- Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi, — dedi Prezident.
Matematika fani bo‘yicha o‘quvchi, talaba va o‘qituvchilar o‘rtasida turli tanlovlar o‘tkazib, g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish, olimpiada tizimini takomillashtirgan holda sovrindorlarga beriladigan mukofotlarni ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.
O‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, matematika fanidan bilimlarni baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy etish zarurligi aytildi. Bunday syertifikat egasiga oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishda matematika fanidan maksimal ball beriladi.
Yuqori malakali pedagoglar va ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimi samarasini oshirish, Matematika institutida ilmiy daraja beruvchi kengashga to‘liq mustaqillik berish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mamlakatimizda matematika fani bo‘yicha nufuzli xalqaro anjumanlar o‘tkazish, davlat byudjeti va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan har yili 100 nafar olimni xorijdagi ilmiy tadbirlar va stajirovkalarga yuborish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Avvalo, shuni ta’kidlash zarurki, bundan 23 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma- bosqich va tadrijiy rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohatlarning biz tanlagan “o’zbek modeli”- o’z taraqqiyot yo’limizning ajralmas tarkibiy
qismidir.
Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahonda taraqqiy topgan ilg’or
mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o’tmishda majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha aytganda, bu dastur o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo’lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikirlayigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’yadi.
Hozirgi zamonda insonlarning bilimi va malakasi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini aniqlovchi muhim omildir. Shuning uchun ko‘pchilik mamlakatlarda ta'limni rivojlantirish istiqboli eng asosiy masalalardan biriga aylanmoqda.
O‘zbekistonning bugungi kuni uchun iqtisodiyotning innovatsiyalarga asoslangan rivojlanishini ta'minlash vazifasi turmoqda. Shuning uchun O‘zbekistonda ta'lim tizimidagi islohotlar iqtisodiyotdagi yangi o‘zgarishlar paydo bo‘lishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston ta'lim tizimida keyingi 20 yilda qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. O’tgan o’quv yilidayoq xalq ta’limi tizimidan 100 000 ga yaqin o’quvchi yoshlarimiz oliy o’quv yurtlariga kirib o’qiyotganliklari kishini quvontiradi. Yuqoridagi bayon qilingan fikrlarni yakunlagan holda, O’zbekiston tarixiy mezonlarga ko’ra qisqa muddat bo’lgan 25-30 yil davomida bizning bosh maqsadimiz – dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish va mamlakatimiz aholisi uchun munosib hayot sharoiti va sifatini yaratish yo’lida g’oyat ulkan qadam qo’ydi, deb aytishga barcha asoslarimiz
bor. Va bu bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz.
`Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intеllеktual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XX1 asr talablariga javob bеradigan barkamol avlod bo’lib voyaga еtishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan ta’lim to’g’risidagi qonun yangi tahriri ana shu ezgu maqsadga erishish yo’lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga olgan holda, mavjud barcha rеsurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko’zda tutadi. Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag’lar haqida gapirar ekanmiz, ertagi kunimiz uchun, bolalarmiz, farzandlarimizning baxti uchun mеhnat qilish, fidoyilik ko’rsatish – bu barchamizning muqaddas burchimizdir. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rganish, ularda kеng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |