Ib-1K guruh talabasi Ramazonov Shohrux


INVESTITSION LOYIHANI TAYYORLASHNI TASHKIL QILISH (INVESTITSIYA OLDI



Download 173,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi173,2 Kb.
#240374
1   2
Bog'liq
Investitsiya loyihalarini boshqarish

INVESTITSION LOYIHANI TAYYORLASHNI TASHKIL QILISH (INVESTITSIYA OLDI 

FAZASI)  

  Investitsion  sikl,  mazmuni  va  loyihani  ishlab  chiqish  bosqichlari.  Loyiha  sikli 

bosqichlari  Investitsiyaviy  sikl  –  loyihani  amalga  oshirishning  boshlanishi  va  uning 

tugatilishi  oralig’idagi  davr.  Investitsiyaviy  siklining  bosqichlari:  investitsiya  oldi, 

investitsiya va ishlab chiqarish (ekspluatatsiya) bosqichlari. Investitsiyaviy sikl har bir 

bosqichining mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari. Loyiha bosqichining investitsiya 

oldi  sxemasi.  Loyihaning  investitsiya  bosqichi  sxemasi.  Loyiha-smeta  hujjatlari  va 

uning tarkibi. Loyihani dastlabki baholash qiymatini aniqlash. Loyiha texnik-iqtisodiy 

asosnomasini  ishlab  chiqishda  loyihani  boshlang’ich  yoki  omilli  baholash. 

Moliyalashtirish  rejasini  tayyorlash  uchun  ehtimoliy  baholash,  tanlov  savdolariga 

tayyorgarlik ko’rish va ularni amalga oshirish uchun yakuniy baholash (shartnomalarni 

imzolash  bosqichida).  Loyihani  amalga  oshirish  va  uni  tugatish  oralig’idagi  davr 

investitsiya jarayoni deb ataladi. Investitsiya jarayonini 4 ta bosqichga (fazaga) bo’lish 

mumkin va ularning har birining o’z maqsad va vazifalari bor:  

1.  Investitsiyalashdan  oldingi  faza.  Investitsiya  loyihasi  bo’yicha  dastlabki 

izlanishlardan, to uni amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilunguncha bo’lgan davr.            

2. Investitsiyalash fazasi. Loyihalashtirish pudrat asosida qurilish-montaj ishlarini olib 

borish uchun shartnomalar imzolash va qurilish montaj ishlarini olib borish.  

3. Ishlab chiqarish fazasi. Korxona xo’jalik faoliyatining yuritilishi. Investitsiyalashdan 

oldingi va investitsiya bosqichi investitsion loyihalashtirishga, ishlab chiqarish bosqichi 




esa  maxsus  tashkiliy  tartib  qoidalariga  (ishlab  chiqarish  va  mehnatni  tashkil  etish, 

rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, menejment va boshqalar) taalluqlidir.   

4.Likvidatsiya fazasi. Sanoatga ta’luqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish 

va  amalga  oshirish  yuqorida  ta’kidlab  o’tilgan  uchta  bosqichdan  iborat  jarayon 

tariqasida  taqdim  etilishi  mumkin. Ularning  har biri  maslahat berish, loyihalashtirish, 

ishlab chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Investitsiya 

loyihalarini  ishlab  chiqishda  loyiha  siklining  bosqichlari  muhim  ahamiyatga  ega. 

«Loyiha sikli» tushunchasiga loyihani ishlab chiqish va uni amalga oshirishning turli 

bosqichlari kiradi. Loyiha siklining boshlang’ich va tugallanish davrlari, g’oyadan to 

uning moddiy qiymatga ega bo’lganga qadar davrlarni o’z ichiga oladi. 

Har  qanday  investitsiya  loyihasini  ishlab  chiqishda,  ya’ni  investitsiya  g’oyalarining 

paydo bo’lishidan, to uni amalga oshirish uch xil fazani o’z ichiga oladi: Investitsiya 

oldi,  investitsiya  va  ekspluatatsiya  (yoki  ishlab  chiqarish).  Yuqoridagi  3  ta  faza 

investitsion  loyiha  –  hayotiy  siklini  tashkil  etadi.  (project  lifetime).  Investitsiya 

loyihasini ishlab chiqishning asosiy bosqichi bo’lib, investitsiya oldi fazasi hisoblanadi. 

Ushbu fazada loyiha ishlab chiqiladi, uning imkoniyatlari o’rganiladi, dastlabki texnik-

iqtisodiy  tadqiqotlar  –  kuzatishlar  o’tkaziladi,  potension  investor  va  boshqa 

ishtirokchilari  bilan  muzokaralar  olib  boriladi,  xom  ashyo  va  uskunalarni  yetkazib 

beruvchilar tanlanadi. Agar investitsion loyihaga kredit jalb qilish ko’zda tutilgan bo’lsa, 

unda bu fazada kreditni olish bo’yicha bitimlar tuziladi; investitsion loyihani yuridik 

jihatdan  rasmiylashtiriladi;  hujjatlarni  tayyorlash,  shartnomalarni  rasmiylashtirish  va 

korxonani  ro’yxatga  olish  amalga  oshiriladi.  Loyihaning  investitsiya  oldi  fazasida 

bo’lg’usi loyihalashtirish ob’ektining imkoniyatlari o’rganiladi. Loyihaning bu hayotiy 

bosqich  siklida,  uning  hayotga  mos  qobilligi  va  jalb  etuvchanligiga  asos  yaratiladi. 

Investitsiya oldi fazasi loyihaning to’liq xarakteristikasini berishi shart. 

Keng ma’noda loyihani asoslash besh asosiy jihatni tahlil qilish va baholash bilan 

tavsiflanadi:  texnik;  institutsional;  moliyaviy;  iqtisodiy  va  ijtimoiy.  Loyihani  texnik 

asoslash texnik nuqtai nazardan qabul qilingan maqbul qaror iqtisodiy jihatdan maqbul 

bo’lmasligi mumkin. Bu shu bilan bog’liqki, turli texnik qarorlar o’zi bilan birga turli 

xarajatlar  va  samaralarga  ega  bo’ladi  va  ular  taqqoslangandan  keyingina  qaysi  qaror 

maqbul  ekanligini  aytish  mumkin.  Loyihani  ishlab  chiqish  jarayonida  hisobga  olish 

lozim bo’lgan texnik qarorlarning bir qancha jihatlarini ko’rib chiqamiz: - texnologiya 

–  texnologiya  ilmiy  jihatdan  asoslanganmi  va  amaliyotga  joriy  etilganmi?  Texnika 

mazkur  texnologiyani  qo’llashga  tayyormi?  -  vaqti-vaqti  bilan  yuzaga  keluvchi 

xarajatlar  –  loyiha  bo’yicha  vaqti-vaqti  bilan  yuzaga  keluvchi  xarajatlar  hisobga 

olinganmi, masalan, texnika va uning ishlash holati;  - atrof muhitga ta’siri – loyihada 

qo’llanilayotgan  texnikaning  atrof-muhitga  61  yetkazadigan  zarari  darajasi  qanday. 

Loyihaning  iqtisodiy  asoslanishi  esa  uning  cheklangan  resurslarni  ishlatish  nuqtai 

nazaridan butunligicha milliy iqtisodiyotga qanday sof foyda berishi bilan aniqlanadi. 



Barcha  resurslar  u  yoki  bu  darajada  cheklangan  va  ularning  barchasini  bir  emas,  bir 

qancha usullar bilan ishlatish mumkin. Loyihani iqtisodiy asoslashda undagi xarajatlar 

va daromadlar hisob-kitob qilinadi, ya’ni baholanadi. 

Loyiha bo’yicha investitsiya imkoniyatlarini o’rganish va taxlil qilishda quyidagi 

omillarga alohida e’tibor beriladi: 

 - umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar; 

 - qayta ishlanishi mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar va xom ashyo resurslari

 - ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan tovarga (xizmatga) kelgusidagi talab (aholini 

o’sishi hisobiga, aholi xarid qobiliyatining o’sishi hisobiga va boshqa omillar); 

 - loyihaning atrof-muhitga ta’siri;  

- boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o’zaro aloqasi va imkoniyatlari

 - diversifikatsiyalash imkoniyati. Masalan, neft-ximiya majmuasidan formatsevtik 

ishlab chiqarishga o’tish; 

 - ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati;  

- eksport imkoniyatlari; 

 - import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish. 

 Investitsiya imkoniyatlari bo’yicha izlanishlar yuqorida keltirilgan omillar bo’yicha 

har  birining  aloxida  tahliliga  emas,  balki  umumiy  baholashga  asoslanadi.  Loyiha 

g’oyasini  rivojlantirish  uchun  aniq  takliflar  kiritishda  talab  etiladigan  ma’lumotlarni 

miqdoriy  baholash  uchun  investitsiya  imkoniyatlarini  tadqiq  etish  asosiy  vosita 

hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar tahlil etiladi: 

 - qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo’lgan tabiiy resurslar;  

-  qishloq  xo’jaligiga  asoslangan  sanoat  tarmog’i  uchun  asos  bo’lgan  amaldagi 

qishloq xo’jaligi tarkibi;  

-  muayyan iste’mol talablariga kelgusi talab, aholi o’sishi hisobiga ortib boruvchi 

talab; 


 - atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish; 

 - qayta ishlovchi sanoat sektori

 - mahalliy yoki transmilliy va boshqa tarmoqlar bilan mumkin bo’lgan aloqalar; 

 - umumiy investitsiya muhiti;  

- ishlab chiqarish siyosati; 

 - ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati;  

- eksport salohiyati va boshqalar. 

Investitsiya  loyihalari  o’rtasidagi  raqobat  kurashining  vujudga  kelishi,  odatda, 

quyidagi sabablarga asoslanadi: 1. Investitsiyalarning eng qisqa fursatda (tez) qoplanishi 

va yuqori foyda keltirishi. 2. Investorning kapital byudjeti cheklanganligi. Investitsiyalar 

u  yoki  bu  natijalarga  erishish  yoki  muayyan  turdagi  cheklangan  resurslardan 

foydalanishning  muqobil  imkoniyatlari  ta’minlangan  hollarda  o’zaro  ziddiyatli 

investitsiyalar  hisoblanadi  va  raqobatlashuvchi  investitsiyalar  deb  ataladi.  Muqobil 



(o’zaro ziddiyatli) investitsiyalarni taqqoslash esa ular ichidan eng yuqori samaralisini 

aniqlashga va uni ko’zlangan maqsad yo’lida moliyalashtirishga imkon beradi. Muqobil 

loyihalarni o’zaro taqqoslashda,  - ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga; 

- vaqt omiliga; - yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo’yicha bajariladigan ish 

(xizmat)  hajmiga;  -  ishlab  chiqarish  va  mahsulotni  iste’mol  qilishning  ijtimoiy 

omillariga  (atrofmuhitga  ta’sirini  ham  hisobga  olgan  holda);  -  moliyaviy 

ko’rsatkichlarga (baho darajasi, inflyatsiya va kredit uchun foiz stavkalari darajalari va 

shu  kabilar)  e’tiborni  qaratish lozim.  Investitsiya  loyihalarining  samaradorligi  yuqori 

ko’rsatkichlar  asosida  ishlab  chiqilgan  reja  (bashorat)larning  haqiqiy  bajarilishiga 

bog’liq  bo’ladi.  Bu  bashoratlarning  hammasi  yuqori  sifatli,  xaridorgir  mahsulotlarni 

ishlab  chiqarishga  va  yuqori  foyda  asosida  sotishga  qaratilgan  bo’ladi.  Lekin, 

loyihalarning  texnologik  tarkibi  (ishlab  chiqarish  jarayonining  murakkabligi  va  uzoq 

davom  etishi),  loyiha  quvvatining  bosqichma-bosqich  o’zlashtirilishi  va  mahsulotni 

sotish  jarayoni  kabilarning  loyiha  samaradorligiga  jiddiy  ta’sir  ko’rsatishini  hisobga 

olish zarur. 

 

2. 



Biznes-reja  korxona  (firma)ning  strategik  istiqbolini  belgilab  beradigan 

asosiy  xujjat  hisoblanadi  va  uni  3-5  yilga  tuzishni  tavsiya  etiladi.  Biznes-rejaning 

birinchi va ikkinchi yillariga ko’rsatkichlarni (topshiriqlarni) kvartallarga taqsimlangan 

xolda berilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi va faqat uchinchi yildan boshlab yillik 

ko’rsatkich  (topshiriq)lar  bilan  chegaralanish  mumkin.  Biznes-reja  quyidagi  asosiy 

masalalarni  xal  etadi,  ya’ni:  -  tadbirkorlarga  korxona  (firma)lar  strategiyasini  ishlab 

chiqish uchun asosi bo’libgina qolmay, uni muvaffaqiyatli amalga oshishiga kafolat ham 

beradi;  -  bozor  iqdisodiyoti  sharoitida  tadbirkorlik  faoliyatini  tashkil  etish,  tartibga 

solish va bajaralishini nazorat qilishning asosiy quroli bo’lib xizmat qiladi; - tadbirkorlik 

faoliyatini amalga oshirish jarayonida to’satdan yuzaga kelgan salbiy holatlar yuzasidan 

tadbirkorlarni ogoxlantiriladi va ularni o’z vaqtida 80 bartaraf etish tadbirlarini ishlab 

chiqishga yordam beradi; - tadbirkorlik faoliyati yuzasidan banklar, investorlar va qarz 

beruvchilarga tegishli ma’lumotlar olishga imkon beradi. Bundan tashqari, biznes-reja 

tuzib chiqishning ikkita asosiy sababi mavjud:  - tashqaridagi sarmoyadorlarni sizning 

biznesingizni maqsadga muvofiqligi xaqida yoki ssuda berishga ishonch xosil qildirish, 

-  ko’zlangan  maqsadni  saqlab  qolishga  yordam  berish,  to’satdan  yuzaga  kelgan 

holatlarda  tanlangan  maqsaddan  voz  kechmaslikni  ta’minlash.  Bu  yana  rejada 

belgilangan  barcha  vazifalarning  to’la  bajarilishini  ham  anglatadi:  -  Biznes-reja 

boshqaruvchiga tanglik holatlarini to’g’ri baholash imkonini beradi va undan olib chiqib 

ketish  yo’llarini  ko’rsatadi.  Bu  o’z  navbatida  boshqaruv  samaradorligining  ortishini 

xarakterlaydi;  -  qo’shimcha  ma’lumot  kelib  tushishi  va  ma’lum  tajribaga  ega  bo’lish 

bilan  maqsad  va  vazifa  moslanib  olinadi.  Biznes-rejaning  bosh  maqsadi  -  firmaning 

ko’zlagan  maqsadiga  erishishi,  reja-iqtisod  bo’limi  xodimlariga  va  sarmoyadorlarga 



tanlangan  yo’lning  maqsadga  muvofiqligini  ko’rsatib  berishdir.  Biznes-rejani  ishlab 

chiqishdan maqsad firmaning xo’jalik faoliyatini qisqa yoki ma’lum bir muddatga bozor 

talablari  va  kerakli  resurslarni  jalb  qilish  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  xolda 

rejalashtirish  hisoblanadi.  biznes-rejani  ishlab  chiqishdan  asosiy  maqsad  -  firma 

faoliyatini kelgusi davr va ayrim olingan davrdagi bozor ehtiyojlari va zaruriy manbalar 

olish imkoniyatlaridan kelib chiqishdir. Biznes-rejalar tadbirkor uchun quyidagi asosiy 

vazifalarni  xal  etishda  yordam  beradi:  -  firma  faoliyati  asosiy  yo’nalishi,  bozor 

maqsadlari va firmaning bozordagi o’rnini aniqlash. - firmaning uzoq muddatli va qisqa 

davr maqsadlari, strategiyasi, taktikasini amalga oshirishga erishishni belgilab berish. - 

firmaning iste’molchilarga tavsiya etadigan tovar (xizmat)lar tarkibini tanlash va asosiy 

ko’rsatkichlarni aniqlash. - kadrlarga qo’yilgan talablar va ularning o’z vazifalariga mos 

kelishini baholash. - bozorni o’rganish bo’yicha firma marketing tadbirlarini tarkibini, 

reklama, realizatsiyani rag’batlantirish, bahoni shakllantirish va realizatsiya yo’llarini 

aniqlash. - mavjud material va moliyaviy mablag’lardan kelib chiqib firmaning material 

va  moliyaviy  holatini  baholash.  -  biznes-rejani  muvaffaqiyatsizligaga  ta’sir  etuvchi 

omillar xaqida ogohlantirish. 

 Biznes  –  reja  bir  necha  muhim  vazifalarni  bajaradi.  Biznes  –  rejani  tayyorlash 

jarayoni fikrlashni jonlantiradi, tadbirkorni puxtalik bilan o’ylashga va o’z ishini turli 

nuqtai nazardan tahlil qilishga, haqiqiy imkoniyat va qiyinchiliklarni baholashga majbur 

qiladi. Ikkinchi vazifa – nazorat. Qog’ozda bayon qilingan reja kelgusi nazoratlarda va 

erishilgan  natijalarni  baholashda  har  doim  ishlatilishi  mumkin.  U  korxona  faoliyatini 

kelgusi yaxshilashga asos bo’lib hizmat qiladi. Uchinchi asosiy vazifa – jamg’arish. U 

boshqa  jismoniy  va  yuridik  shaxslardan  pul  mablag’larni  jalb  qilishga  imkoniyat 

yaratadi.  Biznes  –  reja  potensial  qarz  beruvchini,  aksioner,  sarmoyadorni  hamda 

iste’molchini,  ta’minlovchilarni  ushbu  korxona  bilan  (ishbilarmon  bilan)  tijorat 

aloqalarida  foyda  olishga  ishontirishi  kerak.  Quyidagilar  biznes-rejaning  asosiy 

vazifalari hisoblanadi:  

firmaning  qisqa  va  uzoq  muddatli  maqsadlarini,  unga  erishishning  taktika  va 

strategiyasini aniqlab olish;  

 firmaning aniq faoliyat yo’nalishlari va qaysi bozorlarda faoliyat ko’rsatishi va bu 

bozorlarda firmaning o’rni qanday bo’lishi kerakligini belgilab olish; 

 firma tomonidan iste’molchilarga taklif qilinishi rejalashtirilgan tovar va xizmatlar 

assortimentini va uning ko’rsatkichlarini aniqlash;  

 ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  xarajatlarini  baholash;  mahsulot  bahosini 

shakllantirish,  mahsulot  sotilishini  rag’batlantirish  va  bozorni  o’rganish  bilan  bog’liq 

marketing tadbirlari tarkibini aniqlash; 



Download 173,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish