bir qancha qoramol zotlari oziqovqat manbai sifatida inson tomonidan keng foydalaniladi. 
Qoramollarning 400 ga yaqin zoti m avjud.Qoramollar Yevropa, Osiyo
va Shimoliy Amerikada yashagan yovvoyi xo'kiz turidan kelib chiqqan Inson hayotida sutemizuvchilarning ayrim turlari (ot, eshak, tuya, ho‘kiz it, ) ish hayvonlari, sport va qo‘riqchi hayvonlar sifatida ham katta
ahamiyatga ega.
Xonaki qo‘y zotlari yow oyi Yevropa qo‘yi — muflondan kelib 
chiqqan. Xonakilashtirish natijasida qo'ylarning 350 ga yaqin zotlari 
yaratilgan. Bu zotlarning ichida romanov qo'yi, merinos qo ‘ylaridan 
askaniya qo‘yi, qozoq mayin junli qo‘yi, hisor qo'yi va qorako‘1 qo'ylari 
diqqatga sazovordir.
Cho'chqalarning 100 dan ortiq zotlari yaratilgan. Eng ko‘p boqila- 
digan ch o 'ch q a zotlariga yirik oq cho'chqa, yirik qora ch o ‘chqa, 
Shimoliy Kavkaz cho'chqasi, Ukraina dasht oq cho‘chqasi va boshqalar 
kiradi. Uy cho'chqasining hamma zotlari ajdodi yowoyi cho'chqa — 
to ‘ng‘iz hisoblanadi.
Otlarning ham 250 dan ortiq zotlari bor, bular qatoriga Vladimir 
zoti, Qorabayir, Axaltaka, Orlov, Rus yo'rg'asi, Yovmut, Laqay zotlari kiradi. 
Xonaki ot zotlari yowoyi ot — tarpandan tarqalgan.
Xonaki tuyalarning ikki turi, ya’ni ikki o'rkachli tuya va bir o'rkachli 
tuyalarning harbiri alohida kelib chiqqan bo'lishi mumkin. Ikki o'rkachli 
tuya nisbatan yaqinda, eramizdan ikki ming yil oldin xonakilashtirilgan. Eramizdan ming yil oldin Osiyo davlatlarida ikki o‘rkachli tuya boqilgan. Bu tuyaning ajdodlari shubhasiz, hozirgi vaqtda ham Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yovvoyi ikki o'rkachli tuya bo'lgan. 1877yilda birinchi marta ikki o'rkachli tuyani N.M.Prjevalskiy topgan. Biro'rkachli xonaki tuyaning ajdodlari aniq emas. Bir o'rkachli yowoyi tuya Arabistonda yashagan deb taxmin qilinadi. Uning xonakilashtirilishi eramizdan ikki ming yil ilgari boshlangan. Uni, asosan Afrika va Osiyoda xonaki holatda boqiladi.Olimlarning m a’lumotlariga qaraganda, hozirgi bug'ular eramizdan
oldin 18 ming yil ilgari, itlar 15 ming yil ilgari, qo'ylar 8 ming yil
ilgari, echki va cho'chqalar 6,5 ming yil ilgari, qoramollar 5 ming yil ilgari xonakilashtirilgan. Sutem izuvchilar vakillari tuproq unum dorligini oshirishda, o'sim liklar urug'ini tarqatishda, zararkunanda hasharotlarni yo'qotishda va sanitarlar sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
Faunani asrash va boyitish. Olimlarning hisoblaricha, oxirgi 300 yil ichida 120 tur sutemizuvchilar Yer yuzidan qirilib ketgan. Hayvonlarning kelajakda yo'qolib ketish xavfining oldini olish uchun 1966 yilda jamoatchilik tashabbusi bilan Xalqaro «Qizil kitob» tashkil qilingan. Hayoti xavf ostida qolgan yoki soni kamayib borayotgan hayvonlarni500him oya qilishning eng samarali choralaridan biri qo'riqxonalar va buyurtm axonalar 
tashkil etishdir. Hozirgi vaqtda MDH da 130 ta qo‘riqxona bor, bu
qo‘riqxonalarning umumiy maydoni 8 mln gektarga etadi.0‘zbekistonda uchraydigan 105 ta tur sutemizuvchilardan 23 ta turi va 1 ta kenja turi kamyob va yo‘qolib borayotgan turlar hisoblanadi va bu turlar, 2006 yilda chop etilgan 0 ‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Bularga uzun ignali tipratikan, kichik taqaburun, uzun dumli tunshapalak, oq qorinli o ‘qquloq, keng quloqli qatqatlab, ko'k sug'ur, mitti qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Hind asalxo‘ri, 0 ‘rta Osiyo qunduzi, sirtlon, gepard,
qoraquloq, Turkiston silovsini, qoplon, Turon yo‘lbarsi, ilvirs, Turkm an quloni, xongul (Buxoro bug'usi), jayron, morxo‘r (burama shoxli echki), ustyurt q o ‘yi (arqal), Buxoro qo‘yi va Qizilqum arxari kiradi.0‘zbekistonda so‘nggi yillarda biologik xilmaxillikni saqlab qohsh borasida bir qancha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ularni yanada jadallashtirish — kamyob va yo‘q bo‘lib ketayotgan hayvonlar muhofaza- sini kuchaytirishga hamda sonini tiklash maqsadida Respublikamizning turli hududlarida oltita tog‘ (Hisor, Zomin, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol), uchta cho‘lto ‘qay (Qizilqum, BodayTo‘qay, Zarafshon) qo‘riqxonalari, ikkita milliy bog‘ (Zomin, UgomChotqol), to ‘qqizta buyurtmaxonalar (Arnasoy, Dengizko‘l, Qoraqir, Qorako‘1, Qarnabcho‘l, Qo'shrabod, Sayg‘oqli, Sarmish, Sudochye), ikkita tabiiy yodgorlik (Vardonze, Yozyovon) tashkil qilinganvaular hayvonot olamining majmuiy muhofazasiga, uning resurslaridan barqaror foydalanishga xizmat qilmoqda.Nafaqat Respublikamizda, balki butun mintaqada yagona, kamyob hayvonlarni ko‘paytirish, ularni saqlash va reintroduktsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi «Jayron» ekomarkazi ham alohida muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega. 0 ‘zbekistonga A merika qit’asidan ondatra, nutriya va norka keltirilib iqlimlashtirilgan.

Download 354,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish