Ia. O‘quv ishlari (auditoriya yuklamasi)


O‘qituvchi ____________ ___________________________ (imzo) (F.I.Sh.) Kafedra mudiri



Download 440 Kb.
bet4/4
Sana27.06.2022
Hajmi440 Kb.
#710145
1   2   3   4
Bog'liq
Шахсий йилликй иш режа печат қилиш учун

O‘qituvchi ____________ ___________________________
(imzo) (F.I.Sh.)


Kafedra mudiri ___________ ______________________
(imzo) (F.I.Sh.)




Ta’lim muassasasi direktorining


O‘IBO‘ ____________ _______________________
(imzo) (F.I.Sh.)

"_______" ________________ 20 _____ yil



6-shakl



Shaxsiy yillik ish rejasining bajarilishini qayd etish
JADVALI



Vaqti

Bajari-lishi

Jami (auditoriya va pedagogik) yuklama, soat

Jami auditoriya yuklamasi, soat

Pedagogik yuklama, soat

jami pedagogik yuklama

shu jumladan:

o‘quv ishlari bo‘yicha (auditoriya yuklamasi-dan tashqari)

o‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar bo‘yicha

tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar bo‘yicha

ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha

1-yarim yillik

reja








amalda








2-yarim yillik

reja








amalda








Yillik
jami:

reja








amalda








Farqi (-;+)








Farqi (%)










Eslatma: O‘qituvchi ish turlarining bajarilgani bo‘yicha asoslovchi hujjatlar va hisobotlarni jamlab boradi. Ish turlarining bajarilganligi tegishli o‘qituvchi, kafedra mudiri va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari jurnali, boshqa tegishli hujjatlar va hisobotlar bilan solishtirilib, ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilingandan keyin ushbu shakl ular tomonidan imzolanadi.
7-shakl









"TASDIQLAYMAN"


________________________________ direktori
(ta’lim muassasasining nomi)
___________ _______________________
(imzo) (F.I.O.)

20 ____ yil “_______” _______________





O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi o‘qituvchilarining shaxsiy yillik
ish rejalari bajarilishini qayd etish jadvali



t/r

O‘qituvchilarning
F.I.O.

Jami
yuklama,
soat

Jami auditoriya
yuklamasi, soat

Pedagogik yuklama, soat

Jami
pedagogik yuklama

shundan:

o‘quv ishlari bo‘yicha (auditoriya yuklamasidan tashqari)

o‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar bo‘yicha

tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar bo‘yicha

ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha

reja

amalda

reja

amalda

reja

amalda

reja

amalda

reja

amalda

reja

amalda

reja

amalda

1.














































2.














































3














































4














































5














































Jami:














































Kafedra mudirlari ___________ ______________________
(imzo) (F.I.O.)
___________ ______________________
(imzo) (F.I.O.)
___________ ______________________
(imzo) (F.I.O.)
___________ ______________________
(imzo) (F.I.O.)






O‘IBDO‘ ____________ _______________________
(imzo) (F.I.O.)

20 _____ yil “_______” ________________



O‘QITUVCHILAR SHAXSIY YILLIK ISH REJASINING
BAJARILISHI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMA



I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom”ga asosan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yil 2 sentabrdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 38/QQ va 35-Q/Q-son hamda 2015 yil
21 oktabrdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining
4-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi 41/QQ va 47Q-son qarorlari bilan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejasi” takomillashtirilib, qayta ishlab chiqilgan varianti tasdiqlandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 23 sentabrda 2715-son hamda 27 oktabrda 2715-1-son bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ-huquqiy hujjatga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining shaxsiy yillik ish reja (yuklama)si va uning bajarilishi hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
2. Yo‘riqnoma o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining shaxsiy yillik ish yuklamalari hisobotini yuritishga yagona yondashuvni ta’minlaydi.
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari uchun namunaviy yillik ish rejalari hamda o‘qituvchilarning asosiy faoliyat turlariga sarflanadigan vaqt me’yorlari va shaxsiy yillik ish rejalarining bajarilishi hisoboti barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida joriy etiladi hamda mazkur qaror bilan tasdiqlangan ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Adliya vazirligidan 27.10.2015 yil 2715-1-son bilan Davlat ro‘yxatiga olingan o‘qituvchilar shaxsiy yillik ish rejasini elektron varianti
barcha ta’lim muassasalariga yetkaziladi va har bir o‘qituvchi shu asosida hisobot olib boradi.


II. O‘qituvchilarning shaxsiy yillik ish yuklamalarini
rejalashtirish
5. O‘rta maxsus, kasb-hanar ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatini normallashtirish shaxsiy yillik ish rejalariga asoslanadi.
6. Shaxsiy yillik ish rejasi o‘quv ishlari, o‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar, tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar turidagi asosiy tadbirlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ish turlari vaqtining sarfi ko‘rsatilgan holda ularning ro‘yxatini o‘z ichiga oladi.
7. O‘qituvchilarning shaxsiy yillik ish rejasi bir yilda 1540 soat miqdoridagi ish vaqtining jamlangan hisobidan kelib chiqadi.
8. O‘qituvchilarning shaxsiy yillik ish rejalari ta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan har bir o‘qituvchining bilim va ish tajribasidan kelib chiqqan holda tegishli ish turlari bo‘yicha o‘quv yilining boshida belgilab olinadi va pedagogik kengashda muhokama qilinib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
9. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan amaldagi umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fanlari o‘qituvchilari uchun namunaviy shaxsiy yillik ish rejalarini akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji rahbariyati yillik ish rejasidagi umumiy soatlardan chiqmagan holda, bo‘limlar uchun ajratilgan soatlar hajmini umumiy belgilangan normativlarga nisbatan 30 foizgacha kamaytirishi yoki ko‘paytirishi mumkin.
10. Har bir ta’lim muassasasi yo‘nalishlari xususiyatlarini inobatga olgan holda shaxsiy yillik ish rejalarini ishlab chiqishda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbariyati tomonidan ish vaqti me’yor (soat)lariga umumiy belgilangan normativlarga nisbatan 20 foizgacha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
11. Moliya vazirligi bilan kelishilgan, shuningdek, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2012 yil 30 dekabrdagi “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 70/QQ, 78/QQ-sonli qo‘shma qarorining 24-bandiga asosan kasb-hunar kollejining amaliyot o‘taydigan har bir guruhiga 1,0 birlik ishlab chiqarish ta’limi ustasi lavozimi berilmagan holatlarda o‘qituvchilarga berilgan o‘quv, ishlab chiqarish va diplom oldi (pedagogik) amaliyotlari soatlari uchun pedagogik yuklamalarning bajarilishi Markazning 2014 yil 8 avgustdagi US-01/05-254-sonli xatiga asosan amalga oshiriladi.
12. Ko‘zda tutilmagan boshqa ishlar qo‘shimcha asoslangan holda o‘qituvchining shaxsiy yillik ish rejasiga kiritilishi mumkin, biroq belgilangan tartibda rejalashtirilgan ish turlari (pedagogik yuklama)dan tashqari bajarilgan ortiqcha pedagogik yuklama soatlariga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.


III. O‘qituvchilarning shaxsiy yillik ish rejalarining
bajarilishi
13. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining shaxsiy yillik ish rejasi va uning bajarilishi hisoboti 7 ta shakldan iborat bo‘lib, har bir shakl quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
1A va 1B -shakllar: Tegishli ustunlar - kasb nomi, fanning nomi, ishchi o‘quv rejasida belgilangan soatlar hajmi, guruhlar soni, guruh raqami va auditoriyadagi o‘quv yuklamalari tasdiqlangan tarifikatsiya, o‘quv reja va dasturlariga mos, asosli ravishda to‘ldiriladi.
2A,B -5A,B -shakllar: “O‘quv ishlari”, “O‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar”, “Tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar” hamda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo‘yicha tegishli ustunlar – rejalashtirilgan ish turlari, muddat (reja bo‘yicha oy, semestr davomida bajarilishi) va ajratilgan hamda bajarilgan soatlar hajmi amaldagi vaqt me’yorlariga asosan tegishliligi bo‘yicha to‘ldiriladi.
6-shakl: O‘qituvchining birinchi yarim va yillik shaxsiy ish rejalarining auditoriya va pedagogik (o‘quv ishlari, o‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar, tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar) yuklamalar bo‘yicha o‘quv yili boshida rejalashtirgan va semestrlar yakunida bajargan soatlar hajmi qayd etiladi.
7-shakl: O‘qituvchilarning birinchi yarim va yillik shaxsiy ish rejalarining auditoriya va pedagogik (o‘quv ishlari, o‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar, tashkiliy-metodik va tashkiliy-pedagogik ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar) yuklamalar bo‘yicha rejalashtirgan va semestrlar yakunida bajargan soatlar hajmi ta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan asosli ravishda to‘ldiriladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
14. 1A,B - 5A,B -shakllar: O‘quv yili boshida mazkur shakllar har bir pedagog xodim, kafedra mudiri va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tomonidan to‘ldiriladi hamda semestrlar (birinchi yarim yillik va yil) yakunida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari rejalashtirilgan auditoriya va pedagogik yuklamalarning bajarilishini tekshirib ko‘rilganidan so‘ng imzo qo‘yib, to‘liq rasmiylashtiradi.
15. Shaxsiy yillik ish rejalarining bajarilishiga ko‘ra har bir o‘qituvchi birinchi yarim va yillik yakunlari bo‘yicha asosli ravishda hisobot yozadi va pedagogik yuklama jamlanmasiga qo‘shib, arxivga topshiradi.
16. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan o‘qituvchilarning tarifikatsiya jadvali fan o‘qituvchisining shaxsiy yillik ish rejasini tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
17. Alohida hollarda o‘qituvchining roziligi bilan o‘zining asosiy ishi bilan birgalikda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarishiga yo‘l qo‘yiladi va bunda lavozimlarni birga qo‘shib olib borish bo‘yicha ish vaqtining jami davom etishi ish vaqtining normal davom etish muddatining
50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
18. O‘qituvchi shaxsiy yillik ish rejasining bajarilishi har oyning yakunida kafedra yig‘ilishida muhokama qilib boriladi.
19. Shaxsiy yillik ish rejasida belgilangan ish turlarini o‘z vaqtida bajarilishi va uni o‘rnatilgan tartibda to‘ldirib borish har bir o‘qituvchi uchun majburiydir.
20. Yillik (semestr) ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
21. Maxsus komissiya o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirishda fan o‘qituvchisining shaxsiy yillik ish rejasi hisobotidan foydalanishi tavsiya etiladi.
22. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining har bir o‘qituvchisi shaxsiy yillik ish rejasi bajarilishini pedagogik kengashda yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining boshqa kollegial organi yig‘ilishida har yili kamida bir marta hisobot beradi.


IV. Yakuniy qoidalar
23. O‘quv yili yakunida ta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan har bir fan o‘qituvchisining shaxsiy yillik ish rejasi va uning bajarilishi hisoboti dalolatnoma asosida ta’lim muassasasining arxiviga topshiriladi va kamida 3 yil saqlanadi.


Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish