Ibodullayeva nigora



Download 294 Kb.
bet1/2
Sana19.04.2017
Hajmi294 Kb.
#7086
  1   2
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

O`ZBEK FILOLOGIYA FAKULTETI

AMALIY TILSHUNOSLIK, O`ZBEK TILI VA ADABIYOT O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI BITIRUVCHISI

IBODULLAYEVA NIGORA

Mavzu: Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani frazeologizmlarining leksik-semantik xususiyatlar.

Bitiruv- Malakaviy Ishi

Ilmiy rahbar f.f.n. M. Boltayev.

Samarqand-2013

Mundarija


Kirish………………………………………………………………2

I BOB


1. O‘zbek tili frazeologizmlarining o‘rganilish tarixi………………………………………………………………7

2. Frazeologizmlarning badiiy asardagi o‘rni haqida………………………………………………………22


II BOB

1. Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanidagi iboralar haqida....................................................26

2. Asarda qo‘llanilgan iboralarning leksik-semantik xususiyatlari………………………………………………29
Xulosa……………………………………….................................46

Adabiyotlar ro‘yxati…………………….......................................48


Ilova…………………………………………...............................50

KIRISH

Mamlakatimizda 1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi, 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risa”gi, 1997-yil 29-avgustda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinganligi va ularning hayotga keng tatbiq etilishi bilan “Ona tili” va “Adabiyot” fanlaridan ta’lim tizimini takomillashtirish va bu borada uzoq yillar davomida amal qilib kelingan an’anaviy ta’lim usullarini yangilash boshlandi

Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bugungi kunda katta samaralar berayotganligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Ular, avvalo, millatning g‘ururi, uning iftixori bo‘lgan ona tiliga bo‘lgan e’tibori, munosabatning o‘zgarganligidan boshlandi.

“O‘zbek maktablarida ona tilini o‘qitish konsepsiyasi”ning qabul qilinishi ona tili ta’limida tashlangan sezilarli qadamlardan biri bo‘ldi. Bu hujjat 1993-yil 15-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, unda maktabda ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat deb belgilangan. Prezidentimiz I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so‘zlagan nutqida yana: “Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo‘nda qilib ifoda etish mumkin: bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak... Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”, – deb qayd etadi.1 Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad yurtboshimiz tomonidan maktab ta’limi oldiga qo‘yilayotgan talab bilan hamohangdir.

Bu borada istiqlol arafasida “Maktabda til va adabiyot o‘qitishdan maqsad xalqimizga taqlidchilikni emas, adabiy va ilmiy merosni a’lo darajada o‘qib, tushunish va tushuntirishni, mavjudod-u havodisni ravon vasf-u tavsif va taqriz-u tahrir etishni, tildan badiiyona foydalanishni o‘rgatish bo‘lishi lozim”, – deb yozgan professor Alibek Rustamov ming bora haqdir.2

Ma’lumki, til jamiyat a’zolari o‘rtasida aloqa-aralashuv vazifasini, insonning fikrlash va fikr mahsulini og‘zaki hamda yozma ravishda bayon qila olish, o‘z ichki kechinmalarini ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan bu ijtimoiy vazifa o‘quvchilarni fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini savodli bayon qila olishga, ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga o‘rgatishdan iborat. Shuning uchun ham bugungi kunda ona tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yilgan.

Ona tili va adabiyot fanlarining umumiy o‘rta talim maktablarida o‘qitilishi davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Yoshlarga ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko‘ra to‘g‘ri, o‘rinli va samarali foydalanish malaka va ko‘nikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda o‘rta umumta’lim maktablarida o‘tiladigan “Ona tili” va “Adabiyot” fanlarining tutgan o‘rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, ajdodlar an’analarini davom ettiruvchi, ijodiy fikrlovchi barkamol insonni tarbiyalashda bu fanlar boshqa fanlarni ham mukammal o‘zlashtirishda o‘quvchilarga kalit vazifasini o‘taydi.

Jamiyat rivojlangan sari xalqning madaniyat darajasi ham ortib boraveradi. Madaniy hayotning rivoji, avvalo, jamiyat a’zolarining madaniy so‘zlashuvga o‘lgan ehtiyojining ortib borishi bilan belgilanadi. Yoshlarda yuksak nutq odobini tarbiyalash maktabda “Ona tili” va “Adabiyot” fanlari zimmasiga tushadi.

Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, yozuvchilar, shoirlar g‘oyaviy va badiiy yuksak saviyadagi asarlari bilan nafaqat adabiyotimizni boyitadilar, ular shu bilan bir qatorda adabiy tilni ham boyitadilar, sayqallashtiradilar, tilning imkoniyatlarini ham kengaytiradilar. Haqiqtan ham adabiy til shakllanishi va taraqqiyotida so‘z ustalari, san’atkorlari – yozuvchilar va shoirlarning hissasi beqiyosdir. Buni qadimgi turkiy adabiy til taraqqiyotida Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, eski o‘zbek adabiy tili shakllanishi va rivojida Ahmad Yassaviy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Muhammad Rizo Ogahiy, Mohlaroyim Nodira, Muqimiy, Furqat va boshqalarning, hozirgi o‘zbek adabiy tilining sayqal topishida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Cho‘lpon, Oybek, G‘afur G‘ulom, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, E.Vohidov, Abdulla Oripov kabi alloma ijodkorlarimizning xizmatlarini ta’kidlashimiz lozim.

Masalaga shu nuqtayi nazardan qaraganda so‘z san’atkorlari tomonidan yaratilgan durdona asarlar tilini o‘rganish, ularning adabiy tildan, uning boy imkoniyatlaridan qay darajada mahorat bilan foydalanganliklarini o‘rganish hech qachon o‘z dolzarblogini yo‘qotmagan. Ayniqsa, tilning eng muhim birliklaridan biri hisoblangan iboralarning badiiy asarda qo‘llanishining, yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, badiiy nutqda tutgan o‘rnining o‘rganilishi badiiy asar tili asarning asosiy qimmatini belgilovchi faktor ekanligini ko‘rsatadi. Badiiy asar tilini o‘rganish borasida o‘zbek filologiyasida katta tajriba to‘plangan. Bunga ulug‘ mutafakkir shoirlarimiz, taniqli yozuvchilarimiz asarlari tilining o‘rganilganligi faktlarining o‘zi bunga yorqin misoldir. Biroq mustaqillik arafasi va mustaqillik davri adabiyotida muhim o‘rin tutuvchi barcha asarlarning ham til xususiyatlari to‘liq o‘rganib chiqilmagan. Bu borada yozuvchi Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani tili, uning iboralari hali o‘rganilmagan. Shunga ko‘ra bu mavzu bugunga kunda dolzarb mavzular qatorida turadi.

Tog‘ay Murod o‘zining juda qisqa umri davomida o‘nga yaqin qissa, ikkita roman yozib qoldirdi. U asarlarida jonli xalq tili boyliklaridan, shevalaridan, ibora va maqollaridan ustalik bilan foydalana oldi. U o‘z asarlari qahramonlarining har birini o‘ziga yarasha individual nutq bilan ta’minlaydi. Ularning nutqi orqali yangi davr ruhini berib, yangi so‘z va iboralar, tasviriy ifodalar yaratadi. U boshqa yozuvchilardan farqli o‘laroq qisqa, ammo, katta mazmunga ega jumlalar tuzadi. Ular orqali chuqur mazmunli tasvirlar yaratadi.

Yozuvchi Togay Murod hozirgi zamon o‘zbek adabiyotining tili boy, jozibali va ixcham, puxta va mazmundor asarlar muallifi sifatida ko‘zga tashlanadi. U asarlarida jonli xalq tili boyliklaridan ustalik bilan foydalanadi. Har bir qahramonga xarakteriga mos nom beradi, ularning har birini o‘ziga yarasha nutq bilan ta’minlaydi. Ayrim o‘rinlarda yangi so‘z va iboralar yaratadi, xalq maqol va hikmatli so‘zlaridan foydalanib qisqa, lo‘nda, sermazmun, go‘zal jumlalar tuzadi. Uning “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Momo-Yer qo‘shig‘i” kabi qissaalari, “Otamdan qolgan dalalar”, “Buy dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanlari nafaqat o‘zbek kitobxonlarining, qo‘shni qardosh xalqlarning ham sevimli asarlariga aylanib qoldi.

Ushbu malakaviy bitiruv ishimizning predmeti o‘zbek tili frazeologiyasi va leksikologiyasi bo‘lib, obyekti o‘zbek tilining boy turg‘un iboralaridir. Malakaviy bitiruv ishimizning metodologik asosini Prezidentimiz I.A.Karimovning ilm-fan va ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, bilish nazariyasi, falsafaning umumiylik, xususiylik va yakkalik kategoriyasi, leksikologiya va frazeologiyaga oid ilmiy-nazariy asarlar tashkil etadi. Qiyoslash, tizimlash, statistik tahlil ishimizning tahlil metodlari hisoblanadi.

Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiligi shundaki, unda istiqlol davri yozuvchilarining asarlari tilini, shu jumladan frazeologizmlardan foydaalanish mahoratini o‘rganish maqsad qilib olingan. Ishda keltirilgan ma’lumotlar, materiallar asosida o‘zbek tili turg‘un iboralarini umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘rganishga doir takliflar bayon etiladi. Bu takliflar Tog‘ay Murod asarlari bo‘yicha tuziladigan frazeologizmlar lug‘atlarini amaliy materiallar bilan boyitishga xizmat qilishi mumkin.

XX asr o‘zbek adabiyotida “Otamdan qolgan dalalar” romani bilan o‘chmas iz qoldirgan Tog‘ay Murodning frazeologizmlardan, shu jumladan og‘zaki nutq frazeologizmlaridan foydalanish mahoratini o‘rganish o‘zbek adabiy tilining ichki manba asosida qanday boyib borayotganini o‘rganish uchun asos bo‘ladi. Mazkur ishda Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida o‘zbek adabiy tilining va Surxon shevasiga xos frazeologizmlardan foydalanish mahorati tadqiq etiladi. Yozuvchilarning asar qahramonlarining o‘ziga xos jihatlarini tasvirlashda frazeologizmlardan qanday foydalanganligi o‘rganish har doim dolzarbligicha qoladi. BMI materiallaridan yozuvchi va shoirlarning tilidan foydalanish mahorati bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimiz orqali Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida qo‘llangan frazeologizmlar leksik-semantik guruhlari va yozuvchining ulardan foydalanish mahoratini o‘rganishni maqsad qilib qo‘yganmiz va imkoniyatimiz doirasida ularni tahlil qilishga harakat qilganmiz.

I BOB

1. O‘zbek tili frazeologizmlarining o‘rganilish tarixi.

Ma’lumki, til fanining iboralarni o‘rganadigan bo‘limi frazeologiya deb ataladi. Iboralar lingvistik terminologiya tili bilan aytsak, frazeologizmlardir. Frazeologizm qadimgi grek tilidan olingan bo‘lib, frasis-ibora, logos-tushuncha, ta’limot demakdir. Frazeologizmni tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan farq qiluvchi alohida sathga xos birlik deyish frazeologik normani ham adabiy tilning boshqa normalari qatorida hisobga olishni talab etadi. Shuning uchun ham izohli lug‘atlarda frazeologizmlarni ham qayd etish butun dunyo tilshunosligida tan olingan amaliyotdir. O‘zbek tilining frazeologizmlari ham besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da (2006-2008) va bir jildlik “O‘zbekcha-ruscha lug‘at” da (1988) birmuncha to‘laroq aks etgan bo‘lsa-da, bu lug‘atlarda ham o‘zbek tilidagi barcha iboralar qamrab olingan, deb bo‘lmaydi. Frazeologizimlarning o‘rganilish tarixi haqida gapirilganda, “frazeologiya” atamasi “fraza” so‘zidan olingan bo‘lsa-da, turkiyshunoslikda dastlab bu atama turli ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qilgan. XIX asrda yashagan turkiyshunos olim Mirza Kozimbek (1802-1870) o‘sha davr an’analaridan kelib chiqib, rus tilida yozilgan boshqa tasviriy grammatikalarda bo‘lgani singari o‘z asarida “fraza” so‘zini jumla, gap ma’nosida qo‘llagan.

Ozarbayjon tilshunoslari B.Cho‘ponzoda va F.Og‘azoda “Turk tili grammatikasi” asarida til bo‘limlari haqida fikr yuritib, “Semasiologiya”, “Stilistika” atamalari bilan birga o‘sha davrda tilshunoslikda keng qo‘llanilishda bo‘lgan “Idiomatizm” atamasini ishlatgan. Mualliflar bu asarda turk tilidagi idiomalarga oid “boshga solmoq”, “boshga tushmoq”, “ko‘z ko‘rmoq” kabi birliklarni misol sifatida keltiradilar. Umuman, frazeologiya turkiyshunoslikda nisbatan keyin paydo bo‘lgan. Uni sistemali ravishda o‘rganish faqat o‘tgan asrning 40-50-yillariga kelib boshlandi.

Turkiy frazeologiyaning boshlovchilari turkiyshunos olimlar S.K.Kenesboyev va Sh.U.Rahmatullayevlar hisoblanishadi. Ularning o‘tgan asrning 40-yillarining ikkinchi yarmi va 50-yillarda yuzaga kelgan tadqiqotlari turkiy tillar frazeologiyasining shakllanishi va taraqqiyotida katta rol o‘ynaydi.

Shundan keyingi 30-40 yil mobaynida turkiy tillardagi frazemalarni intensiv o‘rganish bo‘yicha muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bu davrda S.N.Muratovning “Turkiy tillarda turg‘un so‘z birikmalari”, Sh.U.Rahmatullayevning “O‘zbek frazeologiyasining ayrim masalalari” (1966) kabi ishlari yaratildi. Rus tilshunosligida bo‘lgani singari turkiyshunoslikda ham frazeologiya doirasini tor va keng ma’noda tushunish hamon davom etib kelmoqda. Jumladan, akademik S.K.Kenesboyevning fikricha, frazeologiya doirasiga keng ma’noda barcha turg‘un birikmalar (maqollar, matallar, idiomatik birikmalar, turg‘un ideomatik guruhlar) kiradi. Ularni birlashtiruvchi umumiy xususiyat turg‘unlik va tilda tayyor holda mavjudligidir. Frazeologiya obyektini tor ma’noda tushunishning faol tarafdorlaridan biri, yirik turkiyshunos A.A.Yo‘ldoshev edi. U frazeologiya obyekti tor doirada tushunilsa, “Frazeologiyaning o‘rganish doirasi aniqroq namoyon bo‘ladi, undan haqli ravishda bo‘linmas leksik birliklar, jumladan maqol, matal, hikmatli so‘z va aforizmlar chiqib ketadi, chunki ular struktura jihatdan yaxlit holda qo‘llanuvchi sintaktik birliklardir”,3- degan fikrni olg‘a suradi.

O‘zbek tilining frazeologik boyligini o‘rganishga bag‘ishlangan mukammal tadqiqotlarga egamiz. Adabiy til lug‘at tarkibining taraqqiyoti va boyishi xalq shevalari bilan uzviy va chambarchas bo‘g‘liqdir. Adabiy til normalarini belgilashda xalq shevalarining leksik, fonetik va grammatik xususiyatlariga suyanadi va ma’lum o‘ziga xos qonuniyatlar bilan rivojlanadi. Shunday ekan milliy tilning xalq shevalaridagi ko‘chma ma’noli iboralarni o‘rganish ham hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotining, uning boyib borish yo‘llarini belgilovchi omillardan biri bo‘ladi.

Dialektning har bir shevasida o‘z turmush sharoiti, xo‘jaligi va urf-odatidan kelib chiqqan o‘ziga xos frazeologik iboralar borki, ular o‘sha sheva yoki bir necha shevalarda uchrasa, boshqasida uchramasligi mumkin. Bulardan ba’zilari adabiy tilda o‘z ma’no xususiyatini saqlagan holda uchrasa, boshqalari adabiy tilga o‘zlashmaganligini ko‘ramiz4. Masalan, “лой ўйнамоқ” iborasi adabiy tilda uchramaydi. Shevada esa “bekor yurmoq”, “ishlamasdan yurmoq”, “anqayib turmoq” ma’nolarini ifodalaydi. Yoki “кўзи олма термоқ” iborasi anqaymoq, ko‘rmay qolmoq ma’nosida uchrab, adabiy tilda bu ibora “og‘zi ochilib turmoq” iborasi vazifasida keladi. Quva, Zarkent kabi shevalar uchun harakatli bo‘lgan “ҳасса суянмоқ” iborasi aldanmoq, kutmoq ma`nosida kelib, Marg‘ilon, Farg‘ona, Oltiariq kabi shevalar hamda adabiy tildagi “devor suyanmoq” iborasi vazifasini o‘taydi.

Idiomatik iboralarning bunday turli variantlarda qo‘llanishi ularning shevalarga chuqur singganligidan, ularning turli shevalarda turlicha shaklga kiritib qo‘llanilganidan dalolat beradi. Dialekt shevalarida ijobiy hodisalar, shaxsning ibratli tomonlarini ochib beruvchi, hali adabiy tilda to‘la o‘rin topmagan frazeologik iboralar ham oz emas. Chunonchi, “йэсэп қоймеқ” iborasi ish harakat yoxud holatning ibratli bajarilishi, masalan, nutq so‘zlayotgan notiq, ish bajaroyotgan usta va shu kabilarning o‘zgalarga manzur ishlarini bildirib keladi. Shulardan kelib chiqib, Farg‘ona shevalarida mavjud bo‘lgan frazeologizmlarning ma’nolarini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: Biror leksik ma’no bilan bir xilda o‘zlashgan iboralar. Masalan, ‘қишлэғдъ сел боссэ, унггэ нъмэ ғам” iborasi adabiy tildagi beg‘am, yalqov, dangasa, beparvo ma’nolarini beruvchi “Dunyoni suv olsa, to‘pig‘iga chiqmaydi”, “козгэ қым чочмэқ” iborasi adabiy tildagi hiyla-nayrang ishlatmoqni bildiruvchi “Ko‘zga chop solmoq”vazifasida keladi. Bu xil leksik ma’no bilan keluvchi iboralar tilda mavjud so‘zlarning sinonimlari ko‘pligini ko‘rsatib, tilning leksik qatlamini boyituvchi kategoriya sifatida til qurilishida muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, bular obrazli iboralar sifatida o‘zbek milliy adabiy tili taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadi.5

Xullas, dialekt shevalarda bunday iboralarning qo‘llanish va ma’nolari hali adabiy tilda yo‘q yoxud shu vazifada keladigan ibora o‘rnini bosadigan boshqa shakldagi frazeologik birikma mavjuddir. Mana shunday frazeologizmlarning Surxon shevasidagi ko‘rinishlari T. Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida ham uchraydi. O‘tgan asrning 50-yillarigacha frazeologiya hali o‘zbek tilshunosligi tarkibida mustaqil soha sifatida shakllanib yetmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o‘zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Bunday ishlar A.G‘ulomov, U.Tursunov, V.Abdullayev, H.Zarif, N.Mallayev singari mashhur tilshunos va adabiyotshunos olimlarning qalamiga mansubdir. Jumladan, A.Sa’diy, V.Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning A.Navoiy asarlarida turg‘un birikmalar, xalq iboralarining qo‘llanilishiga oid fikrlari hozir ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. O‘zbek frazeologiyasiga doir dastlabki ishlar o‘tgan asrning 50-yillarining boshida yuzaga keldi. Ular qatoriga Sh.Rahmatullayevning ishlarini kiritish mumkin. Masalan, Sh.Rahmatullayev idiomatik so‘zlar haqidagi fikrini rivojlantirib, til birliklarini etimologik jihatdan qo‘shma so‘zga teng idiomatik so‘zlar deb tahlil qilgan.

Uning “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli monografiyasining yana bir xarakterli tomoni shundaki, undan frazeologik omonimlarni frazeologik paronimlar va frazeologik paraformalardan farqlashga harakat qilinganligidir. Sh.Rahmatullayevning talqiniga ko‘ra o‘zaro frazeologik omonimlar va frazeologik paronimlar shuningdek frazeologik omoformalar va frazeologik paraformalar bir-biriga shu qadar o‘xshash bo‘ladiki, ulardan biri o‘rniga ikkinchisini xato ishlatib yuborish mumkin. Agar iboralar o‘zaro tarkibidagi biror so‘z komponenti bilangina farq qilsa, ularni frazeologik paronimlar deb yuritish mumkin bo‘ladi. Masalan, “ko‘nglini ko‘tarmoq” – “ko‘ngli ko‘tarildi” va “ko‘nglini tog‘day ko‘tarmoq” – “ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi”. Agar ba’zi iboralar biri ikkinchisida yo‘q garmmatik shakllanish sistemasiga ega bo‘lsa, frazeologik paraformalar haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Masalan, “jon(i)kirdi” – “jonini kirgizmoq” va “jon kirdi” –“jon kirgizmoq” kabilar.

G‘.Salomov o‘zbek tilshunosligi uchun g‘oyat dolzarb muammolardan biri frazemalar tarjimasi bilan maxsus shug‘ullangan olimdir. Olimning ta’kidlashicha, “Maqol-xalq aql idrokining mahsuli, uning hukmi, ko‘p asrlik tajribalari majmuyi, turmushdagi turli voqea hodisalarga munosabatining ifodasidir”. Frazeologizmlarni o‘rganishda ularni o‘zbek va boshqa tillar frazeologizmlari bilan qiyosiy o‘rganish ham maqsadga muvofiq ko‘rinadi. N.Turopovaning “Yapon va o‘zbek tillaridagi frazeologizmlarni qiyosiy o‘rganish” nomli ilmiy maqolasida shunday fikrlar ilgari surilgan. Frazeologik iboralar nutqning ta’sirchanligini, emotsional – ekspressivligini ta’minlovchi asosiy vosita sifatida nutqimiz ko‘rki hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan yapon tili frazeologizmlarining xususiyatlarini o‘rganib, ularni o‘zbek tilida ifodalash usullarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Har ikkala tildagi frazeologizmlarni qiyosiy o‘rganishda ularning mazmun jihatdan bir - biriga mos kelishi yoki qisman mos kelishi, o‘xshashligiga hamda bir tilda mavjud bo‘lgan frazeologizmlarning ikkinchi tilda na ekvivalentiga, na variantiga egaligiga e’tiborni qaratish lozim. N.Turopova frazeologizmlarni quyidagicha guruhlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadi. 6

1. Har ikki tilda mavjud bo‘lgan ekvivalent frazeologizmlar. Ular mazmun, shakl, ekspressiv-stilistik xususiyatlarni saqlagan bo‘lishi lozim.

2. Har ikki tilda o‘zaro o‘xshash bo‘lgan frazeologizmlar. Ular mazmun jihatdan o‘xshash stilistik xususiyatlarni o‘zida saqlagan, lekin obrazli asosi turlicha bo‘lgan frazeologik variantlardir.

3. Mazmuni kontekst orqali aniqlanadigan, milliy urf-odatni ifodalovchi frazeologizmlar.

Frazeologik ekvivalent tanlashda tarjimon albatta kontekstda anglatgan mazmunga e’tibor berishi lozim, aks holda, tanlangan ekvivalent matnda ifodalangan mazmunga to‘g‘ri kelmay, fikriy g‘alizliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning ta’kidlashlaricha, tarjima jarayonida bir tilga xos bo‘lgan grammatik vositalarni albatta ikkinchi tilda grammatik vositalar orqali berish shart emas. Bunday hollarda tarjimada vaziyat yo kontekstga alohida e’tibor qaratish lozim. Asosiysi, tarjimada so‘zlar kabi frazeologizmlarning anglatgan ma’nosini, emotsional – ekspressiv va stilistik xususiyatlarini saqlagan holda shakliy xususiyatlarini ham aks ettirish zarur. Maqol kundalik hayotda kishilarning bir-birlari bilan muomalada bo‘lishi jarayonida tug‘iladi. Idioma – shaklan bo‘laklarga ajralmaydigan, maxraji birikma tarkibidagi so‘zlarning to‘g‘ri va konkret ma’nosi bilan talqin qilinmaydigan, ko‘chma ma’no anglatuvchi barqaror so‘z birikmasidir. “Idioma” (yunoncha o‘ziga xos ifoda, ibora)-frazeologik chatishmadir7. Frazeologik chatishma – ma’nosi tarkibidagi so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqmaydigan frazeologik birliklar8. Masalan, “oyoqni qo‘lga olmoq” (yugurmoq).

O‘tgan asrning 60-70-yillaridan boshlab o‘zbek frazeologiyasini o‘rganish ishi quyidagi ikki asosiy yo‘nalishda rivojlandi:

a) o‘zbek tili frazeologik birliklarining ayrim struktural tiplari maxsus o‘rganila boshladi;

b) frazeologik birliklarning badiiy uslubiy xususuyatlari o‘rganildi.



Frazeologik birliklarning ibora – tasvir vositalari tizimida turgan o‘rnini tadqiq qilish davom ettirildi. Bunday yo‘nalishdagi tadqiqotlarda asosan yangi ilmiy soha – frazeologiyaning ko‘pgina oziga xos muammolari o‘rganildi va o‘zbek adabiy tilining frazeologik tarkibi yangi frazeologik birliklar tahlili hisobiga boyib bordi. Bundan keyingi davrda o‘zbek frazeologiyasining yana bir boshqa yo‘nalishda o‘rganish sohasida ham salmoqli natijalarga erishildi, ya’ni XX asr o‘zbek yozuvchilari, shoirlari asarlarining tili va uslubiga oid ko‘pgina ishlarda, nomzodlik dissertatsiyalarda, ilmiy maqolalarda frazemaning uslubiy vazifalarini o‘rganishga alohida ahamiyat berildi. Bu jihatdan Hamza (B.Turdialiyev, Sh.Qozoqov), A.Qodiriy (H.Qahhorova, F.Nasriddinov), A.Qahhor (I.Qo‘chqortoyev, O.Abdullayeva) H.Olimjon (S.Boboyeva), Zulfiya (S.Karimov) S.Ahmad (B.Yo‘ldoshev) kabi so‘z san’atkorlarining asarlarida qo‘llanilgan frazemalar tahliliga oid ishlar diqqatga sazovordir. Masalan, I.Qo‘chqortoyevning “Abdulla Qahhorning umumtil frazeologiyasi asosida yangi iboralar yaratishiga doir” maqolasida quyidagi fikrlar ilgari surilgan. Mavjud frazeologik birliklar asosida yangi iboralar yaratish umumtilda, ayniqsa badiiy adabiyot tilida ko‘p uchraydigan hodisadir. Yozuvchining frazeologik novatorligi, frazeologik ijodkorligi eng yorqin namoyon bo‘ladigan soha ham mana shu umumtil frazeologiyasi asosida yangi iboralar yaratish sohasidir. A.Qahhor ba’zan aforizm va xalq iboralari darajasiga ko‘tarilgan chuqur mazmunli, o‘tkir kinoyali iboralar to‘qiydi. Bu iboralarni ko‘p hollarda xalq iboralaridan ajratish qiyindir. Bu maqolada A.Qahhor tomonidan xalq frazeologiyasi zamiridagi obrazlar asosida ijod qilingan individual frazeologik neologizmlardan namunalar keltiriladi. Frazeologik birliklarning muhim belgilaridan biri shundan iboratki, ular zamirida ma’lum obraz, konkret hodisa, harakat yoki predmet tasavvuri yotadi. Masalan, “quvonmoq” ma’nosini ifodalaydigan “og‘zi qulog‘iga yetdi” iborasida kulish, mamnun bo‘lish orqasida og‘izning quloqqacha yetishi tasavvuri, obrazi bor. Ibora zamiridagi mana shu obraz “quvonmoq” ma’nosini bildirish uchun xizmat qiladi. Ibora zamiridagi bunday obrazni boshqa nuqtayi nazardan izohlash, uni boshqacha talqin etish tilda yangi yaratilgan frazeologik neologizmda umumtil iborasiga mansub bo‘lgan obraz yoki bu obrazning biror xususiyati saqlanadi. A.Qahhor shu yo‘l bilan yangi iboralar yaratishda umumtil frazeologiyalaridan ham, majoziy ma’noli maqollardan ham foydalanadi. A.Qahhor tomonidan yaratilgan yangi iboralarni sinchiklab o‘rganish, ularning semantik-stilistik funksiyalarini tekshirish A.Qahhor uslubining o‘ziga xos xususiyatlarini ochish uning o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini aniqlashga yordam beradi. O‘zbek tilshunosligida o‘tgan asrning 70-80 yillaridan boshlab lingvistik model va modellashtirish usullaridan keng foydalanish boshlandi.9 Frazeologik birliklar ham muayyan shakli, strukturaga ega bo‘lishi bilan birga, ma’lum semantikaga ham ega. Shu bilan birga frazeologizmlar shakl va mazmun munosabatida ham bo‘ladi. Frazeologiya mustaqil fan bo‘lib shakllanishi va ajralib chiqqanidan buyon o‘tgan nisbatan qisqa vaqt ichida frazeologik birliklar turli jihatlardan o‘rganildi. Frazeolgik birliklarga morfologik nuqtayi nazaridan ham yondashiladi, ya’ni ularning u yoki bu frazeologik grammatik turkumlarga mansubligi belgilanadi. Frazeologik birliklarning shakli bilan ma’nosi orasidagi izomorfik (moslik,parallellik) darajasini aniqlash maqsad qilib qo‘yildi. Keyingi yillarda frazeologizmlar yuzasidan ko‘plab ilmiy monografik asarlar, ilmiy maqolalar nashr etildi. Shunday ishlardan biri B.Yo‘ldoshevning “Frazeologizmlarning adabiy til normasiga munosabatiga doir” nomli maqolasidir. Til jamiyatda eng muhim aloqa vositasi bo‘lishi, o‘z vazifalarini oqilona bajarishi uchun, avvalo, normalashgan bo‘lishi kerak, chunki normativlik xususiyati milliy adabiy tilning markaziy va eng muhim belgisidir.

Frazeologiyani tilshunoslikning mustaqil sohasi deb tan olish, frazeologizm (ibora)ni tilning leksik-semantik va sintaktik sathlaridan farq qiluvchi alohida sathiga xos birlik deyish o‘z-o‘zidan frazeologik normani ham adabiy tilning boshqa normalari qatorida hisobga olishni taqazo etadi. Bu norma frazeologizmlarning nutqda funksiyalashuvini tartibga soladi. Adabiy til, ayniqsa, uning lug‘at tarkibi va frazeologik sistemasi to‘xtovsiz taraqqiyotda, o‘sish va rivojlanishda bo‘ladi. Chunki jamiyatda bo‘ladigan turli-tuman o‘zgarishlar natijasida yuz beradigan, paydo bo‘ladiga narsa-hodisalar ular uchun tilda maxsus atamalar bo‘lishini taqozo etadi. Ana shunday obyektiv sabablar asosida tilda yangi-yangi so‘zlar, iboralar paydo bo‘ladi, lug‘at tarkibi boyib boradi. Frazeologik normaning o‘zgaruvchanligini, o‘z qo‘llanish doirasini kengaytirish hollarini quyidagi o‘rinlarda kuzatish mumkin. Ibora obrazliligining tayanch manbasi unutilgach, o‘sha iboraning yangi varianti yuzaga keladi. Ayrim frazeologizmlar tarkibidagi son komponent boshqa son bilan almashadi, bu esa iboraning mazmuniga unchalik jiddiy ta’sir etmaydi. Masalan, adabiy tilda “biri ikki bo‘ldi”, “biri ikki bo‘lmaydi” iboralari mavjud. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida bu ibora” biri besh bo‘ldi” shaklida qo‘llangan: O‘ziga yarasha davlati, savdo-sotig‘i bor odamlarni jin ham urgani yo‘qku-ya, qayta, mollarining narxi oshib, biri besh bo‘ldi. Yoki “obro‘yi bir pul bo‘ldi” va “obro‘yi uch pul bo‘ldi” iboralari garchi tarkibidagi son komponentlariga ko‘ra farqlansa-da, mazmunan bir-biriga teng keladi: To‘lan, bu yurishimizda zirillamaliklarning obro‘sini uch pul qilib qo‘yamiz.(“Ufq”). Norma tilda obyektiv mavjud bo‘lsa, u tilning, til elementlarining nutq jarayonida reallashuvidir. Adabiy til normasida uning kodifikatsiyasi bilan uzviy bog‘liq.10 Tilda ham shakl va ma’no bor. Tilda shakl deb odatda tilning materiyasi – tovush – ko‘zda tutiladi. Bu tilning ifoda plani deb yuritiladi. Tovush yozuvda harf bilan ko‘rsatiladi. Shu asosda talaffuz shakli va yozuv shakli farq qilinadi, bulardan tom ma’nodagi shakl – birinchisi. Ibora ham tarkibli til birligi, lekin uning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Iboraga xos ma’no tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga nisbatan maxraj ma’no, ustama ma’no sifatida gavdalanadi, bu ma’no ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosiga suyanmasligi mumkin. Iboraning ma’nosi tarkibidagi leksemalarga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisi bo‘lmasligi, shular ustiga qurilgan yangi bir ma’no bo’lishi sababli, iboralarda go‘yo ifoda plani bilan mazmun plani orasida qandaydir uzilish sodir bo‘ladi. Xususiy (qismlarga xos) ma’nolar umumiy (iboradan anglashiladigan) ma’noni to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohlab turmaydi, shu sababli iboralarda ifoda plani bilan mazmun plani orasidagi bog‘lanish shartlilik kashf etadi. Bu yerda bittadan ortiq so‘z yaxlitligicha ma’lum bir obraz asosida, ko‘chirish yo‘li bilan semantik taraqqiyotni boshdan kechiradi. Ma’lum bir obraz asosida yuzaga kelgan ana shunday ustama ko‘chma ma’noga frazeologik ma’no deyiladi. Masalan, “til tegizmoq” iborasi “sha’niga nomunosib, nohaq gap aytmoq” ma’nosini anglatadi. Bu ma’no to‘g‘ridan-to‘g‘ri ibora tarkibidagi leksemalarning ma’nosidan kelib chiqmaydi. Masalan, “Batareyaga til tegizsam, hech toki yo‘q ekan” gapida erkin birikma ishlatilgan. Bunday ishlatishda til va tegizmoq so‘zlari ma’no mustaqilligini saqlab bog‘lanadi, ma’noda yaxlitlanish yuz bermaydi. “Kechagi majlisda menga ham til tegizibdi” gapi tarkibida yuqoridagi erkin birikma emas, balki ibora qatnashmoqda. Chunki bu gapda til va tegizmoq so‘zlaridan emas, balki til tegizmoq iborasidan foydalanilgan. Endi til va tegizmoq so‘zlariga xos ma’nolarning oddiy yig‘indisi haqida emas, balki ustama ko‘chma ma’no haqida gapirish lozim. Bunday ma’no obrazga suyanib yuzaga keladi; tegizish harakatidan kelib chiqsa, til deganda fiziologik organni tushunish kerak, ammo bu o‘rinda til so‘zining boshqa ma’nosi – “nutq” ma’nosini “gap, so‘z” ma’nosi tushuniladi. Ayni vaqtda biror so‘z, gapni beg‘araz aytish emas, “tegizib” aytish ko‘zda tutiladi, shunday aytiladigan gap-so‘zning “nomaqbul” bo‘lishi kelib chiqadi. Demak, frazeologik birlik ifoda plani bilan mazmun planining o‘ziga xos qarama-qarshiligi va birligi asosida yuzaga keladi, shunga ko’ra frazeologik birliklar alohida yondashishni, o‘rganishni talab etadi11.

B.Jo‘rayevaning “Ibora va maqolda idiomalashuv” maqolasi ham aynan mustaqillikdan keyin yaratilgan ishlardan sanaladi. Iboralar tilning alohida birligi bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra erkin bog‘lanma yoki gapga teng to‘liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg‘un so‘z birikmalarini o‘z ichiga oladi. Grammatik jihatdan tugallangan fikrni bildiruvchi, o‘tkir mazmunli, faqatgina ko‘chma ma’noda ishlatiluvchi qisqa, ixcham xalq hikmatlari, maqol sanaladi. Frazeologiya tarkibida o‘rganilayotgan maqol, matal, aforizm, hikmatli so‘z, topishmoqlar alohida o‘rganilishi lozim bo‘lgan mavzulardir. Maqol ko‘chma ma’no ifodalashi jihatidan ibora bilan umumlashadi. Ularning ma’nosi tarkibidagi birliklarning birlamchi ma`nosidan emas, balki umumiy ko‘chma ma`nosidan kelib chiqadi12. ”Ko‘zi to‘rt bo‘lmoq” erkin bog‘lamasini ko‘chirish asosida “kutmoq”,”xamirdan qil sug‘urganday” erkin bog‘lamasini ko‘chirish orqali “oson” ma’noli frazeologik ma’nolar yuzaga kelgan. Ya’ni, erkin bog‘lanmaning frazeologizmga aylanishi idiomalashuvi ma’noning ixtisoslashishi, xususiyatlanishi oqibatida kelib chiqadi. Masalan, “tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi” (qovuni emas), “kapalagi uchib ketdi” (chumchug‘i emas), “qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan” (echki og‘zidan emas), “chumchuq pir etsa, yuragi shir etadigan” (kabutar yoki qaldirg‘och emas). Maqollarda asos birlik, ya’ni matal maqolga aylangunga qadar to‘g‘ri ma’noda ishlatiluvchi hikmat – gap shaklida bo‘ladi va asta-sekin ma’noning idiomalashuvi natijasida maqolga o‘tadi, umumiylik kasb etadi, falsafiylikka ega bo‘lib fikrning xulosasiga aylanadi. Masalan: (qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi). Bunda o‘z ma’nosida ishlatiluvchi hikmatli so‘z – matal ko‘chma ma’noda ishlatiluvchi hikmatli so‘z – maqolga aylanar ekan, matalning maqolga aylanishi – idiomalashuvi ma’noning kengayishi oqibatida yuz beradi.Ya’ni “qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi” maqoli faqatgina qarg‘alar hayoti bilan bog‘liq bo‘lmay, umuman qarg‘asifat kishilar, ya’ni “zolim, qonxo‘r kishilar boshqalarga har qancha jabr-sitam o‘tkazsalar ham, bir-birlarining yonlarini olib, qo‘llab-quvvatlaydilar” degan umumlashma ma’noni ifodalashga xizmat qiladi. ”Shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi”, ”Nima eksang, shuni o‘rasan”, “Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq” singari qator maqollar ham xuddi shunday holatda va bu maqollar faqatgina tarkibidagi leksemalar anglatgan birgina ma’noni emas, balki xuddi shu holatga o‘xshash barcha voqealarni ifodalashga xoslanadi. Demak, ibora va maqol ko‘chma ma’no ifodalashi jihatdan idiomalar tarkibiga kirsa-da, ularda idiomalashish jarayoni ham turlicha kechadi: ibora ko‘chma ma’noning torayishi, maqol esa ko‘chma ma’noning kengayishi natijasida idiomalashadi. Frazeologizmlar tadqiqiga bag‘ishlangan ishlardan Matluba Xudoyberganovaning “Fe’l frazeologik birliklarining ba’zi bir xususiyatlari’’ nomli ilmiy maqolasi ham e`tiborga molikdir. Frazeologik birliklarning semantik strukturasini aniqlash hozirgi zamon semasiologiyasining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Fe’l frazeologik birliklar o‘zlarining obrazliligi, jonliligi, ta’sirchanligi bilan ajralib turadi va fikrni ravshan, ixcham ifodalashga, shaxs yoki predmetning holatini obrazli tasvirlashga xizmat qiladi. Fe’l frazeologik birliklar shaxs yoki predmetning turli holatini ifodalovchi umumiy semalari jihatdan bir frazeosemantik guruhni tashkil etadi. Holat bildiruvchi fe’l frazeologik birliklar qanday holatni ifodalashiga qarab, dastlab to‘rt semantik guruhga ajratiladi. 1. Ruhiy holatni bildiruvchi fe’l frazeologik birliklar: “avzoyi buzilmoq”, “alam qilmoq”, “ich-etini yemoq”. 2. Emotsional holatni bildiruvchi fe’l frazeologik birliklar: “boshi ko‘kka yetmoq”, “terisiga sig’may ketmoq”. 3. Aqliy holatni bildiruvchi fe’l frazeologik birliklar: “aqlni yemoq”, “bosh qotirmoq”.

4. Fizik holatni bildiruvchi fe’l frazeologik birliklar: “bardosh bermoq”, “boshini yemoq” va boshqalar. Ayrim fe’l frazeologik birliklarning ta’sirchanligi, obrazliligi shunday kuchliki, ular bir vaqtning o‘zida ikki holat – xususiyatni ifodalay oladi. Masalan, “o‘ziga kelmoq” fe’l frazeologik birligi ham ruhiy (anglamoq, to‘g‘ri idrok qilmoq), ham fizik holatni (o‘z holatiga kelmoq) anglata oladi. Uning qaysi ma’noni ifodalashi matnda oydinlashadi. Iboralarning o‘rganilishi bo‘yicha U.Tursunov, J.Muxtorv, Sh.Rahmatullayevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” kitobida maxsus bob berlgan. So‘zda bo‘lganidek iboraning semantik strukturasida ham ikki hodisa farq qilinadi. 1)ma’no; 2)stilistik bo‘yoq13. Iboraning lug‘aviy birlik sifatida nimanidir bildirishiga (biror voqealikni atashiga, ifodalashiga) uning ma’nosi deyiladi. Iboralar ifodalagan ma’no frazeologik ma’no deb ataladi. Masalan, “tuyaning kallasiday” iborasi (predmetning) sifat belgisini (juda katta), “yurak-bag‘ri qon bo‘lib ketdi” iborasi esa shaxsning harakat-holatini (diltang bo‘lmoq) anglatadi. Iboralarning ko‘pi monosemantik. Masalan, “bahridan o‘tmoq” iborasi “foydali deb bilgan narsasidan voz kechmoq” ni, “berdisini aytguncha urib o‘ldirmoq” iborasi “oxirigacha gapirib berishga qo‘ymaslik”ni, “daryodan bir tomchi” iborasi “qolgan qismiga nisbatan juda oz”ni anglatadi. Polisemantik iboralarning ko‘pi ikki va uch ma’noli bo‘ladi. Masalan, “boshi aylandi” – “boshini aylantirmoq” iborasi ikki ma’noni anglatadi. Frazeologik birliklar ma’noni qanday anglatishiga qarab uch guruhga bo‘linadi: frazeologik butunliklar, frazeologik chatishmalar, frazeologik qo‘shilmalar.14 Tarkibidagi so‘zlarning leksik ma’nosiga bog‘liq holda umumlashtiriluvchi ko‘chma ma’no anglatadigan iboraga frazeologik butunliklar deyiladi. Masalan, “yog‘ tushsa yalaguday”. Tarkibidagi so‘zlariga mos leksik ma’nolar asosida izohlanmaydigan, leksik ma’nolarni hisobga olmaydigan umumlashtiruvchi ko‘chma ma’no anglatadigan iboraga frazeologik chatishma deyiladi. Masalan, “to‘nini teskari kiymoq”, ”o‘pkasini qo‘ltiqlab”. Frazeologik butunlik va frazeologik chatishma uchun umumiy belgi ularda semantik hamda grammatik sintezga intilishidir. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi: 1) tarkibida birdan ortiq so‘z-komponent qatnashadi; 2) bir yaxlit lug‘aviy ma’no anglashiladi; 3) tarkibidagi so‘zlari leksik ma’no mustaqilligini yo‘qotadi; 4) so‘zlarning erkin bog‘lanmalari bilan faqat omonimlik holatda bo‘ladi; 5) iborani biror so‘z yoki ibora bilan faqat butunligicha almashtirib bo‘ladi; 6) nutqda bir butun holda bir semantik vazifani o‘tab keladi.; 7) boshqa tilga faqat butunligicha tarjima qilinadi. Komponentlaridan birining ko‘chma ma`nosiga asoslanadigan va komponetlarining leksik ma’no mustaqilligini yo‘qqa chiraqmaydigan bog‘lanmaga frazeologik qo‘shilma deyiladi: “gapning tuzi”, “og‘ir yigit”. Frazeologizmlarning polisemantik, omonimlik, antonimlik, sinonimlik xususiyatlari haqida Sh.Rahmatullayev o‘zining izohli lug‘atida ma’lumot keltirgan. Shulardan, frazeologik polisemiya bittadan ortiq ma’noni anglata olishi til birliklariga xos xususiyat bo‘lib, iboralarning ham talay qismida uchraydi. Polisemantik iboralarning ko‘pi ikki ma’noli; uch ma’noli iboralar anchagina; to‘rt, besh ma’noli iboralar ham uchraydi. Masalan, “boshiga qilich kelsa ham” iborasi bitta ma’noni, “aqli yetadi” iborasi ikkita ma’noni, “bo‘yniga qo‘ymoq” iborasi uch ma’noni, “qo‘lga olmoq” iborasi esa to‘rt ma’noni anglatadi. Ko‘p ma’noli iborada uning ma’nolari asosan biri ikkinchisidan o‘sib chiqqan bo‘ladi. Ba’zi iboralarning ma’nolari biri ikkinchisi uchun asos vazifasini o‘tamaydi, har biri o‘zicha shakllangan bo‘ladi, voqelikdan har gal har xil obraz olish asosida tug‘iladi. Masalan, ikki qo‘lini burniga tiqib iborasi ikki ma’noli: 1) “quruqdan-quruq, evaziga hech narsa ololmay”, 2) “bekorchi bo‘lib, biror foydali mehnat bilan shug‘ullanmay”. Bu ma’nolar o‘zaro bog‘lanmaydi, chunki asosida har xil obraz, boshqa-boshqa voqelik yotadi: birinchisida band qo‘l bilan borib, bo‘sh qo‘l bilan qaytish, ikkinchisida esa qo‘lni biror yumush bilan band qilmaslik. Frazeologik sinonimya til birliklari orasida semantik mikrosistemalardan bo‘lib, iboralar orasida anchagina. Sinonimlar odatda bir yoki bir necha jihatdan farqqa ega bo‘ladi, shulardan biri ma’no qirrasidagi farq bo‘lishi mumkin. Sinonim iboralarni bir iboraning variantlaridan ajratish kerak. Buning uchun iboralarning so‘z-komponentlariga diqqat qilish kerak. Leksik tarkibida ayni bir so‘z-komponent qatnashmaydigan iboralarning sinonim ekani shubha tug‘dirmaydi. Masalan, “butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha” ma’nosini anglatadigan “ipidan ignasigacha”, “miridan sirigacha”, “qilidan quyrug‘igacha” iboralari o‘zaro sinonim bo‘lib, ular tarkibida umumiy so‘z-komponent yo‘q. Frazeologik antonimiya til birliklari orasida semantik munosabat asosida belgilanadigan hodisalardan biri bo‘lib, iboralarda ham so‘zlardagi darajada uchraydi. Antonimiyani belgilash, bir tomondan, iboralarning, lug‘aviy ma’nosini chuqurroq anglashga olib kelsa, ikkinchidan, polisemiyada bir iboraning ma’nolarini o‘zaro farqlashga yordam beradi, uchinchidan, sinonimlarni belgilashda ham foyda keltiradi. Masalan, “yuragi keng” va “yuragi tor”, “ko‘ngli joyiga tushdi” va “yuragiga g‘ulg‘ula tushdi”; Frazeologik omonimiya odatda ikki ibora orasida voqe bo‘ladi: “qo‘l ko‘tarmoq” I va “qo‘l ko‘tarmoq” II kabi. Odatda bir variantli iboraga ko‘p variantli iboraning bir varianti shaklan teng kelib qoladi: “gap tegdi” I va “gap tegdi” II kabi. Frazeologik paronimiyada iboralar orasida, shakli teng kelishidan tashqari, shakliy yaqinlik hodisasi ham bor. Ba’zi iboralar o‘zaro leksik tarkibidagi bir so‘z-komponenti bilangina farq qiladi, shu farqli so‘z-komponentlar ham bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Ana shunday shakily yaqinlikka ega ikki iboraga frazeologik paronimlar deyiladi. Masalan, “yetti uxlab, tushiga kirmaslik” va “yetti uxlab, tushida ko‘rmaslik”; “yuragi tars yorilib keta yozdi” va “yuragi qoq yorila yozdi” kabi. Ikki ibora leksik tarkibi jihatdan aynan bo‘lib, grammatik tarkibi jihatdan farqlanib turishi mumkin. Bunday iboralarga frazeologik paraformalar deyiladi. Masalan, “jon kirdi” va “jonini kirgizmoq” iborasidan “jon kirdi”–“jon kirgizmoq” iborasi grammatik tarkibida egalik affiksi yo‘qligi bilangin farq qiladi; “payiga tushmoq” iborasidan “payidan tushmoq” iborasi ot komponentining boshqa kelishikda kelishi bilan farq qiladi.15 Frazeologizmlar tadqiqiga doir Sh.Abdullayevning “Tarjima asarlarda frazeologizmlar semantikasi” (T.Qayipbergenov asarlarining o‘zbekcha tarjimasi asosida) tadqiqoti e’tiborli sanaladi. Tadqiqot kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat bo‘lib, 157 sahifani tashkil etadi. Ishning “Kirish” qismida o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi iboralar, ularning o‘rganilish tarixi haqida fikr yuritilgan. Tildagi obrazlilikni ifodalovchi vositalar ichida frazeologizmlar alohida o‘rin tutadi, chunki ular kesatiq, nafrat, jirkanish, so‘kish, qarg‘ish kabi salbiy, erkalash, hazil, rag‘batlantirish kabi ijobiy qo‘shimcha ma’no nozikliklarini ifoda etuvchi obrazli til birliklaridir. Frazeologizmlarning asosiy qismi nutqda ma’lum uslubiy maqsad–ekspressivlik uchun xizmat qiladi. Shu bois frazeologizmlar badiiy asarda obraz, xarakter qirralarini ochishda muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqotda qarindosh tillardan iboralarni tarjima qilish, bu borada ish olib borayotgan tarjimon nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida fikr yuritiladi. O‘zbek va qoraqalpoq tili iboralari, ularning ekvivalent va variantlari, o‘ziga xos va farqli tomonlari, leksik, grammatik, semantik xususiyatlari qiyosiy yo‘sinda o‘rganiladi. Ilmiy ishda “Leksik varianti bilan o‘girilgan frazeologizmlar” bob mavjud bo‘lib, unda ikki tildagi leksik variantlangan frazeologizmlar va ularning xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Variantlashish – o‘zbek va qoraqalpoq tilida juda keng tarqalgan hodisa. Iboralar ikkitadan tortib bir qancha variantli bo‘lishi mumkin. Sh.Rahmatullayev o‘bek tilida ikkitadan to o‘n bittagacha variantli iboralar mavjudligini ta’kidlaydi. Ammo ular ichida eng ko‘pi ikki variantli iboralardir. Uch va undan ortiq variantlilar ham ancha miqdorni tashkil etadi. Frazeologik variantlar tilda mavjud bo‘lgan frazeologizmlardan o‘sib chiqadi. Variantlanish turlicha bo‘lib, ular ayrim komponentlarning o‘zgarishi asosida hosil bo‘ladi. Variantlanishda iboralarga xos yaxlitlik, lug‘aviy ma’no saqlanadi. Aks holda ibora yo‘qqa chiqadi yoki boshqa ibora hosil bo‘ladi.16 Frazeologik variatlar tilda mavjud bo‘lgan frazeologizmlardan o‘sib chiqqan bo‘ladi. Ular, asosan, bir obraz bilan farqlanadi. Frazeologik variantlar ma’no, stilistik va sintaktik vazifalariga ko‘ra bir-biriga yaqin. Ularning leksik tarkibida qisman farq bo‘lishi mumkin, lekin asosida bir obraz yotadi. Qoraqalpoq tilida hordiq olish, uxlash ma’nolarida “ko‘zi ilinib ketdi”, “ko‘zi uyquga ketdi” frazeologizmlari mavjud. Masalan: Azdan keyin ko‘zi ilinib ketti. Uning o‘zbek tilida quyidagi ekvivalentlari mavjud: ko‘zi uyquga ketibdi, ko‘zi ilindi, pinakka ketmoq. Yuqorida tilga olingan nazariy fikrlarga tayangan holda Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani iboralari to‘g‘risida keyingi bobda batafsil fikr yuritamiz

Download 294 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish