Opacity (Xiralik) kanal. Opacity (Xiralik) kanal ixtiyoriy joylarda materialni xiraligiga javob beradi. Avvalida Opacity (Xiralik) asosiy ko‘rsatkich
bilan ishlanadi, u materialni bir me’yorda xiraligini ta’minlar edi. O‘z navbatida shu nomli kanal bir me’yorda bo‘lmagan xiralikni yaratish imkoniga ega. Notekis xiralik maxsus xarita yordamida beriladi. Bu oq-qora tasvir. Qora rang absolyut tiniq rang beradi, oq rang esa absolyut xiralikni beradi. Shuning uchun har bir shunday xaritani avvaldan qulay hohlagan rastrli muharrirda tayyorlash mumkin (Photoshop, GIMP va boshqalar).
Xiralik kanalini qo‘llaganda ko‘pincha bir vaqtning o‘zida diffuziyali rang kanali ishlatiladi. Diffuziyali rang kanali yordamida materialning umumiy tasviri beriladi, xiralik kanali yordamida ba’zi yuzalarni yorishtiriladi. Ana shu amalni uslublashtirlgan quyosh yaratish misolida ko‘rib chiqamiz.
Tayyor elektron fayl ochiladi.
Murakkab bo‘lmagan sahna ko‘rinadi. L-Ext primitiv yordamida soddalashgan burchakli xona, va pol yuzasi, devorda kvadrat shaklda yana bir yuza ko‘rinadi (66-rasm).
rasm. Dastlabki sahna.
Ana shu kvadrat yuzaga nisbatan uslublashtirilgan quyosh tasvirini ba’zi joylariga tiniq material qabul qilamiz. Boshlanishiga uni yaratamiz.
Materiallarni muharrirlash oynasi ochiladi, hohlagan bo‘sh Slot (Katak) tanlanadi va Maps (Xaritalar) svitok ochiladi.
Hohlagan bo‘sh slot tanlanadi, Maps (Xaritalar) svitok ochiladi va diffusion rang xaritasi sifatida elektron papkadagi tayyor “Solnce.jpg” tasvir qo‘llaniladi. Natijada sahnada uslublashtirilgan quyoshning to‘g‘ri burchakli tasviri paydo bo‘ladi (67-rasm).
rasm. Birgina diffusion kanal xaritasi yotkazilgan material.
Faqat quyosh ko‘rinishi uchun rasmdagi oq hoshiyalar absolyut tiniq qilinadi. Buning uchun tiniqlik xaritasi kerak bo‘ladi, xuddi 68-rasmdagidek.
rasm. Tiniqlik xaritasi.
Ana shunday tasvirli fayl elektron papakada joylashgan.
Opacity (Xiralik) yozuvda o‘ng tarafda joylshgan None (Hech narsa) tugma bosiladi. Aniq xaritani tanlash oynasi paydo bo‘ladi. Shu bilan birga shu yerda birinchi Bitmap (Kam xarita) bandi tanlanadi, so‘ngra oynada elektron papakadan aniq fayl tanlanadi (qo‘ymoqchi bo‘lgan).
Oynada materiallar muharririni yopish mumkin. Endi vizualizatsiya faqatgina to‘g‘ri to‘rtburchakning quyosh tasviri bilan bir qismi qoladi, unda quyoshning o‘zi joylashgan, oq yuza absolyut tiniq bo‘ladi (69-rasm).
rasm. Tiniqlik xaritasi qo‘llanilgan.
Shunday qilib, tiniqlik xaritasini bir nomli kanalga nisbatan qo‘llab, materialning ma’lum yuza qismini absolyut tiniqlashtirdik, bu esa kerak bo‘lamagan uning qismlarini berkitish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |