I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov


Loftlash usuli. Lofting yordamida murakkab obyektlarni yaratish va sozlash



Download 3,99 Mb.
bet24/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

Loftlash usuli. Lofting yordamida murakkab obyektlarni yaratish va sozlash


Navbatdagi splaynlar asosida modellar yaratish usuli bu Loft usulidir. Bu usul yuzani siqib chiqarish usuliga ozgina o‘xshaydi, lekin undan farqliroq Loft usuli yuzani siqib chiqarishni faqat bir tarafgagina emas, balki ma’lum yo‘l bo‘yicha siqib chiqarishni amalga oshiradi. Shunday qilib, Loft usuli yordamida obyektlarni yaratish asosida yo‘l va kesim yuza yotadi.


Shunga ko‘ra ana shu usuldan foydalanishda kamida ikki splaynlar bilan ishlanadi: yo‘l va kesim yuza. Kesim yuza yo‘l bo‘yicha o‘tadi va modelni shakllantiradi. Loft usuli yordamida yaratilgan modellardan biri, bu plintusdir. Plintus modelini yaratishda yo‘l sifatida xona shaklining splayni yaratiladi, kesim yuza sifatida esa – plintusning kesim yuzasi yaratiladi.
Xuddi shunday Loft modellariga eshik ushlagichlari, shift karnizlari, ovqatlanish oshiqlari va boshqalarni aytish mumkin. Loft oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy Loft bitta kesim yuzani va bitta yo‘lni birgalikda olib boradi, ya’ni model shakli yo‘l bo‘lib doimo o‘zgarmaydi. Murakkab Loft bir yo‘lni birnecha kesim yuzalar bilan birgalikda olib boradi. Bu esa obyekt shaklini yo‘l bo‘ylab o‘zgartirish imkonini beradi. Masalan, ovqatlanish qoshig‘i – bu murakkab Loft, chunki qoshiqning uzunligi bo‘ylab bir necha kesim yuzalari bir biriga ravon o‘tadi.
Oddiy Loft yaratish tartibini ko‘rib chiqamiz.

      1. Front (Oldidan ko‘rinish) oyna proyeksiyasida ikki splayn yaratiladi: Arc (Ark) va Ngon (Ko‘pburchak). Yoy bu splayn – yo‘l, ko‘pburchak esa splayn

  • kesim (45-rasm).




      1. rasm. Ikkita dastlabki splaynlar.




      1. Yaratilgan splayn – yoy belgilanadi, so‘ngra buyruqlar panelining birinchi bo‘limidan Create (Yaratish)ga, birinchi bo‘limning birinchi bo‘lim ostidan Geometry (Geometriya)ga kirib obyektlar turlarining ro‘yxati ochiladi va

Compound Object (Murakkab obyekt) band tanlanadi. Bunda Loft model yaratuvchi asbob zarur bo‘ladi (46-rasm) (agar asbob aktiv bo‘lmasa, demak sahnada splayn – belgilanmagan).

      1. rasm. Loft asbobi.


      1. Loft tugmasi bosiladi. Pastroqda yaratiladigan Loft modelini sozlovchi guruh paydo bo‘ladi. Splayn kesimini ko‘rsatish zarur. Buning uchun Creation Method (Yaratish usuli) bo‘limda Get Shape (Shakl olish) tugma bosiladi (47- rasm). So‘ngra sahnada splayn – ko‘pburchakda tugma bosiladi.

      1. rasm. Get Shape tugmasi.




      1. Loft model paydo bo‘ldi. Uning shakli ikki dastlabki splaynlar bilan tasvirlanadi: yoy – yo‘l sifatida, ko‘pburchak – kesim sifatida (48-rasm).

      2. Hosil bo‘lgan model belgilanib chetga suriladi. Uning o‘rnida dastlab splayn – yo‘l ko‘rinadi. Shunday qilib, ikki splaynlar ham yo‘qolmaydi, faqatgina uchinchi obyekt qo‘shiladi.



      1. rasm. Tayyor Loft model.




      1. Splayn – kesim ajratiladi (ko‘pburchak). Buyruqlar panelining ikkinchi bo‘limiga o‘tiladi va uning radius, tomonlar sonining ko‘rsatkichlar qiymati o‘zgartiriladi. Splayn shakli o‘zgaradi, u bilan birga Loft model shakli ham o‘zgaradi.

      2. Agarda splayn – yo‘lni (yoy) ko‘rsatkichlari bilan ham, yuqoridagi amal bajarilsa splayn, Loft model shakllari o‘zgaradi. Shunday qilib, Loft usuli modelni yo‘l bo‘ylab uning yuzasini tasvirlash imkonini beradi. Shu bilan birga tayyor model dastlabki splayn bilan o‘zining shaklini yoki shakllarini saqlaydi. Bu juda qulay chunki yordamichi obyektlar yordamida modelni muharrirlash imkonini beradi.

Loft modellar har xil interyer elementlarini yaratishda har xil hoshiyalar, o‘yma mebel oyoqlarini va mebel elementlarini yaratishda qo‘llaniladi. Loft usuli nimasidur bilan yuzani siqib chiqarish usuliga o‘xshab ketadi, lekin bu yerda balandlik Amount (Soni) ko‘rsatkich yordamida berilmaydi, balki alohida splayn yordamida beriladi. Xuddi kesimni siqib chiqarish usuli kabi, dastlabki splaynlarga ham talab qo‘yiladi, agar talab buzilsa ulardan Loft model olib bo‘lmaydi. Splayn yo‘lga quyidagi talablar qo‘yiladi: uning shakli bir martadan ortiq uzilmasligi lozim, u ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin, faqatgina bir joyda va bir marotaba.

    1. Download 3,99 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish