I-variant(yozma)



Download 49,36 Kb.
bet4/4
Sana08.01.2022
Hajmi49,36 Kb.
#330666
1   2   3   4
Bog'liq
105722 дириж.1 variant

Vokal musiqa - kuylash uchun moʻljallangan musiqa. Vokal musiqa ga yakka, ansambl hamda xor tarzida, shuningdek musiqa cholgʻulari joʻrligida yoki umuman joʻrsiz (mas., katta ashula, a kapella xorlari kabi) ijro etiladigai asarlar kiradi. Barcha turlarida xonanda ovozi yetakchi oʻrin tutadi. Vokal musiqa, asosan, badiiy matn (sheʼriyat) bilan bogʻliq. Shu bilan birga soʻzsiz ijro etiladigan vokaliz ham Vokal musiqadir..

5-topshiriq

  1. Xonandalik ovozini aniqlash

  2.  odamning ovoz aʼzolari yordamida musiqali tovushlarni hosil qilish qobiliyati. Musiqa uquvi rivoji natijasida bolalik davridan qaror topadi; olchtda, 13 yoshida yetilib, toʻliq hajmi (1,5 oktava)ga erishadi. Ugʻil bolalar Xonanda ovozi rastalik davridan keyin bir oktava pasayib yoʻgʻonlashadi, oʻzgaradi, baʼzan xonandalik xususiyatlari ham yoʻqoladi. Buni oldini olish maqsadida Italiyada 17— 18-asrlarda eng yaxshi Xonanda ovoziga ega oʻgʻil bolalar baʼzan bichilgan. Xonanda ovozi xususiyatlari uning jarangdorligi, shiradorligi, uzok, sadolanishi va kuchliligiga bogʻliq. Odatda, mashq qildirilmagan ovoz va professional Xonanda ovozi boʻladi. Har bir Xonanda ovozi tabiiy xususiyatlarga qarab, operakonsert, kamer, estrada yoki anʼanaviy mumtoz ashulalari ijrochiligiga muvofiqlashtirilib, tarbiyalanishi mumkin. Xonanda ovozi sadosining ravon, tekis yoki, aksincha, sikilib chiqishi ashulachilik usullariga ham boglik (Q Xonandalik uslubi).

2. Xonandalik registrlari.

Xonanda ovozi diapazoni bir nechta registrga ajratiladi. Turli registrdagi tovushlar har xil tembr va yangroqlikka ega. Mas, erkaklar ovozining pastki diapazoni (koʻkrak registri) shirali va kuchli yangraydi, baland tovushlar registri esa jarangli va quruqroq sadolanadi. Ayollar ovozi esa pastki tovushlar (koʻkrak registri), markaziy (oʻrta balandlikdagi) va baland tovushlar registrlariga boʻlinadi. Professional Xonanda ovozi diapazoni 2 oktavaga ega boʻlishi, registrlar oʻrtasidagi tovushlar esa tekis sadolanishi kerak.



Xonanda ovozi yoʻgʻon-ingichkaligiga va shiradorligiga qarab Yevropa xonandaligida 6 turga boʻlinadi. Ayollar Xonanda ovozi — soprano, metssosoprano va kontralto, erkaklar Xonanda ovozi — tenor, bariton va bas. Erkak ovozlaridan nisbatan baland va ochiqroq yangraydiganlari lirik, yoʻgʻon va quyuqroq eshitiladigan ovozlar dramatik turlarga ajratiladi (mas, lirik tenor). Oʻzbek milliy xonandaligida tovushlar koʻlami keng , salobatli kuchga ega "nor ovoz", barcha pardalarda aniq eshitiladigan "jarangdor kuvrak ovoz", shuningdek, "tik ovoz", "pang ovoz", "xasta ishkami ovoz" kabi tushunchalar qoʻllaniladi.

Xonanda ovozi sadosi, koʻpincha, soʻz talaffuz etilishi bilan bogʻliq. Ijrosida badiiy matnni tinglovchilarga ravshan qilib yetkazishda, xususan, unli tovushlarni anik, aytish va Xonanda ovozini nutq intonatsiyasi unsurlari bilan uzviy boglay olish muhim ahamiyatga ega.
Download 49,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish