Ibn Sino qadriyatga aylangan xalq o’yinlari vositasida jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni hamda uning mohiyatini gigiena, sog’liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib boradi



Download 0,73 Mb.
Sana12.05.2022
Hajmi0,73 Mb.
#602438
Bog'liq
1.2 paragraf


1.2. Sharq mutafakkirlarining sport o’yinlari va ularning tarbiyaviy ahamiyati haqidagi qarashlari
O’zbek milliy xalq o’yinlari va sportining paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganishda Sharqning ulug’ mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Sayyid Amir Kulol, Amir Temur, Alisher Navoiy, Xusayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa tabarruk allomalarning qoldirgan moddiy va ma’naviy merosini amaliyotiga tatbiq etish va o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammodir.
Sharq Renessansi (IX-XII asrlar) davrida xalq o’yinlari vositasida yoshlarni jismoniy barkamollik, jismoniy madaniyatga bo’lgan munosabatni tahlil qilganda, qomusiy olim Abu Ali Ibn Sinoning bildirgan fikr-mulohazalari qimmatli sanaladi. Allomaning 30 dan ortik tibbiy asarlari shu kungacha yetib kelganligi ma’lum. Ularning barchasida muallifning jismoniy mashqlarga oid ilg’or fikrlari, amaliy mashqlar mazmuni va ularning ahamiyati aks ettirilgan.
Ibn Sino qadriyatga aylangan xalq o’yinlari vositasida jismoniy mashqlarning shakli va mazmuni hamda uning mohiyatini gigiena, sog’liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib boradi . Bu esa har bir insonning jismoniy mashqlar bilan qachon va qaysi tartibda shug’ullanishini belgilab bergan. Ibn Sinoning jismoniy mashg’ulotni kishining yoshiga, jinsiga, sog’-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda o’tkazish kerakligi haqidagi g’oyalari juda qimmatlidir. SHuningdek, bolalik, o’smirlik, yigitlik va qarilik chog’larida kishi jismoniy mashg’ulotga turlicha munosabatda bo’lishi kerakligi tug’risidagi masalalarni alohida uqtiradi. Bu ilmiy, ta’limiy meros jahon xalqlari jismoniy madaniyati tarkibiga singib ketgan ijtimoiy turmush voqeligidir, desa bo’ladi. Bu merosni barcha oilalar, ayniqsa mahalliy millat vakillari, shuningdek, barcha tarbiyaviy maskanlar, o’kuv yurtlarida qayta-qayta o’rganish lozimdir. Ibn Sino ta’limining eng yuksak va hayotiy jihatlaridan biri shundaki, u badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ihtiyoriy harakat ekanligi, mu’tadil ravishda va o’z vaqtida badan tarbiya bilan shug’ullanuvchi odam buzilgan hiltlar tufayli kelgan kasalliklarning va mijoz hamda ilgari o’tgan kasalliklar tufayli kasalliklarning davosiga muxtoj bulmasligini asoslab bergan1. U ko’proq xalq o’yinlaridan foydalangan. Jumladan
U badantarbiya turlarini asosan ikki guruhga bo’ladi:

  1. Odamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari;

  2. Maxsus badantarbiya harakatlari.

Buyuk olim badantarbiya deganda, asosan, maxsus harakatlarni nazarda tutadi. Shu sababdan badantarbiyaning turlari juda kup bulib, ular tez, nozik, yengil harakatlar bilan bajarilishini eslatadi. Bu albatta ilmiy nuktai nazardan olganda, xar bir shug’ullanuvchi uchun muhim sanaladi.
Ibn Sino tortishish, mushtlashish, yoydan o’q otish, tez yurish, nayza otish, osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik, nayzabozlik va otda yurishlar badantarbiyaning tez bajariladigan turlariga kirishini aytadi. Nozik va yengil harakatlarga arg’imchoq uchish, belanchakda tik yoki yotib uchish, qayiq va kemalarda sayr qilishni kiritadi. Badantarbiyaning kuchli turlariga kishining soyasi bilan olishishi, katta va kichik koptoklar bilan chovgon o’ynash, kurash, tosh kutarish, chopayotgan otni jilovidan tortib to’htatish kabilarni kiritadi.
Ibn Sinoning tavsiyasiga ko’ra, badantarbiya vaqtida tez va shiddatli harakatlarni yengillari bilan doim almashtirib turish, shuningdek, ma’lum bir harakatni uzoq vaqt bajarmaslik uslublarini o’rgatadi2. Bu esa bugungi kunda maktab o’quvchilarini sog’lom avlod qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tan olish kerakki, bundan ming yillar oldin amaliy tajribada sinalgan va ilmiy jihatdan asoslangan bu jismoniy (badan) tarbiya xalqaro sport harakatining muhim mezonlariga aylanganligi barcha sport turlari buyicha murabbiylarni lol qoldiradi.
Umuman olganda, Ibn Sinoning jismoniy tarbiya sohasidagi ilmiy tavsiyalari hamda ularning tarixiy mohiyatlarini chuqur o’rganish, uni insonlarning yoshi, jinsi, ijtimoiy turmush sharoiti va e’tiqodlariga qarab qo’llash usullarini hozirgi davr talabi asosida keng ommalashtirishni yo’lga solmoq zarur. Buning uchun esa, eng avvalo, jismoniy tarbiya ta’limini aholi o’rtasida keng targ’ib qilish, uning inson salomatligini yaxshilash hamda jismoniy kamolotga eltuvchi mohiyatlarini barcha kishilar ongiga singdirish lozim bo’ladi.
Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” kitobida milliy o’yinlar bilan birgalikda milliy kurashga ham alohida e’tibor qaratadi. Kurash insonning ruhiy va jismoniy holatida alohida ahamiyat kasb etishiga urg’u bergani bejiz emas. Kurash turlari xam bir nechadir, deydi u: “Ulardan bir ikki kurashuvchining har biri o’z raqibining belbog’idan ushlab o’ziga tortadi, shu bilan birga, kurashuvchi o’z raqibidan qutulishning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa uni qo’yib yubormaslikka xarakat qiladi”.1
Kurash turlariga yana ko’krak bilan zarbani qaytarish, ikkinchi bor kishining bo’ynidan ushlab pastga egish, bir-birovining oyoqlarini o’z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib yoki oyoqlar bilan ikkinchisining oyoqlarida turib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar ham kiradi.
Pahlavon Mahmud olim, shoir, kuragi yerga tegmagan pahlavon, shu bilan birga po’stindo’z va telpakdo’z usta bo’lgan. Pahlavon Mahmud haqida jud ko’p rivoyatlar bor. Bu rivoyatlarni xalqimiz duru gavhar kabi asrab kelmoqda.
Naql qilinishicha, Pahlavon Mahmud Eron va Hindistonda ancha yillar yashagan. Ma’rakalarda kurash tushgan va uni hech kim yenga olmagan. Pahlavon Mahmud oliy himmat mard, sahiy, vatanparvar inson bo’lgan.
Jismoniy madaniyat va inson salomatligi va xalqning milliy qadriyatlarini e’zozlagan Amir Temur qarashlarida ham o’z ifodasini topgan.
Ko’plab tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Amir Temur yoshligidan harbiy mashqlarga nihoyatda qiziqqan, bir necha bor urushlarda qatnashib tajriba orttirgan va mohir jangchi bo’lib yetishgan. Shuningdek, farzandlari Jahongir, Mironshox, Umarshayx, Shoxrux Mirzolar xamda nabiralari Pirmuhammad, Halil Sulton, Muhammad Sulton va Mirzo Ulug’beklarga ham jangovarlik sir-asrorlarini bevosita o’zi janglarga tayyorgarlik paytlari hamda katta jang jarayonida o’rgatgan .
«Temur tuzuklari» asarida piyoda va otda jang qilish, qilichbozlik va nayzabozlik, jangchining harbiy va jismoniy jihatdan tayyorgarligi, eng baland tog’lardan oshish, daryolarni kechib o’tish hakida batafsil bayon qilingan3. Amir Temurning Boysun, Hisor, Hindikush tog’lari, Turkiston, CHotqol, Kavkaz, hozirgi Qozog’iston va Rossiya hududlaridagi cho’llar, vodiylar hamda Sirdaryo, Amudaryo, Dajla, Ganga va boshqa daryolardan kechib o’tishi uning jismonan baqquvvat bo’lganligidan dalolat beradi. Bir necha kunlab tinmay piyoda yurish, qilich, nayza, to’qmoq, hanjar va boshqa qurol- aslahalarni ishlatish, dushmanni yengishda oyoq, qo’l, gavda kuchlari, epchillik, chidamlilik, tezlik, hushyorlikni talab etgan. Fursat kelganda raqibi bilan yelkama-elka ushlashib, kurashib uni yiqitish, taslim qilish uchun qanchadan- qancha amaliy kuch, mahorat, uddaburonlik, jasurlik kerak bulgan. Amir Temur bularni o’zining amirlari, lashkarboshi, mingboshi, yuzboshi va jangchilariga o’zi o’rgatgan, shogirdlar tayyorlagan. Otda jang qilishda qilich, nayza, kamon-yoy, to’qmoq, kaltak, qamchi, arqon va hokazolardan foydalangan. Bu qurollar bilan jang qilish oson bulmagan. Har bir jangchi kuchli, epchil, jasur va mergan bo’lgan. To’g’ri kelganda yakkama-yakka ot ustida olishuv, tortishuv, ag’darish, savalashish kabi tabiiy harakatlardan ham mardonavor foydalanganlar. Askarlarning dam olish paytlarda, ularni poyga, kurash, qilichbozlik, ko’pkari kabi mashg’ulotlar bilan shug’ullanishga da’vat etgan.
Shaharlardagi qal’alarni egallashda narvon, arqondan osilib chiqish, tushish usullaridan keng foydalanganlar. «Amir Temur» tarixiy romanida tog’dagi yurish va janglar hakida shunday deyiladi: «Hammayok yahmalak edi. SHuning uchun ba’zilar arqon, narvon vositasida, arqoni yo’qlar sirpanib daraga tushdilar. Xazrat sohibqiron maxsus o’zi uchun yasalgan bir yuz ellik gazlik cho’p narvon yordamida daraga tushdi, ertasi kuni quyosh tof urmasdan, yana bir tog’ cho’qqisiga ko’tarildilar. Yana ikki kun shu tariqa kechdi»4. Tezkor va katta daryolardan kechib o’tishda Amir Temur quttini meshlar, yog’ochlardan yasalgan sollar, arqon tortib undan ushlashib o’tish usullari va boshqalardan foydalanganlar. Jangovarlik faoliyatida tof, o’rmon, sahrolarda, ayniqsa kechasi va tuman kunlarida manzilni adashmay topib borish, chamalay bilish, quyosh, oy, yulduz, soya, shamol va boshqa omillardan foydalanishni yaxshi bilgan. Umuman olganda, Amir Temur faoliyatida harbiy-jismoniy mashqlardan foydalanish eng ustuvor yo’nalish va tadbirlardan biri bulgan.
O’zbek xalqining ulug’ sarkardasi va davlat arbobi Amir Temur o’z askarlarini ruhan chiniqtirish va jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsadida kurashdan foydalangan. Ma’lumki Amir Temur armiyasi zamonasining eng qudratli va yengilmas qo’shini bo’lgan. Amir Temur o’zi jasur, qo’rqmas, sheryurak paxlavon bo’lgan. «Temurnoma» da Amir Temur Qilich Arslon o’rtasidagi kurash zikr etilgan. Amir belidan tutib ikkovlari, yayovlik xolda kurashadilar.Lekin amirni bir qulu bir ayoqlari shundoq bo’lsa ham kech vaqtgacha kurashadilar. Amirning holi ziqlikka olib, iltijoda bo’ldilar va quyidagi baytni aytdilar:
Qo’lim oling, yo pirim,
Menda quvvat qolmadi,
Yo’lga soling, yo pirim
Menda g’ayrat qolmadi.(18)
Amir Temur qo’shinida sheryurak yigitlar asosiy qismni tashkil etgan. U yosh pahlavonlarni tarbiyalash, ularni haqiqiy kurashchi, yetuk sportchi darajasiga yetkazishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. Askarlar o’rtasida Kurash musobaqalari muntazam o’tkazib turilgan. Amir Temur ulug’ zafarlari sharafiga davra kurashini tashkil etgan. Polvonlar o’z kuch qudratlarini karnay-surnay sadolari ostida belashuvda namoyish etishgan. Polvonlarning dam olishi vaqtida kurash maydonida yoki davrasida qo’chqor urishtirish, qiziqchi va baxshilarining chiqishi bo’lgan. SHundan so’ng, polvonlar kurashni yana davom ettirishgan. Qadimgi urf-odatlar bo’yicha polvonlar xalq oldida g’irrom o’ynamaslikka, o’yin qonun-qoidalariga rioya qilishga, umuman halol kurashga tushishga qasamyod qilganlar. Qasamyod marosimida qatnashmaganlar o’yinga qo’yilmagan. Polvonlar el- yurtning g’ururi or-nomusi va faxridir.
O’zbek xalqining ulug’ mutafakkiri, donishmandi Alisher Navoiy jahon adabiyotining ulug’ siymolaridan biridir. Mangu ziyo taratayotgan allomaning asarlari bugungi istiqbolli kunimizda, har bir fan soxasi uchun bitmas-tuganmas ummon bulog’i bo’lib hizmat qilmoqda.
Ulug’ mutafakkirning «Farhod va Shirin» asarida qator xalq o’yinlari va sport turlari atamalari uchrashi, o’yin turlarining tavsifi shu o’yin turi bilan bog’lik lavhalar, baxslashuvchilarning qiyofasi, siyrati chizib berilgan.
Alisher Navoiy kuch sinash bilan bog’liq bo’lgan, qo’l kuchi ishlatiladigan o’yin turlariga “Zo’ri” atamasini qo’llagan. Masalan, Farhod bolaligidan harbiy-sport mashg’ulotlarining hammasi bilan qiziqqan va shug’ullangan. Jismoniy xarakatlarining murakkab, jasorat ko’rsatish bilan bog’liq qiyin turlariga ,,Dilovarlig’,, degan atamani ishlatgan. Farhod ma’naviy bilimlarni egallab, o’qib, o’rganib bo’lgandan so’ng, dilovarlik sirlarini ham yuqori darajada egallashga intilgan.
O’lim avroqi chun bir-bir yopildi,
Dilovarlig’ sipoxi mayli qildi.
Farhod nishonga aniq tekkazish, ya’ni tiyranbozlik, nayzabozlik, qalqonbozlik kabi mashq turlarida hammani hayratga solgan. SHarqdan turib Mag’ribdagi nishonni urgan. Qilichi bilan yer yuzida yorliqlar paydo etgan, tog’larni kul-kul qilgan. Navoiy undagi shiddatkorlik, kuchlilik, aniq mo’ljalga olish, harbiy qurol-aslahalarni ishlatishdagi tadbirkorlik va epchillik hususiyatlarini ajoyib mubolag’alar bilan ifodalangan.
XV asr mutafakkirlaridan biri atoqli olim va adib, buyuk axloq muallimi Xusayn Voiz Koshifiy ham o’zining «Futtuvvatnomai Sultoniy yoki Javonmardlik tarikati», «Anvori Suxayli», «Javohirnoma», «Kitobi xotamnoma» kabi asarlarida javonmardlik, sog’lom fikrli komil inson to’g’risida, jismoniy barkamollikni ifoda etuvchi odob-axloklar va turli hunarlar haqida ibratli fikrlar bayon etilgan. Jumladan, u kurashni odamlar ko’p qiziqadigan hamda sultonlar, shoxlarga maqbul bo’lgan hunarlardan deb ta’riflaydi. Uning fikricha, bu ish bilan shug’ullanuvchi kishilar har qanday vaziyatda to’g’rilik va poklik qonuniyati bilan yashaydilar.
Kurashning ma’nosi odamzod hilqatidan kelib chiqadi, chunki unda maqbul va nomaqbul axloqiy sifatlar orasida doimiy kurash boradi, demak, kurash uni ifoda etadi. Kurashning asl mohiyati ushbu hunarning ilmidir. Masalan hayvonlarda kuch ko’p, ammo ularda ilmu donish, ya’ni insoniy fazilat yo’q. Insonda kuch bilan ilm qo’shilganda e’tibor va tahsinga sazovor bo’ladi. Ustoz alloma kurash tushishni amal bilan zich bog’liq ilm deb belgilaydi. CHunki kurash tushish san’atida ilmga amal qilmaslikning iloji yo’q. Bunda bilim va amal bir-birini bezaydi, to’ldiradi, bir-biriga madad beradi.
Xusayn Voiz Koshifiy kurashni tarbiya maktabi deb atagan. Kurash shunchaki sport turigina emas, balki insonning jismoniy, ma’naviy kamolotga erishish vositasidir. Alloma pahlavonlik hususiyatlari sifatida baquvvat, jussa-gavdali, shirin tilli, qo’rqmas yurakli, yetuk aqlli, sabrli, ilmli, sahiy, nozi-ne’mat dasturxoni ochiq bo’lishi kabilarni ko’rsatib o’tadi. Ushbu maktab tarbiyalanuvchilarini, maydon ko’rganlarni esa quyidagicha ta’riflaganlar:
Kurashni to’liq o’rganishni istagan har bir yigit yoki qiz uning qonun-qoidalariga, etikasi va axlok-odob tamoyillariga rioya qilmoqliklari zarur. U o’z hatti-harakatlari va axloqi bilan hech qachon o’z vatanining va albatta kurashning obro’sini to’kmasligi kerak hamda hayotining oxirgi daqiqasigacha xalqiga, yurtiga, kurashiga har qanday holatda ham sodiq qolishi kerak.
Kurash irodani toblaydigan, kishini halollik sari intilishga undaydigan, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengib o’tishga o’rgatadigan, inson qalbida g’alabaga ishonch, g’urur va iftixor tuyg’ularini shakllantirishga hizmat qiladigan shiddatkor hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga, istiqbolli yoshlarning barkamol bo’lishida o’zining benazir hissasini qo’shadi. Zero polvonlik falsafasi kishini komillik sari yetaklaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining «Boburnoma» asarida harbiy yurishlarni bayon qilar ekan, manzilgoxda polvonlar kurashga tushgani, qayiqchi polvon Loxuriy Do’sti bilan Yosinhayr degan polvon ikkalasi uzoq kurashgani, bu kurashda Do’sti raqibini juda qiynalib yiqitganini yozgan. Safarning birida Odampur orolida Sodiq bilan Kulolni kurashga tushurmoqchi bo’ldik, deb ta’riflaydi Bobur. Ammo Kulol pahlavon yigirma kun muhlat so’ragan ekan. Kurashga muhlat etib kelganda Sodiq yaxshi kurashgan va raqibini oson yiqitgan. Sodiqqa o’n ming tanga, egarlik ot, bosh-oyoq va tugmali chaqman berilgan. Bobur Kulolga ham sarpoy va uch ming tanga in’om qilinganini, Sodiq Ulug’ Udiyni ba’zur yiqitganini ham tilga olgan. Pahlavonlarning orasida Soqi Muhsin degan polvon juda mohir kurashchi bo’lgan. U bir yo’la to’rt-besh kishi bilan kurashgan. Bir bilan kurashganda yiqilayotgan, ammo yiqitgan. Kurashga ikkinchi marta SHodmon bilan tushgan va uni ham yiqitgan. SHundan keyin boshqa kurashchilar ham birin-ketin kurashga tusha boshlagan.
Bobur o’sha davrning mashhur polvoni Muhammad Saidga yuksak baho berib, uni tengi yo’q pahlavon, deb atagan. Bobur o’z zamondoshlaridan boshqa kishilarga yuksak baho bergan. Mana, dalillarga murojaat qilaylik. Islim turk kishi edi O’ttiz-qirq botmon (botmon og’irlik o’lchovi)yoyni kuch bilan otib, taxtadan o’tkazar edi. Qaboq aydonida, maydon boshidan ot chopib, yoyni otib, qaboqni urar edi. Bobur Muhammad Said Urus Ulug’bek yaxshi otadigan yigitlardan bo’lib, yoyi qattiq tortishini, o’qini yaxshi otgani, kamoni qirq botmon bo’lganini, uning jasurligini ta’kidlagan. SHuningdek, Xasan, Yoqubbek mardona kishi bo’lib, uning nayzani yaxshi sancha olganini, chovganni yaxshi o’ynaganini aytgan.
Bobur yoshlikdan har tomonlama mashq qilganligi uchun baquvvat, jasur va iste’dodli bo’lgan. SHu tufayli harbiy san’atga juda ham qiziqqan. U tabiatan qo’rquv va sarosima nimaligini bilmagan. Ingliz olimi Eduar Xoldin (XIX asr) Boburga baho berib: «Bobur insonlar ichida eng botiridir». Deydi: «Aytish mumkinki, Bobur botirligining chekki bo’lmagan: uning butun hayoti jasorat namunalari bilan to’lib-toshib yotibdi. Faqat o’zining ikki yuz kishilik qo’shini yordamida Samarqandda o’zining 15 minglik askari bilan mustahkamlanib olgan SHayboniyga hujum qilishga jur’at eta oladi: Faqat jur’at etibgina qolmadi, balki qal’adan haydab yubordi. Bobur Ibrohim Ludiy qo’lidan qudratli Hindistonni hech narsaga arzimaydigan qurol yordamida tortib olgan va boshqalarni alohida qayd etish mumkin.
Marakaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari adabiy merosida e’zozlangan milliy o’yinlar va jismoniy tarbiya to’g’risidagi dono fikrlari bugungi o’quvchilarni barkamol shakllangan insonlar qilib tarbiyalashning asosi bosh mezoni bo’lmish sport tarbiyasiga alohida e’tibor berishgan. Darhaqiqat, sharq mutafakkirlarini asarlarini o’rganish va shu asarlar orqali yosh avlodda jismoniy barkamollikni shakllantirishni ta’minlaydi.
Xalq o’yinlari bir necha yo’nalishlarga ega bo’lib, ularning tarkibida raqslar, laparlar, aytishuvlar va juda ko’p janrlardagi sa’nat ancha ustun turadi shuningdek, ular qatorida qadimgi ajdodlardan meros bo’lib kelayotgan harakatli o’yinlar va sportga xos o’yinlar juda ko’p . SHulardan biri milliy kurashdir.
Bugun jahon nigohiga tushib, dovrug’ va shuhrat qozonayotgan, millionlarni o’ziga mahliyo etgan kurash ham jahonning yuksak ma’naviy qadriyatlardan biri sifatida o’zining chuqur tarixiy ildizlariga egadir.
Tarixshunos va faylasuf olimlarning olib borgan tadqiqotlari, izlanishlari va arxeologik ilmiy qidiruvlari, kuzatishlari natajasida topilgan ashyoviy dalillar Kurashning yoshi kamida 2,5-3 ming yildan ziyodligini isbotladi.
Surxon, Zarafshon vohalari hamda Farg’ona vodiysining bir qator qadimgi aholi manzilgohlarida aniqlangan noyob topilmalar, asori-atiqalar, qoyalarga bitilgan tasviriy san’at namunalari ham bunga to’liq shohidlik beradi.
Kurashimiz tarixini ilmiy isbotlab beradigan 6 ta topilma ashyoviy dalil mavjud.Jumladan:
Panjikentdan topilgan kurashayotgan ikki pahlavonning devoriy rasmi (1-rasm) So’g’diyona davlatchiligiga, ya’ni o’rta asrlar davriga oid noyob yodgorlik sanaladi5.

Shunday ashyolardan yana biri tsilindir shaklidagi sopol idish bo’lib, u qadimgi Baqtiriya (Janubiy O’zbekiston) hududidan topilgan. Uning bir parchasida ikki kurashchi va ulardan o’z raqibini yog’idan chalayotgani tasvirlangan. Yana bir idish gardishidagi haykalchalarda ham pahlavonlarning qo’llarini ko’tarib kurashga shaylanayotgan holati o’z ifodasini topgan. Bu idishlar bronza davriga oid bo’lib, u kurashining tarixi yanayam ko’proq, ya’ni 3,5 ming yil ekanligidan guvohlik beradi.


Navbatdagi topilma bronza davriga oid ikkita ot to’qasidir. Kurash usullari tasvirlangan har ikkala to’qa, professor M.P. Gryaznovning yozishicha, sak-skif qabilalarning ma’naviy qarashlari ruhida ishlangan bo’lib, ko’chmanchilik davrining dastlabki bosqichlariga oiddir.
Millodiy birinchi ming yillikning o’rtalariga oid kumush cho’mich gardishi sirtida ham ikki pahlavonning kurashimizga xos olishayotgan xolati tasvirlangan (2-rasm)6.

Samarqand yaqinidagi Chelak qishlog’idan topilgan ashyolar ham o’tmishdan sado beradi. Geometrik naqshlar solingan ushbu idishlar orasida kumush dastali qadoqcha, ayniqsa e’tiborini tortadi. Uning pastki sirtida ikki pahlavon xuddi o’zbek kurashi uslubida olishayotgani ifodalangan. Mazkur topilma ilk o’rta asrlar davriga oiddir. Etnograflarning tadqiqotlariga ko’ra, eng qadimgi doston, ertak va rivoyatlarda hamda kurash haqida rivoyatlar uchraydi. Ularning mazmuniga diqqat qilsangiz, matriarxat davriga tegishli ekanligiga amin bo’lasiz. Bundan kelib chiqadiki, o’zbek kurashining tarixi 5 ming yil oldingi moziyga borib taqaladi.


Sport tajribasi olib borgan tadqiqotlarimiz, kuzatib o’rganish orqali olgan ma’lumotlarimiz va tahlil natijalarimiz shuni ko’rsatadiki kurash kishi organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ma’naviy tarbiyalanadi.O’zbek xalqi hayotida kurash an’ananasining uch turi mavjud bo’lgan. Uning eng dastlabkisi jismoniy mashq sifatida-ekzogam nikoh marosimiga bog’liq xolda yuzaga kelgan. Nikoh marosimida bo’lajak kelin-kiyovning kurash tushushishini o’sha davrdagi hukmron ayollar uyushtirgan. Bu hodisa matriarxat saltanatining erni sinash va tanlash huquqi zaminida kelib chiqqan.(3 rasm).

M.O.Kosvenning 1980 yilda chop etilgan “Ibtidoiy madaniyat tarixidan ocherklar” nomli asarida yozilishicha, matriarxat munosabatlar davrida niqoh ko’pincha erning emas, balki ayol tashabbusi bilan tuzilgan. Zamonlar o’tishi bilan mazkur an’ananing shakli o’zgargan. Endigina paydo bo’la boshlagan patriarxat munosabatlarga qarshi ziddiyatlar ham aynan shu zamonda yuzaga kelgan. Keyinchalik esa qizlar o’zini yakkama-yakka jangda yenggan yigitga turmushga chiqqanlar. Undan tashqari Sarmishsoy (Navoiy viloyati Navoiy tumanida, Nurota tizmasining Qoratog’i)da saqlangan qadimgi petrograflarida (Qoyatosh rasmlari) ayollar nihoyatda bo’liq va zabardast, erkaklar esa jismonan chog’roq va og’irroq tasvirlangan. Bundan olis o’tmishda ayollar erkaklardan nisbatan ancha baquvvat bo’lganligi anglashiladi. SHuningdek, pahlavonlar aslida jismonan baquvvat ayollardan tug’ilishi aqidasi ham xalq tarixiy xotirasida onaboshlik (matriarxat) davridan saqlanib qolgan. Jumladan, turkiy xalqlar tarixida ayol podshohlar o’tganligi haqida ma’lumotlar saqlangan. Dono hukumdor va ulug’ tarixchi Abulg’oziy Bahodirxon (1643-1663 yillarda Xorazm humkdori) o’zining «Shajarayi tarokim» asarida o’g’izlarning yetti ayol humkdori haqida qiziqarli ma’lumot qoldirgan. Ulardan biri Sirdaryo quyi oqimida barchinlig’kent degan qadimiy shahar vayronalari hamda o’g’izlarning Barchin ismli pahlavon oqila hukmdori dahmasi hozir ham saqlangan (oroldan 120 km sharqda, sirdaryodan 30 km janubda) qizilqumning O’zbekiston qismida qizil xotun (IX asr) dahmasi ham mavjud, u saljuqiy turklar hokimasiga nihoyatda kuchli, o’ktam va bahodir ayol sharafiga tiklangan yodgorlikdir. Demak, To’maris begoyim haqidagi rivoyatda ham tarixiy haqiqat mavjuddir. (4 -rasm)



Epik kurashning uchunchi xil namunasida qiz kuyovlikka da’vogar yigitlardan g’olibini tanlangan. Ma’lum bo’ladiki, endi qiz kurash tushmaydi, biroq shart qo’yish va tanlash huquqini saqlab qoladi. «Alpomish», «Odesse», va «Ramayana», singari dunyoviy eposlarda ana shunday lavhalar kuzatiladi. Jumladan «Alpomish» dostoni o’zbek xalq qahramonlik dostonlarning gultojisi hisoblanadi. Bu voqealar bundan bir necha ming yillar avvalgi davrni o’z ichiga oladi. Qadimgi ajdodlarimiz to’y tomoshalarni o’tkazishda kurash, otda poyga, merganlik kabi kuch talab etadigan mashqlarni odat qilib olishganlar. Dostonda tasvirlanishicha, Oybarchinga qalmoqlardan sovchi keladi. SHunda qo’ng’irot elining to’rasi Alpomish ham buni eshitib sevgilisiga habar qiladi. Oybarchin o’rtada janjal bo’lmasligi uchun barchaga baravar shart qo’ydi


«Qirq kunlik yo’l boboxonning orasi,
Boboxon tagidan poyga qilaman.
Boboxondan poyga qilib o’zdirsa,
Oti ildam boyvachchaga tegaman.
Yoy tortishsa, yoy sinmay qolganda,
Ming qadamdan tanga pulni o’rganga.
Men tegaman shul qarag’ay merganga,
Kurash qilib to’qson alpni yiqitganga.
Men teganman nor bilakli polvonga7.
Ko’rinib turibdiki, eng go’zal qizlarga uylanish oson kechmagan. Urf-odatlarga ko’ra bolalarni har taraflama jismonan chiniqtirish, kurash, otda poyga qilish, merganlikka o’rgatish asosiy tadbirlar hisoblangan. Ma’lumki dostonlarda qayd etilishicha poygada Alpomish qatnashmaydi. Uning o’rniga do’sti Qoraxon qalmoq bo’lsada Alpomishning Boychibor otida poygaga qatnashib zo’r mashaqqatlar bilan oldinda keladi va g’oliblikni Alpomishga olib beradi. Bu o’z navbatida do’stlik, hamkorlikning ramzi, ijtimoiy pedagogik ahamiyatga ega bo’lgan o’ta nafis nozik jarayondir. Dostonda qadim zamonlardan boshlab xalqimiz vakillari kurash tushib kelganligini mahorat bilan kuylaydi. Alpomish Ko’kaldosh ustidan erishgan g’alabasi ta’rifi misol bo’la oladi. Xalq o’yinlari ham sog’lom avlodning ma’naviy barkamolligini tubdan yangilaydi.
O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalari bo’lmish «Go’rug’li», «Avazxon», «Rustam», «To’lg’anoy», «Kuntug’mish», «Yodgor», «Ravshan», «Qirqiz», kabi dostonlarda ham milliy o’yinlar va pahlavonlar kurashi madh etilib, epchil va chaqqon, zukko va donolari ulug’langan. Yana bir qiziqarli ma’lumot: qadimgi Xitoy qo’lyozmasi “Tan-shu”da Farg’ona muzofotida muntazam kurash o’yinlari o’tkazilgani qayd etilgan. X asrda yashab o’tgan arab geografi va sayyohi Muqaddasiy asarlarida ham Movaraunnahrning Marv, Samarqand, Buxoro, Balx singari yirik shaharlarida tez-tez kurash olishuvlari o’tkazilgani ta’kidlanadi.
O’zbeklarning “Farg’onacha kurash,” “Buxoracha kurash” deb ataluvchi milliy o’yinlarini xalqaro maydonda olib chiqish uchun O’zbekistonda ham katta ishlar qilindi. Bu kurashlar qadimiy sport turi bo’lib, u bilan turli millatlar shug’illangan. Ayniqsa turkiy xalqlar orasida, jumladan o’zbeklarda uning bir necha turi mavjud bo’lgan.
“Etnografik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, O’zbekiston hududida umuminsoniy qadriyatga aylangan milliy kurash millodiy IX-X asrlarda keng rivoj topgan bo’lib, xalq sayillarda musobaqa o’tkazish an’anaviy tus olgan. Mahalliy aholi turli marosimlarni nishonlashda, ayniqsa, Navro’z kunlarida kurash musobaqalarini o’tkazishda alohida ahamiyat bergan”, deb yozadi S.P. Tolstov.
Bu bayramlarning dastlabki uch kunida yurt keksalari, ulug’lari rahbarligida kurash tomoshalari uyushtirilgan. Sayilgohlar odamlar bilan to’lib toshgan. SHu munosabat bilan mahbuslar ozod qilingan, aybdorlarning gunohidan o’tilgan. Muhimi, o’tkazilgan sport sayillarida yosh avlodni har tomonlama chinakam chiniqish maktabini o’tagan8.
Asrlar sinovidan, murakkab davrlar silsilasidan mardona o’tgan, chinakam mardlar, munosib raqiblar bahsi, ezgu niyatlar, oliy maqsadlar timsoli bo’lib e’tirof etilgan O’zbek xalq milliy o’yinlari jahon xalqlari nazariga tushdi, umumdavlat, mamlakat darajasidagi muhim ishga aylandi.
Zamonaviy o’quvchi yoshlarni barkamol inson sifatida tarbiyalash bugungi kunda yana dolzarb muammoga aylandi. Xalqimizning milliy sport o’yinlariga bo’lgan munosabatlarini Prezidentmizning g’amxo’rliklari bilan nafaqat O’zbekistonda balki, butun dunyoga keng quloch yoydi. O’quvchi yoshlarni sog’lom qilib tarbiyalashda milliy sport o’yinlarining o’ziga xos o’rni va imkoniyati mavjud.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo xududida yashab o’tgan ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan milliy xalq o’yinlari, jismoniy tarbiya va sportga doir juda ko’p boy manbalar mavjud. Jismoniy tarbiya insonlarni bolalikdan sog’lom o’stirish, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotini ravnaq toptirish, sog’lom turmush kechirish, mehnat qobiliyatini oshirish, uzoq umr ko’rishga ko’maklashuvchi muayyan faoliyat hisoblangan.

1Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. - Toshkent: Fan, 1983. I-kitob. - B. 543.

2Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari / Tuzuvchilar: U. Karimov, X,. X,ikmatullaev. - Toshkent: Xalq merosi, 1994. 1-jild. - B. 91.

1.Ibn Sino.”Tib qonunlari”.-Toshkent A.Qodiriy nashriyoti.- 1994

3Temur tuzuklari. - Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991. - B. 344.

4Axmedov B. Amir Temur. Tarixiy roman. - Toshkent: Meros, 1995. - B. 637.

5 O’zbek kurashi dovrug’i. - Toshkent, 2002. - B. 10.

6 O’zbek kurashi dovrug’i. - Toshkent, 2002. - B. 15

7 O’zbek kurashi dovrug’i. - Toshkent, 2002. - B. 21

8 O’zbek kurashi dovrug’i. - Toshkent, 2002. - B. 28

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish