Ibragimov nutfillo salimovich destinatsion menejment



Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#397135
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161
Bog'liq
Ibragimov D.M.-DESTINATSION MENEJMENT davlat miqyosida turizmni bozor usulida boshqarish san`ati

Destination 
management” 
(Destinatsion menejment) [qarang: 77; 84; 90; 118]
  
kontseptsiyasi bilan 
mashhur 
bo`lmoqda. 
Uning 
ob`yekti 
sifatida 

destination” 
(destinatsiya)
 
atamasi xizmat qiladi. 

Destination
”  inglizcha  so`z  bo`lib,  turizmga  oid  ruscha  
adabiyotlarda  “место  назначение  туриста”  [86,  257],  “туристский 


 
 
 
22 
регион” [95, 133], “
destinatsiya
”[25, 37] iboralari ishlatiladi va o`zbek 
tilida,  bizning  fikrimizcha,  uni 
“destinatsiya”
  yoki 
“sayohatgoh” 
 
iboralari  bilan  ifodalash  maqsadga  muvofiq  bo`ladi.  Chunki 
“destinatsiya”  atamasi  ma`no  jihatdan  -  sayohatchi  o`z  sayohati 
davomida turistik faoliyat olib boradigan hududni ifodalaydi [111, 252]. 
Shuning  uchun,  biz  monografiyamizda  ikkala  iboradan  ham  teng 
ma`noli atama sifatida  foydalanishga qaror qildik. 
Turizmga  oid  adabiyotlarda  “destinatsiya”  yoki  “sayohatgoh” 
atamasiga  xilma-xil  ta`riflar  beriladi  va  ko`p  hollarda  ular  bir-biridan 
farqlanadi,  hamda  ularni  qanday  boshqarish  kerak  degan    savolga  aniq 
javob  olish  imkoniyatini  bermaydi.  Jumladan  P.Keller  “destinatsiya  – 
bu ma`lum turistlar segmenti ehtiyojini qondiradigan bir-biriga birikkan 
va birlashgan xizmatlar majmuidir” deb, ta`rif beradi [103, 30]. 
Aytish joizki, “destinatsiya”ga beriladigan  ta`riflarning umumiyligi 
“sayohatgoh”ni  turistik  mahsulot  deb  tan  olinishidadir.  Lekin 
“destinatsiya”ga  ta`rif  berishda  talab  yoki  taklif  tomonidan 
yondashuvlar  masalani  chigallashtiradi  va  fikrlarning  bir-biridan  
farqlanishiga  olib  keladi.    D.Piars,  N.Leyper,  U.Ziltener,  U.Martini, 
G.Pechlaner  kabi  turizm  sohasidagi  xorijiy  olimlar  talab  nuqtai 
nazaridan  yondashib  “destinatsiya”ga  “tashrif  buyuruvchini  ma`lum 
joyga jalb qilishga qodir bo`lgan mahsulotlar, xizmatlar, tabiiy va sun`iy 
jozibador 
omillar 
majmui” 
deb, 
ta`rif 
beradilar. 
Ayniqsa, 
G.Pechlanerning  fikricha  “destinatsiyalar  –  bu  tashrif  buyuruvchining 
nazarida sayohat davomida belgilovchi ahamiyat kasb etuvchi, mahsulot 
yoki birikkan va birlashgan mahsulotlar majmui sifatida tushuniladigan, 
jug`rofiy  nuqtai  nazardan  aniq  chegaraga  ega  bo`lgan  raqobatbardosh 
birlikdir” [105, 111]. 
“Destinatsiya” iborasi adabiyotlarda va tajribada ko`p ma`noli so`z 
sifatida namoyon bo`ladi. Shuning uchun uni yagona ma`noda tushunib 
bo`lmaydi.  Turizm  sohasi  esa, “sayohatgoh”  atamasini  anglatish uchun 
joy,  maskan,  hudud,  zona,  nohiya,  mintaqa  kabi  sinonim  so`zlarni 
“turistik” aniqlovchisi bilan birga qo`llaydi. 
U.Martini  “destinatsiya”  uchun  “ma`lum  iste`molchilar  segmenti 
xilma-xil  xizmatlar  majmui  sifatida  namoyon  bo`ladi,  hamda  ularning 
ichidagi  faqat  alohida    mahsulotlar  yoki  jozibador  omillar  emas,  balki 
ularning  tashrif  buyuruvchi  tomonidan  shakllantirilgan  kombinatsiyasi 
muhimdir” [104, 67], deb ta`kidlaydi. Uning fikricha: 
- destinatsiya aniq chegarasi mavjud jug`rofiy joy; 


 
 
 
23 
- kirish turizmi (incoming),  ya`ni  ma`lum  maskanlar tomon tashrif 
buyuruvchilar oqimini boshqarish; 
-  jug`rofiy  joylardagi  mavjud  jozibador  omillarga,  hamda  turistik 
faoliyat  olib  boradigan    ishlab  chiqaruvchilarning  taklifiga    tizimli 
yondashish; 
- sayohatgohni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish; 
-  turistik  maskanlardagi  tashriflar  va  muhit  muhofazasi  orasidagi 
mutanosiblik,  hamda  mahalliy  aholiga  turizmning  xilma-xil  ta`siri 
kabilarni muvozanatda saqlash kabi unsurlarga asoslanadi. 
E.Louvsning  fikricha, 
destinatsiya
  atamasi  hozirgi  vaqtda  ma`no 
jihatdan: 
- turistik maskanlarga yetib kelish; turistik taklifning sifati; turistik 
muhit barqarorligi; 
- hudud rivojlanishini strategik rejalashtirish; 
- turistik siyosat olib borish; 
- o`zaro bog`liqlikni boshqarish; 
-  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilar  orasida  muvofiqlashtirish 
jarayonlarini boshqarish kabi unsurlarni o`zida  mujassamlashtiradi [56, 
25]. 
Agar yuqorida nomi olingan olimlarning ta`riflaridagi o`xshashlikni 
ajratmoqchi bo`lsak, ular “destinatsiya”ni – tashrif buyuruvchi tashrifini 
amalga  oshirishda    o`z  ehtiyojlarini  qondiradigan  unsurlarni  tanlab 
ularni  birlashtiradigan  faoliyati  deb  tavsiflash  mumkin.  Demak, 
“destinatsiya”ga  talab  tomonidan  qaraganda    “

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish