Iat qobulov Doston Seminar bo’yicha topshiriq №1 Globallashuv, axborot makoni, axborotlashgan jamiyat tushunchalarining mazmun- mohiyati


Yoshlarda ma’naviy- mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda OAV



Download 65,37 Kb.
bet4/4
Sana11.11.2020
Hajmi65,37 Kb.
#52133
1   2   3   4
Bog'liq
3 IAT 2 Qobulov Doston

4. Yoshlarda ma’naviy- mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda OAV.

Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma'rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim.

Va nihoyat, shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi. O‘qituvchilar va shifokorlar, madaniy-oqartuv muassasalaridagi va boshqa sohalardagi ko‘plab mutaxassislar - chinakam ziyolilardir. Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimizga e'tiborni kuchaytirish kerak. Chunki ma'naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga g‘amxo‘rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma'naviy sharoitlarni yaratib berish davlat hokimiyati va xo‘jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas'uliyatli vazifasidir.

Yana bir dolzarb vazifa - o‘sib kelayotgan avlodga, uning ma'naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi. Nega deganda, yoshlar xalq ma'naviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir o‘g‘il-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab madaniy boyliklarimizdan bahramand bo‘lishi kerak.

“Ommaviy madaniyat” hodisasi asosida birnecha omillarning chatishuvi yotadi. Ulardan birinchisi - imonsizlik, o‘z insoniy burchi va mas'uliyatini tan olishni istamaslik, befarqlik va loqaydlik. Ikkinchisi - sanab o‘tilgan qusurlarni oqlashga xizmat qiluvchi “dunyoni manfaat boshqaradi” (demak, bu dunyoda har kim o‘z foydasi uchun qo‘lidan kelgan harakatini qilsa, bo‘laveradi, degan) dahriyona (aniqrog‘i, xudbinona) tezis (“qoida”) asosida yashash. Bu ikki omil azaldan bo‘lgan. Uchinchisi - oldingilaridan kelib chiqadigan axloqiy relyativizm, ya'ni dunyoda azaliy va abadiy qat'iy axloqiy meyorlar mavjud emas, ko‘pchilik o‘zini qanday tutayotgan bo‘lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz, degan o‘ysizlik, fikriy dangasalik tamoyili. Va nihoyat to‘rtinchisi - bugungi axborot vositalarining cheksiz imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta'rifiga muvofiq, befarqlik va o‘ysizlik botqog‘iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh qo‘lida qo‘g‘irchoqqa aylanib, o‘zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini ochiqdan-ochiq namoyon qilishni “umuminsoniy axloqiy meyorlar” darajasiga ko‘tarishga urinishlaridir. Bunday holatlar Yevropa mintaqasi tarixida ilgari ham bo‘lgan, ammo hech qachon bu daraja jahon miqyosida keng ko‘lam kasb etmagan va bu darajada kuchli targ‘ibot imkoniyatlariga ega bo‘lmagan edi. Prezident «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asaridaida bu haqda shunday deyiladi: “Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma'naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.”

“Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida, - deb kuyunchaklik bilan qayd etiladi Prezident «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida, - katta ma'naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin.”

“Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma'naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda”, - deb yozadi Prezident o‘z «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida va bunday xatarli holatdan faqat o‘z xalqini emas, balki butun jahon afkor ommasini ogohlantirish lozim deb biladi.

“Ma'naviy tahdid deganda,- o‘rinli izoh berib o‘tadi Prezident, - avvalo, tili, dini, e'tiqodidan qat'i nazar, har qaysi odamning tom ma'nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim, deb o‘ylayman.”

Prezidentimiz topib aytganidek, “kimdir Rahmon izmida yursa, kimdir shayton izmida yuradi,” har kimning gunohi ham , savobi ham o‘ziga. Ammo bostirib kelayotgan xavfni ko‘rib turib, ko‘rmaslikka olish, hoziri-yu huzuri, o‘zimning ishim bitsa bo‘ldi-da, o‘zga bilan nima ishim bor, degan kayfiyat bizga to‘g‘ri kelmaydi. Qolaversa, gap bizdan keyin shu yurtning chirog‘ini yoqib o‘tiradigan bolajonlarimiz taqdiri ustida ketayapti.

Vaziyatning murakkabligi shundaki, bugungi kunda yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash va ziddiyatlar faqat saltanatlar, xalqlar va shaxslar o‘rtasida emas, balki har birimizning qalbimizda, ongimizda kechmoqda2. YA'ni bu muammolar faqat yosh avlodgagina taalluqli emas. Dushman ochiq-oydin o‘zini ko‘rsatmaydi: siz maxsus kAbel orqali berilib kino ko‘rib o‘tiribsiz, yoki internet orqali muayyan saytlardagi ma'lumotlar bilan tanishayapsiz, ko‘chada turli reklamalar diqqatingizni tortayapti, ehtiyot bo‘ling, sizni kerakli yo‘nalishda “tarbiya” qilishayapti, o‘z qarashlarini turli vositalar bilan ongingizga singdirishayapti. Shunday, “ular ko‘pincha turli niqoblar, jozibali shior va g‘oyalar pardasi ostida ish ko‘radi.” Biz esa sal g‘aflatga berilsak, ongimizdagi o‘zgarishlarni o‘zimiz ham payqamay qolamiz. Go‘yoki hech kim bizga tajovuz ham qilgani yo‘q, majbur ham qilgani yo‘q, biz o‘z ixtiyorimiz bilan “mustaqil” ravishda shu “xulosa”ga keldik. Bu yerda ta'sir o‘tkazishning shunday makkorona usullari qo‘llanmoqda-ki, uncha-muncha odam g‘aflatda qolishi hech gap emas. Aslida imonli, e'tiborli inson bunday makru hiylalarni juda oson bilib olsa bo‘ladi - ular barchasi insonlar ongining eng tubiga joylashgan biologik (hayvoniy) instinktlarni qo‘zg‘ashga qaratilgan, bunday filmlarda eng ezgu niyatlar ham qo‘lda avtomat bilan amalga oshiriladi, eng ijobiy qahramonlar ham shahvatga beriladi, oddiy hazillar ham o‘zini hurmat qilgan inson uchun haqoratli holatlar shaklida yoki hayosiz iboralarda ifodalanadi.

“Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, - xulosa qiladi Prezident, - bunday mafkuraviy xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko‘zlashini, o‘ylaymanki, yurtimizda yashaydigan sog‘lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi.”

Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni xulosalarni ilgshari surish mumkin:

Birinchidan, insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim berishning o‘zi uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lmaydi. Unda iroda qudrati, mas'uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida atrof-tabiatga, mehnatga, kasbga, ilmga, o‘zga insonlarga mehr uyg‘otish, dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga erishish lozim. Har bir inson Vatan, Millat, Adolat timsol- tushunchalarining o‘z ruhidagi poydor ma'naviy qadriyatlarga aylanishi uchun o‘zgalar ibratida sinashi, bu yo‘lda riyozat chekishi, ularga nisbatan ko‘nglida mehr uyg‘onishi zarur. Bunga turli yo‘llar, turli vositalar bilan, birinchi navbatda yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko‘ngildan) va izchil yondoshuv, tinimsiz izlanishlar bilan erishiladi.

Ikkinchidan, axborot texnologiyalari imkoniyati cheksiz darajada o‘sib bormoqda. Hozirgi yoshlarga uni ko‘rma, buni o‘qima qabilida ko‘rsatma berib biron natijaga erishish qiyin. Bunday sharoitda yoshlarda internet tizimidan foydalanish madaniyatini shakllantirishga alohida e'tibor berish lozim.

Uchinchidan, turli mazmundagi tahdidlarga nisbatan kuchli hoyaviy salohaiyatni tarbiyalash ishlariga ustuvor vazifa sifatida qarash zarur.

Ma’lumki, bugungi murakkab globallashuv o‘zgarishlar sharoitida mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbini egallash uchun olib borilmoqda. Bu kurashning zamirida esa, turli yot va vayronkor g‘oyalarni amalga oshirish yotadi. Shunday ekan, mamlakat mustaqilligini mustahkamlashning muhim shartlaridan biri ham g‘oyaviy tarbiyani kuchaytirishdir.

Odamning ma’naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o‘zini ongli himoya qilish ko‘nikmalari ta’lim-tarbiya, ota-onalar o‘gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko‘rish va bilish jarayonida shakllana boradi. Bolaga ilk yoshdan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak degan, savollarga asoslangan holda aytish mumkinki oila, mahalla va ta’lim muassasalari bo‘lmish bog‘cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya uzviyligi yo‘lga qo‘yilsagina har bir millat sog‘lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo‘ladi. Immunitet esa o‘z navbatida, odamni to‘g‘ri yo‘ldan “ozish”dan, turli yo‘llarga adashib, keyin pushaymon bo‘lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo‘linishlardan asrab turadi. “Mafkuraviy immunitet shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi”[1]. Bevosita, mafkuraviy immunitet davlat va millatning ma’naviy birligini, sog‘lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini bajaradi.

Hozirgi kunda yoshlarimizda turli xil yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Binobarin, bu jarayon jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshadi. “Immunitet so‘zining ma’nosi (lot.Immunitos – ozod bo‘lish, qutulish) tibbiy tushuncha bo‘lib, organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi”[2]. Soda qilib aytganda, birinchidan, immunitet – inson organizmining turli kasalliklaridan himoya qila olish qobiliyatidir. Vaholanki, bugungi kun yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ikkinchidan, u har bir yosh avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. Yoshlarimizni turli g‘oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immunitet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog‘lom, insonparvar g‘oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. O‘zligimizni, ozod – axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g‘oyalar va mafkuralar ta’siridan avaylab-asrash, ularga qarshi yoshlarimiz qalbida va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish orqaligina millatni asrash mumkin.

Jahondagi har bir xalq va davlat o‘z yoshlarini milliy g‘oya ruhida tarbiyalagan taqdirdagina o‘z kelajagini ta’minlashi, yuksak taraqqiyotga erishishi mumkinligini hozirda butun dunyo tan olmoqda. O‘zbekiston mustaqillik yillarida yosh avlodni intellektual jihatdan kuchli, jismonan baquvvat, ma’nan sog‘lom etib tarbiyalashga alohida urg‘u berib keladi. Hozirgi kunda yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirishda, ta’lim va tarbiya, fan, madaniyat va madaniy-ma’rifiy muassasalar, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport, urf-odat, marosim va bayramlar, oila, mahalla, mehnat jamoalari, siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari orqali milliy g‘oyani va milliy mafkuraviy immunitetni xalqimiz, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maxsus dasturlar tashkil etilmoqda, milliy g‘oya, milliy mafkurani targ‘ib etish bo‘yicha, jahon chempionlari, mashhur san’atkorlar bilan uchrashuvlar va davra suhbatlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Mustaqilligimizning dastlabki yillarda boshlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuskorligida turli tashqi kuchlar hamda markazlar tomonidan tarqatilayotgan yot g‘oyalarga qarshi ma’naviy immunitet shakllantirish va bu yo‘lda, milliy g‘oya, milliy mafkura tushunchalarini yoshlar ongiga singdirish yuzasidan bir qator ishla olib borildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2001 yildan boshlab “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risidagi farmoyishi, 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 451-sonli qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 28 iyuldagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-3160 sonli qarori e’lon qilinganligi muhim qadam bo‘ldi. Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 28 fevraldagi 07/2-80-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Ichki ishlar, Respublika Bosh prokuraturasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida ta’lim muassasalarida diniy-ekstremizm va missionerlikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” (3-qism 16-bandi)ni dasturulamal sifatida ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, milliy g‘oyani amalga oshirishning istiqlol yillarida shakllangan mexanizmi, o‘ziga xos tizimi mavjud. Bu ham ta’lim, ham tarbiya jarayoni orqali amalga oshiriladi. Ta’lim muassasalarda yaratilgan o‘quv qo‘llanmalardan tortib, sinflar va auditoriyalargacha mafkuraviy ta’lim beruvchi ijtimoiy reklamalar bilan qurollantirish va milliy g‘oyani o‘quvchi yoshlar ongiga singdirishda darsliklardagi mavzular yuzasidan interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish o‘zining ijobiy samarasini beradi.

Bundan tashqari, o‘tgan davrda ijtimoiy hayotda biz yoshlarga haqiqiy tayanch va suyanch bo‘ladigan, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobqa chiqarishga ko‘maklashadigan “O‘zbekiston” yoshlar ittifoqi va uning turli bo‘g‘indagi tuzilmalari, “Sog‘lom avlod uchun”, Zulfiya nomidagi “Nihol” kabi mukofotlar, tashkil etildi. Bularning barchasi zamirida bir ezgu maqsad – mamlakatimiz yoshlarini immunitetni har tomonlama shakllantirish, ularni kelajagimizning haqiqiy egalariga aylantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar turgani tabiiy, albatta.

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlar ongiga yot g‘oyalarning kirib kelishini oldini olish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish yuzasidan quyidagilarni taklif etamiz:

jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan oiladan boshlab yoshlarning milliy g‘oya va ma’naviyatini shakllantirish orqali Vatani va xalqiga, azaliy qadriyatlarga sodiq etib tarbiyalash darkor;

ta’lim va tarbiya jarayonida mahallaning rolini kuchaytirish kerak. “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona”degan milliy tarbiya tamoyilini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor berishlik lozim;

ma’naviy – ma’rifiy targ‘ibot ishlarining ta’sirchanligini ta’minlaydigan zamonaviy informatsion va kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish, bu borada yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul va uslublarni ishlab chiqish kerak;

yoshlarning o‘z bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishlari uchun zamin yaratish. Yoshlar bo‘sh vaqtlarini chet tillarini o‘rganishga, sport hamda boshqa qiziqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishiga sarflashlari natijasida ularga hech qanday tashqi kuchlarning ta’siri bo‘lmaydi. Jismonan sog‘lom insonning ma’naviyati, mafkuraviy immuniteti yuqori darajada rivojlangan bo‘ladi va bu orqali har qanday tazyiqlar bartaraf etiladi;

globallashuv jarayonida radio, televideniye va ommaviy axborot vositalarida axloqiy qadriyatlarimizga nisbatan ma’naviy tahdid va xurujlarning sabablari va omillarini o‘rganishga doir turli xildagi eshittirishlar, ko‘rsatuvlar tayyorlash hamda ilmiy maqolalarning ko‘rik tanlovlarini e’lon qilish;

buyuk ajdodlarimiz, ularning hayoti, amalga oshirgan ishlari, qahramonliklari haqida hujjatli va badiiy filmlar yaratish, ushbu filmlarda ajdodlarimiz faoliyatini, yaxshi tomonlarini kerak bo‘lsa, tasvirlashni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.



Xulosa o‘rnida aytmoqchimizki, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni vatanga, ota-onaga, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik ruhini uyg‘otish, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirishda va nihoyat pirovard maqsadimiz bo‘lmish Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurishimizda milliy g‘oyaning o‘rni beqiyosdir. Zero, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov uqtirgani kabi, “Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida Ona Vatanga, boy tariximizga, ota bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib etishsinlar”[3]-degan fikrni ilgari suradi.



1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. 77-b

2




Download 65,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish