Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Obyektlarning o‘zgartiruvchi tushunchasi haqida ayting?
Modify buyruqlar paneli haqida ma’lumot bering?
Spline nima?
Spline turlari haqida ma’lumot bering?
Qanaqa vertex turlarini bilasiz?
Loft nima?
Edit Mesh nima?
Soft selection nima vazifani bajaradi?
IV BOB. MATERIALLAR VA XARITALAR
Tayanch so‘z va iboralar
Material, moharrir, tekstura, slot, kanal, Bump, xarita
Materiallar turi va muharririda ishlash
Material tushunchasi. Odatda material bu uch o‘lchovli modelga qo‘yilgan tasvir. Bunday fikrlash noto‘g‘ri, material ichida modelga qo‘yiladigan tasvir Map (Xarita) deb ataladi, material esa bu keng tushuncha. 3ds Max dasturida material tushunchasi obyektning tashqi ko‘rinishi haqidagi ma’lumotlar to‘plami, bu nafaqat materiali haqidagi ma’lumot, balki jilvalanganligiga qaytaruvchanlik xususiyati, tiniqlik, relyefliligi, shulalanishi va boshqa ko‘pgina ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotdir.
Bunday ko‘p ko‘rsatkichlar hohlagan materialni xususiyatlarini ta’riflashi uch o‘lchovli modelning materialining aniq tashqi ko‘rinishini ko‘rsatish imkonini beradi. Mahorat bilan foydalanilgan material sahnaning haqiqiy, tabiiy chiroyiga erishiladi. Materialdan aql bilan foydalanilsa, modellashtirishning birinchi bosqichidagi ba’zi hatoliklarni, noaniqliklarni berkitishga yordam beradi.
Uch o‘lchovli modellar singari, materiallar har xil turda bo‘ladi. Materiallarning ko‘pgina turlari mavjud. Materialning aniq turini tanlash material ko‘rsatkichlarining yig‘indisiga bog‘liq.
Material turi va tahririda ishlash. 3D dasturida material ustida ishlash maxsus Material Editor (Materiallar tahriri)da amalga oshiriladi. Materiallar tahriri bu alohida panel bo‘lib, unda materialni yaratish va tahrirlash uchun barcha uskunalar yig‘ilgan. Tahrirni chaqirish uchun asosiy uskunalar panelida Material Editor (Materiallar tahriri) tugmasi bosiladi yoki “M” tugmani (“Material” so‘zining birinchi harfi) (52-rasm).
rasm. Material Editor oynani chaqirish tugmasi.
Ko‘pincha buyruqlar panelida boshqa tugma nuqtasi tasvirlanadi. 41-rasmda ko‘rsatilgan Slate Material Editor (Material tahriri ro‘yxati) oynani chaqirish tugmasi, Material Editor (Materiallar tahriri) tugmani ko‘rish uchun tasvirlanganiga bosish kerak va sichqonchaning chap tugmasini bosilgan holda ushlab turiladi. Natijada uncha katta bo‘lmagan panel ochiladi, uning pastida Material Editor (Materiallar tahriri) tugma ko‘rinadi.
Materiallar tahriri ikkita turga ega: standart va kengaytirilgan (u bir xil funksiyalarga ega, lekin vizual jihatdan qulayroq).
Standart tahrir materiallaridan tekturalash manbai o‘rganiladi. Nisbatan yaqindan dastur funksionaliga yangi materiallar tahriri qo‘shilgan – sxemali. Unga alohida e’tibor qaratiladi, chunki u ko‘pgina holatlarda juda qulay (53-rasm). Tanishish uchun biz standart materiallar tahririning interfeysini ko‘rib chiqamiz.
rasm. Material Editor chap tomonda standart, o‘ng tomonda kengaytirilgan oynalar.
Materiallar tahriri oynasining markazida Slotlar (Kataklar) joylashgan.
Slotlar bu kataklar, unda aniq materiallar bor (54-rasm).
rasm. Neytral teksturali slot.
Oynada 6 ta bir xil material, har biri absolyut erkin, ular tahrirlashdan oldin dastlabki holda aynan shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Haqiqatan esa 6 ta material emas, balki 24 ta Slot (Kataklar) joylashgan. Slot (Katak)lardan o‘ng va pastda maxsus aylantiruvchi polzunoklar joylashgan, qolgan Slot (Katak)larni ko‘rish imkon beradi. Ko‘pgina sahnalarni materiallash uchun 24 materialdan ko‘prog‘i kerak bo‘ladi. Albatta, 24 ta katak materiallardan foydalanishni chegaralamaydi, chunki hohlagan Slot (Katak)ni bir necha bor qo‘llash mumkin.
Opsiya paneli. Slot (Katak)dan o‘ngda va pastda ikkita uncha katta bo‘lmagan panellar joylashgan, unda har xil opsiyalar bor. Gorizontal panel Slot (Katak)ning pastida joylashgan, unda materialga ta’sir ko‘rsatadigan opsiyalar bor. Vertikal panel esa o‘ngda joylashgan, unda muharrirlash oynasiga ta’sir ko‘rsatuvchi opsiyalar bor. Yuqorida aytildiki, 6 ta emas 24 ta Slot (Katak)lar bor. Vertikal paneldagi opsiyalar tugma orqali kataklarni tashqi ko‘rinishini shunday sozlaymizki, bir vaqtning o‘zida barcha kataklar ko‘rina boshlaydi. Slot (Katak)lardan o‘ng tomonda joylashgan vertikal paneldagi Options (Ko‘rsatkichlar) tugma bosiladi.
Material Editor Options (Materiallar tahriri opsiyasi) oyna paydo bo‘ladi, uning pastgi qismida bir guruh yoqib o‘chiruvchi Slot (Katak) tugmalar joylashgan (55-rasm).
rasm. Slots opsiya guruhi.
Bunda 6×4 varianti tanlanadi va “OK” tugmasi bosiladi. Natijada Slot (Katak)lar atrofida bir vaqtning o‘zida barcha Slot (Katak)lar ko‘rinadi (56-rasm).
rasm. 24 ta slotlar ko‘rinishining tartibi.
Bunday tarib sahnalarni materiallashda juda qulay, chunki u bir vaqtning o‘zida to‘liq material yuzasi bilan ishlash imkonini beradi.
Materiallarni tahrirlash oynasining asosiy qismini material ko‘rsatkichlar svitkasi (to‘plami) egallagan. Aynan ana shu joyda materiallarni yaratish bo‘yicha asosiy ish olib boriladi. Svitkadagi ko‘rsatkichlar har xil turdagi maeriallarni yaratish va tahrirlash imkonini beradi. Svitkalar ko‘p, uning tarkibi tahrirlanayotgan material turi bilan aniqlanadi. Odatda, barcha svitkalar tahrirlash oynasining ko‘rinadigan qismiga sig‘maydi, shu boisdan o‘ng tarafda polzunok joylashgan bo‘lib, u surib svitkalarni qolganini ko‘rsatadi. Svitkalar nomlariga sichqonchaning chap tugmasi bosilsa, ular ochiladi va yopiladi.
Diffuse – Materialning asosiy rangi.
Specular – Yaltiratish rangi.
Specular Level – Yaltirash darajasi.
Glossiness – Silliqligi.
Self-Illumination – O‘zidan nur taratilishi (0 dan 100 gacha).
Opacity – Xiraligi (57-rasm).
rasm. Blinn Basic sozlamalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |