Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


O'rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari



Download 0,62 Mb.
bet23/71
Sana31.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#265835
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi

O'rta Osiyoning neolit davri madaniyatlari. Paleonologik ma'lumotlarga ko'ra mil.avv VIII-VII ming ming yilliklardan “Lavlakon namgarchiligi”, davri boshlangan. Bu davrda issiq va namchil iqlim sharoiti hukmron bo'lib, yillik yogingarchilik miqdori 250 dan 450 sm. oraligida bo'lgan. Hozirgi Qizilqum cho'li hududlari keng yaproqli o'rmonzordan tashkil topgan bo'lib, ko'llarga boy bo'lgan. Bu esa o'z navbatida hayvonat dunyosining ko'payishi uchun qulay sharoit yaratgan.

Kopetdag togining shimoliy yonbagirlarida ham shunga oxshash tabiiy-iqlim sharoiti mavjud bo'lib, hozirgiga nisbatan ancha sersuv bo'lgan. Bu esa dehqonchilik xojaligini rivojlanishi uchun qulaylik yaratgan.

Ishlab chiharuvchi xojalik nisbatan erta shakllangan boshqa bir hudud shubhasiz O'rta Osiyo hisoblanadi. Janubiy Turkmaniston hududida mil.avv. VII ming yillikning oxirlarida mahalliy Sharqiy Kaspiybo'yi mezolit davri madaniyati asosida ishlab chiharuvchi xojaligi paydo bo'ladi. Bu erda chorvachilikga asoslangan Jebel, dehqonchilikga asoslangan Joytun madaniyatlari shakllanadi. Bir tomondan Turkmanistonning issiq haroratli tabiiy-geogarafik sharoitning mavjudligi mezolit davri mahalliy aholisining ishlab chiharuvchi xojalik shakliga o'tishlari uchun asos bo'lgan bo'lsa, ikkinchi tomondan ilk dehqonchilik markazlariga yaqinligi sababli ularning ma'lum ta'siri mazkur jarayonning tezlashishiga ta'sirini o'tkazgan bo'lishi mumkin. Joytun madaniyatiga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridan topilgan tosh qurollari ishlanish usuli mezolit davri Sharqiy Kaspiybo'yi yodgorliklarining yuqori qatlamlaridan topilgan qurollar bilan aynan bir xil. Demak, Sharqiy Kaspiy bo'yining mezolit davri ovchiligi negizida chorvachilikga asoslangan Jebel madaniyati va termachiligi asosida esa dehqonchilikga asoslangan Joytun madaniyati shakllanganligi shubhasiz.

O'rta Osiyoning shimoliy hududlari va nisbatan tog va tog oldi hududlarida xojalikning ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi shakliga ega bo'lgan madaniyatlar rivojlanib, ushbu xojalik shakli uzoq muddat saqlanib qoladi. Bu o'z navbatida mazkur hududlarda tabiiy sharoitning qulayligi ishlab chiharuvchi xojalik shakliga o'tish uchun zarurat qoldirmaganligidan dalolat beradi. Mazkur jarayon zamonaviy paleoiqlimshunoslik fanida taxminan mil.avv. VIII-III ming yilliklarda “Lavlakon namgarchiligi” nomi bilan yuritilgan qulay tabiiy sharoit davriga togri keladi. Bu davrda Amudaryoning quyi oqimi, Orolbo'yi, Qizilqum, Qoraqum hududlarida neolit davri terib termachilik va baliqcilik xojaliklariga asoslangan Kaltaminor doirasidagi madaniyat, Zarafshonning o'rta oqimida ovchi va terib termachilikga asoslangan Sazagon madaniyati, Fargona vodiysida terib termachilik va baliqchi asoslangan neolit davri jamoalari madaniyatirivojlanishi va O'zbekiston va Tojikistonning janubiy tog va tog oldi hududlarida termachilik va ovchilikga asoslangan Hisor madaniyatlarining rivojlanishi kuzatiladi.




Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish