3.Sifatdoshning bo’lishsiz shakli berilgan qatorni toping.
A) Mana endi, Sobirjon o’g’lim, ro’zg’orro’zg’orga qarashadigan vaqtingiz bo’ldi .
B) Bog’larda gul ochilmaydi to yoz bo’lmaguncha.
C) Keng fe’l, ketmas davlat bersin .
D) Anovi vaqillayotgan qurbaqa, huv narigi yoqda hurayotgan it, shamolda shildirayotgan qamish yaproqlari sukunatni buzar edi .
4.Uning ko’rmagan va eshitmagan hodisasi yo’q edi . Sifatdoshning bo’lishsiz shaklini ko’rsating
A) ko’rmagan B) ko’rmagan, eshitmagan
C) ko’rmagan, eshitmagan, yo’q edi D) ko’rmagan, eshitmagan, hodisasi yo’q edi
5.Payt ma’nosini bildirgan ravishdosh qatnashgan gapni belgilang.
A) Yulduzlar jilmayib, yerga salom berardi go’yo .
B) Suvga tikilgancha o’ylanib qoldi .
C) SHo’rva pishguncha, yetib kelaman .
D) Biz kasalxonaga Akromni ko’rgani bordik
6.Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi qo’shimchalari qo’shiladi?
A) –kach, -kuncha, -kani B) –gach, -guncha, -gancha
C) –qach, -quncha, -qani D) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi
7.Fe’llar gapda qachon aniqlovchi yoki to’ldiruvchi vazifasida kelishi mumkin?
A) otlashganda
B) fe’llar gapda aniqlovchi yoki to’ldiruvchi vazifasida kelmaydi
C) fe’llar maxsus shaklga ega bo’lganda
D) fe’llar gap boshida kelganda
8.Qaysi gapda harakat nomi to’ldiruvchi vazifasida kelgan?
A) Bilim o’qish va takrorlashning mevasidir .
B) Vatanni sevmoq iymondandir .
C) Qo’ziboy ishga aralashuvini ham, chiqib ketishini ham bilmay qoldi .
D) Yozuvchi turmushni doim o’rganmog’i lozim .
9.Ko’makchi fe’l qanday xususiyatlarga ega?
A) o’z mustaqil ma’nosini yo’qotgan bo’ladi
B) ko’makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan birgalikda qo’llanadi
C) asosdan anglashilgan harakatning bosqichlarini bildiradi D) A, B, C
10.U bu gapni bilmasdan aytib yubordi. Ushbu gapda ko’makchi fe’lning ma’nosi ...
A) davomiylik B) tez va oson C) to’la yakunlanish D) bajarishga imkoniyat
11.Men “ Kecha va kunduz ” romanini zo’r hafsala bilan o’qib chiqdim. Ushbu gapdagi ko’makchi fe’lning ma’nosi ....
A) harakatning boshlanishi B) bajarishga imkoniyat C) to’la yakunlanish D) tez va oson
12.Zamon va shaxs-son qo’shimchalari ko’makchi va yetakchi fe’llarning qay biriga qo’shiladi?
A) zamon qo’shimchasi yetakchi fe’lga, shaxs-son qo’shimchasi ko’makchi fe’lga qo’shiladi.
B) zamon qo’shimchasi ko’makchi fe’lga, shaxs –son qo’shimchasi yetakchi fe’lga qo’shiladi
C) zamon va shaxs son qo’shimchalari faqat ko’makchi fe’lga qo’shiladi.
D) zamon va shaxs-son qo’shimchalari faqat yetakchi fe’lga qo’shiladi.
13.Fe’lning vazifa shakllari yetakchi va ko’makchi fe’llarning qay biriga qo’shiladi ?
A) faqat yetakchi fe’llarga qo’shiladi
B) faqat ko’makchi fe’llarga qo’shiladi
C) ham yetakchi, ham ko’makchi fe’lga qo’shiladi
D) fe’lning vazifa shakllari yetakchi va ko’makchi fe’llarga qo’shilmaydi
14.O’qib chiqqanman, o’qib chiqibman, o’qib chiqmoq. Yuqoridagi ko’makchi fe’lli so’z qo’shimchalarining ko’makchi fe’lida qanday birliklar mavjud ?
A) ravishdosh va shaxs-son qo’shimchalari
B) sifatdosh va shaxs –son qo’shimchalari
C) sifatdosh, xarakat nomi va shaxs-son qo’shimchalari
D) sifatdosh, ravishdosh shaxs-son va zamon qo’shimchalari
15.Otdan, sifatdan, ravishdan va undov so’zdan yasalgan fe’llarni tartib bilan belgilang .
A) ishla, yaxshilan, tezla, yarqira B) shodlan, chirsilla, gulla, ho’pla
C) gapir, to’g’rila, tezla, dodla D) tuzla, sekinla, boshla, ohla
Do'stlaringiz bilan baham: |