I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov


Splayn Vertex (Cho‘qqi)larining turlari



Download 3,99 Mb.
bet23/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

Splayn Vertex (Cho‘qqi)larining turlari. Line (Chiziq) splaynini yaratish ketma-ketligini ifodalasa, shuni aytish kerakki chiziqni yaratishda silliq yoki siniq qilib chizish mumkin. Ko‘proq qo‘llanadigan variant bu ikkinchisi bo‘lib, bunda avval siniq chiziqlar yaratiladi, so‘ngra uning shakli silliqlanadi. Chiziq shaklini silliqlash davrida uning Vertex (Cho‘qqi)lariga (tayanch nuqtalariga) ishlov beriladi.
Sahna hohlagan usul bilan tozalanadi (barcha obyektlarni yo‘qotish, yoki asosiy menyu Reset buyrug‘i bilan). Front (Oldidan ko‘rinish) proyeksiya oynasida Line (Chiziq) uskunasi yordamida ixtiyoriy shaklda siniq chiziq yaratiladi. Siniq chiziqni hosil qilish uchun rasm chizish vaqtida sichqonchaning chap tugmasi kursorni surayotgan davrida bosilmasligi lozim. Chiziqning nazorat nuqtasini hosil qilinadigan joylaridagina sichqonchaning chap tugmasi bosilishi lozim. 39-rasmda ko‘rsatilgandek chiziq hosil bo‘ladi.

      1. rasm. Ixtiyoriy siniq chiziq.

Yaratilgan siniq chiziq belgilnadi, buyruqlar panelining ikkinchi bo‘limiga o‘tiladi. Bu yerda modifikator oynasida, splaynning obyekt osti tuzilishi ochiladi va Vertex (Cho‘qqi) bandi tanlanadi (40-rasm).

      1. rasm. Spline obyekti.



Obyekt ostidagi daraja tanlanishi bilanoq, splaynning barcha chiziqlari och rangli kvadratlar bilan belgilanadi. Markazga yaqinroq splaynning hohlagan Vertex (Cho‘qqi)si belgilanadi, belgilangan cho‘qqi qizil rangga bo‘yalishi kerak. Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish bilan belgilangan Vertex (Cho‘qqi)ga nisbatan menyu paydo bo‘ladi. Bu yerda, uning yuqorigi chap qismida Vertex (Cho‘qqi)lar turining guruhi joylashgan (41-rasm).

      1. rasm. Menyudagi cho‘qqilar turining guruhi.

Bular quyidagi cho‘qqilarning turlari:


Corner (Burchakli) – agarda haqiqatda siniq chiziq yaratilgan bo‘lsa, aynan ana shu tur belgilangan bo‘lishi kerak, chunki hozirgi paytda ana shu tur qo‘llaniladi. Agarda menyu boshqa tur bilan belgilangan bo‘lsa, Corner (Burchak)ni belgilash lozim. Bu turning xususiyati shundaki, chiziq ana shu cho‘qqidan og‘ganda sinadi va aniq burchak hosil qiladi.
Smooth (Silliqlangan) – hohlagan cho‘qqini tanlab, uni Smooth (Silliq) turga o‘tkaziladi. Ana shu cho‘qqidan o‘tgan chiziq silliqlangan bo‘ladi (42-rasm).

      1. rasm. Smooth turiga o‘tkazish.

Bu turdagi Vertex (Cho‘qqi)ning xususiyati shundaki, silliqlash koyeffisientini qo‘l yordamida sozlay olmaymiz. Silliqlash dastur yordamida beriladi va barcha splayn uchun Vertex (Cho‘qqi)lar holatiga bog‘liqdir (silliqlangan Vertex (Cho‘qqi)ni qo‘zg‘atib ko‘rilsa, bu silliqlash shaklida aks etadi).
Bezier (Bezye) – hozirgina silliqlangan Vertex (Cho‘qqi) belgilanadi va uni Bezier (Bezye) turga aylantiriladi. Oxirlari yashil nuqtali maxsus sariq urunma chizig‘i hosil bo‘ladi (43-rasm).

      1. rasm. Bezier turiga o‘tkazish.

Ana shu urunma chizig‘i yordamida, belgilangan Vertex (Cho‘qqi)dan o‘tgan silliqlangan chiziqlar shakliga ishlov berish mumkin. Urunma chizig‘i qancha uzun bo‘lsa, shakl shuncha silliqlanadi. Urunma chizig‘i qancha qisqa bo‘lsa, shakl shuncha uchli bo‘ladi. Urunma chizig‘ining yo‘nalishini o‘zgartirib,
chiziq shaklini har xil buzib ko‘rsatish mumkin. Bezye turidagi Vertex (Cho‘qqi)lar ko‘p qo‘llaniladi, chunki splayn shaklini qulay tarzda silliqlaydi va unga aniqlik kiritadi.
Bezier Corner (Burchakli bezye) – bu tur avvalgi turdan shu bilan farqlanadiki, uning urunmasi bitta emas, balki ikki qismdan tashkil topgan, ularni har birini alohida tahrirlash mumkin. Bu splayn yuzasida o‘tkir burchaklarni silliq segmentlar bilan umumlashtirish imkonini beradi. 44-rasmda Bezier Corner (Burchakli bezye) turdan foydalanib, chiziqning bir necha variantlari ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, bunday turdagi silliqlash, shakllarning bir qancha variantlarini yaratish imkonini beradi.

      1. rasm. Bezier Corner turiga o‘tkazish.


    1. Download 3,99 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish