Ibodullayeva nigora


Frazeologizmlarning badiiy asardagi o‘rni haqida



Download 294 Kb.
bet2/2
Sana19.04.2017
Hajmi294 Kb.
#7086
1   2

2. Frazeologizmlarning badiiy asardagi o‘rni haqida.

O‘zbek adabiyotida A.Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, G‘afur G‘ulom, P.Qodirov, O.Yoqubov, O‘.Hoshimov, Said Ahmad kabi atoqli yozuvchilar yaratgan asarlarida o‘zbek xalqi ma’naviyatini, madaniyatini milliy mentalitetini yorqin namoyon etadigan milliy obrazlar mavjud. Bunday obrazlar sirasiga Yusufbek Hoji, Otabek, Solih Mahdum, Oftoboyim, Zebi, Miryoqub, Yo‘lchi, Gulnor, Jo‘ravoy, Saodat, Shum bola, Navoiy, Bobir, Mirzo Ulug‘bek, Munis, Ikrom, Nizomjon, Farmonbibi va boshqa ko‘plab ular kabi yorqin timsollarni keltirishimiz mumkin. Mana shunday tipik obrazlar yaratgan yozuvchilarimiz qatoriga T.Murodni kiritsak bo‘ladi. T.Murodning “Ot kishnagan oqshom” kitobiga yozuvchi Said Ahmad so‘z boshi yozar ekan, unga shunday baho beradi:

“Tog‘ay Murod ana shu ijodkor avlodning talantli vakilidir.

Tog‘ay Murod adabiyotga tutab emas, yonib kirib keldi. Tog‘ay Murod qissalari sof milliy o‘zbek qissalari. Tog‘ay Murod qissalarida tasvirlangan odamlarga boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham o‘zbekligi bilinib turadi. Ularning xulq atvori ham boshqa xalqqa o‘xshamaydi.

Tog‘ay Murod tasvirlagan Surxon polvonlari chinakam o‘zbek polvonlaridir…” 17

Tog‘ay Murod Mengnazarov – Tog‘ay Murod(taxallusi) 1948-yilda Surxandaryoda tavallud topgan. 1966-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib 1972-yilda tugatgan, respublika radiosida muharrirlik qilgan.

“O‘zbekiston fizkulturachisi” gazetasida “Fan va turmush” jurnalida ishlagan. Moskvada tahsil olgan.

1976-yilda Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” degan ilk qissasi “Sharq yulduzi” jurnaliga chop etilgach, kitobxonlar og‘ziga tushdi. Ketma-ket adibning “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980) va “Momo yer qo‘shig‘i” (1985) kabi o‘zbek milliy qissachiligining yangi namunalari dunyoga keldi. Ular ham yuksak baholanib O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Adib 1986-1991-yillarda “Otamdan qolgan dalalar” romanini yaratdi. Mazkur roman 1993-yilda chop etilib, 1994-yili Abdulla Qodiriy tavalludining yuz yilligida unga Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika davlat mukofoti berildi.

“Otamdan qolgan dalalar” ijtimoiy roman bo‘lib, nafaqat adib ijodida, balki 90-yillar o‘zbek adabiyotida ham katta voqea bo‘ldi. Unda mustabid tuzum ildizlari ro‘yi-rost ochib tashlandi. Ochilganda ham o‘zgacha til jilolari, o‘zgacha tasvir ohanglarida fosh etildi. Undagi bosh qahramon Dehqonqul o‘zbek xalqining umumlashgan ramziy obrazi darajasiga ko‘tarildi.

Tog‘ay Murod iste’dodli tarjimon sifatida 1974-1975 yillarda J.Londonning “Boyning qizi” dramasi va bir necha hikoyalarini tarjima qildi. 1989-yilda E.Seton-Tompsonning mashhur “Yovvoyi yo‘rg‘a” kitobini o‘zbekchalashtiradi. Uning “Otamdan qolgan dalalar” asari asosida ikki qisimdan iborat film yaratilgan. Unga 1999-yilda “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan.

Tog‘ay Murod romanlari adibning, qolaversa, milliy adabiyotimizning shunchaki navbatdagi namunalari emas. XX asr, aniqrog‘i, salkam bir asr davom etgan istibdod nihoyasida maydonga kelgan "Otamdan qolgan dalalar" bilan "Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" romanlari o‘sha asr ibtidosida o‘lkada yuz bergan milliy uyg‘onish natijasida boshlangan millatning bir necha avlod asl o‘g‘lonlari – yorqin iste’dodlar qalbini olov bo‘lib o‘rtagan mislsiz dard, istibdodga qarshi isyon-u fig‘onlari silsilasining davomi, asr oxiridagi intihosi, balki so‘nggi nidosi kabi yangraydi. Har ikki asarning poetik qamrovi ham ayni istibdod davri sanalari bilan chegaralangan.

Tog‘ay Murod avji ijodiy barkamol yoshida 2003-yil bevaqt vafot etdi.

Agar milliy uyg‘onish jarchilaridan biri Abdulla Qodiriyning shoh asari - birinchi o‘zbek milliy romani "O‘tkan kunlar"ning bosh qahramoni chorizm bosqini chog‘i, ilk to‘qnashuvda oldingi safda turib qahramonlarcha shahid bo‘lgani haqidagi xabar bilan yakunlansa, Tog‘ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romani voqealari ayni shu palladan boshlanib, istibdodning so‘nggi kunlari talvasasi tasviri bilan xotimalanadi. Ma’lumki, yozuvchi o‘z asarlarining xalqqa manzur, tushunarli bo‘lishi uchun xalq tilidan, xalq hikmatlaridan, xalq iboralaridan, xalq maqollaridan, serjilo so‘z va tasviriy ifodalaridan o‘rinli va unumli foydalana olishi lozim. Ana shundagina so‘z san’atkori yaratgan asar, u yaratgan obrazlar, bu obrazlarning fe’l-atvori, dunyoqarashi, surat va siyrati jonli bo‘ladi, takrorlamas bo‘ladi va ular xalqning bebaho mulkiga aylanadi. Mana shunday xususiyatlari bilan ajralib turadigan romanlar o‘zbek adabiyotida kam emas. Bular sirasiga Cho‘lponning ”Kecha va kunduz”, A.Qodiriyning ”Mehrobdan chayon”, ”O‘tkan kunlar”, Oybekning ”Qutlug‘ qon” va ”Navoiy”, A.Qahhorning ”Qo‘shchinor chiroqlari”, ”Sarob”, O.Yoqubovning ”Ulug‘bek xazinasi”, ”Diyonat”, P.Qodirovning ”Yulduzli tunlar”, ”Humoyun va Akbar” , S.Ahmadning ”Ufq”, O‘.Hoshimovning ”Ikki eshik orasi”, ””Dunyoning ishlari”, T.Murodning ”Otamdan qolgan dalalar”, Sh. Xolmirzayev, O‘.Umarbekov va boshqa ko‘plab adiblarimizning asarlarini kiritish mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan so‘z san’atkorlari – o‘zbek adiblarining barchasi ham o‘z asarlari tilining aniq, ravon, pishiq bo‘lishini ta’minlash uchun o‘zbek tilinig so‘z boyligidan, iboralaridan oqilona foydalanib, o‘zbek tilining grammatik qonun-qoidalariga to‘liq rioya qilishlari orqali erishganlar.

Badiiy asar tilining qanchalik aniq ravshan, ravon, pishiq bo‘lishi badiiy asarning xalq orasida tez tarqalishiga, kitobxonlar ongiga tez yetib borishiga yo‘l ochadi. Chunonchi, A.Qahhor xalq maqollarini aynan, o‘zgarishsiz berish bilan birga, ba’zan bu maqollarni asar qahramonlari nutqi bilan bog‘lab, o‘zgartirilgan shakllarda qo‘llaydi. Bu esa asar qahramonlari tomonidan aytilayotgan gaplarning yanada haqqoniyligini, tabiiyligini ta’minlagan. U o‘z asarlarida xalq iboralarini qahramonlar fe’l-atvoriga moslab qo‘llaydi. Bunday o‘ziga xos nutq asar har bir qahramonining fe’l-atvori, dunyoqarashi o‘ziga xosligini ta’minlabgina qolmay, atrofidagilarga, boshqalarga salbiy yoki ijobiy munosabatini ham ifodalaydi. Uning salbiy yoki ijobiy xislat, fazilatlarini yanada bo‘rttirish uchun ham xizmat qiladi. Xuddi shunday mohirona so‘z qo‘llashni Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, S.Ahmad kabi ulug‘ san’atkorlar qatori keyingi avlod vakili adib Tog‘ay Murod ijodida ham kuzatish mukin.

Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, so‘z san’atkorlarining badiiy asar tilining bo‘yoqdorligi, rang-barangligi, takrorlanmasligini ta’minlovchi xalq shevalari, metaforalar, metonimiyalar, sinekdoxa va o‘xshatishlar, sifatlash, mubolag‘a, kichraytirish, kinoya, jonlantirish, qarshilantirish, takror, arxaizmlar, istorizmlar, neologizmalar, professionalizmlar, hikmatlar, maqollar va shuningdek iboralardan qay darajada o‘rinli va unumli foydalanishi asarlari tilining o‘qimishli, xalqchil bo‘lishi uchun xizmat qiladi. II BOB

1. Togay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani iboralari haqida.

Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida qo‘llangan iboralarning rang-barangligini ko‘rib, ularning asar g‘oyasini, obrazlarning xarakterini ochib berishdagi o‘rni beqiyos ekanligining guvohi bo‘lamiz. Yozuvchi Tog‘ay Murod roman oxiridagi ilovasida “Men o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman!” – deb bejizga yozmagan edi. Ushbu roman bilan xalqimizga chindan ham katta haykal qo‘ydi. Yozuvchi o‘z asari tilining tabiiyligini ta’minlash uchun ham Surxon vohasi shevalari, so‘zlashuv nutqi shakllari, xalq iboralaridan mahorat bilan foydalangan. Asar juda sodda tilda, haqiqiy dehqon tilidan bayon etilgani tufayli ham unda qo‘llangan jaydari so‘zlar, birikmalar va iboralar o‘quvchini tezda o‘ziga rom etadi. Tog‘ay Murod asar qahramoni Dehqonqulning sodda, do‘lvor xarakteriga mos iboralarni topib qo‘llaydi. Yozuvchi qahramonlari tilidan iboralarni ishlatganida, ularning ichki dunyosini, boshqalarga munosabatini ham hisobga oladi. Shuning uchun ham Dehqonqulning onasi uni koyir ekan og‘ir so‘zlar bilan qarg‘amaydi, balki:

”Onamiz ketimdan tosh otib qoladi. – Ha, oshingni yeyin sen tentakni, oshginangni yeyin!18– deydi”. Maktab direktorining nutqidagi ibora esa o‘z o‘quvchisini odam o‘rnida ko‘rmaydigan , o‘ta qo‘pol, bemehr bir kimsa, qahri qattiq odamligidan darak beradi:

“Jasadingni qara! Jasadingdan eshak hurkadi! O‘l-e, shu kuningga-e!”19. Aslida xalq “haybatidan ot hurkadi” deydigan iborani uning tilidan “Jasadingdan eshak hurkadi” deb ishlatadi. Tog‘ay Murod asarlari iboralarini o‘rganish xalq orasida keng o‘llanilayotgan, ammo hali badiiy adabiyotga, adabiy tilga kirib kelmagan iboralarni aniqlash, ular asosida badiiy asar tili iboralari lug‘atini yaratish imkonini beradi. Tog‘ay Murodning asarlarida milliy ruh, qadimiy an’ana va marosimlar, unutilish arafasida turgan qadriyatlarni yoritish alohida o‘rin tutadi. Milliy qadriyatlarimiz kitobxon qalbiga birinchi navbatda tilimiz orqali jo bo‘ladi. Romanda Surxon vohasining so‘lim qir-adirlari, tanti va mehnatsevar odamlari hayoti, tog‘-u toshlarining betakror manzaralari tasvirlanadi. Tabiat manzaralarini qahramonlar xarakter-holati, kechinmalari bilan uzviy bog‘liq holda tasvirlash – adib asarlariga xos yetakchi xususiyatdir. Asarda tabiat o‘zgarishlari qahramonlar kayfiyatiga qarab o‘zgacha uslubda ifodalangan. Masalan: ”Tulki qiziga to‘y berdi. Kun qiyalab-qiyalab nur to‘kdi. Kun sariq-sariq nur to‘kdi. Kun betini ko‘rib bo‘lmadi. Kun nuriga qarab bo‘lmadi. Olam iliq-iliq bo‘ldi. Olam sariq-sariq bo‘ldi. Havoda oppoq-oppoq bir nimalar uchdi. Havola-havola uchdi. Aylana-aylana uchdi. Burala-burala uchdi.



Osmon misoli un elaklamish-un elaklamish bo‘ldi. Oppoq bulutlar orasidan kun to‘kilib-to‘kilib turdi”(OQD,105-bet.).

“Tulki qiziga to‘y berdi”.20 Ushbu jumlani adib o‘zi o‘ylab topmagan. Bu, ota-bobolarimizdan qolgan ibora. Bunday holat osmonda yirik-yirik qor parchalari o‘ynoqlab ko‘rinish berganda, quyosh zangori tus olsa ham, o‘z tarovatini yo‘qotmay turgan payt bo‘ladi. Shu manzaraga qarab dehqonlar “Tulki qiziga to‘y berdi” deyishadi. “Otamdan qolgan dalalar” romani tilining o‘ziga xosligi yana shundan iboratki, ko‘p hollarda asarning ta’sir kuchini oshirish niyatida adib so‘zlarni takror-takror qo‘llaydi. Masalan: ”Yormazorda muhtasham masjid-madrasa bo‘ladi. Oqposhsho mo‘min-mazlumni ana shu Yormazor masjid-madrasa qoshida to‘dalaydi. Mo‘min-mazlum mung‘ayib-mung‘ayib turadi. Mo‘min-mazlum birov-birovini ko‘ksiga yig‘laydi. Mo‘min-mazlum uzun kun ana shunday turadi” (15-bet). Ushbu misolda yettita gap, o‘ttiz uchta so‘z bo‘lib, ularda “Mo‘min-mazlum” sifati olti marta takrorlanib kelgan, ya’ni har bitta gapda shu sifat qayta-qayta qo‘llanilgan. ”Yormazor”, “bir-birovi”, ”yig‘laydi” kabi so‘zlar ikki martadan qo‘llanilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, takror qo‘llanilayotgan so‘zlar soni o‘n to‘rtta, matnda esa jami o‘ttiz uchta ishlatilgan, ya’ni, gaplarning deyarli yarim so‘zlari takror qo‘llanilgan. Asarda qo‘llanilgan so‘zlarning ko‘pida milliy qadriyatlarimiz aks etgan. Masalan,yuqorida keltirilgan misoldagi “muhtasham bir masjid-madrasa”, “mo‘min-mazlum”, “ko‘ksiga yig‘laydi” va “yelkasiga yig‘laydi” kabi so‘z-iboralar milliy qadriyatlarimiz, kechmishimiz aks ettirilgan, milliylik nafasi ufurib turgan til birliklaridir. ”Otamdan qolgan dalalar” asari o‘quvchilarning milliy qadriyatlarimiz haqida tasavvurga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Tog‘ay Murod romanlari adibning, qolaversa, milliy adabiyotimizning shunchaki navbatdagi namunalari emas. XX asr, aniqrog‘i, salkam bir asr davom etgan istibdod nihoyasida maydonga kelgan “Otamdan qolgan dalalar” bilan “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanlari o‘sha asr intihosida o‘lkada yuz bergan milliy uyg‘onish natijasida boshlangan millatning bir necha avlod asl o‘g‘lonlari – yorqin iste’dodlar qalbini olov bo‘lib o‘rtagan nido bo‘lib yangraydi. “Otamdan qolgan dalalar” bosh qahramonining nomi qahhorona tarzda ismi jismiga mos – Dehqonqul. Muallif roman yaratilishi jarayonidagi ijodiy-ruhiy holati ustida to‘xtalib: “Endi qonim o‘z g‘animlarim uchun qaynamadi. Yo‘q, o‘z g‘animlarim o‘z yo‘lida qoldi. Endi qonim…qudratli g‘animlarim uchun qaynadi…, –deb yozadi. Bu lo‘nda e’tirofda romanning asosiy ruhi – pafosi aniq ravshan ifodalangan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu roman Olloh in’om etgan eng ulug‘ ne’mat-hurligini, mustaqilligini, erkini, ozodligini boy bergan, bosqinchilar bo‘yinturug‘ini bo‘yniga ilib, istibdod iskanjasida qulga aylangan xalqning ayanchli holi, u chekkan zahmatlar tufayli adib dilidagi oh-armon, nola-fig‘on, bir asrdan ortiq davom etgan imperiya zulmi, zug‘umiga qarshi zo‘r nafrat-tug‘yon kabi yangradi. Roman markazida Dehqonqul obrazi turadi. Asar voqealari hayoti, taqdiri, qismati, ruhiy dunyosi ona yer, kindik qoni to‘kilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bog‘liq. Xullas, har bir yozuvchi frazeologizmlardan o‘z imkoniyati doirasida ustalik bilan foydalanadi. Yozuvchi iboralarni asar qahramonlari tilidan ishlatar ekan, ularning ichki dunyosi, ma’naviyatini yaqqol ko‘rsatishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani XX asr o‘zbek adabiyotiga va bugungi o‘zbek adabiy tiliga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning iboralardan foydalanish mahoratini chuqur va keng ko‘lamda o‘rganish oldimizga qo‘ygan asosiy maqsadimizdir.

2. Asarda qo‘llanilgan iboralarning leksik-semantik xususiyatlari

Tilshunoslikning frazeologiya sohasi soʻzga semantik jihatdan ekvivalent boʻladigan turgʻun soʻz birikmalari – ma’no hamda struktura jihatidan bir butun gapga toʻgʻri keladigan turgʻun iboralarni o‘rganish, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tekshirish bilan shugʻullanadi. Frazeologizmlar so‘zlar kabi tilning lug‘aviy birliklarini tashkil etuvchi, koʻp uchraydigan, oʻtkir ma’noli, nutqda tez-tez takrorlanib turadigan barqaror soʻz birikmalaridir. Bular oʻzlarining ifodalaydigan ma’nolariga koʻra har doim tayyor holda qoʻllaniladigan va bir butun holda ayrim soʻzlarga toʻgʻri keladigan barqaror soʻz birikmalari sanalsa ham, ba’zan butun bir gapga toʻgʻri kelishi ham mumkin. Frazeologiya tilda uzoq davrlardan buyon bir qolipga kelib qolgan, nutq jarayoniga xuddi so‘zlar kabi tayyor holda kiritiladigan barcha turgʻun soʻz birikmalarini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun u yoki bu iborani frazeologiya tarkibiga kiritishda ularning soʻzga yoki gapga ekvivalent boʻlishiga qarab emas, balki ular fikrlashda tayyor holda olinadimi yoki nutq soʻzlanayotgan paytda hosil qilinadimi – masalaning ana shu tomoniga alohida e’tibor berish kerak. Frazeologik iboralarni turli tomondan oʻrganish va unga har tomonlama yondashish, uning xususiyatlarini ochish, umumlashtirish yangidan-yangidan iboralar hisobiga tilimizni boyitish uchun xizmat qiladi. Frazeologik iboralarning leksik-semantik xususiyatlarini oʻrganish bilan birga, ularning grammatik qurilishi, komponentlar tarkibi, ularning oʻzaro bogʻlanishi, gapdagi vazifasi, mavjud grammatik kategoriyalarga munosabatini aniqlash ham ularning umumiy xususiyatlarini koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega.

Tilshunoslikda frazeologizmlarni aniqlashda ularning tayyor holda nutqda qoʻllanilishi, ifodaliligi, tarjima qilinmasligi kabi belgilariga asoslaniladi. Lekin bu belgilar frazeologik iboralarning ichki hamda tashqi sintaktik aloqa va munosabatlarini koʻrsatmaydi. Frazeologizmlarni aniqlashda uni til sistemasiga kirituvchi tashqi munosabatlar ham hisobga olinishi kerak. Bu munosabatda frazeologik ibora kontekstdagi boshqa erkin soʻzlar bilan grammatik aloqaga kirishadi, ba’zan bu munosabat shu darajada boʻladiki, sintaktik planda bu soʻz frazeologik iboradan ajratilmay, uning qatorida olib qaraladi. Frazeologiya mustaqil fan boʻlib ajralib chiqqanidan buyon oʻtgan nisbatan qisqa vaqt ichida frazeologik birliklar turli jihatlardan oʻrganildi. Ularning semantikasiga, grammatik qurilishiga, sintaktik vazifasiga, stilistikasiga oid qator ilmiy izlanishlar yuzaga keldi.

T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani iboralarini tahlil qilar ekanmiz, asarda o‘zbek tiliga xos 300 ga yaqin iboraning 400 marotabadan ortiq qo‘llanganligining guvohi bo‘lamiz. T.Murod iboralarni takror-takror qo‘llashdan qochadi. Vaholanki uning so‘zlarga kuchli bo‘yoq berish maqsadida so‘zlarni, so‘z birikmalarini, ba’zan butun boshli gaplarni takror qo‘llash usuli hammaga ma’lum. Biz romanda boshidan qolsin, esidan chiqmoq, esini yig‘moq, gap yo‘q-so‘z yo‘q, gap o‘roli kelganda, ichidan qirindi o‘tmoq, ko‘z ostidan qaramoq, ko‘z uzmaslik, ko‘zi ketmoq, ko‘zini olmaslik, ko‘ngli uvushmoq, ko‘rmayin ham-kuymayin ham, mehmon atoyi xudo, nazar solmoq, oyoq ilmoq, past ketmaslik, qirchinidan qiyilmoq, quloq solmoq, qo‘li kosov-sochi supurgi, razm solmoq, so‘z bermoq, tili bormaslik, tilga kelmoq, toqati toq bo‘lmoq, yo‘l bo‘lsin, yo‘l olmoq, o‘pkasini bosolmaslik kabi iboralarninggina ikki, ayrimlarining uch-to‘rt marta qo‘llanganligini ko‘ramiz. Bu hol yozuvchining o‘z qahramonlari nutqiga huda-behudaga iboralarni kiritib, sun’iy bo‘yoqdorlik yaratishdan qochganligini ko‘rsatadi. Chindanda, yozuvchi asar bosh qahramoni Dehqonqul nutqida ham, uning onasi Bolxin moma nutqida ham, kolxoz raisi yoki maktab direktori nutqida ham iboralarni ko‘p ishlatmaydi. Ishlatganda ham mo‘ljalni aniq oladi. Romanda qo‘llangan iboralarning leksik-semantik xususiyatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular ko‘proq asar hikoyachisi tilidan keltirilgan. Bu tabiiy. Asar Dehqonqul tilidan bayon etilgan. Oddiy o‘zbek paxtakori Dehqonqul nutqi butun bo‘y-basti bilan o‘zining Surxon vohasi kishisi ekanligini ko‘rsatib turadi. Frazeologizmlar tarkibida qaysi turkumga oid so‘zning yetakchiligiga qarab, ot, fe’l, sifat yoki boshqa komponentli iboralar deb qaraladi. Biz ishimizda frazeologizmlarni semantik ma’no ifodalashiga ko‘ra guruhlab o‘rganish metodini maqsadga muvofiq deb tanladik. Shunga ko‘ra romanda qo‘llangan iboralarni quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkin. 1. Kishi tana a’zolari nomlari va ularning faoliyatini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar. 2. Mavhum tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

3. Hayvonlar, o‘simliklar nomlarini hamda ular bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

4. Xalq maqollari, urf-odatlar nomlarini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

5. Sonlarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

6. Jins, qarindosh-urug‘ ma’nolarini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

Kishi tana a’zolari nomlari va ularning faoliyatini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar ilmiy adabiyotlarda somatik iboralar deb yuritiladi. Bunday iboralar sirasiga bag‘ir, bet, bosh, bo‘y, et, ensa, ich, jasad, jon, kalla, ko‘z, ko‘ngil, musht, orqa, oyoq, o‘pka, o‘taka, og‘iz, qorin, qad, qadam, qosh, quloq, qo‘l, soch, ta’b, tirnoq, teri, til, tiz, tomoq, uchcha, yelka, yuz kabi iboralarni kiritish mumkin.

Mavhum tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar sirasiga esa quyidagilarni kiritsa bo‘ladi: anoyi emas, baloga qolmoq, bardosh bermoq, baxti bor ekan, bu dunyodan u dunyosi yaqin, dosh bermoq, el bo‘lmoq, falokat oyoq ostida, gazagiga dori emas, havsalasi pir bo‘lmoq, holdan toymoq, hovuridan tushmoq, intilganga tole yor, kim degan odam bo‘ladi, past ketmaslik, pinagini buzmaslik, rasvoi-raddi balo bo‘lmoq, taqdir peshonasida bori, toqati toq bo‘lmoq, umri o‘tmoq, o‘ynab qo‘yay, qafsiga olmoq, shoyi etmoq va boshqalar.

Hayvonlar, o‘simliklar nomlarini hamda ular bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralarga quyidagilarni kiritish mumkin: arpaga uvoq ham bo‘lmaydi, it azobida, it egasini tanimaydi, otday bo‘lib ketmoq, otliqqa topilmaydi, otliqqa yo‘q, otingni sot-molingni sot, og‘izga urgan itday, palagi toza, qo‘li gul, qo‘li kosov-sochi supurgi, semizlikni qo‘y ko‘taradi, tariqday tirqiratmoq, tulki qiziga to‘y berdi, tutday to‘kmoq va boshqalar.

Xalq maqollari, urf-odatlar nomlarini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar: botar kunni otar tongi bo‘ladi, bo‘laman degich el bir-birini botirim deydi – bo‘lmayman degich el bir-birining etini yeydi, dehqon davlati – yer, kattalar tinch – olam tinch, ko‘pga kelgan ko‘rgulik, mehmon atoyi xudo, mehnat – mehnatning tagi rohat, ko‘z qo‘rqoq qo‘l botir, ko‘z tarozi – ko‘ngil qozi, olisni sho‘rvasidan yaqinni yovg‘oni yaxshi, oshingni yesada mard yesin – boshingni yesada mard yesin, qari bilgichni pari bilmaydi, qazisan qartasan – axir naslingga tortasan, qish oladan – yoz moladan, ro‘zg‘orchilik yo‘qchilik, xalq bor – haq bor, xalq qo‘llasa, bor bo‘ladi – xalq qarg‘asa, xor bo‘ladi, yer xamir – o‘g‘it xamirturish, yon qo‘shning – jon qo‘shning, chilla suv – tilla suv, o‘zbekning qonib, mehmon kutgani – podsho bo‘lgani va boshqalar.

Sonlarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar: bag‘ri bir (ikki) o‘pirilib tushmoq, besh ketmoq, bir boshqa bo‘lib qolmoq, bir-birini yemoq, bir hadik bosmoq, bir ko‘ngli, bir maydon, bir yoqli, gapi juft, ikki qat bo‘lmoq, ko‘ngli bir xil bo‘lmoq, loyi bir yerdan olingan, qulog‘i qirqta bo‘lmoq, to‘qqiz qaytgan, yetti pushtigacha, o‘ttizda er atangan – qirqida sher atanar va boshqalar.

Jins, qarindosh-urug‘ ma’nolarini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar: akang qarag‘ay, ayolga-da bet kerak, bolangga ursin, bor otangga – bor onangga, jigiti gap, odamga bet kerak, otanggizga balli va boshqalar.

Somatik frazeologizmlarining asar qahramonlari fe’l-atvori, ularning ruhiy holati, voqea tasvirlanayotgan vaziyatga munosabati aks etgan. Chunonchi, bag‘ir komponentli iboralar tashigan ma’noni alohida qayd etish lozim. Dehqonqulni poraxo‘r raisning sherigi sifatida hibsga olayotgan bir guruh avtomatchilarning uxlab yotgan bolalarni ham ayamay xonani ag‘dar-to‘ntar qilishlari, rahmatlik ayolidan qolgan kiyim-kechaklarni ham avtomat uchi bilan titib, turli tomonga sochib tashlashlari Dehqonqulga yomon ta’sir qiladi. Bu holni u “bag‘rim o‘pirilib tushdi” deya tavsiflaydi. Yoki Dehqonqulning xotini ayollarga qilinayotgan adolatsizliklarni ko‘tara olmay, hatto norasida farzandlari taqdirini o‘ylab ham o‘tirmay o‘ziga o‘t qo‘yishi Dehqonqulga kuchli ta’sir etadi. Bu holni u “kuydi-kuydi – meni bag‘rim kuydi” deya tasvirlaydi. Bet komponentli iboralarning ham shunday vaziyatda qo‘llanganini ko‘rishimiz mumkin. Sh. Rahmatullayevning “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati”da “beti chidaydi-beti chidamaydi” iboralari keltirilgan. Romanda “beti bo‘lmadi”, “beti chidamaslik” iboralari qo‘llangan bo‘lib, ular uyalish, nomus qilish, andisha qilmoq ma’nolarini anglatadi. Muallif bu iborani oddiy so‘zlashuv nutqiga xos variantini ishlatadi. “Men chaqiribsizlar deya, ichkari kirib ketaberayin dedim – betim bo‘lmadi” (OQD, 117-bet).

O‘zbek adabiy tilida “boshingdan ordona qolsin” iborasi bor. Bu ibora ayollarning qarg‘ishi bo‘lib, sen o‘lgin-u, moling egasiz qolsin degan ma’noni bildiradi (O‘TFL,47-bet). T.Murod bu iborani boshqa, yangi ma’noda qo‘llaydi: “Gulobi ranglari boshidan qolsin – to‘rt misqol ko‘sak ikki misqol bo‘lib qoladi!” (OQD,194-bet). Bu yerda gap biror bir shaxs haqida emas, balki pishib yetilga g‘o‘za barglarini quritib to‘kish uchun ishlatiladigan zaharli dori magniy xlorat haqida ketyapti. Bu ximikat ishlatilganda hosilning yarmi nobud bo‘ladi. Shuning uchun Dehqonqul bu ximikatni boshidan qolsin deb qarg‘ayapti.

Tilimizda “ensasi qotmoq” iborasi mavjud (O‘TFL330-bet). Bu ibora ranjish ma’nosini bildiradi. T.Murod bu iborani nafaqat ranjish, noxush bo‘lish, balki g‘azablanish ma’nosida qo‘llaydi: “Ivan Ivanovich peshanasi tirishdi. Ivan Ivanovich ensasi qotdi”. – Kim-kim?-dedi. Odamsan, sen-a? Sen – gazandasan! Oltinga hirs qo‘ygan gazandasan! O‘zbeklar – oltinga hirs qo‘ygan gazandalar (OQD, 233-bet).

Dehqonqulning do‘lvorligi, paxtadan boshqa narsani o‘ylamasligi, oilasiga, bolalariga, keksa onasiga, ro‘zg‘origa bee’tiborligi, ziyrak, hushyor emasligi uning xotini nutqida qo‘llangan “kallasi bormi” iborasida o‘z aksini topgan.

“Ayolimiz shahodat barmog‘ini chakkasiga nuqib-nuqib ko‘rsatdi.

“Ha, kallang og‘riyaptimi? – dedim.



  • U-uy, u kishida kalla bormi o‘zi? – dedi ayolimiz”.(OQD,102-b)

Bu ibora es-hushi joyidami ma’nosini anglatgan.

Xalqimizda “ko‘zi to‘ymaydi ” iborasi mavjud. U har qancha nazar solsa ham qoniqmaslik, har qancha mol-mulkka ega bo‘lsa ham, yetarli deb bilmaslik ma’nolarini anglatadi.(O‘TFL, 142-bet). T.Murod esa bu iborani inkor ma’noda emas, bo‘lishli, tasdiq ma’noda ishlatadi: ”Bozorni yaxshi ko‘raman! Noz-me’matlardan ko‘zim to‘yadi. Shirin-shakarlardan ko‘nglim to‘yadi. Bozorda yeganim oldimda bo‘ladi, yemaganim ketimda bo‘ladi!” (OQD,195-bet).

Mana shu kichkina parchada muallif “yaxshi ko‘rmoq”, “ko‘zi to‘ymoq”, ”ko‘ngli to‘ymoq”, ”yegani oldida, yemagani ketida” kabi to‘rtta iborani qo‘llagan. Bu iboralar asarda tasvirlangan Surxon bozorining to‘kin-sochinligi, meva-chevalarning mo‘lligi, achchiq-chuchuk ziravorlarning ko‘pligidan dalolat beradi.

Xalq orasida biror ko‘ngilsiz voqea-hodisaning yuz berishi, ba’zan kishining ko‘ngliga tushishi holatini ifodalash uchun “ko‘ngliga hovur tushdi”, “ko‘nglini hadik bosdi” iboralar qo‘llaniladi. Odatda ko‘nglida kechgan bu ruhiy holat kishi yuz a’zolariga ko‘chadi. Natijada ko‘z, qovoq, yuz-terisi pir-pir uchadi, kishi asabiylashadi va bu qandaydir xunuk xabar belgisi deb qaraladi. Xuddi shunday holat asarda qo‘llanilgan va bunda iboralar muhim rol o‘ynagan.

“Umrida shunday kun bo‘ladi: odam birdan aynib qoladi! Ko‘ngligi qil sig‘maydi. Ko‘ngil bir xijil bo‘ladi, bir lanj bo‘ladi. Ko‘nglini nimadir bir nima barmoq botirib-botirib tirnaydi. Ko‘ngilni bir hadik bosib keladi. Ko‘ngil tub-tubi nimadir bir nima bo‘ladi. Hadik yuzlarga o‘tadi. Hadik qaboqlarga o‘tadi.” (OQD,170-b)

Mana shu ruhiy holat Dehqonqulga paymonasi to‘lgan bechora xotini o‘ziga o‘t qo‘yganligini ma’lum qilgan edi. Bunda birgina ibora bu fojeadan xabar berayotgani yo‘q. Voqeadan “ko‘ngligi qil sig‘maslik”, “ko‘ngli lanj bo‘lmoq”, “ko‘nglini tirnamoq”, “ko‘nglini hadik bosmoq”, ”ko‘ngil tubida bir nima bo‘lmoq” iboralari biri ikkinchisidan kuchliroq, ta’sirliroq berilishi bilan tasvirning aniq, yorqin chiqishini ta’minlagan. Bu holat faqat dalasini o‘ylaydigan Dehqonqulni esankiratib qo‘yadi. U hamma narsani unutib uyiga chopadi. Bu vaziyat “ko‘ziga ko‘rinmaslik” iborasi bilan yanada ravshanlashtirilgan: Ko‘zimga dala-da ko‘rinmadi. Ko‘zimga paxta-da ko‘rinmadi. Mototsiklim bilan qishloq uchdim.(OQD,170-bet).

Romanda eng ko‘p qo‘llanilgan iboralardan biri “oyoq ilmoq”dir. Bu ibora o‘zbek adabiy tilida qo‘llanmaydi, bizningcha “oyoq ilmoq” iborasi Surxondaryo vohasi kishilari nutqiga xos bo‘lsa kerak. Asarda bu ibora to‘xtamoq, to‘xtab turmoq, o‘tirmoq, dam olmoq ma’nolarida qo‘llanilgan. Qizig‘i shundaki, bu ibora faqat bir kishiga emas, kishilar to‘dasiga nisbatan ham, hatto mashinaga nisbatan ham qo‘llaniladi. Misollarga murojat qilamiz: “Salohiddin bo‘yrachi ariq bo‘yida oyoq iladi.” (OQD,7-bet) “- Chanishev! – deydi otamiz, bir oyoq il, anavi xunasaga aytar gapim bor! Qizillar oyoq iladi” (OQD,37-bet). “El-yurt Aqrab shahid poyidan o‘ta-o‘ta bir oyoq ilib oladi”. (OQD,47-bet) Yo‘lda bolalar qo‘shiq aytadi. Kim qandaychikin qo‘shiq biladi – ana shu qo‘shiqni aytadi. Shunda, mashina yo‘l chetlab oyoq iladi. Direktorimiz kabinadan tashqarilaydi. Kabina pillapoyasida tikka bo‘ladi. – O‘rtoqlar, o‘lan-laparlar aytmanglar! – deydi. – Partiya-sovet qo‘shiqlaridan aytinglar! Mashina ko‘prik ostida oyoq ildi. (OQD,224-bet) Ushbu ibora yuqorida sanalgan ma’nolardan tashqari, sabr qiling, kutib turing ma’nosini ham anglatadi: Barcha uy-uyiga, kapa-kuyiga! – deya majlis tarqatdi raisimiz. – Dehqonqul aka, siz bir maydon oyoq iling. (OQD,122-bet)

T.Murod ba’zan voqea-hodisalarni tasvirlashda uning mohiyatini ta’sirliroq yetkazishda iboralarga ketma-ket murojat etadi. Chunonchi, general Skobelev nutqida qo‘llanilgan iboralar yordamida uning o‘ta dimog‘dor, rahmsiz, adolatsiz, ablax odam ekanligini fosh etadi. – Aql yoshda emas, aql boshda, eshon! – dedi general Skobelev. – Men o‘ttiz yoshimda Xivani tiz cho‘ktirtirdim!Mana o‘ttiz ikki yoshimda Qo‘qonni tariqday tirqiratdim! Saksonni urib qo‘yib, sen nimani qotirding.(OQD,17-bet)

Quyida biz romanda qo‘llangan turli guruhlarga mansub iboralarning qo‘llanish vaziyati, o‘rni, ahamiyatini Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati” bilan qiyoslagan namunalarni keltiramiz. Bu ularning tahlilida iboralarning adabiy tildagi ma’nosiga teng kelishi yoki ma’no qirralarida farq qilishiga e’tibor qaratdik.

1. Aqli yetmadi – kimning, nimaga; biron bir narsa, voqea-hodisani tushunmaydi, bilmaydi. Esi bordirki, oʻziga o‘zi o‘t qo‘yibdi! Esi yo‘q odam o‘z joniga o‘zi qasd qiladimi? Qilmaydi, katta, qilmaydi! Boisi – shunga aqli yetmaydi. (180-bet)

2. Arpaga uvoq ham bo‘lmaydi – kim, nima; biron bir ish-harakatga yaramaslik. Paxtang arpaga uvoq ham bo‘lmaydi.(111-bet)

3. Baloga qolmoq – kim, kimdan; javobgarlikka, jazoga duchor bo‘lmoq. Varianti: balo(si)ga qolmoq. Kim, kimning. Bolxin terimchi obro‘-e’tiborli ayol. Bolaga bir nima bo‘lib qolsa, onasidan baloga qolamiz.(66-bet)

4. Bag‘ri butun – kimning; bolalari, eng yaqin tug‘ishganlari bir joyga to‘plangan, birga yashaydigan. Yangi ma’no kashf etilgan.Dalalarim bag‘ri butun bo‘ldi.(99-bet)

5. Bag‘ri qon – kimning; g‘am-alamli, g‘am-alamda. Varianti: yuragi qon, yurak-bag‘ri xun. Dehqon – bag‘ri qon, deydi. (124-bet)

6. Bahridan o‘tmoq – kim, nimaning; foydali deb bilgan narsasidan yoki kishisidan voz kechmoq. Varianti: bahridan kechmoq. Men yangi texnika bahridan o‘tdim. (131-bet)

7. Beti chidamaslik – kimning; nomus qilishi, uyalishi, andisha qilishi. Shu to‘rt so‘mni so‘ragani betim chidamaydi, deydi. (189-bet)

8. Dami ichida – kimning; oshkor bo‘lishidan qo‘rqib gapirmaslk, imkonsizlikdan bir narsa deya olmaslik. Onamiz dami ichiga tushib ketadi. (35-bet)

9. Dunyoga kelmoq – kim, nima (jonli); tug‘ilmoq. Varianti: dunyoga keltirmoq, olamga kelmoq. Egizak farzandlarim otalari shonli partiya safiga qabul etilgan ulug‘ ayyom kunlarda dunyoga keldi.(60-bet)

10. Eldan burun, elburutdan – kim, nimaga; vaqtidan avval. Oqtuproq g‘o‘za elburutdan ochiladi. (153-bet)

11. Ensasi qotmoq – noxush bo‘lmoq. Ivan Ivanovich ensasi qotdi. (233-bet)

12. Gap bermoq – kim, kimga; tinmay gapirmoq. Ana shunda buyuk adibni o‘zlari gap berdi. (164-bet)

13. Gapga solmoq – kim, kimni; ma’lumot olish maqsadida gapirtirmoq. Bobomiz bo‘yrachini gapga soldi. (7-bet)

14. Gapida turib olmoq – so‘zida qat’iy turmoq. Ilmda nima ko‘p – kamchilik ko‘p, bo‘lmasa – topadi! Keyin gapida turib oladi. (157-bet)

15. Gapi o‘rolida – kim, nimada; so‘zida, gapining o‘rtasida. Nega shu bola gapi o‘rolida o‘ynab qo‘yay, deydi? (47-bet) Ziyod degichi gapi o‘rolida masalan, masalan, deydi.(48-bet)

16. Hafsalasi pir bo‘lmoq – kimning, nimaning; kimning, nimadan; biror ishni qilishga bo‘lgan istak intilishning yo‘qolishi. Hafsalalarim pir bo‘ladi. G‘o‘zalarga erinib-erinib qarayman. (50-bet)

17. Hovuridan tushmoq – kim, kimni; kibr-havo bilan hayajonlanib qahr-g‘azab qilishdan pasayishi. Qahrimdan qaytdim. Hovurimdan tushdim. (181-bet)

18. Jon bermoq – kim, kimga; barhayot qilmoq, kim, nima, o‘lmoq, so‘nggi marta nafas chiqarmoq. Bir qadamda bosmayman! Men mana shu el-yurtda jon beraman. (43-bet)

19. Jon hovuchlamoq – biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda. Men chilla deya atalmish do‘zaxdan ana shu ajinlarim ostida jon hovuchladim. (86-bet)

20. Joni halqumiga kelmoq – o‘lar holatga yetmoq. Jonim halqumimga keldi. (180-bet)

21. Kallayi saharlab – azonda, juda erta. Kallayi saharlab futbol maydoniga chopqillayman. (57-bet)

22. Ko‘z ochmoq – uyg‘onmoq. Dalalarim uyg‘ondi. Dalalarim ko‘z ochdi. (78-bet)

23. Ko‘z tashlamoq – kim nimaga yoki kimga qisqa muddat qaramoq. Varianti: nazar tashlamoq,nigoh tashlamoq. Yer ostidan yo‘lga ko‘z tashlaydi. (6-bet)

24. Ko‘zi ilinmoq – mizg‘imoq. Yonboshlab yotdim-yotdim ko‘zim ilindi. . (115-bet) Ko‘zim ilindi. (145-bet)

25. Ko‘ziga issiq ko‘rinmoq – kimning kimga tanish tuyulishi. Ko‘zimga issiq ko‘ringanidan qarayapman.( 156-bet)

26. Ko‘ngli aynimoq – organizmi qabul qilmagani tufayli behuzur bo‘lmoq. Ko‘nglim aynidi. Taomni ko‘nglim tortmadi.(140-bet) Ko‘nglim aynidi. Illa chidab turdim.( 230-bet)

27. Ko‘gli joyiga tushmoq – xotirjam bo‘lmoq. Ko‘ngling joyiga tushdimi? (180-bet)

28. Ko‘ngli ozmoq – behush bo‘lmoq. Ko‘nglim ozdi. (91-bet)

29. Ko‘ngli taskin olmoq – xavotirlari arimoq, xotirjam bo‘lmoq. Ko‘ngil taskin olar edi.(123-bet)

30. Ko‘zini uzmaslik – tikilib qarab turmoq. Men to‘rdan ko‘z uzmay o‘tirdim. (156-bet) Terimchilardan ko‘z uzmay papiros ezg‘iladi.(208-bet)

31. Ko‘ngli o‘yilmoq – xafa bo‘lmoq, ezilish, o‘ylanish. Ko‘nglim o‘yildi. (142-bet)

32. Ko‘ngliga olmoq – biron bir narsadan xafa bo‘lmoq. Dala ko‘ngli nozik bo‘ladi – vaqt-bevaqt oralay bersa ko‘ngliga oladi.(80-bet)

33. Ko‘ngliga qil sig‘maydi – xafalik tufayli biror bir narsa bilan mashg‘ul bo‘lolmaslik, istamaslik. Ko‘ngliga qil sig‘maydi.(170-bet)

34. Mehmon atoyi xudo – uyga keladigan mehmonni ulug‘lab, Olloh deb bilmoq, Xudoning inoyati. Endi, mehmon atoyi xudo, Qayum aka. O‘zbekchilik. (197-bet) Lekin mehmon atoyi Xudo-da.(201-b.)

35. Mum tishlamoq – kim; mutlaqo gapirmaslik, suhbatda mutlaqo qatnashmaslik. Sinonimi: og‘ziga talqon solmoq. Men mumdan-mum tishladim. (232-bet)

36. Nafasi ichiga tushib ketmoq – kimning; qo‘rquv aralash hech narsa deyolmay lol bo‘lib qolmoq. Varianti: dami ichiga tushib ketdi. Bobomiz nafasi ichiga tushib ketdi. (22-bet)

37. Nazar solmoq – kim nimaga yoki kimga; diqqat bilan qaramoq. Varianti: ko‘z solmoq. Direktorimiz tevarak boshga qayg‘uli-qayg‘uli nazar soladi. (48-bet) Ohista-ohista tevarak-boshim nazar soldim. (231-bet)

38. Otangizga balli – tahsinlar bo‘lsin. Otangizga balli, paxtani oldida mol nima degan gap. (133-bet)

39. Otday bo‘lib ketmoq – tuzalib, sog‘ayib ketmoq. Otday bo‘lib ketadi! – dedi do‘xtir. – Oltmish foiz kuyik unday qaltis emas. (184-bet)

40. Oyoq tiramoq – bir qat’iy gapda turib olmoq, fikridan qaytmaslik. Onamiz oyoq tiraydi, og‘iroyoqman, deydi. (50-bet)

41. Oqni qora demoq – kim; haqiqatga teskari holda yaxshini yomonlamoq. Kattalarni oldida oqni qora deyish nima degan gap. (172-bet)

42. Og‘ziga olmaslik – kim nimani; umuman iste’mol qilmaslk. Umrimda og‘zimga olmaganman, Qayum aka. Nima edi?(197-bet)

43. Palagi toza – ajdodlari, ota-bobolariga nisbatan. Yo‘q, ayolimiz yetti pushtigachayin toza palagi toza ayol! (177-bet)

44. Parvo qilmaslik – beparvolik, qaramaslik. Ey, ichburug‘, senga samolyot haydashni kim qo‘yibdi, der emish. Men parvo parvo qilmas emishman, masalan. (69-bet)

45. Pinagini-da buzmaslik – o‘ziga qaratilgan gap yoki harakatga bila-ko‘ra turib e’tibor qilmaslik, o‘zini go‘yo hech narsa sezmagandek tutmoq. Raisimz pinagini-da buzmadi. (124-bet)

46. Qadamini sanamoq – kim kimning; yurish-turishini qattiq nazorat ostiga olmoq. Sinonimi: qadamini o‘lchamoq. Axir, chet ellarda Boymirza Hayit, Vali Qayumxon, Buloqboshi kabi burjua – mafkuraviy dushmanlarimiz qadamimizni sanab yuribdi. (210-bet)

47. Qahrini sochmoq – achchig‘ni solmoq, alamini sochmoq. Men qo‘yga qarab qahrimni sochdim. (98-bet)

48. Qari bigichni pari bilmaydi – barcha narsani bilguvchi. Qari bilgichni pari bilmaydi, degichlari chin bo‘ladi. (123-bet)

49. Qattiq qo‘l bo‘lmoq – talabchan bo‘lmoq, talabchan. Paxta yig‘im-terimiga ma’suliyat bilan yondashmadim! Qattiq qo‘l bo‘lmadim. (60-bet)

50. Qirchinidan qiyilimoq – navqiron yoshida nobud bo‘lishi. Shu ikkovgina hurmoga-ya? Ha, qirchiningdan qiyilgin, qirchinginangdan qiyilgin! (201-bet)

51. Qorasini ko‘rsatmaslik – kim kimning; ko‘ziga hech narsa ko‘rinmaslik. Shu-shu – qurlar qorasini qaytib ko‘rsatmadi.(77-bet)

52. Qosh qoraymoq – falakda yorug‘lik o‘rnini qorong‘ulik olishi. Qosh qoraydi. Men traktor chiroqlarini yondirdim. (76-bet) Qosh qoraydi. G‘o‘za bilan yovvoyi o‘t farqiga borib bo‘lmay qoldi.(113-bet)

53. Quloq solmoq – gapga kirish, maslahatlarini olish, tinglamoq. Quloq sol, ketmon quloq sol, - deydi. – Oqpodsho mulla Namoz bilan muhorabachilarni qidirmoqda.(23-bet) E’tibor berib quloq soldim – ayolimiz ovozi o‘chib qoldi.(98-bet)

54. Qulog‘iga yetsa – biror xabarni eshitishi. Gap raisimiz qulog‘iga yetsa, undan-da yomon. (225-bet)

55. Qo‘li gul – o‘z ishini juda mohirlik bilan va chiroyli bajaradigan. Men Surxoni Aqrab qo‘li gul o‘g‘li bo‘laman. (26-bet)

56. Qo‘lni qo‘lga berib – kimlar; ma’lum maqsad yo‘lida birlashmoq, hamjihat bo‘lmoq. Dotatsiyadan qutilish uchun qo‘lni qo‘lga berib mehnat qilmasak bo‘lmaydi.(111-bet)

57. Qo‘lini ko‘tarmoq – taslim ekanini bildirmoq. Qo‘lingni ko‘tar, deyapman! Men qo‘llarimni ko‘tarib-ko‘tarib turdim. (221-bet)

58. Rahmi kelmoq – ayash, achinish hissi. Yotdim-yotdim – ayolimizga rahmim keldi. (105-bet) Melisa yo, olachipor betimni ko‘rib rahmi keldi, yo, shu ko‘rsavod bilan aytishib o‘tiramanmi, dedi. (162-bet)

59. Razm solmoq – kim nimaga yoki kimga; sinchkovlik bilan kuzatmoq. Oppoq soch odam bolalar kiyim-boshlariga razm soladi. Bolalar yuz-ko‘zlariga razm soladi. (61-b) Xursandoy bilan Norguloyga boshdan-oyoq razm soldi. (209-b.)

60. Ro‘yi xushi bo‘lmaslik – yon bosib, muomala qilmaslik. Men xiyoldan keyin turdim. Ro‘yi xushim bo‘lmadi. (108-bet)

61. Sillasi qurumoq – tolqmoq, darmoni qurimoq. Oqtuproq nozik-nozik yer bo‘ladi. Oqtuproq oriq-oriq yer bo‘ladi. Shu bois, oqtuproq yer bulayga sillasi qurib qoladi. (153-bet)

62. Suvdan quriq chiqmoq – kim (nima bilan); mushkul vaziyatdan jazodan nopok yo‘l bilan qutulib qolmoq. Mallasoch ayol suvdan quruq chiqishimni bilib qoldi. Tag‘in xaltachasi bilan urib qoldi. (162-bet)

63. So‘z bermoq – nimaga, kimga; muzokarada gapirishga rasmiy ruxsat bermoq,va’da bermoq. – So‘z beraman, ana endi ayt! – Chanishev! Meni mana shu yerda ot. (41-bet) Tikka tura berib, uyqularim kelib ketadi. – Ertaminan g‘ayrat qilaman, – deya so‘z beraman. (52-bet)

64. Ta’bi tortmaslik – yoqtirmaslik. Ko‘nglim aynidi. Taomni ta’bim tortmadi. (140-bet)

65. Terisiga sig‘maslik – behad sevinmoq. Idoradan terimga sig‘mayin qaytdim. (122-bet)

66. Tilga kelmoq – kimning; gapirish qobiliyati tiklandi. Go‘rda tilga keladimi! – dedi onamiz – Ko‘zini ocholmaydi, go‘rda tilga keladimi! (175-bet)

67. Tili aylanmay qolmoq – gapira olmay qolish. Men nima deyishimni bilmadim – tilim aylanmay qoldi. (88-bet)

68. Tiz cho‘ktirmoq – taslim qilmoq. Aql yoshda emas, aql boshda, eshon! – deydi general Skobelev. – Men o‘ttiz yoshimda Xivani tiz cho‘ktirdim. (17-bet)

69. Uh totrmoq – ichki siqilishlarni ifodalovchi tovush chiqarmoq. Bolish yonboshlab uh tortadi, ship tikilib uh tortadi. (27-bet)

70. Uyi kuymoq – ayanchli, fojeali ahvolga tushmoq yo‘qolmoq, yanchilmoq. Assalomu alaykum bilan chirmoviqni uyi kuydi. (130-bet)

71. Uchiga chiqqan – o‘taketgan (salbiy). Bo‘lmaydi – otasi uchiga chiqqan arizaboz. Bir gap bo‘lsa, toshkentgacha yozadi. (67-bet)

72. Xudo bermish kun – har kuni. Xudo bermish kun bo‘ladi – yo‘lda Oqpodsho bo‘ladi. (8-bet)

73. Xudoga shukur – sabr-qanoatli, mamnunlikni bildirib, kirish, bo‘lak vazifasida keladi. Xudoga ming qatla shukur, musulmon farzandiman. (23-bet)

74. Xayolidan ko‘tarilmoq – yodidan chiqmoq, esidan chiqmoq. Esladim-esladim! – deya bosh irg‘idim. – Endi esladim. Picha xayolimdan ko‘tarilibdi(164-b.)

75. Yaxshi ko‘rmoq – yoqtirish. Bozorni yaxshi ko‘raman. Noz-ne’matlar tovlana-tovlana turadi. (195-bet)

76. Yelkasini yerga tekkizmoq – yengmoq. Olimquli lashkarboshi Chimkanda Oqpodsho yelkasini yerga tekkizibdi. (7-bet)

77. Yer bilan yakson etmoq – butunlay yo‘q qilmoq. Musulmonlar – zafarona deydi oq otliq. – Mana, Oqpodshoni yer bilan yakson etdik. (12-bet)

78. Yerga urmoq – o‘ta darajada kamsitmoq. O‘zimni yer urmishday bo‘ldim. (128-bet)

79. Yetti pushtigacha – bir necha bo‘g‘in ajdod va avlodlari. Endi bo‘ldi-a? – dedim. – O‘ziniyam, yetti pushtigachayin so‘rab oldingiz. Endi men ketayin. (225-b.)

80. Yuragi yorilmoq – qattiq qo‘rqmoq. Besh so‘mlik shlyapani ko‘rib yuragingiz yorilib ketdi-yu. (127-bet)

81. Yuragi shuv etmoq – bir lahza ich-ichidan qo‘rqish aralash hayajonlanish. Yuragim shuv etdi. Gugurtcho‘p tushmish yer hadahalab bordim. (208-bet)

82. Yuz ko‘rmas bo‘lish – aloqani butunlay uzmoq. Shu-shu bo‘ladi – bobomiz dalasi yuzini qaytib ko‘rmas bo‘ladi. (10-bet)

83. Yo‘l beradi – o‘zi chetlanib boshqaning o‘tishiga imkon bermoq. Tuzemeslar o‘zidan yoshi kattalarga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib salom beradi, yo‘l berdi, joy beradi. (18-bet)

84. Yo‘l bo‘lsin – qayerga borishi, qayerga ketayotganini so‘rash. – Ey, chuchela, yo‘l bo‘lsin, no‘g‘ay? – deydi Oqpodsho. (23-bet)

85. Yo‘lini qiladi – qiyin ahvoldan xalos bo‘lish maqsadida biror chora-tadbir ko‘rish. Ayrimaydi, o‘lsayam ayrilmaydi. Yo‘lini qiladi… Tentakka chiqar, deb buyuradi. (183-bet)

86. Zahrini sochmoq – zug‘um qilmoq, g‘azab bilan achitib-achitib gapirmoq. Men ayolimizga bor zahrimni sochayin, dedim-dedim tag‘in indamadim. (140-bet)

87. O‘pkasini bosolmay – o‘zini yig‘lashdan saqlab qololmaslik. Qizimiz o‘pkasini bosolmayin aytdi: – Enam o‘ziga o‘t qo‘yib yubordi. (171-bet)

88. O‘takasi yorilmoq – qattiq cho‘chitib qo‘rqmoq. Bo‘lgan-bo‘ldigi shul, bo‘lgan-bo‘ldigi shul! O‘takamni yorib yuborayin, dedi! (45-bet)

Shunday qilib aytish mumkinki, yozuvchi T. Murod g‘arb-u sharq adabiyotining yirik namoyondalari asarlarini chuqur o‘zlashtirgani tufayli badiiy tasvirda so‘z va iboralarni qo‘llashga mohirona yondashadi. Roman hajm jihatdan ham u qadar katta emas. Uning bob va qismlari ham juda siqiq, hatto ayrim qismlar atigi bir yoki bir nechta gapdangina iborat. Asarda iboralar asosan bosh qahramon Dehqonqul tilidan beriladi. Shuning uchun ham ular xalqona, oddiy insonlarga tushunarli, ta’sirlidir. Asarda qo‘llanilgan iboralarni ular anglatgan ma’nolariga ko‘ra ot, fe’l, sifat va boshqa komponentli guruhlarga bo‘lish mumkin. Bu iboralar orasida kishi tana a’zolari nomlari va ularning faoliyatini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuningdek, mavhum tushunchalarni, hayvonlar va o‘simliklar nomlarini, urf-odat nomlarini, sonlarni, jins, qarindosh-urug‘ni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar ham talaygina. Bu iboralarning barchasi roman mavzusi, g‘oyasi, obrazlarning fe’l-atvori, dunyoqarashi, fikr-mulohazasi, ruhiyati, ichki va tashqi dunyosini ochib berishga xizmat qilgan.



Xulosa

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murod o‘tgan asrning 90-yillar o‘zbek adabiyotida voqea bo‘lgan “Otamdan qolgan dalalar” romanini yaratguncha “Yulduzlar mangu yonadi”, Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Momo yer qo‘shig‘i” kabi qissalari bilan el orasida tanildi. T.Murod o‘ziga xos uslubga ega yozuvchi, hatto uning qahramonlari ham boshqa yozuvchilarning qahramonlariga mutlaqo o‘xshamaydi. Chunonchi Ziyodulla – boshi taqir kal (“Ot kishnagan odshom”), kurashchi polvonlar Nasim polvon ko‘zi oqib tushgan, Abil polvon tentak (”Yulduzlar mangu yonadi”), “Otamdan qolgan dalalar” romani qahramoni Dehqonqul esa yuzi oqarib qolgan insonlar. Ularning tashqi qiyofalari bilan ichki dunyosi orasida ham ma’lum o‘xshashliklar, shuningdek farqlar ham ko‘zga tashlanadi.

T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani asar bosh qahramoni, oddiy o‘zbek dehqoni, paxtakor, o‘z davrining qurboni Dehqonqul tilidan hikoya qilinadi. Asarning Dehqonqul tilidan hikoya qilinishi yozuvchiga keng imkoniyat yaratadi. Shunung uchun ham Dehqonqul o‘z nutqida “jelovchi” sheva vakillarining so‘zlarini ham, oddiy xalq tilidagi tasviriy ifodalarni ham, so‘zlashuv nutqiga xos iboralarni ham ishlataveradi. Bu hol oddiy kitobxonni, uning ruhiyatini, ichki dunyosini, o‘sha davrdagi vaziyatni tushunib yetishiga imkon yaratadi.

Asarda uch yuzdan ortiq iboralar qo‘llangan bo‘lib, ular turli vaziyatlarda to‘rt yuz martdan ko‘proq ishlatilgan. Asarda qo‘llangan iboralarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1. Kishi tana a’zolari nomlari va ularning faoliyatini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar. 2. Mavhum tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

3. Hayvonlar, o‘simliklar nomlarini hamda ular bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

4. Xalq maqollari, urf-odatlari nomlarini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

5. Sonlarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

6. Jins, qarindosh-urug‘ ma’nolarini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

Bu guruhlardan somatik frazeologizmlar asarda juda keng qo‘llanilgan. Bu haqda prof. Yo‘ldoshev: “Leksik somatizmlarning iboralar sostavida keng qo‘llanishi bunday so‘zlar tilimizning lug‘at sostavidagi eng qadimgi so‘zlar ekanligi bilan ham izohlanadi. Shunga ko‘ra leksik somatizmalarning ibora hosil qilish imkoniyatlari ancha mahsuldor bo‘lib, bu iboralar asosan tildagi o‘z qatlamiga mansubligi bilan xarakterlanadi” – deganida mutlaqo haqdir.21

T.Murod asar qahramonlarining dunyoqarashi, ma’naviyatiga xos so‘z va iboralarni mahorat bilan qo‘llaydi. Ular qahramon xarakterini, ijobiy yoki salbiy xislatlarini ochishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, yozuvchi T.Murod o‘zbek adabiy tilidagi iboralardan ham, xalq so‘zlashuv uslubidagi iboralardan ham unumli va o‘rinli foydalana olgan.

ADABIYOTLAR


  1. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:

1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 173 b.

2. Баркамол авлод орзуси. – Тошкент: ЎзМЭ давлат илмий нашриёти, 2000. – 245 b.

3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010. – 39 b.

4. Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. Давлат тили ҳақида. Davlat va millat ramzlari. Ona tili – davlat tili.(O‘quv qo‘llanma – majmua). – Тошкент: “Адолат”, 2004. 29-35-бетлар.

5. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati. – Toshkent: “Sharq” NMAK bosh tahririyati, 2004. 8-48-betlar.

II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar:

1. Бердиёров Ҳ., Расулов Р., Йўлдошев Б. Ўзбек фразеологиясидан материаллар. I,II,III қисмлар. – Самарқанд, 1976, 1979, 1983.

2. Дониёров Х., Йўлдошев Б. Адабий тил ва бадиий стиль. – Тошкент: Фан, 1988.

3. Йўлдошев Б. Фразеология тарихидан лавҳалар. – Самарқанд, Суғдиёна, 1998.

4. Йўлдошев Б. Ўзбек тилида фразеологизмларнинг услубий ва прагматик имкониятлари. – Самарқанд, 2002.

5. Йўлдошев Б. Услубшунослик ва фразеологиянинг долзарб муаммолари. – Самарқанд, 2007.

6. Маматов А.Э. Ҳозирги замон ўзбек адабий тилида дексик ва фразеологик норма муаммолари. – Тошкент: Фан, 1991.

7. Маматов А. Ўзбек тилида фразеологик шаклланиш. – Тошкент: Ўқитувчи, 1999.

8. Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Ўзбек тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1962.

9. Раҳматуллаев Ш. Нутқимиз кўрки. – Тошкент: Фан, 1970.

10. Раҳматуллаев Ш. Фразеологик бирликларнинг асосий маъно турлари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1955.

11. Содиқова М. Қисқача ўзбекча русча фразеологик луғат. – Тошкент: ЎзСЭБР, 1989.

12. Sayfullayeva R., Mengliyev B. va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, O‘qituvchi, 2009.

13. Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: “Ўзбекистон” нашриёти, 1992. – 399 б.

14. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили, 1-қисм, – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – 448 б.

15. Қўчқортоев И. Бадиий сўз устаси. – Тошкент: “Ўздавнашр”, 1967

16. Ҳозирги замон ўзбек тили. – Т:, ФАН, 1957.

17. Ҳозирги ўзбек адабий тили. 1-китоб, – Т:, ФАН, 1966.

18. www.samdu.uz/files/web/index.htm

III. Lug‘atlar:

1. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати. – Тошкент, Ўқитувчи , 1978.

2. Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. – Тошкент, ҚБТ, 1992.

3. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Беш жилдлик. 1-5-жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006, 2008.

Shartli qisqartmalar:

ЎТИЛ – Ўзбек тилининг изоҳли луғати, икки томли. 1-, 2-томлар. - М., 1981.

ЎТИЛ-5 – Ўзбек тилининг изоҳли луғати, беш томли. I-V томлар. – Тошкент, 2006.

ЎТФЛ – Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг фразеологик луғати. – Тошкент, ҚБТ, 1992.



ILOVA

Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani iboralari lug‘ti

A

Aql yoshda emas, aql boshda – 17

Aql-da bovar etmaydi – 10

Aqli yetmaydi – 180

Avj oldi – 163

Aytishga oson – 131

Akang qarag‘ay – 124

Anoyi emas – 96

Ayolga-da bet kerak – 189

Arpaga uvoq ham bo‘lmaydi – 111

Aybimdan o‘tsin – 89

B

Baloga qolmoq – 66

Bardosh berolmaslik – 208

Baxti bir ekan – 9

Bag‘ri bir o‘pirilib tushdi – 222

Bag‘ri ikki o‘pirilib tushdi – 222

Bag‘ri butun – 99

Bag‘ri butun bo‘lmoq – 99

Bag‘ri qon – 124

Bag‘ri to‘lmoq – 99

Bag‘ri kuymoq – 176

Bahridan o‘tmoq – 131

Beti bo‘lmaslik – 117

Beti chidaydi – 189

Beti chidamaslik – 189

Betidan buzilmoq – 87

Besh ketmoq – 126

Bir boshqa bo‘ladi qoladi – 28

Botar kunni otar tongi bo‘ladi – 32

Bosh olib ketmoq – 187

Bosh bo‘lmoq – 142

Bosh ko‘tarmay – 6, 7, 7

Boshdan kechirmoq – 61

Boshidan qolsin – 194, 201

Boshi oqqan tarafga – 24

Boshi aylanmoq – 91

Betimni qalini – jonimni huzuri – 162

Bir-birini yemoq – 158

Bir hadik bosmoq – 170

Bir ko‘ngli – 126

Bir maydon – 122

Bir yoqli- 125

Bolangga ursine – 222

Boridan yo‘g‘i – 131

Bor otangga, bor onangga – 131

Boshiga ko‘tarmoq – 172

Bu dunyodan u dunyosi yaqin bo‘lmoq – 173

Burub jiyirmoq – 126

Bo‘yi yetmoq – 116

Bo‘laman degich el, bir-birini botirim deydi

bo‘lmayman degich el, bir-birini etini yiydi – 7

D

Dami ichida – 35

Dard tutmoq – 51

Dardini o‘zi tuymoq – 11

Dardi ichida – 146

Dehqon davlati – yer – 232

Dosh berolmaydi – 21

Dunyoga kelmoq – 60



E

El bo‘lmoq – 64

Eldan burun, elburutdan – 153

Erik bo‘lmoq – 146

Ensasi qotmoq – 233

Es-hushini olmoq – 153

Esidan chiqmoq – 112, 112

Esini yig‘moq – 181, 182, 182

Eti uvushmoq – 90

F

Falokat oyoq ostida – 175



G

Gazagiga dori emas – 183

Gap bermoq – 164

Gap bu yoqda ekan – 50

Gap yo‘q, so‘z yoq – 11, 68, 173

Gap indallosi – 40

Gap ochmoq – 112

Gapga solmoq – 7

Gapida turib olmoq – 157

Gapi juft – 157

Gapni o‘roili kelmoq, gap o‘rolida – 33, 47

H

Hafsalasi pir bo‘lmoq – 50

Holdan toymoq – 8

He yoq, be yoq – 8

Hovuridan tushmoq – 181

I

Ikki qat bo‘lmoq – 187

Intilganga tole yor – 158

It azobida – 101

It egasini tanimaydi – 118

Ichidan qirindi o‘tmoq – 145, 196

Ichini it tirnamoq – 93

J

Jasadidan eshak hurkadi – 54

Jigiti gap – 180

Jon bermoq – 43

Jon jahdi bilan – 52

Jon hovuchlamoq – 86

Joni kirmoq – 54

Joni halqumiga kelmoq – 180



K

Kallai saharlab – 57

Kallasi bormi – 102

Kayfi yoq – 197, 197

Kattalar tinch – olam tinch – 184

Keti uzilmoq –

Ko‘z ayirmaslik – 157

Ko‘z olaytirmoq – 197

Ko‘z ostidan qaramoq – 138, 156

Ko‘z ochirmaslik – 86

Ko‘z ochmoq – 78

Ko‘z qirida qaramoq – 9

Ko‘z-quloq bo‘lmoq – 175

Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir – 48

Ko‘z tashlamoq – 6

Ko‘z uzmaslik – 24, 93, 123

Ko‘z o‘ngida – 184

Ko‘z tarozi, ko‘ngil qozi – 107

Ko‘zdan kechirmoq – 208

Ko‘zga tashlanmoq – 208

Ko‘zi ilinmoq – 115, 145

Ko‘zi ketmoq – 31, 105, 145, 173, 190

Ko‘zi tinmoq – 91

Ko‘zi tushmoq – 70, 97, 126

Ko‘zi to‘ymoq – 195

Ko‘z-ko‘z etmoq – 55

Ko‘ziga issiq ko‘rinmoq – 156

Ko‘ziga ko‘rinmaslik – 170

Ko‘ziga qaramoq – 31

Ko‘zini lo‘q etmoq – 156

Ko‘zini olmoq, ko‘z olmaslik – 96, 137, 139, 225

Ko‘zini uzmaslik – 156, 206, 208

Ko‘zini o‘ynatmoq – 126

Ko‘ngli aynimoq – 140, 230

Ko‘ngli bir xil bo‘lmoq – 170

Ko‘ngli bormaslik – 199

Ko‘ngli buzilmoq – 184

Ko‘ngli ezilmoq – 142

Ko‘ngli hadik olmoq – 100

Ko‘ngli iymoq – 142

Ko‘ngli joylashmoq – 211

Ko‘ngli joyiga tushmoq – 180

Ko‘ngli ketmoq – 95, 201

Ko‘ngli kuymoq – 142

Ko‘ngli nozik – 80

Ko‘ngli ozmoq – 91

Ko‘ngli taskin olmoq – 123

Ko‘ngli uvishmoq – 21, 142

Ko‘ngli o‘yilmoq – 142

Ko‘ngliga olmoq – 80

Ko‘ngliga qil sig‘maydi – 170

Ko‘nglini aynitmoq – 67

Ko‘nglini to‘qlamoq – 90

Ko‘pga kelgan ko‘rgulik – 177

Ko‘rmayin-da, kuymayin – 8, 185

Kim degan odam bo‘ladi – 201

Kun ko‘rmoq – 86

Kun qiyomdan-qiyom bo‘lmoq – 7

Kun sanamoq – 86

Kuni qolmoq – 128

Kunpoyakun bo‘lmoq – 19

L

Loyi bir yerdan olingan – 180



M

Mehmon atoyi xudo – 197, 201

Mehnat- mehnatni tagi rohat – 122

Miq etmaslik – 230

Mum tishlamoq – 232, 232

N

Nafasi ichiga tushib ketmoq – 22

Nazar solmoq – 48, 231

Nazar tashlamoq – 162

Nazari tushmoq – 158

Noma’qulni nonini yemoq – 186

Non sindirmoq – 118

O

Odamga bet kerak – 189

Oldi berdi qilmoq – 227

Olisni sho‘rvasidan yaqinni yovg‘oni yaxshi – 10

Oqni qora demoq – 172

Orqasi zo‘r – 157

Otangizga balli – 133

Otday bo‘lib ketmoq – 184

Otingni sot, molingni sot... – 162

Otliqqa topilmaydi – 155

Otliqqa yo‘q – 95

Oyoq ilmoq – 7, 37, 44, 47, 122, 145, 224

Oyoq tiramoq – 50

Oyog‘i kuymoq – 176

Og‘ziga olmaslik – 197

Og‘ziga urgan itday – 211

Og‘ziga (kuchi) yetar,yetmas bo‘ladi – 225

Osh bo‘lsin – 196

Osh-qatiq bo‘lmoq – 227

Oshingni yesa-da, mard yesin, boshingni yesa-da, mard yesin – 43

Oshingni yeyin – 29

Och qornim – tinch qulog‘im – 124



P

Palagi toza – 177

Parvo qilmaslik – 69

Past ketmaslik – 128, 196

Pinagini-da buzmaslik – 124

Q

Qad rostlamoq – 6

Qadamini sanamoq – 210

Qadamlariga hasanot – 18

Qafsiga olmoq – 86

Qahrini solmoq – 98

Qari bilgichni pari bilmaydi – 123

Qattiq qo‘l bo‘lmoq – 60

Qazisan, qartasan, axir naslingga tortasan – 55

Qilg‘iligi o‘ziga urmoq – 222

Qirchinidan qiyilmoq – 201, 201

Qirg‘inni oldida ketsin – 92

Qiyomga kelmoq – 95

Qish oladan, yoz moladan – 79

Qorasini ko‘rsatmaslik – 77

Qosh qoraymoq – 76, 113

Quloq qoqmoq – 5

Quloq qoqmaslik – 128

Quloq solmoq –23, 75, 98

Qulog‘i qirqta bo‘lmoq – 28

Qulog‘iga yetsa – 225

Qurib qolgan edimi – 194

Qo‘li gul – 26

Qo‘li kosov, sochi supurgi – 89, 175

Qo‘lni qol`ga berib – 111

Qo‘lidan kelgancha – 62

Qo‘lini ko‘tarmoq – 221

Qo‘lini sovuq suvga urmaydi – 157

Qo‘qib yotmoq – 154

Qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar – 21



R

Rahmi kelmoq – 105, 162

Rangi o‘chmoq – 61, 72

Rasvoyi raddi balo bo‘lmoq – 89

Razm solmoq – 61, 209

Ro‘yi hushi bo‘lmaslik – 108

Ro‘zg‘orchilik – yo‘qchilik – 97

S

Sadqayi suxaningiz – 97

Sillasi qurimoq – 153

Sir boy bermaslik – 20, 114

Semizlikni qo‘y ko‘taradi – 202

Sochi supergi – 89

Suvdan quruq chiqmoq – 162

Suyunchi bermoq – 123

So‘z bermoq – 41, 52, 269, 269

T

Tabiati tirriq bo‘lmoq – 132

Taqdir peshonasida bori – 195

Tariqday tirqiratmoq – 17

Ta’bi tortmaslik – 140

Terisiga sig‘maslik – 122

Til bormaydi – 61, 100, 123, 126, 189

Tilga kelmoq – 175, 175

Tili aylanmay qolmoq – 88

Tili boshqa el bo‘lmas – 24

Tilini tekkizmoq – 41

Tirnoq orasidan kir izlamoq – 177

Tiz cho‘ktirmoq – 17

Tobga kelmoq – 94

Toqati toq bo‘lmoq – 89, 232

Tomog‘i tushmoq – 137

Tulki qiziga to‘y berdi – 106

Tutday to‘kmoq – 33

To‘qlikka sho‘xlik – 179

To‘qqiz qaytgan – 20, 21



U

Uh tortmoq – 27

Umri o‘tmoq – 174

Uyi kuymoq – 130

Uy-uyiga, tepa to‘yiga – 122

Uchiga chiqqan – 67

Uchchasini chiqarmoq – 127

V

Vovaylo etmoq – 13



X

Xalq bor – haq bor – 19

Xalq qo‘llasa, bor bo‘ladi, xalq qarg‘asa xor bo‘ladi – 19

Xudo bermish kun – 8

Xudo urdi 197

Xudoga shukur – 23

Xudoni bergan kechasi – 111

Xayolidan ko‘tarilmoq – 164



Y

Yaxshi ko‘rmoq – 195

Yaxshilikka olib kelmaydi – 27

Yegani oldida, yemagani ketida – 195

Yelkasini yerga tekkizmoq – 7

Yer – xamir, o‘g‘it xamirturush – 78

Yer bilan yakson etmoq – 12

Yerdan ko‘z olmaslik – 102

Yerga urmoq – 128

Yetti pushtigacha – 225

Yomon otliq bo‘lmoq – 180

Yon qo‘shning – jon qo‘shning – 116

Yuragi yorilmoq – 127

Yuragi shuv etmoq – 208

Yuz ko‘rmas bo‘lish – 10

Yuz ochmoq – 146

Yo‘l beradi 18

Yo‘l bo‘lsin – 13, 23, 223

Yo‘l olmoq – 11, 24, 28, 90, 163

Yo‘lini qiladi –183



Z

Zahrini sochmoq – 140



O‘

O‘lsin agar – 10

O‘ligini tashlab olmoq – 62

O‘pkasini bosolmay – 170, 200

O‘takasi yorilmoq – 45

O‘tirib qo‘ymoq – 7

O‘ttizda er atangan, qirqida sher atanar – 18

O‘ylab o‘yiga yetolmaslik – 123

O‘ynab qo‘yay – 122

O‘zbekni qonib mehmon kutgani – podshi bo‘lgani – 203

O‘z oti o‘zi bilan – 95

O‘ziga rom qilmoq – 233



G‘ -

SH

Shoyi etmoq – 13



CH

Chilla suv – tilla suv – 145

Chiriq bermoq – 174

Mavzu:

Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani frazeologizmlarining leksik-semantik xususiyatlari

Reja:


I.Kirish.

Mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari.

II.Asosiy qism.

I BOB


1.1. O‘zbek tili frazeologizmlarining o‘rganilish tarixi.

1.2. Frazeologizmlarning badiiy asardagi o‘rni haqida.

II BOB

2.1. Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani iboralari haqida.



2.2. Asarda qo‘llanilgan iboralarning leksik-semantik xususiyatlari.

III.Xulosa.

Adabiyotlar ro‘yxati.

Ilova


Mundarija
Kirish…………………………………………………………………

I BOB

1. O‘zbek tili frazeologizmlarining o‘rganilish tarixi…………………………………………………………………...

2. Frazeologizmlarning badiiy asardagi o‘rni haqida…………………………………………………………..
II BOB

1. Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanidagi iboralar haqida.......................................................



2. Asarda qo‘llanilgan iboralarning leksik-semantik xususiyatlari…………………………………………………..
Xulosa………………………………………........................................

Adabiyotlar ro‘yxati……………………............................................
Ilova…………………………………………......................................


1 Баркамол авлод орзуси. – Тошкент: ЎзМЭ давлат илмий нашриёти, 2000, 16-, 17-betlar).

2 “Maktabda o‘zbek, rus tillari va adabiyoti” jurnali, 1991-yi, 1-son, 8-bet.


3 Юлдошев Б.Фразеология тарихидан лавҳалар.-С.:Сўғдиёна, 1998, 14 -бет

4 Узоқов Ҳ. Диалетал фразеологизмлар ҳақида// ЎТА, 1974, 6 сон, 60- 62- бетлар

5 Ўша мақола, 1974, 6 сон. 60-62- бетлар

6 Туропова Н. Япон ва ўзбек тилларидаги фразеологизмларни қиёсий ўрганиш// ЎТА,2010,3 сон 71-73-бет.

7 Ҳожиев А. Ўзбек тилининг лингвистик луғати.- Т.: 2002. 14-бет.

8 Ўша асар, 51- бет.

9Ғаниева Ш.Фразеологизмларни моделлаштириш муаммолари// ЎТА,6 сон,111-112-бетлар.

10 Юлдошев Б.Фразеология тарихидан лавҳалар.-С.:Суғдиёна,1998,14-бет.

11 Рахматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати.-Т.,1978,5-7-бет.

12 Жўраева Б.Ибора ва мақолнинг идиомалашуви//ЎТА,2010,6 сон,107-109-бетлар

13 Турсунов У, Мухторов Ж, Раҳматуллаев Ш.Ҳозирги ўзбек адабий тили.-T.:1965,133-135-бетлар

14 Ўша асар,135-бет

15 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг изоҳли фразеологик луғати.-Т.,1978,8-9-бет.

16 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек фразеологиясининг баъзи масалалари; Филол фан.док. дис. Тошкент.1966,218-бет

17 T.Mурод. Oт кишнаган оқшом. – Toшкент: “Шарқ”, 1994, 3-6-betlar.


18 T.Mурод. Oтамдан қолган далалар. – Тошкент: 1994, 29-bet. Bundan keyingi misollarning romandan olingan sahifasini ko‘rsatish bilan chegaralanamiz.

19 Tog`ay Murod. “Otamdan qolgan dalalar”. Bundan keyin qisqacha OQD, 54-bet deb beramiz.

20 Ўрозов А.Т.Муроднинг “Oтамдан қолган далалар” асарининг тил хусусиятлари ҳақида//Тил ва адабиёт таълими,2009,5-сон, 45-47-бетлар

21 Йўлдошев Б. Соматик фразеологизмларнинг айрим грамматик ва семантик хусусиятлари. Ўзбек тили грамматик қурилиши масалалари. – Самарқанд, 1985, 49-bet.



Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish