Materialni yaratish va belgilash algoritmi
Siz sodda materiallarning tashqi ko‘rinishi Blinn Basic Parameteres (Blinn bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar) svitkada to‘plangan asosiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi. Endi murakkab materiallarni yaratish usullari ko‘rib chiqiladi, qaysiki uning asosida qandaydir tasvir, ma’lum relyef, tiniqlik bor. Bunday teksturalarni yaratishda asosiy harakatlar hajmli maxsus svitkada yaratiladi – Maps (Xaritalar).
Bu svitka taxminan materiallarni tahrirlash oynasida beshichisidir (taxminan, chunki svitkalarni tarkibi va svitkalar soni material turiga bog‘liq, bizning holatimizda bu beshinchi svitok). Ana shu svitokni topib, uni ochish lozim (58-rasm).
rasm. Maps svitok.
Bu yerda kanallar deb atalmish qator nomlar bor. Har bir kanal u yoki bu materiallar xususiyatiga javob beradi. Quyidagi kanallar ko‘rib chiqiladi:
Diffuse Color (Diffuziyali rang);
Opacity (Xiralik);
Bump (Bo‘rtma).
Demak, kanal Diffuse Color (Diffuziyali rang) maerialni umumiy tashqi ko‘rinishiga javob beradi, kanal Opacity (Xiralik) uning xiraligiga, kanal Bump (Bo‘rtma) materialning ko‘rish relyefiga javob beradi. Har bir kanal xususiyatlarini sozlash ularga nisbatan kartalarni qo‘llash bikan sodir bo‘ladi. Har bir karta aniq tasvirni yoki tasvirni yaratish algoritmini tasavvur qiladi (tasvirlash algoritmi). Sanab o‘tilgan kanallarni ishlash tartibini ko‘rib chiqamiz. Aniq xaritadan foydalanish misolida (hozircha bu faqat tasvir bo‘ladi, algoritm emas).
Diffuse Color (Diffuziyali rang) kanal. Diffuse Color (Diffuziyali rang) kanal materialning umumiy ko‘rinishiga javob beradi. Unda rasm bo‘lib, uni materiallanayotgan yuzada ko‘rinadi. Masalan, polotno rasmining modelini yaratilsa, u holda to‘g‘ri to‘rtburchakli polotno yaratilsa va unga rasm bilan material qo‘llansa bo‘lgani. Bunday materialni Diffuse Color (Diffuziyali rang) kanalga tasvirli kartani qo‘llash yo‘li bilan yaratish mumkin. Ana shu amal aniq misolda ko‘rib chiqiladi.
Tayyor fayl ochiladi.
Rasm modeli ramkada paydo bo‘ladi (keyinchalik ana shu modelni yaratish tartibini ishlab chiqish mumkin: rasm polotnosi bu standart primitiv (sodda goemetrik shakl), ramka esa, loft model) (59-rasm).
rasm. rasmning dastlabki modeli.
Bizning vazifamiz rasm teksturasini yaratish va uni polotnoga yotkazishdir.
Materiallar muharriri ochiladi. Hohlagan bo‘sh slot tanlanadi va Maps (Xaritalar) svitok ochiladi. Bu yerda Diffuse Color (Diffuziyali rang) qator kerak bo‘ladi (60-rasm).
rasm. Diffuse Color qatori.
Ana shu kanal nomining chap tarafidagi None (Hech narsa) – bu degani hozirda hech qaysi xarita bu kanalga taqdim etilmagan.
Material/Map Browser (Xarita va materiallarni sharhlovchi) oyna paydo bo‘ladi. Bu yerda har xil xaritalarning variantlari bor, ularni tanlagan kanalga nisbatan qo‘llash mumkin. Bitmap (Kam xaritalar) bandiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish lozim.
Windows oddiy oyna paydo bo‘ladi, undan so‘raladigan tasvirning faylini ko‘rsatish lozim. Bu hohlagan fayl rastrli tasvirda (masalan, fotosurat) bo‘lishi mumkin. Bunda “Polotno” jpg. fayl tanlanadi, u elektron arxivining papakasida joylashgan (buning uchun oynaning yuqorigi qismidan taalluqli papakani tanlash
lozim, hamda oynaning pastgi qismiga jpg. yoki All Formats (Hamma formatlar) rasm polotnosining rasmi 61-rasmda keltirilgan.
rasm. Rasm polotnosining tasviri.
Diffusion rangdagi xarita kanali sifatida aniq tasvir tanlanishi bilan Slot (Katak) sferasida ana shu tasvirni qabul qiladi (62-rasm).
rasm. Slotdagi material tasvir bilan.
Ahamiyat berilsa, materiallarni tahrirlash oynasining pastgi qismida joylashgan biz tanish barcha svitoklar va ko‘rsatkichlar o‘zgargan. Endi oldimizda materialning barcha ko‘rsatkichlari emas, balki faqat qo‘llangan Diffuse Color (Diffuziyali rang) xarita kanallari. Bu ko‘rsatkichlar keyinchalik materiallarni taqsimlash ishlarini bajarishda ko‘rib chiqiladi, hozircha teksturaning umumiy ko‘rsatkichlariga qaytiladi. Buning uchun slotlar ostidagi gorizontal panellar oxirida joylashgan Go to Parent (Yuqoriga qaytish) tugmasi bosiladi (63-rasm).
rasm. Go to Parent tugma.
Ana shu tugmani bosib, uni alohida kanallarini emas, balki barcha materialni tahrirlash darajasiga qaytib kelinadi. Endi Diffuse Color (Diffuziyali rang) kanal aktiv, bu haqida belgi va undagi xaritalar nomi ko‘rsatib turibdi.
Rasm polotnosining materiali tayyor. Yuqorida sanab o‘tilgan usullar bilan sahnadagi polotno obyektga yotkaziladi, ya’ni rasm polotnosining o‘ziga.
Polotno ustiga material yotkazilgandan so‘ng, u bir xil kulrangga kiradi. Bu shuning uchun sodir bo‘ldiki, standart rejim tasvir oynasida materialni tasvirlanishiga yo‘l qo‘ymadi. Agarda vizualizatsiyani bajarsak (Render Production, “Shift+Q” tugma), polotnoda bajarilgan rasm kadrda hosil bo‘ladi (64- rasm).
rasm. Polotnoga material qo‘shilgan.
Tasvir oyna proyeksiyasida tasvirlanishi uchun, materiallarni tahrirlash oynasida mazkur materialda kerakli Slot (Katak)ni belgilash va Show Standart Map in Viewport (Oyna proyeksiyasida standart xaritani tasvirlash) tugmani bosish lozim (65-rasm).
rasm. Show Standart Map in Viewport tugma.
Do'stlaringiz bilan baham: |