Interfeys bilan tanishish. Dastur ishga tushirilgandan so‘ng Welcome to 3ds Max (3ds Max dasturiga xush kelibsiz) oynasi paydo bo‘ladi, unda ish boshlashning ba’zi variantlari keltiriladi (5-rasm).
rasm. Welcome to 3ds Max muloqat oynasi.
Bu oyna ikki ustunga bo‘linadi: Learn 3ds Max (3ds Maxni o‘rganish) va Start Using 3ds Max (3ds Maxni bajarishga kirishish). Learn 3ds Max (3ds Maxni
o‘rganish) ustunda bir qator ilovalar bo‘lib, ular alohida mavzular bo‘yicha videoni o‘rganuvchilarga berilgan. Learn 3ds Max (3ds Maxni o‘rganish) ustunda ish boshlashning variantlari berilgan: Create a New Scene (Yangi sahnani yaratish), Open a File (Faylni ochish), Recent Files (Oxirgi fayllar). Agarda kelgusida bu oyna noqulay yoki kerak bo‘lmasa, oynaning pastki qismida joylashgan Show this Welcome Screen at startup (Ekran ishga tushganda xush kelibsiz yozuvini ko‘rsatish) opsiya bayroqchasi olib qo‘yiladi, so‘ngra Close (Yopish) bosildi.
Dasturni va uning interfeysini ko‘rib chiqamiz. Hohlagan dasturning interfeysi – bu boshqarish elementlari va bloklar majmuasidir. Interfeys elementlari bilan foydalanganda dastur bilan muloqotga kiriladi, buyruqlar beriladi va har xil harakatlar bajariladi. 6-rasmda 3ds Max dasturning interfeysi ko‘rsatilgan.
rasm. 3ds Max dasturning interfeysi.
Standart sozlashda 3ds Max interfeys to‘q tusda bajarilgan, lekin uni yaxshi ko‘rish uchun va ba’zi elementlarni ko‘rsatish uchun uni ochroq qilish mumkin.
Interfeys elementlari. Interfeysni dasturi elementlardan tashkil topganligini, ya’ni, bir xil turdagi buyruqlarni guruhlanganligini ko‘ring va ishonch hosil qiling. Masalan, o‘z vaqtida obyektlar holatini sozlash va
boshqarishni amalga oshirish tugmachasi jamlanmasi yordamida animatsiyani amalga oshirish jarayonini boshqarish vositasi.
Main menu (Asosiy menyu). Dastur ekranining yuqori qismda joylashgan va bu menyu 3dx Max dasturiga asosiy buyruqlar bilan murojaat qilishni ta’minlaydi. Barcha buyruqlar menyusi toifalar bo‘yicha birlashtirilgan.
Main Toolbar (Asosiy panel uskunalari) odatda u bosh menyu ostida joylashadi, ammo “suzuvchi” panel ko‘rinishida aks ettirilishi yoki ekraning boshqa joyida joylashishi ham mumkin. Toifalar bo‘yicha ajratilgan, to‘plam bilan birga qurilmalar tarkibida joylashgan yoki yakka bo‘lishi mumkin. Dastur amallari va qo‘llanuvchi buyruqlar tezkor murojaatlar tugmachasidan tashkil topadi.
Viewports (Proyeksiya oynalari) ekranning markazida joylashgan va uning katta qismini egallaydi.
Command Panel (Buyruqlar paneli) odatda ekran proyeksiyasining o‘ng tomonidan joylashgan. Bu panel oltita to‘plamdan tashkil topgan va devor obyektlarini modefikatsiyalash va tashkil etish bo‘yicha amallarni bajarilishini ta’minlaydi.
Har bir to‘plam obyektlarni sozlovchi sifatidan tashkil topgan. 3ds Max dasturi oynasi dastlab, ishni 3ds Max dasturini atroflicha o‘rganib chiqishdan boshlasak, avval dastur yordamida obyekt ko‘rinishda asosiy maqbul ishlarni amalga oshirish: sodda primitivlarini tuzish, obyektlarni belgilash, ularning bir-biriga o‘zaro tekislash, proyeksiya oynasidagi aks etish holati va joylashishi, ularni o‘zgartirish, ma’lum masshtabga keltirish, o‘zgartirish va aylantirish mumkin. Bu oddiy amallar 3ds Max 7 dasturining keyingi asosiy faoliyatiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |