I V dmitriyeva, J. M. Raxmanov



Download 3,99 Mb.
bet22/48
Sana28.10.2022
Hajmi3,99 Mb.
#857763
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
3 52 01 03 Kompyuter grafikasi va dizayn operatori O‘quv qo‘llanma

Star (Yulduz) – yulduz shaklidagi chiziqlar. Radiuslar, qirralar soni va ko‘rsatkichlar yordamida sozlanishi mumkin.
Helix (Spiral) – spiralsimon ko‘rinishidagi chiziqlar. Uch amalda chiziladi: avval spiral radiusi beriladi, so‘ngra balandligini, keyin uning shaklini uchli yoki to‘mtoq qilinadi. Splaynlar standart sozlashlar bo‘yicha vizualizatsiyalanadigan
obyektlar bo‘lib hisoblanmaydi. Bu degani agar hozir tez vizualizatsiya sahnasi bajarilsa, render bajarilganda bo‘sh bo‘lib ko‘rinadi. Gap shundaki splaynlar bu yordamchi obyektlardir, bular modellar emas. Ular yaratilayotgan modellarni tasvirlash uchun kerak. Lekin ba’zi hollarda mustaqil vizualizatsiyalanishi mumkin (35-rasm).

      1. rasm. Helix asbob.

WRectangle (WTo‘g‘ri to‘rtburchak) – bu splayn ikkitalik to‘g‘ri to‘rtburchakni tashkil qiladi, u to‘g‘ri to‘rtburchak xona devorlari yaratilayotganda kesim yuza sifatida foydalanish mumkin. U ikki amalda chiziladi: avval birinchi to‘g‘ri to‘rtburchak shakli, keyin ikkinchi to‘g‘ri to‘rtburchak shakli chiziladi.
Angle (Burchak) – ushbu asbob to‘liq berkitilgan burchak shaklli splayn yaratishga imkon beradi. Ikki amalda bajariladi: avval burchakning gabarit o‘lchamlari, so‘ngra devor qalinligi chiziladi.
Wide Flange (Keng bezak) – ushbu asbob “H” harf shakli ko‘rinishida splayn yaratish imkonini beradi. Splayn shakli yopiq va qalinlikga ega. Ikki amalda chiziladi: shaklning umumiy gabarit o‘lchamlari va devor qalinligi chiziladi.
Channel (Kanal) – ushbu asbob “C” harf shakli ko‘rinishida splayn yaratish imkonini beradi. Bajarilgan shakl yopiq bo‘ladi. Bu splayn Angle splayn (Burchak splayn) qatorida kesim sifatida xona qismini yaratishda qo‘llanilishi mumkin.
Tee (T-shakl) – bu asbob “T” harf shakli ko‘rinishidagi yopiq splayn yaratadi.
Spline (Splayn) yordamida turli detallarni modellashtirish. Har qanday geometrik modellar kabi splinelar ham obyekt osti elementlaridan tashkil topadi.
Ixtiyoriy splayn yaratiladi va uni tahrirlanadigan splayn turiga o‘tkaziladi. Chiziq belgilanadi, buyruqlar panelining Modify (O‘zgartirish) bo‘limiga o‘tiladi va modifikatorning Editable Spline yozuvidan o‘ng tarafdagi “+” tasvirli tugma bosiladi. Natijada splayn obyekt ostining tuzilishi ochiladi, u quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi (36-rasm).

      1. rasm. Spline obyekti.


  • Vertex (Cho‘qqi, nuqta);

  • Segment (Segment, chiziq);

  • Spline (Splayn).

Har bir tashkil etuvchi elementlarni batafsil ko‘rib chiqamiz:
Vertex (Cho‘qqi) – bu tutashgan nuqta, chiziqlarni singan joyida hosil bo‘ladi. Splaynning umumiy shakli ba’zi Vertex (Cho‘qqi)larning joylashuviga bog‘liq. Chiziqlarni surib, chiziqlar shaklini o‘zgartirish mumkin, ya’ni uni tahrirlash. Shu bilan birga bir qator uskunalar bo‘lib, ular Vertex (Cho‘qqi)ga, aniq chiziqlarda chiziqlar shakliga ta’sir qiladi.
Vertex (Cho‘qqi)lar bir qancha turlarga bo‘linadi. Vertex (Cho‘qqi)ning turiga ko‘ra, Vertex (Cho‘qqi)dan o‘tayotgan chiziqning silliqlanganligiga bog‘liq.
Vertex (Cho‘qqi)lar turlari va ular bilan ishlash uskunalari haqida keyinchalik batafsilroq ko‘rib chiqiladi.
Modifikatorlar oynasida Vertex (Cho‘qqi) tanlanadi, barcha splayn Vertex (Cho‘qqi)lari uncha katta bo‘lmagan kvadratlar bilan belgilanadi, 37-rasmda belgilangan splayn Vertex (Cho‘qqi)lari ko‘rsatilgan.

      1. rasm. Spline vertex.



Segment – bu Vertex (Cho‘qqi)lar orasidagi kesma. Segment hohlagan shaklda, tog‘ri kesma yoki ixtiyoriy egri chiziq shaklida (ko‘rinishda) bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha segment shakli cho‘qqining turi bo‘yicha aniqlanadi. Segmentni belgilash, qo‘zg‘atish, aylantirish, masshtablashtirish mumkin, shu bilan birga butun segment shakli ham o‘zgaradi. 38-rasmda belgilangan segment chizig‘i ko‘rsatilgan.

      1. rasm. Belgilangan segment.

Spline (Splayn) – bu obyekt bo‘lib, ko‘pincha barcha chiziqlari butun chiziqlar shakli bilan to‘g‘ri keladi (umumiy hamma chiziqlar). Ular shunday
holatda foydalaniladiki, qachonki splayn shakli ikki yoki undan ortiq chiziq shaklaridan iborat bo‘lsa. Masalan, bu Donut (Ponchik) splayni, bular standart splaynlardan yoki WRectangle (Devor uchun to‘g‘ri to‘rtburchak) murakkab splayn guruhidan (eslatiladi: hohlagan bu splaynilarni avvalo tahrirlanadigan turga o‘tkazish, ana shundan so‘ng obyekt osti splaynni va boshqa obyektlarni tahrir mumkin). Ana shunday o‘xshash tashkil etuvchi splaynlar bilan ishlashda ularni tashkil etuvchi alohida chiziqlarni splayning obyekt ostisi splayn bilan tahrirlash mumkin.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish