Qadimgi Choch. Qadimgi Choch-Chirchiq vohalaridan tashkil topgan hozirgi Toshkent viloyati hududidan iborat o'lka. Choch tarixiga oid aniq ma'lumotlar qadimgi yunon tarixchilarining asarlarida uchraydti. Tarixchi Strobonning “Geografiya” asarida keltirilgan ma'lumotlarda mil.avv. I ming yillikning o'rtalarida Yaksart (Sirdaryo) ortidagi erlarda jangavor ko'chmanchi sak qabilalari istigomat qilganligi keltiriladi. Boshqa bir mullif Dionisiy Periegit asarida Selevkiylar sarkardasi Demodam daryo ortiga (Yaksart) yurish qilib, qala shaharga asos solganligi togrisidagi ma'lumot mavjud. Bu voqea kamida mil.avv. III asr boshlarida sodir bo'lgan. Bu shahar akademik Yu.F.Buryakovning fikriga ko'ra hozirgi Qanqa yodgorligining dastlabki o'rnida (maydoni 6,5 gektar) bo'lgan. Bu yodgorlikning eng qadimgi o'rni aniq reja asosida, ya'ni togri to'rtburchak shaklda ellinlar o'lchamidagi kvadrat gishtlardan barpo qilingan. Shaharning bir qismida ark joylashgan. Shahar uch tomondan mudofaa devorlari bilan o'ralgan. Mudofaa devorlarida togri to'rtburchak minoralar, galareya va ularda joylashgan shinaklar o'rganilgan. Devor tashqarisida suv to'ldirilgan chuqur va keng xandak joylashgan. Devor bilan xandak o'rtasida “berma” yoki “proteyhizm” qoldirilgan (“berma” yoki “proteyhizm”-dushmanning Qarshiligini sindirish maqsadida mudofaa devordan xandakga tomon biroz bo'rtib chiqqan joy). Ark bilan shahar o'rtasida ham xandak qazilgan. Shahar arkiga shimoli-sharqiy tomondan pandus orqali kirilgan. Shahar darvozasi janubi-garbda joylashgan. Darvozaning ikki tomonida soqchilar turadigan burjlar (minora)o'rin olgan. Xandakdan ko'tarma ko'prik orqali o'tilgan.
Keyingi davr tarixi bilan bogliq voqealar tavsiloti bilan Xitoy manbalari orqali tanishish mumkin. Chjan Szyan (mil.avv. II asrning ikkinchi yarmi) keltirgan ma'lumotlarda o'lka Yuni nomi bilan tilga olinib, uning Qanguylar davlati tarkibiga kirganligi ta'kidlanadi. Keyingi davr xitoy manbalarida Shi, Chjeshi (Chjesi) shaklida keltirilgan.
O'lkada dastlabki shahar (Kanka) yuqorida ta'kidlanganligi kabi mil.avv. III asr boshlarida shakllanadi. Mil.avv. III asr ortalarida vohaga Sirdaryoning quyi oqimi hududidan ilgari shaharsozlik an'analari bilan tanish bo'lgan qabilalarning ko'chib kelib joylashishi kuzatiladi. Bu erda mahalliy Burgulik, ko'chmanchi sak qabilalari va Jetiosar madaniyati qisman o'lkaga ellin madaniyati an'analarining kirib kelishi bilan antik davrida o'ziga xos madaniyat shakllanadi.
Arxeologik jihatdan vohaning antik davri dastlabki o'rganilgan yodgorlikga nisbatan Qovunchi madaniyati nomi bilan yuritiladi. Qovunchi 1 (mil.avv. III asrning ikkinchi yarmi-milodning boshiga qadar) Qovunchi 2 (milodning I asridan-IV asrlar boshi). Vohada antik davriga oid 13 ta yodgorlikni Yu.F. Buryakovning taxminlariga ko'ra qadimgi shahar sirasiga kiradi. Ulardan Qovunchitepa, Kindiktepa, Shohruhiya, Kavardan, Honobodtepa, Quloqchintepa, Kugaiytepa, Mingo'rik, Shoshtepa va boshqalarni qayd etish mumkin.
Vohaning dastlabki shahar xarobasi Ohangaron vohasida mil.avv. IV asrning oxirlari Kanka kohna shahri paydo bo'ladi. Devor ellinlar qurilishi an'anasi asosida barpo qilinib, kvadrat gishtlardan barpo qilingan muhofaza devorining o'rtasida soqchilar usun maxsus yo'lakcha (galareya) qoldirilgan va burjlar bilan kuchaytirilgan. Devor tashqarisida chuqur va keng xandak qazilgan. Taxminan mil.avv. II-I asrlarga kelib, Kanguylar davlatining ma'muriy markaziga aylangandan so'ng shahar maydoni ancha kengayib uning umumiy maydoni 150 ga etadi. Ushbu maydondagi manzilgoh, togri to'rtburchak shaklidagi xom gishtdan qurilgan mudofaa devorlari bilan o'ra olinadi. Devorning taxminan har 40-50 metrida yarim aylana shaklidagi mudofaa burjlari barpo qilinadi. Mazkur maydonni egallagan shahar eftalitlar davriga qadar rivojlanadi. Undan keyin shahar O'rta Osiyoning boshqa ba'zi shaharlarida kuzatilganligi kabi maydoni ancha qisqaradi.
Sirdaryoning chap soxilida joylashgan Shohruhiya xarobasidir. Uning qadimgi davrdagi tomonlari 600x600 metrdan iborat bo'lib, hozirgi paytda ko'pgina qismini daryo yuvib ketgan va uchburchak shaklida saqlanib qolgan.
Shoshtepa manzilgohi ibodatxona shaklidagi qurilish majmuasi bo'lib, Jetiosar diniy inshootlari bilan umumiy aloqadorligi mavjud. Qovunchi madaniyatining keyingi bosqichida Mingo'rik manzilgohining shakllanishi kuzatiladi. Manzilgoh 35 gektardan iborat maydonni egallagan. Shahar umumiy mudofaa devoriga ega. Ark va shahriston qismlari ajralib turadi. Arkda saroy, harbiy zahira uchun mo'ljallangan imorat va boshqalarning o'rni aniqlangan. Imoratlarning devorlari turli mazmundagi rang-tasvir namunalari bilan bezatildgan.
Voha antik davri madaniyat bosqichlarini o'rganishda kulolchilik buyumlari muhim ahamiyatga ega. Dastlabki bosqichga oid sopol buyumlar asosan qolda yasalgan. Qovunchi 2 bosqchidan boshlab kulolchilik charxida yasalgan sopol buyumlar soni ko'payadi va shakli o'zgaradi. Bandida avval qoy keyingi bosqichda esa buqaning boshi tasvirlangan sopol buyumlari paydo bo'ladi. Ular aholining xojalik faoliyati va goyaviy qarashlari bilan an'analardan iborat bo'lgan. Voha shaharlarida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalar davomida old tomonida Choch hukmdorlarining tasviri va aks tomonida tamga tushirilib, atrofiga Sugd yozuvi berib zarb qilingan bir necha minglab nusxadagi tangalarning guvohlik berishicha o'lkada savdo-ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasi nigoyatda yuqori bo'lganligini ko'rsatadi. Umuman Toshkent vohasi Fargona, Sugd va Xorazmning Jettiosar madaniyatlari bilan madaniy aloqada bo'lib umumiy va o'ziga xos tomonlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |