I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov


amaliy vazifa. Chiziqlar yaratib, ular asosida uy jihozlarini modellashtirish



Download 3,99 Mb.
bet44/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

amaliy vazifa. Chiziqlar yaratib, ular asosida uy jihozlarini modellashtirish


Bu mashg‘ulot to‘liq o‘zlashtirilsa, keyinchalik ana shu dastur yordamida hohlagan stul modelini yaratish mumkin bo‘ladi. misol tariqasida offis stuli olindi. Uning asosi bukilgan trubadan yasalgan bo‘lib, o‘rindiq va suyanchig‘i maxsus matodan yasalgan. Modellashtirish jarayonini maksimal osonlashtirish uchun Splaynlardan foydalaniladi.
Modelashlashtirishni boshlashdan avval dastur ochiladi va Left (Chapdan ko‘rinishi) proyeksiya oysida bo‘lajak stulning xomaki rasmi chiziladi. Rasmni tez chizish uchun chiziq ko‘rsatkichlaridan Initial Type – Corner (Boshlang‘ich turi – Burchagi) va Drag Type – Corner (Tortishish turi – Burchagi) belgilanadi, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, chiziq yakunlanadi. Ideal ravishta chiziqlarni to‘g‘ri chizish uchun “Shift” tugmasi bosilgan holda chiziq chiziladi. Bu chiziqning o‘g‘ishini yoki bukishini oldini oladi (127-rasm).



127-rasm. Stulning xomaki chizmasi.


Modify (O‘zgartirish) bo‘limi kiriladi va undan Vertex (Nuqta) bo‘limi tanlanadi. Endi rasmda ko‘rsatilgandek chizmaning uchta nuqtasi belgilanadi. Nuqtalar asosan bukiladigan joylarga qo‘yiladi. Buning uchun Fillet (Silliqligi) ko‘rsatkichining qiymati o‘zgartiriladi. Bu qiymat, bukish jarayonida qancha bukish lozimligi aniqlanadi (128-rasm).
128-rasm. Bukilishi lozim bo‘lgan nuqtalar.
Splayn bo‘limiga o‘tiladi va Front (Oldidan ko‘rinishi) proyeksiya oynasida chiziq belgilanadi. Endi “Shift” tugmasi bosilgan holda chiziqni o‘ng tarafga suriladi. Stul eni yetarli bo‘lganda amal to‘xtatiladi (129-rasm).
129-rasm. Stul enining yaratilishi.

Snap toggle (Bog‘lanish) uskunasi faollashtiriladi va Vertex (Nuqta) bo‘limiga o‘tilib, Connect (Birlashtirish) uskunasi tanlanadi. Endi pastdan, rasmda ko‘rsatilgandek harakat qilinadi. 1 nuqta tanlanadi va uni uskuna yordamida 2 nuqta bilan kesma orqali tutashtiriladi. Shu tartibda yuqorigi nuqtalar ham o‘zaro kesma orqali birlashtiriladi. Bu jarayon barcha nuqtalarni o‘zaro bog‘lab, yagona model hosil qiladi. Ish yakunlangandan so‘ng yana bir bor Connect (Birlashtirish) va Snap toggle (Bog‘lanish) uskunalarga bosib, o‘chiriladi (130-rasm).





130-rasm. Kerakli nuqtalarni Connect uskunasi yordamida kesma orqali birlashtirish.


Kerakli aylanalar hosil qilish uchun barcha to‘rtta nuqtalar belgilanadi va Fillet (Silliqligi) uskunasi yordamida tuzatishlar kiritiladi (131-rasm).
131-rasm. Bukilishi lozim bo‘lgan nuqtalar.

Endi stul uchun asos tayyor bo‘ldi, lekin ingichka chiziq ko‘rinishida. Uni truba ko‘rinishiga keltirish uchun chiziq xususiyatlaridan Rendering (Vizualizatsiya) bo‘limiga kiriladi va unda Enable in Renderer (Vizualizatsiya vaqtida yoqish) va Enable in Viewport (Ko‘rish uchun yoqish) ko‘rsatkichlar


faollashtriladi. Thicknes (Qalinlik) ko‘rsatkichning qiymatini – 3.0, Sides (Tomonlari) ko‘rsatkichning qiymatini esa – 8 qilib belgilanadi (132-rasm).
132-rasm. Chiziq ko‘rinishidagi stul asosini qalinlashtirish.

Natijada stulning metalli asosi yaratildi. Endi stulning o‘rindig‘i va suyanchig‘i yasaladi. Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan obyektga bosiladi va Convert to Editable Poly bandlari tanlanadi. Polygon (Ko‘pburchak) bo‘limiga o‘tiladi va bir necha simmetrik yuzalar belgilanadi. Rasmga qaralsa, ana shu belgilangan qism stulning o‘rindig‘i va suyanchig‘i bo‘ladi. Yuzalarni belgilab, Edit Geometry bo‘limidan Detach (Ajtatish) buyruqning Detach As Clone (Klon bo‘yicha ajratish) bandi tanlanadi (133-rasm).



133-rasm. Stulning asosida o‘rindiq va suyanch o‘rnilarining yaratilishi.
Endi stulning o‘rindiq va suyanchigining o‘rnilari alohida obyekt sifatida ajratib olindi. Vertex (Nuqtalar) bo‘limiga o‘tib, Top (Yuqoridan ko‘rinish) proyeksiya oynasida markazga yaqinroq 8 ta nuqta tanlanadi (134-rasm).


134-rasm. Stul o‘rindiq va suyanchig‘ining o‘rnilarida tanlangan 8 ta nuqta.


Belgilangan nuqtalarni gorizontal kerakli koordinata o‘qi bo‘yicha bir biriga yaqinlashtirish uchun Select and Uniform Scale (Masshtab bo‘yicha bir xil shakllarni tanlash) uskunasi tanlanadi (135-rasm).
135-rasm. Belgilangan nuqtalarni X koordinata o‘qi bo‘yicha bir biriga yaqinlashtirish.
Polygon (Ko‘pburchak) bo‘limiga va Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasiga o‘tiladi, unda 4 ta yuza tanlanadi. Rasm misolida qanday bajarilganligini ko‘rish lozim. Endi belgilangan yuzalar o‘chiriladi (136-rasm).
136-rasm. 4 yuzalarni tanlanishi.


Perspective (Perspektiva) proyeksiya oynasiga va Edge (Qirra) bo‘limiga o‘tiladi. Bo‘limda rasmda ko‘rsatilgandek stul o‘rindig‘ining ikki taraf chizig‘i belgilanadi. So‘ngra Edit Edges (Qirralarni tahrirlash) bo‘limidagi Bridge (Ko‘prik) uskunasidan foydalaniladi. Uskuna ko‘rsatkichlaridan Segments (Segmentlar) ko‘rsatkichining qiymati 10 ga o‘zgartiriladi. Taraflar avtomatik ravishta ulanadi. Ana shunday o‘xshash amallar stulning suyanchig‘i bilan ham bajarilishi lozim (137-rasm).
137-rasm. Stul o‘rindig‘ining yaratilish jarayoni.
Polygon (Ko‘pburchak) bo‘limiga o‘tib, yuqoridagi amallar bilan yaratilgan stul suyanchig‘idagi barcha yuzalar belgilanadi. Edit Geometry bo‘limidan Detach (Ajratish) buyrug‘i belgilanadi va paydo bo‘lgan oynadan barcha belgilar olinadi. Natijada, stul suyanchig‘idagi barcha belgilangan yuzalar alohida obyekt bo‘lib qoladi (138-rasm).
138-rasm. Stul suyanchig‘ining alohida obyekt sifatida olinishi.


Endi stulning o‘rindig‘i belgilanadi, u ozgina botiq bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘rtadan ikkita nuqta ajratiladi. Vertex (Nuqta) bo‘limiga o‘tib va Soft Selection (Yumshoq belgilash) bandining ro‘parasiga belgi o‘rnatiladi. Ko‘proq botiqlik hosil qilish uchun Falloff (Silliq) ko‘rsatkichining qiymatini moslashtirish lozim. (139-rasm).
139-rasm. Stul o‘rindig‘ining botiqligini yaratilishi.
Yuqoridagi amallar stulning suyanchig‘ida ham bajariladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, suyanchiqda botiqlik o‘rindiqga nisbatan kamroq bo‘ladi. Suyanchiq va o‘rindiqni sozlab, ikkala element uchun Shell (Qalinlik) modifikatori qo‘llaniladi. Modifikatorning Outer Amount ko‘rsatgichini ozgina o‘zgartirish mumkin, lekin uni odatda dastur bo‘yicha qabul qilingan qiymatda ham qoldirsa bo‘ladi (140-rasm).
140-rasm. Stul o‘rindig‘i va suyanchig‘ining yakuniy ko‘rinishi.
Umuman olganda model tayyor faqat mos tekstura tanlanib, qoplatilsa bo‘lgani. Oxirgi vizualizatsiyadan so‘ng teksturali stul tayyor bo‘ladi (141-rasm).


141-rasm. Vizualizatsiyadan so‘ng stulning yakuniy modelining ko‘rinishi.

    1. Download 3,99 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish