21. Otdan yasalgan fe'llar qatorini belgilang.
A. Yangilamoq B. Ho‘plamoq C. Tezlamoq D. Uynamoq
22. Fe'l yasovchi qo‘sbimchalar qaysi qatorda berilgan?
A. -Oq, -yoq, -a. B. -Sira, -ilia, —ay. C. -chak, -roq, -la. D. -chi, -siz, -sir.
23. Qo‘shma fe'l ishtirok etgan gap qaysi javobda berilgan?
A O‘quvchi o‘z fikrini bildirdi.
B. Yomg‘ir sharros yog‘a boshladi.
C. Dadam o‘tgan oyda Marg‘ilonga borib keldilar.
D. Eshik qattiq -qattiq taqilladi.
24. Juft fe'llar berilgan qatorni aniqlang.
A. Urindi-turtindi. B. Havas qildi. C. Bahs yuritdi. D. Aytib yubordi.
25. Nutqiy faoliyat fe'llarini toping.
A. Qimirlamoq. B. Fahmlamoq. C. Kiyintirmoq. D. Duduqlanmoq.
I VARIANT1.Kelasi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping.
A) -gan B) -adigan C) -yotgan D) -qan
2.Qaysi so’z birikmalarida hozirgi zamon sifatdoshi mavjud ?
A) oqar so’z B) ishlagan bola C) yurayotgan mashina D) tug’ilgan chaqaloq
3.Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi ishtirok etgan ?
A) Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko’tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi
B) O’z nafsiga asir bo’lgan odam insoniylikni qo’ldan boy beradi .
C) Oqar suvning qadri yo’q .
D) CHuqur ariqdan toyimni sug’orib chiqayotganimda bir to’da uloqchi-chavandozlar uchrab qoldilar .
4.Or – bu o’ziga nomunosib yoki ep ko’rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, nomus qilish tuyg’usidir. Ushbu gapda fe’lning vazifa shakllaridan qaysilari mavjud?
A) sifatdosh, ravishdosh, sof fe’l B) sifatdosh, harakat nomi, sof fe’l
C) sifatdosh, harakat nomi D) sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, sof fe’l
5.Ravishdoshlarning qandy ma’no guruhlari mavjud? 1.holat 2.payt 3.maqsad 4.sabab 5.daraja-miqdor 6.o’rin
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4, 6 D) yuqoridagilarning barchasi
6.Yodgor kelib-kelmay hasharni adog’iga yetkazdi. Ushbu gapda ravishdoshning qanday ma’no turi bor?
A) payt B) maqsad C) holat D) sabab
7.Qoradaryo hamisha to’lib oqqan, lekin hech qachon bunday suvsiz bo’lmagan. Ushbu gapda fe’lning qanday vazifa shakllari mavjud?
A) ikkita sifatdosh B) ikkita sifatdosh, bitta harakat nomi
C) ikkita harakat nomi, bitta sifatdosh D) ikkita sifatdosh, bitta ravishdosh
8.Qaysi qatorda ko’makchi fe’llar berilgan?
A) sotib olmoq, bunyod qilmoq B) borib kelmoq, oshib tushmoq
C) tarbiya qilmoq, chirs etmoq D) o’qiy boshlamoq, o’qib chiqmoq
9.Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalovchi ko’makchi fe’lli gapni aniqlang.
A) O’yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho’zilib ketdi.
B) Samandar qo’ylarni hayday boshladi.
C) Men bu topshiriqni bajara olaman.
D) U xatni birpasda o’qib tashladi
10.Harakatning davomiyligini bildirgan ko’makchi fe’lli gapni aniqlang.
A) CHol atrofi baland devor bilan o’ralgan tor joyda uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to’lib-toshib yotibdi .
B) Gohida shu ish ustiga uy egasining o’rtancha o’g’li Rasul kelib qoladi .
C) Samandar avval indamay turdi-da, so’ng baralla ovoz bilan kuylab yubordi .
D) Salima dugonasidan kelgan maktubni o’qib chiqdi .
11.Nisbat va bo’lishsizlik shallari ko’makchi va yetakchi fe’llarning qay biriga qo’shiladi?
A) nisbat shakli yetakchi fe’lga, bo’lishsizlik shakli ko’makchi fe’lga qo’shiladi
B) bo’lishsizlik shakli yetakchi fe’lga, nisbat shakli ko’makchi fe’lga qo’shiladi C) nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko’makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin D) nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’lga ham, ko’makchi fe’lga ham qo’shila olmaydi
12.Qaysi qatorda ko’makchi fe’l qatnashmagan?
A) yoza olmoq, o’qib turmoq B) qirib tashlamoq, aytib solmoq
C) mixlab qo’ymoq, tushuna qolmoq D) o’rnidan turmoq, o’qishni tugatmoq
13 Mana bu vazifani bajara olyapman.
Ushbu ko’makchi fe’lli so’z qo’shimchasida zamon qo’shimchasi qaysi fe’lga qo’shilgan?
A) yetakchi fe’lga B) ko’makchi fe’lga
C) har ikkovi fe’lda ham zamon qo’shimchasi qo’llanmagan
D) har ikkovi fe’lda ham zamon qo’shimchasi mavjud
14.Qaysi gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi mavjud?
A) Men tog’amnikiga bir nafasga kirib chiqdim.
B) Akam Andijonga borib keldi.
C) CHoyxonachi patnisda qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi.
D) Mirsodiq eshikni sekin ochdi-yu, sevinib ketdi.
15.Qaysi fe’llar yasalganda ikkinchi bo’g’indagi – i unlisi tushib qolgan.
A) yasha, sana B) qiyna, o’yna C) pasay, susay D) dukulla, gursulla
16.Qaysi so’zlarga qo’shimcha qo’shish orqali fe’l yasash mumkin? 1.ot 2.sifat 3.son 4.olmosh 5.ravish 6.taqlid so’z 7.fe’l 8.undov so’z 9. modal so’z
A) 1, 2, 4, 5, 8 B) 1, 2, 3, 5, 6, 8
C) yuqoridagilarning barchasidan fe’l yasash mumkin D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 9
17.Fe’llar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) sodda fe’llar va qo’shma fe’llar
B) sodda fe’llar, qo’shma fe’lar, juft fe’llar
C) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, yasama fe’llar
D) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, takroriy fe’llar
18.Qaysi qatorda qo’shma fe’lning ta’rifi to’g’ri va to’liqroq berilgan?
A) Ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topib, nima qildi? nima qilyapti? so’rog’iga javob bo’luvchi fe’llar .
B) Birdan ortiq so’zlarning birikuvidan yangi ma’noli boshqa bir fe’l hosil bo’lgan so’zlar .
C)Etakchi va ko’makchi fe’llardan tashkil topib, nima qildi?, nima qiladi ? kabi so’roqlarga javob bo’luvchi fe’llar .
D) Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo’shimchalarni qo’shib bo’lmaydigan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi fe’llar .
19.Ikki fe’l juftligidan tashkil topgan, bitta so’roqqa javob bo’luvchi va gapda bitta gap bo’lagi vazifasida keluvchi fe’llar ...
A) sodda fe’llar B) qo’shma fe’llar C) juft fe’llar D) ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
20.Qaysi gapda juft fe’l mavjud?
A) Hakim bobo har bir niholni sevib-sevib parvarish qilardi .
B) Har bir ota-ona o’z farzandlarining kelajagini o’ylaydi .
C) U barcha qarzlaridan uzil-kesil qutuldi .
D) O’qituvchilarning oldiga shartta kiraman-da, konspekt daftarini olib o’sha yerda ko’chiraman-qo’yaman
21.Fe’lning qanday ma’noviy guruhlari mavjud?
22.Fe’l asoslariga -di, -b, -gan qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan qaysi zamon shakli hosil bo’ladi?
23.-di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’no bildiradi?
24.Kelasi zamon fe’li shakllari qanday ma’nolarni ifodalaydi?
25.Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi qo’shimchalari qo’shiladi?
II variant1.Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi ishtirok etgan ?
A) Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko’tarib kelayotgan yosh nihollarni tebratar edi
B) O’z nafsiga asir bo’lgan odam insoniylikni qo’ldan boy beradi .
C) Oqar so’vning qadri yo’q .
D) CHuqur ariqdan toyimni sug’orib chiqayotganimda bir to’da uloqchi-chavandozlar uchrab qoldilar .
2.Hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping.
A) –ayotgan B) –qan C) –ydigan D) –mas
Do'stlaringiz bilan baham: |