I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov



Download 3,99 Mb.
bet8/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

Proyeksiya oynalari. Interfeysning markaziy qismida 4 ta oyna proyeksiyasi joylashgan. Bular: Top (Yuqoridan ko‘rinish), Front (Oldidan ko‘rinish), Left (Chapdan ko‘rinish) va Perspective (Perspektiva). Oynalar virtual fazoda o‘sha nuqtani ko‘rsatadi, lekin nomiga ko‘ra har xil rakursda. Har bir oynalarning nomi chap yuqorigi burchagida ko‘rsatilgan. Sahnani yaratish va
tuzatishlar kiritish oynalar proyeksiyasida sodir bo‘ladi. Bunda obyektlar quriladi, uning holatlari, shakli o‘zgartiriladi, fazoda solishtiriladi, ularning teksturalari o‘ziga qarab taqsimlanadi va boshqa ko‘pgina amallar bajariladi.
Oynalar proyeksiyasi – bu 3ds Maxning ishchi hududidir, 3d grafik rasmining molberti. Oynalar bir biriga bog‘liq emas. Ularning har biri maxsus asboblar yordamida o‘zgarishi mumkin. Masalan, obyektning masshtab ko‘rinishlari Top (Yuqoridan ko‘rinish) oynasida, uni shunday sozlash mumkinki, unda butun shahar aks ettiriladi. Shu vaqtning o‘zida Left (Chapdan ko‘rinish) oynasida alohida imoratlar aks ettiriladi. Ikkita oyna proyeksiya turlari bor: ortografikli va perspektivali.
Ortografik oynalar uchun perspektivani buzib ko‘rsatmasligi xarakterlidir, ya’ni obyektning ko‘rish masofasining oralig‘i oshsa, uning ko‘rinishi kichiklashmaydi. Bunday oynalarda obyektlarning proyeksiyalar va qirqimlari bilan ishlash qulaydir. Masalan, Top (Yuqoridan ko‘rinish), Left (Chapdan ko‘rinish), Front (Oldidan ko‘rinish) va boshqa shunga o‘xshash oynalar ortografik hisoblanadi.
Perspektivali oynalarda barcha uch o‘lchamli fazoda odatiy buzib ko‘rsatishlar bor, ya’ni agarda obyektni ohista ko‘rish masofasidan uzoqlashtirilsa, obyekt kichiklashib boradi. Perspektivali oynalar faol ishlash uchun emas, balki sahnani o‘zgartirilgandan so‘ngi natijani ko‘rish uchun zarur. Ularga Perspektive (Perspektiva) va Camera (Kamera) taalluqli, ular keyiroq ko‘rib chiqiladi. 7 - rasmda sahnaning perspektivali va ortografikli ko‘rinishi ko‘rsatilgan.



        1. b)

      1. rasm.a) Ortografik ko‘rinish. b) Perspektiva ko‘rinish.

Har xil sahnalar yaratishda obyekt osti bilan ishlanadi, ko‘p chiziladi va chiziqlarning rasmi chiziladi. Bular uchun eng yaxshisi ortografik oyna proyeksiyalari to‘g‘ri keladi. Perspektiva oynalarida esa ishlar natijalari kuzatiladi va vizualizatsiya bajariladi. Har oyna proyeksiyasining yuqorigi o‘ng qismida maxsus navigatsiya View Cube (Kubni ko‘rish) joylashgan. Keyinchalik ana shu manbaa bilan ishlash, hamda oynalar proyeksiyasi bilan ko‘pgina boshqa amallarni va ularning xususiyatlarini sozlash o‘rganiladi.
Ba’zi hollarda oyna proyeksiyasidagi tasvir yaxshi ko‘rinmaydi. Bunday holatlar tasvirni tortilishi, oynalarni jimirlashishi, noaniqlik va boshqa holatlarda bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga oyna nomining o‘rniga katta rangli tasma va dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Agarda shunday holatlar paydo bo‘lsa, 3ds Maxni o‘chiring va amallar tizimida quyidagilar bajariladi: barcha daturlarni Autodesk — Autodesk 3ds Maxni ishga tushirish. Natijada 3ds Maxni oddiy ishga tushirilishi sodir bo‘ladi.
Buyrqular paneli. Buyrqular paneli dastur interfeysining o‘ng qismida joylashgan (8-rasm).

      1. rasm. Buyrqular paneli.

Unda obyektni yaratish uchun zarur bo‘lgan asboblar joylashgan. Masalan, shaklni o‘rgartirish, obyektlar orasidagi bog‘lanishni sozlash, animatsiya, obyektni tasvirlash usulini tanlash va ko‘pgina boshqa asboblar. Bu amallar taalluqli bo‘limlarda batafsil keltiriladi. Buyruqlar paneli 6 bo‘limdan tashkil topadi: Create (Yaratish), Modify (O‘zgartirish), Hierarchy (Erarxiya), Motion (Harakat), Display (Tasvirlamoq), Utilities (Utilizatsiya). Ana shu bo‘limlarga o‘tish uchun o‘tish tugmalari panelning yuqorigi qismida joylashgan (9-rasm).

      1. rasm. Buyrqular paneliga o‘tish tugmalari.

Agarda har bir o‘tish tugmasiga kursorni yo‘naltirib, bir daqiqa kutilsa, ochiladigan bo‘lim haqida ma’lumot paydo bo‘ladi.



  1. Create (Yaratish) – bunda obyektlarni yaratish uchun asboblar yig‘ilgan. Bu bo‘lim 7 ta bo‘limlarga bo‘lingan. Ularning har birida ma’lum turdagi obyektni yaratish asboblari bor. Masalan, Lights (Yorug‘lik) va Cameras (Kamera) bo‘limlar.

  2. Modify (O‘zgartirish) – bu bo‘limda obyektning shaklini, xususiyatini va tasnifini o‘zgartirish uchun barcha zarur ko‘rsatkichlar bor. Ular bilan ishlashda sahnada qandaydir obyektlar bo‘lishi kerak va ularga tuzatishlar kiritiladi.

  3. Hierarchy (Erarxiya) – bu yerda obyektlar orasidagi aloqaga o‘zgartirishlar kiritiladi, hamda obyektlarning tayanch nuqtalarida.

  4. Motion (Harakat) – bunda obyektlarni animatsiyalash, ularning harakat trayektoriyalarini yaratish asboblari bor.

  5. Display (Tasvirlamoq) – bu yerda obyektlarni sahnada ko‘rishni boshqarish va vizualizatsiya manbalari bor.

  6. Utilities (Utilizatsiya) – bunda har xil asboblar va manbalar yig‘ilgan va ular yuqorida keltirilgan bo‘limlarning birortasiga ham taalluqli emas.

Aniq bo‘limlar aniq bajariladiga ishlar turkumiga taalluqlidir. Masalan, agar arxitektura va interyer loyiahsi ustida ishlansa, Motion (Harakat) bo‘limi umuman
kerak bo‘lmaydi, Hierarchy (Erarxiya), Display (Tasvirlamoq), Utilities (Utilizatsiya) bo‘limlar juda oz ishlatiladi. Asosiy ish hajmi Create (Yaratish), Modify (O‘zgartirish) bo‘limlarda bo‘ladi. Agarda animatsiyalash loyihasi ustida ishlansa, u holda Hierarchy (Erarxiya), Motion (Harakat) bo‘limlar doimo ishlatiladi. Amaliyotda ko‘pincha Create (Yaratish), Modify (O‘zgartirish) bo‘limlar ishlatiladi. Create (Yaratish) bo‘limda obyektlarni yaratish uchun ko‘pgina asboblar mavjud. Bu asboblar bo‘sh sahnada ish boshlaganda foydalaniladi.
Modify (O‘zgartirish) bo‘limda o‘z navbatida obyektlarni shakliga va xususiyatiga o‘zgartirishlar kiritish asboblari bor. Bu bo‘limga mavjud bo‘lgan obyektlarga biror bir o‘zgartirish lozim bo‘lsagina kiriladi. Ko‘pincha bu ikki bo‘limdan foydalanilganda adashishlar bo‘ladi. Bu juda oddiy: agarda biror narsa yaratilishi lozim bo‘lsa Create (Yaratish) bo‘limga o‘tiladi, agarda biror narsani o‘zgartirish lozim bo‘lsa Modify (O‘zgartirish) bo‘limga o‘tiladi. Shuni unutmaslik keraki, aynan qaysi tugmalar bo‘limlar aro o‘tish imkonini beradi.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish