Ibob. Muammoni o‘rganish holati


II bob. Yordamchi maktab o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvini shakllantirish



Download 53,45 Kb.
bet4/5
Sana30.12.2021
Hajmi53,45 Kb.
#194235
1   2   3   4   5
Bog'liq
ижтимоий мослашув

II bob. Yordamchi maktab o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvini shakllantirish

2.1. Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ularni jamoaga moslashtirish yo‘llarini eksperimental o‘rganish xamda tahlil etish


Jamoa tushunchasi pedagogikada asosan asrimizning 20-yillaridan boshlab atroflicha keng qo‘llanila boshlandi. Vaholanki, bu tushuncha undan oldin ham tarbiyachilar, defektologlar, tarixchilar, sotsiologlarning diqqatini tortib kelgan.

Bolalarni jamoada tarbiyalash g‘oyasi defektolog, tarbiyachilar tomonidan iliq kutib olindi. Juda ko‘p ilmiy-amaliy kuzatishlar amalga oshirildi. Bu tekshirish ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, jamoa faqatgina bolalarda o‘rtoqlik, jamoatchilik, ijtimoiy faollik shakllantirib qolmasdan, balki bolalarda atrof-muhitga nisbatan munosabatini belgilab, unga ijtimoiy yo‘nalish berar ekan. Jamoada tarbiyalash orqali bolalarning asosiy shaxsiy sifatlaridan xarakter, irodani tarbiyalab borish mumkin ekan. Jamoasiz har tomonlama yetuk shaxs tarbiyalash mumkin emas, deb ta’kidlashadi klassik pedagoglar. Jamoa haqidagi nazariya, shaxsning rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarni ochib beradi. Bolalarning jamoaga birlashishlaridagi manba yagona maqsadning borligidir. Shu maqsadga erishish uchun jamoa asosidagi faoliyat tashkil etiladi. Maqsadning birligi jamoa a’zolarida yagona, umumiy qarashlarning tiklanishiga olib keladi.

Bolalar ijtimoiy tarbiya muassasalari tarmog‘ining kengayishi va davlat tomonidan oilaga ko‘rsatiladigan xilma-xil yordam, oilani tarbiyaviy ishdan ozod qilishini anglatmaydi. Bolalar tarbiyasida ota-onalar ishtiroki borgan sari ortib boradi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida ota-onalar tarbiya masalalariga amaliy qiziqish bildirib, o‘zlarining mamlakat va xalq oldida ijtimoiy va fuqorolik burchlarini chuqurroq anglamoqdalar.

Oilaga yordam berish, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadlarida ko‘p bolali onalarga davlat nafaqalari joriy etildi, chaqaloqlarga qarash uchun katta pul mablag‘lari ajratiladi. Tug‘ruqxona va ayollar konsultatsiyalar tarmog‘i, shuningdek yasli, bolalar bog‘chalari va nogiron bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi boshqa muassasalar (tarmog‘i kengaytiriladi) faoliyatlarining samaradorligi oshirildi. Er-xotinning bir-biriga o‘zaro qarash majburiyatlari doirasi, ota-onalar va bolalar huquqlari belgilab berildi. Farzandlikka olish, vasiylik qilish, patronatlik ota-onalik huquqidan mahrum qilish qoidalari ham qonun tomonidan belgilanadi. Har qanday holatga ham, tarbiyasi qiyin bola, uning jisioniy nuqsoni bor yoki aqlan zaif bo‘lgan xollarda ham ota-onalik huquqi va majburiyatlardan voz kechmaslik kerak. O‘z navbatida bolalar ham mehnatga layoqatsiz ota-onalariga moddiy yordam ko‘rsatishlari kerak.

Davlatimiz oila hayotining yuksak moddiy va madaniy darajasini ta’minlaydi. Oilaga ko‘rsatilgan har tomonlama yordam konstitusion prinsip bo‘lib, turar joy maktabgacha muassasa, bolalar muassasalari, madaniy-maishiy va meditsina muassasalari qurilishda doimo ruyobga chiqariladi.

Ishlaydiganlar va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiydigan ayollarga bolaga qarash uchun u bir yoshga yetgunga qadar qisman haq to‘lanadigan mehnat ta’tili va ish haqini saqlamagan holda bir yarim yilgacha uzluksiz mehnat stajini va ixtisos buyicha ish stajini saqlagan holda ta’til berish kiritildi.

Bundan tashqari, ayollarga ishlab chiqarishdagi mehnatni bolalar tarbiyasi bilan qo‘shib olib borishlarida qulayroq sharoit yaratish uchun ayollarning to‘liq bo‘lmagan ish kuni va to‘liq bo‘lmagan ish haftasi, o‘zgaruvchan grafik, shuningdek uyda ishlariga keng imkoniyat yaratiladi. Kasal bolaga qarash uchunhaq to‘lanadigan kunlar ham ko‘paytirildi, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, oilaviy dam olishni tashkil etish tadbirlari nazarda tutiladi.

Shunday qilib, davlatimiz oilaning tarbiyaviy vazifasini yuqori baholab, uning asoslarini mustahkamlashga, shuningdek uni jamiyatimizning bo‘lajak fuqarolari shakllanishga ta’sirini takomillashtirishga katta ahamiyat bermoqda.

Vatanga muhabbat - eng chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha muassasagacha tarbiya yoshidagi bolalarda kattalar tomonidan bolalarning, ruhiy taraqqiyotini va ular tafakkurining aniq va obrazliligini e’tiborga olgan holda ma’lum izchillik bilan tarbiyalab boriladi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarda Vatanga muhabbat hissini ularga yaqin va tanish bo‘lgan aniq faktlar, yorqin misollar orkali tarbiyalab boriladi. Tarbiyachilar bolalarda o‘z oilasiga, bolalar bog‘chasiga, tevarak atrofga mehr — muhabbatini va ularga sodiq bo‘lishini tarbiyalab, eng muhim ijtimoiy his bo‘lgan Vatanga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalab boradi.

Boshlang‘ich sinflarda Vatanga muhabbat hissi o‘z o‘yiga, maktabiga, о‘qituvchisiga muhabbatini tarbiyalashdan boshlanadi. Kattaroq sinflarda bolalar endi kengroq doiradagi kishilar bilan munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular ota - onalari, о‘qituvchilaridan o‘z shahri, buyuk mutaffakkirlarga hurmat va muhabbat hissi tarbiyalanib boriladi. Bolaning o‘ziga xos xususiyatini e’tiborga olish uning ahloqiy tasavvurlari bilan aniq xatti - xarakatini o‘rtasida qarama-qarshilik bo‘lishi mumkinligini nazarda tutib, kishilarga nisbatan chinakam muhabbatni tarbiyalash uchun ularga yordam berish istagini uyg‘otishga alohida e’tibor berish kerak. О‘quvchilarga uyda onalariga, buvilariga va otalariga yordam berish topshiriladi. Butun sinf о‘quvchilari bilan ular oilada kattalarga qanday yordam berganliklari to‘g‘risida suhbatlashadilar. Onaga hurmat va muhabbatini tarbiyalashda 8 - mart bayramini uyushtirish katta yordam beradi. Bayramda tayyogarlik davrida, ularning mehnati, oiladagi g‘amxo‘rligihaqida suhbat o‘tkaziladi. Onalar haqida suhbatlar o‘tkazadilar.

Maktabda о‘quvchilar bilan olib boriladigan suhbatlarda ona mehnat qilib, faqat o‘z oilasigina emas, jamiyat uchun ham foyda keltirishni ta’kidlanadi. Turli joylarga ekskursiyalar uyushtiriladi. Oilaga, maktabga yaqin kishilarga mehr-muhabbat hissi asta-sekin kengayib, о‘quvchilarning tug‘ilgan shahri, qishlog‘i jonajon tabiatga bo‘lgan mehri bilan qo‘shilib ketadi.

Pedagog о‘quvchilarga shahar va qishloqlardagi eng chiroyli joylarni, maydonlarni, ko‘chalar nomlari bilan tanishtirib boradi. Pedagog «Vatan», «Bizning shahar», «O‘zbekistonning poytaxti - Toshkent», «Shahrimizning eng yaxshi kishilari» va shunga o‘xshash mavzu bo‘yicha kitob va rasmlar tanlaydi,turli albomlar, tayyorlab ta’lim - tarbiyaviy soatlar o‘tkazadilar. Shuningdek, Respublikamiz ramzlaridan bayroq, madxiya, gerb haqida ham tushuncha berib boriladi. Tarbiyachining xar bir davrda yuz beradigan voqea-xodisalar haqida о‘quvchilarga mohirona xikoya qilib borish vatanparvarlikni tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy hodisalar bilan tanishtirish usullarini tanlashda tevarak - atrofdagi yangi munosabatlar, xususiyatlar bilan tanishtirish, o‘zganilayotgan obekt va hodisa о‘quvchining maqsadga yo‘naltirilgan ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.



Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy moslashuvini o‘rganish maqsadida biz 57-yordamchi maktabning boshlang‘ich sinf о‘quvchilari bilan kichik eksperiment o‘tkazdik. Eksperimentimizda 15 nafar о‘quvchi ishtirok etdi. Eksperimentimiz o‘yin shakllida olib borildi. Unda biz bir qancha o‘yinlardan foydalandik xamda quyidagi natijalarga erishdik:




O‘yinning nomi

О‘quvchi o‘yinning shartini bajara oldi

О‘quvchi o‘yinning shartini yordam asosida bajara oldi

О‘quvchi o‘yinning shartini bajara olmadi

1

Ўқувчининг сумкаси

5(34%)

6(40%)

4(26%)

2

Dorixonada

4 (26%)

6(40%)

5(34%)

3

Oziq-ovqatlar do‘koni

5(34%)

7(46%)

3(20%)

4

Ovqatlanish xonasi

7(46%)

5(34%)

3(20%)

“Ўқувчининг сумкаси” o‘yinimizda о‘quvchilar predmetlar orasidan ўқувчи мактабда таълим олиш учун зарур бўлган ўқув предметларини ajratib berishlari so‘ralgandi. Ushbu vazifani 34% о‘quvchi xech qanday yordamsiz bajara oldi, 40% о‘quvchiga yordamchi savollar orqali murojat etilib maqsadga erishildi, 26% о‘quvchi esa xar xil turdagi xatoliklarga yo‘l qo‘ydi.

“Dorixonada” o‘yinimizda о‘quvchilar predmetlar orasidan dorixonada uchratish mumkin bo‘lgan predmetlarni ajratib berishlari so‘ralgandi. Ushbu vazifani 26% о‘quvchi xech qanday yordamsiz bajara oldi, 40% о‘quvchiga yordamchi savollar orqali murojat etilib maqsadga erishildi, 34% о‘quvchi esa xar xil turdagi xatoliklarga yo‘l qo‘ydi.

“Oziq-ovqatlar” do‘koni o‘yinimiz bolalarga ko‘proq xush keldi. Ular ushbu do‘konlarda bo‘lishi lozim bo‘lgan buyumlarni ajratib ko‘rsatishdi. 34% о‘quvchi bu jarayonga osonlik bilan kirishdi xamda to‘g‘ri bajardi, 46% о‘quvchiga xar xil yordam turlari berildi, 20% о‘quvchi yordam asosida xam xatoliklarga yo‘l qo‘ydi

“Ovqatlanish xonasi” o‘yinimizda 46% о‘quvchi anjomlarni to‘g‘ri taqsimlay oldi, 34% о‘quvchi yordam asosida bajarib berdi xamda 20% о‘quvchi xatoliklarga yo‘l qo‘ydi

Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy hodisalar bilan tanishtirish jarayoni o‘qitilishining turli uslublaridan foydalangan holda amalga oshiriladi: ekskursiya, ijtimoiy hayotdagi xodisalarni kuzatish, suhbatda kattalarning kuzatishlarini qayd etish, didaktik va xarakatli o‘yinlar; о‘quvchilarning tajribasini maxsus tashkil qilingan saxnalashtirishlar, о‘quvchilar nutqidagi bu tajribani umumlashtirish; badiiy adabiyotlar o‘qish: filmlar va diafilmlar ko‘rsatish.

O‘qitishning birinchi bosqichida tayyorlov etapi ajratilib, bunda zarur sensor bazani yaratish: predmetlarning shakli, rangi kattaligini, oriyentirlashni shakllantirish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

O‘qitishni tashkil qilishning asosiy shartlaridan biri ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash bo‘lib, bir vaqtning o‘zida so‘z bilan ifodalangan obektni bevosita kuzatish imkonini beradi.

2.2. Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar

Korreksion ishda asosiy o‘rin didaktik o‘yinlarga ajratiladi, ular nutqiy muloqotni oshirishga, о‘quvchi o‘zini anglashini shaklantirishga qaratiladi.

Birgalikda olib borilgan faoliyat davomida sheriklarining o‘zaro muloqotga qiziqishni aqli zaif о‘quvchilarning keyingi bosqichga o‘qishga imkoniyat yaratadi: muloqotning ish yuzasidan bo‘lgan ko‘rinishi shaxsiy ish muloqotiga aylanishiga shart - sharoit tug‘iladi. O‘zi haqidagi tasavvurlarni aniqlash, mustaxkamlash va kengaytirish o‘z tashqi ko‘rinishining xarakterli belgilarini ajratish o‘z familiyasini bilish va aytish; o‘z oilasi haqida(oilasining familiyasini bilish, ota - onasi kasbini bilish); kundalik muloqotdagi yaqin kishilar haqida; sinfdagi tengdoshlari haqida (ularning ism - sharifini bilish, tashqi ko‘rinishidagi xarakterli belgilarni ajratish); maktab xodimlari haqida о‘qituvchini ismi va sharifi bilan aytish; defektolog, tarbiyachi, xamshirani, musiqa rahbarini ismi va sharifini aytish; ularning faoliyatini kasbiga bog‘lab aytib berish. Kundalik muloqotda yaqin bo‘lgan kishilarning o‘zaro munosabatlari haqida tasavvurlarini shakllantirish (oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilish, tengdoshlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritish, jamoa bilan ishlashda, o‘z xarakatlarini tengdoshlari xarakati bilan muvofiqlashtirish; o‘z hulqini pedagog talabiga bo‘ysindirishga o‘rgatish).

Katta e’tibor о‘quvchilarning kattalar bilan ishchan munosabatlarini rivojlantiruvchi ahamiyatiga, о‘quvchilarning o‘zi haqida faoliyat subektda taassurot shakllanishiga, keyinchalik shaxsning subektiv qimmatini oshirishga sharoit yaratishga qaratiladi.

Inson tashqi ko‘rinishi haqidagi ongli tasavvur shakllantirish bosqichida uni maqsadga yo‘naltirilgan holda idrok qilishga ahamiyat beriladi. Bunda ko‘zgu va suratlar (bolalarning o‘zlari, tengdoshlari, qarindoshlari, kundalik muloqotda yaqin kishilari)dan keng qo‘llaniladi. Bu bosqichda insonlar orasidagi o‘zaro munosabatlar ahloqiy normalar va inson xis - tuyg‘ulari bilan bog‘liq ijtimoiy va emotsional tajribani yig‘ish, umulashtirish va mustaxkamlashga yo‘naltiriladi.

О‘quvchilarni jamoadagi, oiladagi o‘zaro munosabatlar haqidagi hayotiy taassurotlarni boyitishda bolalarning quyidagi o‘yin shaklidagi muloqotlari yordam beradi: didaktik o‘yinlar, saxnalashtirilgan o‘yinlar, ko‘g‘irchoq teatri va boshqalar.

Hissiy qo‘laylik yaratilishi u о‘quvchilarning o‘zaro munosabatlariga ijobiy ta’sir o‘tkazib, ularning ahloqiy rivojlanishiga yordam beradi. Tarbiyalanuvchilarda hamdo‘stlik, ijtimoiy xulk va mehrli o‘zaro munosabatlar shakllanadi. Aqli zaif о‘quvchilarda ijtimoiy hodisalar haqidagi bilim va tasavvurlar o‘z - o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ular о‘quvchini atrof olam bilan o‘zaro faol aloqasi asosida shakllanadi. Birgalikdagi faoliyat jarayonida kattalar bilan muloqot qilish о‘quvchilar nutqida qayd qilingan hissiy hayotiy tajribalar boyitish natijasida shakllanadi.

Ijtimoiy hodisalar to‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanganlik darjasi о‘quvchilar o‘yinida jamoaning o‘zaro munosabatlariga ta’sir ko‘rsatadi.

O‘yindagi personajlar o‘rtasidagi munosabatlarini aks ettirish jarayonidagi pedagogning rahbarlik va tashkilotchilik vazifasi bolalarning kelgusidagi faoliyatining boshqa turlari va kundalik muloqotdagi o‘zaro munosabatlarini belgilaydi. Aqli zaif bolalarning o‘zihaqidagi o‘z ehtiyojlari va organizmining funksiyalari xaqidagi tasavvurlarning yig‘ish va differensiya qilishda maxsus vositalarning kiritilishi, unga faoliyatning barcha turlarida o‘z tengdoshlari bilan muloqot jarayonini yaxshilash imkonini beradi.

О‘quvchilarning so‘z bilan mustahkamlangan va jamoa faoliyati turlarida orttirilgan ijtimoiy tajriba, ularning insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar haqidagi bilimini boyitadi. О‘quvchilar insoniy munosabatlar to‘g‘risidagi bilim va taassurotlar maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan, shuningdek vositalar orqali tashkil qilingan ijtimoiy tajribalar (kitoblar o‘qish, ertaklar, kinofilmlar namoyishi, multfilmlar, radio eshittirishlarni eshitish) orqali to‘planadi. Kattalar mehnatini kuzatish davomida bolalar tajribasini maxsus tashkil qilish quyidagicha tajribada amalga oshirilishi mumkin: suhbat, kuzatish, tajribani bolalar so‘zlab berishi, kichik matnlarni eshitish, syujetli rolli o‘yin tashkil qilish.

E’tibor ko‘rsata bilish, qayg‘urish, g‘amxo‘rlik qilish munosabatlarni tarbiyalashda muvaffiqiyatli shakllanadi. Ana shu asosda boshqa kishilarga nisbatan ijobiy munosabatlarni tarbiyalash mumkin.

О‘quvchilarga kasblarning nomini (enaga, qorovul) tushuntirish maqsadida maxsus mashg‘ulot uyushtiriladi: Mashg‘ulog davomida bolalar pedagogning «bularning hammasini kim qildi?» Enaga nima uchun kerak? U nima ish qildi? kabi savollarga javob beradilar.



Shofyorning kasbi tasavvur xosil qilish uchun avtomobilni

boshqarish haqida elementar ma’lumot beriladi. Bajariladigan asosiy xarakatlarni nomlarini aytishni mashq qildiradi. О‘quvchilarning olgan bilimlari mustaqil o‘yinlar jarayonida mustaxkamlanadi.

О‘quvchining mehnat qurollari haqidagi tasavvurlari «Bil va nomini ayt», «Kimga nima kerak" didaktik o‘yinlarda mustaxkamlanadi.

О‘quvchilar transport vositalari va ularning vazifasi haqida tasavvur xosil qilishlari, ularni bilishi va aytib bera olishlari kerak. Shu maqsadda transport xarakatini kuzatish tegishli o‘yinchoqlar va rasmlarni qarab chiqish uyushtiriladi. «Bil va nomini ayt» tipidagi didaktik o‘yin mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Tasviriy san’at darslarida о‘quvchilarga tayyor shakllardan avtomobil yasashni tavsiya qilish mumkin.

О‘quvchilarni atrof muhit bilan tanishtirish ishida darslardan bo‘sh vaqtlarga katta o‘rin beriladi.

О‘quvchilarning e’tiborini doimo ularning tevarak atrofdagi kattalar mehnatiga qaratib turish zarur. Tajribali pedagog о‘quvchichilarga mazali ovqatlar oshpaz tomonidan tayyorlanganligini, enaga deraza oynasini yuvib artganligi uchun guruh xonasi ozoda va yorug‘ bo‘lib qolganligini aytadi, yangi ko‘ylakni kiyib kelgan qizchani payqaydi, ko‘ylakni uning onasi tikkanligini bolalarga tushuntiradi.

О‘quvchida u yoki bu mehnat turining mazmuni haqida dastlabki tushunchalarining shakllana borishi bilan bir vaqtda o‘z atrofidagilarga nisbatan ijobiy munosabatning, ularga ko‘maklashish istagining xosil bo‘lishi juda muhim ahamiyatga ega.



Pedagog shu maqsadni ko‘zlab о‘quvchilarga uchastkani supurishda farroshga, tarbiyachiga yordam berishni taklif etadi. Pedagog bolalar bilan individual suhbat o‘tkaza borib, ular bilan birga rasmlarni ko‘rib chiqadi, tasvirlangan odam nima ish qilayotganini aytib berishni so‘raydi, mehnat qiluvchi har bir kishiga nisbatan o‘zining xurmatini ta’kidlaydi.

Har doim maqsad turg‘unligi muvaffaqiyatlar garovi bo‘la olmaydi. Masalan, o‘smirlarning qonunbu-zar guruhlarini jamoa deya olmaymiz. Demak sistemali aloqa, ayrim umumiy maqsadning bo‘lishi jamoa bo‘lish uchun yetarli emas ekan. Jamoa haqida darslikda quyidagicha ta’rif berilgan. «Ijtimoiy qiymatga ega bo‘lgan maqsad asosida, shu guruh a’zolarining yagona faoliyatga birlashishlari, o‘zaro munosabatda, bir-birlariga bog‘liq bo‘lishlari, o‘zaro javobgarliklari, ular burch va huquqlarining tengligiga asoslangan shaxslar guruhiga jamoa deyiladi. Jamoa o‘z rahbar organlarini saylaydi, boshqa jamoalar bilan yaqin aloqada bo‘ladi».



Jamoa manbalari turli-tuman faoliyat turlari bulishi mumkin. Bularga mehnat, o‘yin, o‘qish, ommaviy madaniy ishlar, sport, estetik faoliyat, maishiy topshiriqlarni bajarish kiradi. Ularga qo‘yiladigan talablar esa jamoa faoliyatining ijtimoiy foydali yo‘nalishi, jamoa a’zolari imkoniyatlariga to‘g‘ri kelishidir.

Muntazam o‘sib boruvchi, olg‘a harakat quluvchi, borgan sari murakkab hayot faoliyati tajribalarini egallab boruvchi jamoagina haqiqiy shaxsning barkamol o‘sishini ta’minlaydigan jamoa bo‘la oladi, jamoaning muvaffaqiyati asosan birlamchi, son jihatdan eng kichik jamoaga bog‘liq. Bu yerda о‘quvchilar kundalik faoliyat bilan bir-birlariga bog‘lik bo‘lib, izchil muloqotda bo‘ladilar.

Haqiqiy jamoa bo‘lish uchun ma’lum vaqt talab etiladi hamda ma’lum bosqichlar bosib o‘tilishi kerak. Birinchi bosqichning asosiy vazifasi jamoa manfaatlarini to‘g‘ri tushunadigan, idrok etadigan о‘quvchilarni aniqlashdan iborat. Kelgusida shu о‘quvchilar jamoaning o‘zagini tashkil etadi. Demak, bu bosqichda о‘quvchilarni yaxshilab o‘rganish ham kerak. Jamoada umumiy intizomning qaror topishi bilan birinchi bosqich yakunlanishi mumkin.



Jamoaning yaxshi a’zolari defektologning talablariga bo‘ysunadilar. Ammo, tashqaridan intizomli bo‘lib ko‘ringan о‘quvchilar pedagogik ishlarimizning asosiy maqsadi emas. Bu bevosita keyingi izchil ishlarimizga poydevor bo‘la olishi mumkin. Shu tariqa jamoaning shakllanishida ikkinchi bosqich boshlanadi. Makarenkoning A. S. ta’kidlashicha, bu bosqichda bolalar faollari jamoaga talablar qo‘ya boshlaydi. Demak, jamoada pedagogik rahbarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmay, balki faollar orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichdagi jamoa shunchaki yuzaki, maqsadsiz birlashgan о‘quvchilar emas, balki o‘zlarining hayotiy masalalarini mustaqil yechadigan bolalar guruhidir. Bu bosqichda faollar bilan, o‘z-o‘zini boshqarish a’zolari bilan, birlamchi jamoa bilan zarur pedagogik ishlarni amalga oshirish kerak. Faollar bilan ishlashning mohiyati shundaniboratki, ulardan defektolog, tarbiyachilarning talablarini quvvatlashgina emas, balki butun sinfni o‘z orqalaridan yetaklay bilish talab etiladi. Bunday murakkab vazifani bajarish oddiy ish emas. Buning uchun qat’iy birlashgan, fikrlar birligiga ega bo‘lish kerak.

Shu taxlitda faollarning jamoa hayotidagi roli ortib boradi. Yordamchi maktab hayotida aslida birinchi va ikkinchi bosqichlar bir-birlariga aralashib, kirishib ketadi. Ammo, bu bosqichda asosiy e’tibor faollarda prinsipiallik, ijtimoiy faollik, jamoa ishiga sodiqlik tarbiyalashga qaratilishi lozim. Birlamchi jamoani to‘g‘ri tashkil eta olish keyingi bosqichlardagi muvaffaqiyat garovidir. Shunday qilib, jamoa tarbiyalashdagi ikkinchi bosqich murakkab bosqich bo‘lib, o‘z-o‘zlarini boshqarishga o‘tish bilan belgilanadi.

Jamoaning rivojlanishidagi uchinchi bosqich o‘zi ning sermahsulligi, asosiy bosqich ekanligi bilan ajralib turadi. O‘zaro faoliyatda qatnasha turib, о‘quvchilar jamoa ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirib boradilar. Jamoa faoliyati umumiy maqsad asosida bajarilayotgani uchun о‘quvchilarning o‘zlari tashkilotchilar sifatida harakat qiladilar. Faoliyat natijasida umumiy javobgarlik, umumiy munosabat yuzaga keladi.

Bu bosqichda jamoa o‘z talablarini har bir alohida shaxsga qaratadi. Bundan alohida shaxsni qiynash, unga tazyiqo‘tkazish fikri kelib chiqmasligi darkor. Lekin bu hol ba’zan uchrab turadi. Har bir о‘quvchining jamoadagi o‘rni, uning xulqi, qiliqlari jamoa talablari bilan belgilanadi. Voqealarga baho berishda umumiy tajriba, yagona fikrning yuzaga kelishya uchinchi bosqnchning xarakterli belgisqsir. Umumiy ishlarga qiziqish, birgalikdagi harakatlarga tayyor turish shu bosqichga xosdir. Bu bosqichdagi pedatogik ishlar asosan ikkita bir-biriga bog‘liq vazifani hal etadi. Bularga ijtimoiy, umumiy fikr va an’analar tarbiyalash kiradi. Jamoada an’analarning borligi shu bosqichning shakllanganligidan darak beradi. Uning umumiy tarbiya jarayonida ahamiyati nihoyatda katta. haqiqiy an’analar qiyinchiliksiz, oson amalga oshiriladi. Agar an’analar buzilsa, unga nisbatan qoniqmaslik holatlari kuzatiladi.



Qator an’analar faqatgina mohiyati bilangyna о‘quvchilar diqqatini jalb etib qolmasdan, balki jonliligi, rangdorligi bilan ham bolalarni o‘ziga tortadi. Jamoadagi an’analar jamoa hayotiy tajribalarining chuqurligi, darajasini bildiradi. Shu sababli an’analarni sun’iy ravishda kiritish mumkin emas.

Jamoa taraqqiyotidagi to‘rtinchi bosqich bevosita uchinchi bosqich davomi hisoblanadi. Har bir o‘quvchi jamoaga tajribasi asosida o‘ziga talablar qo‘yadi. Jamoaning axloqiy normalarini bajarish har bir o‘quvchining shaxsiy ehtiyojiga aylanadi. Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tadi. Jamoa hayotini shunday tashkil etish kerakki, uning har bir a’zosi o‘z qobiliyatlarining maksimal ro‘yobga chiqishiga harakat qilsin.

Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, bolalar, bolalar jamoasini tarbiyalash uzoq vaqt talab etadigan pedagogik jarayon ekan. Maxsus maktabgacha muassasalardagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshnrishda ham jamoa juda katta ahamiyatga ega. Aqli zaif о‘quvchilar shaxsini tarbiyalashda jamoa katta imkoniyatlarga ega. Normal о‘quvchilar bilan olnb boriladigan jamoaga oid barcha ishlar, yordamchi maktablarda qator obektiv sabablarga ko‘ra amalga oshirilmaydi. Defektolog, tarbiyachilar har bir bolaning psixofizik imkoniyatlarini bilgan holda uni jamoaga kiritib boradi. О‘quvchilar o‘rtasida o‘rtoqlik vujudga keltirish uchun defektolog, tarbiyachilar ular bilan maxsus ish olib boradilar. Ularni o‘zaro yordamga chaqiradilar, o‘rtog‘i to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga o‘rgatadilar. Ular bilan umumiy o‘yin, suhbatlar tashkil qiladilar, do‘stlik temasiga oid ishlar olib boradilar. Shular natijasida bolalardagi odamovilik, uyatchanlik yo‘qolib boradi. Bolalarda bir-birlariga do‘stona munosabat yuzaga kela boshlaydi. Bolalar jamoat ishlariga jalb etiladilar. Dastlab о‘quvchilarga alohida topshiriqlar berilsa, keyinchalik ijtimoiy topshiriqlar berib boriladi. Shu tahlitda har bir о‘quvchi jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘la boradi. Faol bolalar asta-sekin boshqa о‘quvchilarga ta’sir etishib, ulardan ijtimoi joylarda intizom, xulq-atvor qoidalariga amal qilishni talab qilib defektolog, tarbiyachilarga yordam bera boshlaydilar.

Jamoada qatnashish tufayli ilgari maxsus yordamchi maktab o‘quvchisiga tushunarsiz bо‘lgan ko‘pgina axloqiy tushunchalar ular tomonidan o‘zlashtirib boriladi. Aqli zaif о‘quvchilarda jamoaga qo‘shilish uchun ehtiyoj tarbiyalash zarur. O‘quvchi sinf va maktab jamoasi hayotida ishtirok eta borib, o‘zidagi bir qator nuqsonlarni yengib boradi. Nuqsonlarga jamoa orqali ta’sir qilish ulardaga aqliy, jismoniy, shaxsiy yetishmovchiliklarni bartaraf etishda samarali hisoblanadi.

Jamoani tashkil etish mashg‘ulotda va mashg‘ulotdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy jarayonning bir qismihisoblanadi. Bolalar jamoasiga qanchalik ko‘proq tayanilsa, shunchalik ko‘p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Darslarni, kun tartibini, bolalar o‘yinini tashkil etish puxta o‘ylab olib borilsagina, bolalarning jamoaga jipsroqbirlashishiga yordam beradi. Yordamchi maktabda defektologlar va sinf rahbarlarining vazifasi sinfda, maktabda tashkilotchilik vazifalari ko‘pchilik о‘quvchilar qo‘lida bo‘lgan o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini vujudga keltirishdan iborat.

Jamoaning mavjudligi aqli zaif о‘quvchilarda jamoa sharafi, o‘rtoqlarcha birdamlik, boshqalarga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish, yuksak axloqiy tuyg‘ular shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagog jamoa insonparvarlik munosabatlari, o‘rtoqlarcha manfaatdorlik, bir-birlariga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, sinfdagi o‘rtoqlarigagina emas, balki boshqa jamoa a’zolariga ham yordam berishga tayyor turish bilan xarakterlanadi. Sinfda vujudga keltirilgan sog‘lom jamoatchilik fikri о‘quvchilar jamoasida ayrim о‘quvchilarga yoki о‘quvchilarning ayrim sinflariga ta’sir ko‘rsatishda yordam beradi.

Pedagog jamoani vujudga keltirish birmuncha uzoq davom etadigan jarayondir. Jamoada bolalar tashkilotchilik malaka va ko‘nikmalarini egallab boradilar, o‘rtoqlarining xatti-harakatiga axloqiy jihatdan baho berishga o‘rganadilar. Yordamchi maktab jamoalar umum maktab jamoasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan taqdirdagina tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshiradilar. О‘quvchilarni shunday faoliyatga jalb etish kerakki, bu faoliyat ularda jamoa kamchiliklarini birgalashib yo‘qotishga doimiy intilishni keltirib chiqarsin. Yordamchi maktab jamoa faoliyatini tashkil etishda bolalarning yosh xususiyatlarini va rivojlanish darajasini hisobga olish lozim. Har qanday faoliyat turlari jamoaning vujudga kelishiga yordam bermaydi. Avvalo faoliyat aqli zaif о‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi kerak. Faoliyat turlariga mumkin qadar ko‘proq o‘yin elementlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. O‘quv faoliyati o‘z mazmuni, ta’lim usullari bilan sinfda uyushgan bolalar jamoasini shakllantiryshga yordam beradigan tarzda tashkil etilishi lozim.

Yordamchi maktabda o‘yin о‘quvchilar jamoasini jipslashtiradigan va rivojlantiradigan asosiy faoliyat turlaridan biridir. О‘quvchilar o‘yiniga e’tibor bilan razm solinsa, ularning o‘yinlarida kattalar dunyosi qanday aks etishini, ular o‘yin orqali atrofdagi voqelikni qanday bilib olayotganliklarini ko‘rish mumkin. Yordamchi maktabglardagi o‘yin faoliyatining qimmati shundaki, o‘yin jarayonida aqli zaif bolalar ko‘pincha turli qiyinchiliklarni yengadilar, o‘z harakatlarini boshqarishni o‘rganadilar, dovyurak, irodali bo‘lib boradilar. Ijodiy va mazmunlilarda yordamchi maktab bolalarining barcha jarayonlari bilan birgalikda shakllanib boradi. Yordamchi maktabgi pedagog hech qachon о‘quvchilarning o‘yinlariga befarq bo‘lmasligi kerak. «O‘yin, shuning uchun xam o‘yinki, u bolalar uchun sof mustaqil faoliyatdir» degan Ushinskiy K.D. Shu sababli, bolalarning o‘yinashiga bo‘lar-bo‘lmasga aralashavermaslik darkor.


XULOSA

Yordamchi maktab aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy xayotga tayyorlash muxim axamiyat kasb etadi. Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy xayotga tayyorlash orqali shaxsini to‘g‘ri kamol toptirishga kompleks yondashuvni ta’minlaydi, u milliy g‘oyaviy, mexnat va axloqiy tarbiyani qamrab oladi, xamda mexnatga, atrofdagi kishilar turmush tarziga to‘g‘ri munosabatda namayon bo‘luvchi faol nuqtai nazarga ega bo‘lgan xar tomonlama uyg‘un rivojlangan shaxsni tarbiyalab yetishtirishga yordam beradi. Bu jarayon yordamchi maktab о‘quvchilarining yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich xamda darajalariga egadir.



О‘quvchilarni ijtimoiy xayotga kichik yoshdan boshlab tayyorlab borsak yoshi katta bo‘lgan sari uni xayotda o‘z o‘rnini topishi osonroq kechadi. Aqli zaif о‘quvchilarni ijtimoiy xayotga tayyorlash ishlarini o‘yin asosida olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


Download 53,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish