Fizika kursining matematika bilan bog‘lanishi. Fizikada taqribiy hisoblashlar 7-sinfdayoq qo‘llaniladi. 8-sinf laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘lchash xatoliklarini aniqlash tavsiya etiladi. Mexaniqani o‘rganishda trigonometrik funksiya, kvadrat tenglama va boshqa matematik apparatlardan keng foydalaniladi.
Fizika kursida gaz qonunlarini o‘rganish jarayonida gazning holatini va uni o‘zgarishini tahlil qilishda grafiklardan keng foydalaniladi. Grafik uslubni analitik uslubdan bir qancha afzalliklari bor: grafika fizik jarayonning borishini ko‘rsatadi, xodisaning dinamikasini ko‘rgazmali ravishda ochib beradi. Grafik uslub turli muxitlarning elektr o‘tkazuvchanligi, deformatsiya va boshqalar asosida yotadi.
Fizika kursini o‘rganish davomida o‘quvchilar matematik formulalar real bog‘lanishlarni aks ettirishini va ular bu bog‘lanishlardan kelib chiqishini ko‘rib borishlari lozim.
Predmetlararo bog‘lanish predmetlar haqidagi bilimlarni mustahkamlaydi, matematik madaniyatlarini va unga qiziqishlarini orttiradi
Fizika kursining kimyo bilan bog‘lanishi. Fizika va ‘kimyo kurslari uchun umumiy bo‘lgan ko‘pgina tushuncha va kattaliklar mavjuddir. Atom tuzilishi haqidagi o‘quv materiali quyidagicha taksimlangan: elektron kobikning xossalari va tuzilishga oid xodisalar ‘kimyo kursida o‘rganilib, nurlanishdan tashqari, elektron qobiqning to’lib borishi, atom yadrosining tuzilishi va xossalari fizika kursida o‘rganiladi.
Fizika kursida tokning kimyoviy manbalarini o‘rganilayotgan vaqtda kimyo kursida rux va boshqa materiallarning kislotalar bilan o‘zaro ta’sirlari ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun tok manbalaridagi elektrolitlar haqida gapirganda ularning kimyoviy formulalarini ham yozib ko‘rsatish mumkin.
Elektrolitik dissotsatsiya va elektroliz hodisalarini o‘rganishda o‘quvchilarni kimyodan olgan bilimlarini qo‘llash va uni tushuntirish qat’iy moslashishni talab etadi. Bu erda fizika kursi uchun uchta masala muhimdir: kislota, ishqor va to‘zlarning dissotsiatsiyalanish jarayoni, elektrolitlarning elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmi va elektroliz vaqtida sodir bo‘ladigan jarayonlar.
Fizika bilan kimyoning bog‘lanishini sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham amalga oshirib boriladi.Masalan, moddalarning fizik va ximik xossalarini o‘rganishga oid fizika-’kimyo to‘garagi tashkil qilish mumkin.